1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3223]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2021-yil 22-sentabrdagi 29-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021-yil 21-sentabrdagi 38-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3223-1, 29.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-yanvar,
3-son
Mudofaa vaziri general-mayor B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-yanvar,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2020-yil 23-yanvardagi 3 va 4-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
harbiy professional yoʻnalish — shaxsiy mayllarga, qiziqishlarga, qobiliyatlarga muvofiq va turli mutaxassisliklar boʻyicha harbiy kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda yoshlarni harbiy kasbni asosli tanlash boʻyicha maqsadga yoʻnaltirilgan, rejalashtirilgan faoliyat;
dastlabki tanlash — Institutda oʻqish istagini bildirgan fuqaro yoki harbiy xizmatchiga (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) tegishli maʼlumotlarni, uning taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirishi darajasini, individual-psixologik xususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va sogʻligʻi haqidagi maʼlumotlarni dastlabki toʻplash va oʻrganish;
harbiy-professional tanlash — yakka tartibdagi yakuniy suhbatda uzil-kesil koʻrib chiqish uchun nomzodning asoslangan va psixofiziologik xususiyatlarini, tayyorlanganligi va koʻnikmalarini, shuningdek sogʻligʻi va umumjismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda uning tanlangan harbiy mutaxassislikni egallab olishga tayyorligini aniqlashga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar.
2. Nomzodlar Institutga oʻqishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) qoʻmondonining Institutga qabul oʻrinlarini ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan qabul qilinadi.
3. Institut kursantlari kontingentini sifatli butlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
harbiy-professional yoʻnalish;
dastlabki tanlash;
harbiy-professional tanlash;
test sinovlari.
4. Nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.87.00 (Кучини йукотган) Davlat grantlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning taʼlim olishi]
5. Nomzodlar va ularning ota-onalari Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) asosan mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar hamda harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan moddiy masʼulligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.
6. Milliy gvardiya tomonidan har yilning 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga kelgusi yil uchun Institutga qabul qilinuvchi nomzodlar soni toʻgʻrisida maʼlumot taqdim qilinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalariga Institutga nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish haqida topshiriq beriladi.
8. Institutga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish hamda harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish maqsadida Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻiga asosan Institut qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
9. Qabul komissiyasi tarkibi Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻiga asosan Milliy gvardiyaning tegishli sohaviy xizmatchilari va Institut xodimlari orasidan shakllantiriladi. Qabul komissiyasi ishiga kelishuv asosida vazirlik va idoralar mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Institutning boshligʻi qabul komissiyasi raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasi raisi komissiyaning ishini tashkillashtirish, faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun masʼul hisoblanadi.
10. Qabul komissiyasi har yili 10-martdan 1-sentabrga qadar faoliyat yuritadi.
11. Fuqarolar oʻzlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar oʻz xizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
Qabul qilingan arizalar (bildirgilar) asosida mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) 1-fevraldan 1-aprelga qadar qabul qilinadi.
12. Nomzodlar tomonidan ariza (bildirgi) bilan birga mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
pasport nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
chaqiriluvchining chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar anketasi;
oʻqish yoki ish yoxud xizmat oʻtash joyidan tavsifnoma (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan yoxud xizmatni oʻtayotgan boʻlsa);
ota-onasining ish joyidan maʼlumotnoma (agar ishlayotgan boʻlsa);
Institutda oʻqishga ota-onasining rozilik xati;
maʼlumoti toʻgʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar (oʻrta maxsus professional) hujjatlar hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
Institutga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
davlat siri boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlashga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar (maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash uchun belgilangan shakldagi ruxsatnomaga ega nomzodlardan talab etilmaydi).
13. Harbiy xizmatchi nomzodlar tomonidan oʻz xizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda Institutga oʻqishga kirishga tavsiya etuvchi hujjatlar (muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy boʻlinmaning yigʻilishi bayonnomasidan koʻchirma, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga esa — harbiy qismning attestatsiya komissiyasi yigʻilish bayonnomasidan koʻchirma) taqdim etiladi.
2-bob. Harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish
14. Harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha tadbirlar harbiy xizmatchi kasbining mohiyatini va unga qoʻyiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ularga yordam koʻrsatish maqsadida amalga oshiriladi.
15. Harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar va boshqarmalar hamda Institut harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilishi uchun masʼul hisoblanadi.
3-bob. Dastlabki tanlash tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish
17. Dastlabki tanlash tadbirlari sogʻligʻiga, individual-psixologik xususiyatlari va umumjismoniy tayyorgarligiga muvofiq harbiy ixtisoslikning zamonaviy talablariga javob beradigan, ichki tuygʻu, gʻoyaviy-maʼnaviy barqarorlikka, mustahkam intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
18. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi hamda oʻtkaziladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibdagi suhbat;
tibbiy koʻrik;
individual-psixologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.
19. Dastlabki tanlash tadbirlari ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Birinchi bosqich fuqaro uchun — yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari va Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bitiruvchilari uchun — ular joylashgan hududdagi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda, harbiy xizmatchilar uchun — oʻz xizmat oʻtash joyida 1-fevraldan 31-martga qadar amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibdagi suhbat;
birlamchi tibbiy koʻrik.
Ikkinchi bosqich fuqarolar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarda 1-apreldan 31-mayga qadar amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
individual-psixologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
takroriy tibbiy koʻrik.
20. Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
21. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (31-martga qadar) amalga oshiriladi.
22. Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar va boshqarmalar tomonidan 10-aprelga qadar nomzodlarga davlat siri boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
23. Yakka tartibdagi suhbat fuqaro bilan — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar bilan — harbiy qismlar (muassasalar), boʻlinmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan oʻtkaziladi. Bunda, yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi.
24. Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati), harbiy kasbni tanlashning sabablari, asoslarini aniqlash, taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasini va xorijiy tilni egallaganlik darajasini baholash maqsadida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
25. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) (bundan buyon matnda Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomlar deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi.
26. Fuqarolarni birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mudofaa ishlari boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan, Harbiy xizmatchilarni birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish harbiy-tibbiy muassasalarning harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan 1-fevraldan 31-martga qadar amalga oshiriladi.
27. Fuqarolarni takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan 1-apreldan 20-mayga qadar amalga oshiriladi, harbiy xizmatchilar takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmaydi.
28. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻining holatiga koʻra nomzodning Institutda oʻqishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga qoʻshib qoʻyiladi.
29. Sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan va tibbiy komissiyaning ushbu xulosasidan norozi boʻlgan nomzodlar 1-maydan 31-mayga qadar Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Oʻtkazilgan tibbiy koʻrik natijasida nomzod sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqli deb hisoblangan hollarda, u dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida umumiy tartibda ishtirok etadi.
30. Sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
31. Nomzodlar bilan individual-psixologik oʻrganish tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-psixologlar tomonidan nomzodlarni psixologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Individual-psixologik oʻrganish metodikasiga asosan 1-apreldan 20-mayga qadar oʻtkaziladi.
32. Individual-psixologik oʻrganish boʻyicha tasdiqlangan reja-jadval mudofaa ishlari boshqarmalariga har yili 25-martga qadar yuborilishi lozim.
33. Individual-psixologik oʻrganish natijalari boʻyicha quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
nomzod dastlabki tanlashning keyingi tadbirida ishtirok etishga tavsiya etiladi;
nomzod dastlabki tanlashning keyingi tadbirida ishtirok etishga tavsiya etilmaydi.
34. Individual-psixologik oʻrganish natijalari boʻyicha dastlabki tanlashning keyingi tadbirida ishtirok etishga tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
35. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar boshliqlari belgilagan joylarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasi asosida 1-apreldan 20-mayga qadar oʻtkaziladi.
36. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tasdiqlangan reja-jadval mudofaa ishlari boshqarmalariga har yili 25-martga qadar yuborilishi lozim.
37. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
38. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildi toʻliq rasmiylashtirilgandan soʻng tegishli mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 10-iyunga qadar Institutga yuboriladi.
4-bob. Harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish
39. Harbiy-professional tanlash tadbirlari oʻzining psixofiziologik xususiyatlariga va sogʻligʻiga koʻra harbiy mutaxassislikning zamonaviy talablariga javob beradigan, harbiylik kasbini egallashning sabab-asoslariga, yetakchilik fazilatlariga, ichki tuygʻuga, mustahkam maʼnaviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
40. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 1-iyunga qadar harbiy- professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarga yuboriladi.
