1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Iqtisodiyot va moliya-bank sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sanoat va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, respublikani iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini taʼminlash, xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda kambagʻallikni qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 07/20/4710/0582-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
5. Viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining boshqaruv apparatida hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparatida — hokimning sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari) lavozimi hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparatida — hokimning sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari) lavozimiga oʻzgartirilsin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 07/20/4710/0582-son)