41. Harbiy-professional tanlash tadbirlari iyun oyida Institutda oʻtkaziladi.
42. Mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) nomzodlarga reja-jadvalga muvofiq harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish muddatlari haqida xabar beradi.
43. Harbiy-professional tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni oʻrganish;
psixofiziologik oʻrganish;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
yozma ish (diktant);
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
44. Qabul komissiyasining nomzodlar hujjatlarini oʻrganish boʻyicha masʼul boʻlgan aʼzolari hujjatlarni oʻrganishda Institutga taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini roʻyxatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.
45. Nomzodlarning psixofiziologik holatini oʻrganish qabul komissiyasi mutaxassislari tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Psixofiziologik oʻrganish metodikasi asosida oʻtkaziladi.
46. Psixofiziologik oʻrganish avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar yordamida amalga oshiriladi.
47. Psixofiziologik oʻrganish nomzod hissiy (somatik), psixoemotsional jihatdan normal holatda boʻlgandagina oʻtkazilishi lozim.
48. Psixofiziologik oʻrganish boshlanishidan oldin oʻzini yomon his qilayotgan yoki sogʻligʻidan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunda, qabul komissiyasi aʼzosi tomonidan mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuziladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan sabablarga koʻra psixofiziologik oʻrganishga kiritilmagan nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik oʻrganishdan oʻtish uchun qabul komissiyasi tomonidan ruxsat berilishi lozim.
49. Psixofiziologik oʻrganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
50. Nomzodlarni harbiy-professional tanlash tadbirlari doirasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan tarkibda Institut huzuridagi harbiy-tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
51. Tibbiy koʻrik Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq oʻtkazilishi lozim.
52. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻining holatiga koʻra nomzodning Institutda oʻqishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
53. Sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi. Institut huzuridagi harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasidan norozi boʻlgan nomzodlar Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
54. Yozma ish diktant yozish yoʻli bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash maqsadida qabul komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq Diktant oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
55. Diktantning mavzulari va matnlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
56. Diktantning tasdiqlangan mavzu va matnlari qabul komissiyasining masʼul kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligini taʼminlaydi.
57. Diktant oʻtkazilayotgan auditoriyaga kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
58. Auditoriyada nomzodlarga diktant matnini oʻqib eshittirgan shaxs tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan diktantlari tekshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
59. Nomzodlarning yozgan diktantlarini tekshirgan shaxs mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq Diktant oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida diktantlarni baholaydi va diktant uchun maxsus blankaga oʻzining imzosini qoʻyadi.
60. Nomzodlarga diktantni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
61. Diktant natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
62. Nomzodning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (bundan buyon KT va AKT deb yuritiladi) egallab olganlik darajasini aniqlash kompyuter yordamida, test shaklida mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasi asosida oʻtkaziladi.
63. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish test sinovi koʻrinishida 1-iyun kuniga qadar qabul komissiyasi tomonidan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar (oʻrta maxsus professional) taʼlimi oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi va qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Test savollari va ularning javoblari qabul komissiyasi masʼul kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligini taʼminlaydi.
64. Nomzodning test savollariga bergan javoblari mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasi asosida baholanadi.
65. Nomzodning KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
66. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning Institutga oʻqishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika boʻyicha psixofiziologik oʻrganish, diktant natijalari, KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari asosida oʻtkaziladi.
67. Nomzodlarga harbiy-professional tanlash tadbirlari boshlanishidan oldin qabul komissiyasi tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha tushunchalar, suhbat davomida berilishi mumkin boʻlgan savollarning umumiy yoʻnalishlari va boshqa zarur maʼlumotlar berilishi lozim.
68. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida oʻtkaziladi.
69. Nomzodlarga beriladigan savollar nomzodning oʻqishga kirish sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatini, dunyoqarashi va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim. Savollar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar (oʻrta maxsus professional) taʼlimi oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
70. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar roʻyxati qabul komissiyasi tomonidan shakllantirilib 1-iyun kuniga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi masʼul kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligini taʼminlaydi.
71. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul komissiyasi tomonidan 30-iyunga qadar kollegial prinsip boʻyicha oʻtkaziladi.
72. Nomzodlarning savollarga bergan javoblari mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi.
73. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari shu kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinishi lozim.
74. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan muvaffaqiyatsiz oʻtgan nomzodlarga uni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
75. Nomzodlarning psixofiziologik oʻrganish, diktant, KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha qayd etgan natijalari qabul komissiyasi masʼul kotibi tomonidan mazkur Nizomning 10-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi Harbiy-professional tanlash tadbirlari natijalari boʻyicha qaydnomaga kiritiladi.
76. Harbiy-professional tanlashning barcha tadbirlari natijalari boʻyicha nomzodlarning qayd etgan natijalari umumlashtirilib, ularning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi.
77. Nomzodlarning aniqlangan oʻrtacha arifmetik bahosi asosida qabul komissiyasi tomonidan nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
78. Oʻrtacha arifmetik bahosi 3 va undan yuqori boʻlgan nomzodlar Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyiladi.
79. Qabul komissiyasining nomzodni Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisidagi qarori mazkur Nizomning 10-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi Harbiy-professional tanlash tadbirlari natijalari boʻyicha qaydnomaga kiritiladi.
Harbiy-professional tanlash tadbirlari natijalari boʻyicha qaydnoma qabul komissiyasining aʼzolari tomonidan imzolanadi.
80. Harbiy-professional tanlash natijasidan norozi boʻlgan nomzodlar qabul komissiyasi buyrugʻi bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga (bundan buyon matnda Apellatsiya komissiyasi deb yuritiladi) apellatsiya berish huquqiga ega.
81. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga qabul komissiya faoliyatida ishtirok etmagan Institut xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
82. Nomzod harbiy-professional tanlash natijasidan norozi boʻlgan taqdirda harbiy-professional tanlash natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 3 kun davomida apellatsiya berishi mumkin. Nomzod tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan 3 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim. Nomzod uning apellatsiyasi Apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
83. Apellatsiya komissiyasi nomzodning apellatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda nomzodning Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyilishi yoki qoʻyilmasligi koʻrsatiladi.
Apellatsiya komissiyasi tegishli qarorning qabul komissiyasiga va nomzodga yetkazilishini taʼminlaydi.
84. Test sinovlarini topshirishga qoʻyilgan nomzodlar test sinovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq topshiradilar.
85. Nomzod umumtaʼlim muassasalarida chet tili sifatida ingliz, nemis yoki fransuz tillarini oʻrgangan taqdirda chet tili boʻyicha test sinovlari topshiradi.
Umumtaʼlim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan taqdirda nomzod test sinovlari oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy harbiy taʼlim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon oʻtkazish tartibiga muvofiq yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshiradi.
Nomzod oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun berilgan arizada (bildirgida) qaysi chet tilidan imtihon topshirishini koʻrsatadi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
86. Nomzodlar mazkur Nizom talablariga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda qabul komissiyasi ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlashning istalgan bosqichida tanlovdan chetlatish huquqiga ega.
87. Institutga oʻqishga qabul qilinmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlari test sinovlari natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 5 kun ichida tegishli mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar va harbiy qismlarga (muassasalarga) yuboriladi.
88. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
________________________________ga
(boshliqning F.I.O.)
_______________________________da
(nomzodning yashash manzili)
yashovchi ________________________dan
(nomzodning F.I.O.)
Men, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kirishga nomzod, ____________ _______________________________________________________________________________________________________
(F.I.O.)
ushbu taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinsam, Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) nazarda tutilgan holatlar boʻyicha moddiy masʼulligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.
20___ yil “____” _________________
_______________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Biz, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi, _______________________________________________________________________________________________________
ushbu taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinsa, Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) nazarda tutilgan holatlar boʻyicha moddiy masʼulligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.
20___ yil “____” _________________
_______________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “____” _________________
_______________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
________________________________ga
(boshliqning F.I.O.)
_______________________________da
(nomzodning yashash manzili)
yashovchi ________________________dan
(nomzodning F.I.O.)
ARIZA
Meni, oʻz xohishimga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman.
Test sinovlarini ____________________________________ tilida ________________________________ alifbosida
(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)
(kirill, lotin)
topshiraman.
Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________________________________________________________
(chet tilining nomi)
tilida topshiraman.
Tanlovda _________________________________________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha
(tanlangan mutaxassislikning nomlanishi)
ishtirok etaman.
Harbiy xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Harbiy xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.
20___ yil “____” _________________
_______________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
________________________________ga
(harbiy unvoni, F.I.O)
BILDIRGI
Men __________________________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________,
(harbiy xizmatchining harbiy unvoni, F.I.O., lavozimi, tugʻilgan yili, sanasi va joyi, harbiy xizmatga chaqirilgan yili va sanasi)
Sizdan oʻz xohishimga koʻra, meni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kirish uchun nomzod sifatida yuqori qoʻmondonlikka tavsiya etishingizni soʻrayman.
Test sinovlarini ____________________________________ tilida ________________________________ alifbosida
(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)
(kirill, lotin)
topshiraman.
Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________________________________________________________
(chet tilining nomi)
tilida topshiraman.
Tanlovda _________________________________________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha
(tanlangan mutaxassislikning nomlanishi)
ishtirok etaman.
Harbiy xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Harbiy xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.
20___ yil “____” _________________
_______________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati: ___________________________________ _______________________________________________________________________________________________________
Ofitser kasbini tanlashining sabablari va asoslari: _______________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________
Nomzodning taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasi:___________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________
Nomzodning chet tilini egallaganlik darajasi:____________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________
Nomzod haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar: ___________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi batafsil tushuntirildi.
___________________________________________
_____________________
(yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaxsning harbiy unvoni, lavozimi va F.I.O.)
(imzo)
20___ yil “____” _________________
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Individual-psixologik oʻrganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutidagi oʻqishning oʻziga xosligi hisobga olingan holda qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Kadrlar boshqarmasi psixolog mutaxassislari tomonidan qayta ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili psixologik test sinovlari boshlangunga qadar Institut qabul komissiyasi raisiga yuboriladi.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blankalari Institut qabul komissiyasining individual-psixologik oʻrganish boʻyicha masʼul aʼzosida saqlanadi va u testlar va javoblarning oshkor boʻlib ketmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
4. Dastlab nomzodlar Institut qabul komissiyasining individual-psixologik oʻrganish boʻyicha masʼul boʻlgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, shuningdek har bir vazifa boʻyicha tayyorlangan test savollari javoblarini topganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
2-bob. Individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish
5. Individual-psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki nomzodlarni guruhlarga boʻlgan holda oʻtkazilishi mumkin.
6. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlarni guruhlarga boʻlgan holda oʻtkazilganda, xonada nomzodlar soni 40 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
7. Individual-psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga bir nechta vazifalar boʻyicha psixologik testlar beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turgʻunligi, samimiyligi;
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
9. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sogʻligʻi surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik oʻrganishdan oʻtish uchun ruxsat beriladi.
10. Javoblar varaqasining toʻgʻri toʻldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar hisoblanadi.
11. Psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
12. Psixologik test oʻtkazish vaqtida oʻrganish oʻtkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
13. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar blankalarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaxassislar javoblar blankalarini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berishi zarur.
14. Vazifalarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
15. Vazifalarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodning takroriy test sinovlaridan oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
16. Individual-psixologik oʻrganish sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan toʻplangan ballar va individual-psixologik oʻrganish boʻyicha xulosa aks ettiriladi.
18. Qaydnoma Institut qabul komissiyasining individual-psixologik oʻrganish boʻyicha masʼul aʼzolari tomonidan imzolanadi.
19. Individual-psixologik oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan nomzod, unga nisbatan berilgan xulosani asoslantiruvchi maʼlumot bilan tanishish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha Institut qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan dastlab nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga:
fuqarolar sport kiyimida kelishlari tavsiya etiladi;
harbiy xizmatchilar harbiy kiyimda kelishlari lozim.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 15 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
7. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlar orasini ochish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruxsat beriladi.
8. Nomzodlarning turnikda tortilish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
a) fuqarolar uchun:
12 marotaba va undan koʻp tortilganda — “aʼlo”;
10-11 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
8-9 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
1 — 7 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
b) harbiy xizmatchilar uchun:
14 marotaba va undan koʻp tortilganda — “aʼlo”;
12-13 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
10-11 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
1 — 9 marotaba tortilganda yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
9. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamali tekis joylarda oʻtkaziladi.
10. Nomzodlarning 100 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
a) fuqarolar uchun:
14,0 soniya ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
14,1 — 14,4 soniya ichida bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,5 — 15,0 soniya ichida bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
15,1 soniya ichida va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
b) harbiy xizmatchilar uchun:
14,0 soniya ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
14,1 — 14,4 soniya ichida bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,5 — 15,2 soniya ichida bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
15,3 soniya va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
12. Nomzodlarning 3000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
a) fuqarolar uchun:
12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
12,40 daqiqadan koʻp, biroq 13,20 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
13,20 daqiqadan koʻp, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
14,0 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
b) harbiy xizmatchilar uchun:
12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
12,40 daqiqadan koʻp, biroq 13,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
13,0 daqiqadan koʻp, biroq 13,35 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
13,35 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
13. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda nomzod kamida bitta “qoniqarsiz” baho olgan boʻlsa, u umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan deb hisoblanadi.
14. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan nomzodlarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
15. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
16. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qoʻyilgan baholar koʻrsatiladi.
17. Qaydnoma nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha Institut qabul komissiyasining aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Psixofiziologik oʻrganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida Institut qabul komissiyasi mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladi.
2. Nomzodlarni psixofiziologik oʻrganish avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar (bundan buyon matnda maxsus kompleks deb yuritiladi) yordamida oʻtkazilishining asosiy tamoyili — nomzodning psixofiziologik xususiyati boʻyicha xulosa qilishda inson omilidan holi boʻlish va subyektivlikdan saqlanish hisoblanadi.
3. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan kunda nomzod maxsus jihozlangan xonaga kiritilishidan oldin unga mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik oʻrganish oʻtkazish tartibi, maxsus kompleksning texnik xususiyatlari, xavfsizlik nuqtai nazaridan oʻzini qanday tutishi lozimligi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
2-bob. Psixofiziologik oʻrganishni oʻtkazish
4. Psixofiziologik oʻrganish har bir nomzod uchun alohida oʻtkaziladi.
5. Psixofiziologik oʻrganish maxsus jihozlangan xonada oʻtkaziladi.
Ushbu xona yetarli darajada tabiiy yoki sunʼiy holda yoritilgan, shovqindan himoyalangan boʻlishi, nomzodga ajratilgan joy esa qulay boʻlishi lozim.
6. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonaga faqat bir nafar nomzod kiritiladi.
7. Nomzodlar psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
8. Psixofiziologik oʻrganishda nomzodning qoʻllariga maxsus kompleksning elektrodlari ulanadi hamda mazkur elektrodlar orqali 10 daqiqagacha boʻlgan vaqt davomida kichik quvvatli elektr impulslar uzatiladi.
9. Psixofiziologik oʻrganish davomida nomzod bilan muloqotga kirishishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Psixofiziologik oʻrganish davomida nomzod uzluksiz ravishda kuzatib turiladi.
11. Psixofiziologik oʻrganish yakunida maxsus kompleks nomzodning psixofiziologik xususiyatini “5” ballik tizimda baholaydi.
12. Psixofiziologik oʻrganishda uzrsiz sabablarga koʻra qatnashmagan nomzodlar “0” ball bilan baholanadi va qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
13. Psixofiziologik oʻrganish natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
14. Qaydnoma psixofiziologik oʻrganishda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Institut qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Nomzodlarning psixofiziologik oʻrganish natijalari boʻyicha QAYDNOMA
20__ yil “____” ______________
T/r
Nomzodlarning F.I.O.
Nomzodga qoʻyilgan ball
1.
2.
3.
Komissiya aʼzolari:
____________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
____________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
____________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
Diktant oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash maqsadida diktant yozdiriladi.
Diktant uchun umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar (oʻrta maxsus professional) taʼlimi oʻquv dasturlari doirasida oʻtilgan mavzularga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
2. Diktant boshlanishidan oldin komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodlarga diktant oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda diktant uchun maxsus blankalar tarqatiladi.
3. Nomzod maxsus blankaning tegishli qismiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi.
4. Nomzodlarga oʻqib eshittiriladigan diktant matnining hajmi 90 — 120 ta soʻzdan iborat boʻladi. Diktant yozish uchun nomzodlarga 45 daqiqa vaqt beriladi.
5. Institut qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) aʼzolari tomonidan nomzodlarga diktant matni bir marotaba tushunarli va toʻliq oʻqib eshittiriladi. Diktant matni toʻliq oʻqib eshittirilgandan keyin nomzodlar diktantni yozishga tayyorlanadi.
6. Diktant yozish boshlanganda qabul komissiyasi aʼzosi diktant matnini sekin birma-bir oʻqib beradi. Bunda, 1 ta gap oʻqib eshittiriladi va nomzod oʻqib eshittirilgan gapni yozishga kirishadi.
7. Oʻqib eshittirilgan gapni nomzodlar yozib boʻlganidan keyin ushbu gap qabul komissiyasi aʼzosi tomonidan yana bir marotaba oʻqib beriladi.
8. Nomzod diktantni yozib tugatgandan keyin unga berilgan maxsus blankani qabul komissiyasi aʼzosiga topshirib auditoriyani tark etadi.
9. Qabul komissiyasi aʼzosi nomzodlardan qabul qilib olingan maxsus blankalarni tekshirish uchun topshiradi.
10. Qabul komissiyasi aʼzosi nomzodlarning yozgan diktantlarini 1 kun ichida tekshiradi hamda natijalarni nomzodlarga oʻqib eshittirish orqali eʼlon qiladi.
2-bob. Diktantni baholash mezonlari
11. Nomzodlar tomonidan yozilgan diktant “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
diktant mutlaqo xatosiz yzilgan yoki ikkitagacha orfografik yoxud punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda — 5 ball bilan baholanadi;
uchtadan oltitagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda — 4 ball bilan baholanadi;
yettitadan toʻqqiztagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda — 3 ball bilan baholanadi;
oʻntadan oʻn ikkitagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda — 2 ball bilan baholanadi;
oʻn uch va undan ortiq orfografik yoki punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda — 1 ball bilan baholanadi.
12. Quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda diktantdagi xatoliklar ularning sonidan qatʼi nazar, bitta xatolik deb topiladi:
beshta oʻrinda “h” yoki “oʻ” harflari oʻrnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan boʻlsa;
kirish soʻzlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida oltitagacha punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
tasodifiy xatolar (masalan, “tushunmoq” soʻzi barcha oʻrinlarda toʻgʻri yozilgan, biroq bitta oʻrinda notoʻgʻri yozilgan yoki “1441” soni oʻrniga “1941” yozilgan boʻlsa);
takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” soʻzi besh oʻrinda “qutilmoq” tarzida yozilgan boʻlsa);
soʻz koʻchirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Choʻlpon — Choʻpon, Yunusobod — Yunus-obod).
14. Diktantdagi tuzatishlar miqdori beshtadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
15. Diktant natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
16. Qaydnoma diktantni oʻtkazishda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Diktant oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlariga ILOVA
Diktant oʻtkazish natijalari boʻyicha QAYDNOMA
20__ yil “____” ______________
T/r
Nomzodlarning F.I.O.
Nomzodning diktantiga qoʻyilgan ball
1.
2.
3.
Komissiya aʼzolari:
____________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
____________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
____________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yoʻli bilan tekshiriladi.
2. Test savollari, ularning javoblari Institut qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
3. Test savollari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuziladi:
shaxsiy kompyuterdan foydalanish boʻyicha;
idora dasturiy ilovalari (Microsoft Office dasturi) boʻyicha;
internet tarmogʻida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy texnikadan foydalanish boʻyicha.
4. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun Institut qabul komissiyasi masʼul kotibi javobgar hisoblanadi.
2-bob. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish
5. Nomzodga 30 ta test savoli va ularni yechish uchun bir soat vaqt beriladi.
6. Nomzodlar maxsus kompyuterlar bilan jihozlangan xonaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
Test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
7. Nomzodlar maxsus kompyuterlarga bir nafardan oʻtkaziladi.
Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirishdan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan tekshirish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
8. Nomzod maxsus dasturda beriladigan roʻyxatdan oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tanlaydi.
9. Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovlaridan oʻtadi.
10. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim. Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
11. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
12. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
13. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar, komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
14. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning oʻzida nomzodga uning test sinovlari natijalari kompyuter ekranida eʼlon qilinadi.
15. Nomzodning test savollariga bergan toʻgʻri javoblariga avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladi.
16. Test sinovlari natijasi “5” ballik tizimda quyidagi tartibda baholanadi:
26 — 30 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 5 ball;
21 — 25 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 4 ball;
16 — 20 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 3 ball;
11 — 15 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 2 ball;
1 — 10 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 1 ball;
test savollarining birortasiga ham toʻgʻri javob berilmagan yoki test sinovlarida uzrsiz sabablarga koʻra qatnashilmagan boʻlsa — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
17. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish natijalari boʻyicha qaydnoma mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
18. Qaydnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va Institut qabul komissiyasi masʼul kotibiga shu kunning oʻzida topshiriladi.
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasiga ILOVA
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari boʻyicha QAYDNOMA
20__ yil “____” _____________
T/r
Nomzodlarning F.I.O.
Toʻgʻri javoblar soni
Toʻplangan ball
1.
2.
3.
Komissiya aʼzolari:
____________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
____________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
____________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika boʻyicha psixofiziologik oʻrganish, diktant natijalari, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari asosida oʻtkaziladi.
2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar roʻyxati Institut qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi va qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Savollar roʻyxati qabul komissiyasi masʼul kotibining seyfida saqlanadi. Masʼul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
2-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish
4. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip boʻyicha, qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
5. Nomzod yakuniy suhbatga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kiritiladi.
6. Qabul komissiyasi aʼzolariga masʼul kotib (uning yordamchisi) tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtkazilayotgan nomzod haqidagi barcha maʼlumotlar taqdim etiladi.
7. Qabul komissiyasi aʼzolari nomzod haqidagi umumiy maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, unga ogʻzaki tarzda 3 ta savol beradi.
Nomzodga savollar navbat bilan birma-bir beriladi (nomzodga 1 ta savol beriladi va nomzod u savolga javob bersa yoki javob bera olmasa unga navbatdagi savol beriladi).
8. Har bir nomzodga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodning barcha savollarga bergan javobi eshitilgandan soʻng, unga auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
3-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
9. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
nomzod toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 5 ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 4 ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 3 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 2 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qoʻyiladi.
10. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan soʻng, komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bali aniqlanadi.
11. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
12. Qaydnoma yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazishda ishtirok etgan qabul komissiyasining aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Mazkur qaydnomaga nomzodning psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasi natijalari ham qabul komissiyasi masʼul kotibi tomonidan yozib qoʻyiladi.
13. Natijalar shu kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
14. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha oʻrtacha 3 va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyiladi.
15. Nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisidagi qaror haqida qaydnomaga yozib qoʻyiladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasiga ILOVA
Harbiy-professional tanlash tadbirlari natijalari boʻyicha QAYDNOMA
20__ yil “___” ____________
Guruh raqami: _________
T/r
F.I.O.
Psixofiziologik oʻrganish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Diktant natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijas� boʻyicha qoʻyilgan ball
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Oʻrtacha arifmetik ball
Test sinovlarini topshirishga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisidagi qaror
1.
2.
3.
4.
...
Qabul komissiyasi raisi
____________________
(imzo)
___________________________________________
(harbiy unvoni va F.I.O.)
Qabul komissiyasi masʼul kotibi
____________________
(imzo)
___________________________________________
(harbiy unvoni va F.I.O.)
Qabul komissiyasi aʼzolari:
____________________
(imzo)
___________________________________________
(harbiy unvoni va F.I.O.)
____________________
(imzo)
___________________________________________
(harbiy unvoni va F.I.O.)
____________________
(imzo)
___________________________________________
(harbiy unvoni va F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2020-yil 23-yanvardagi 3 va 4-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2018-yil 30-oktabrdagi 16, 30-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3096, 2018-yil 5-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 10/18/3096/2277-son; 14.05.2019-y., 10/19/3096-1/3118-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2019-yil 18-apreldagi 14, 16-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3096-1, 2019-yil 13-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/3096-1/3118-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2020-y., 10/20/3223/0237-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)