1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 23-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4117-sonli Farmoniga muvofiq hamda zamonaviy xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarining biometrik harakatlanish hujjati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevralda qabul qilingan PF-2240-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi pasporti va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma 2015-yil 31-dekabrgacha haqiqiyligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot]
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xo‘jayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (M. Hazratqulov) ommaviy axborot vositalarida (matbuot, televideniye, radioeshittirish) fuqarolar o‘rtasida mazkur Farmonning asosiy qoidalarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha chiqishlar va mavzuga oid ko‘rsatuvlar tayyorlashni ta’minlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish bo‘yicha organlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO))]
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (E. G‘aniyev) belgilangan tartibda xorijiy davlatlar hukumatlarini, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotini va Xalqaro standartlashtirish tashkilotini O‘zbekistonda milliy pasport tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov) Adliya vazirligi (R. Muhitdinov) va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli Farmoniga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportidan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (keyingi o‘rinlarda — pasport) — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini O‘zbekiston Respublikasi hududida tasdiqlovchi, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi bekor qilingan hamda xorijga doimiy yashash uchun chiqib ketishga doir ruxsatnoma rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
xorijda vaqtincha bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, xorijga chiqib, vaqtincha u yerda bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
konsullik muassasasi — O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining konsullik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatda ta’sis etiladigan bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulxonasi va konsullik agentligi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.13.00 Diplomatik va konsullik huquqi bo‘yicha boshqa masalalar]
konsullik ro‘yxati — tegishli konsullik okrugi hududiga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari qoshida belgilangan tartibda qayddan o‘tkazish;
doimiy konsullik ro‘yxati — doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qayddan o‘tkazish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
vaqtincha konsullik ro‘yxati — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, xorijda vaqtincha bo‘ladigan, xorijga vaqtincha chiqish ruxsatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan qayddan o‘tkazish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
konsullik okrugi — konsullik muassasasiga konsullik vazifalarini bajarish uchun biriktirilgan bir yoki bir necha davlat hududi;
ma’lumotlarni yig‘ish punkti — pasport olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik ma’lumotlarini va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga topshirish hamda fuqarolarga biometrik parametrlarga ega pasportlar berish bo‘yicha vazifalarni bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari.
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
3. Pasport u berilgan kundan boshlab 10 yil davomida amalda bo‘ladi va 2030-yil 31-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi (keyingi o‘rinlarda — ID-karta) bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki]
4. Pasport O‘zbekiston Respublikasi mulkidir va uning egasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasidadir.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.15.00.00 Harbiy ilm]
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatni o‘tashga chaqirilgan fuqarolarning pasportlari mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan olib qo‘yiladi va xizmat tugagunicha saqlanadi. Muddatli harbiy xizmat tugagach mudofaa ishlari bo‘limlari bir oy muddat ichida fuqarolarga olib qo‘yilgan pasportlarini qaytarishlari shart.
Kontrakt asosida harbiy xizmatga kirgan, oliy harbiy-ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan fuqarolarning pasportlari harbiy qismlarning va oliy harbiy-ta’lim muassasalarining kadrlar bo‘limlari tomonidan olib qo‘yilib, shtablarda saqlanadi.
Harbiy xizmatchilarning vazirliklar va idoralarning tegishli bo‘linmalarida saqlanayotgan pasportlari amal qilish muddati tugagandan keyin belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga jo‘natiladi.
6. Pasport blankasiga quyidagi asosiy ma’lumotlar kiritilgan bo‘lishi lozim:
pasportni bergan davlatning nomi;
hujjatning nomi;
hujjatning turi;
pasportni bergan davlatning kodi;
pasportning raqami;
familiyasi, ismi, otasining ismi;
millati;
fuqaroligi;
tug‘ilgan sanasi;
tug‘ilgan joyi;
jinsi;
berilgan sanasi;
kim tomonidan berilgani;
personallashtiruvchi idora;
amal qilish muddati tugaydigan sana;
egasining raqamli surati;
egasi haqidagi mashina o‘qiydigan ma’lumotlar.
7. Chipga quyidagi ma’lumotlar kiritilgan bo‘lishi lozim:
pasport egasi to‘g‘risidagi biografik ma’lumotlar;
egasining raqamli surati;
qo‘l barmoq izlari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
8. Fuqaroning yozma arizasiga ko‘ra millati haqidagi yozuv faqat bir marta otasi yoki onasining millatiga o‘zgartirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Pasportga:
harbiy majburiyat to‘g‘risidagi;
nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risidagi;
xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish to‘g‘risidagi;
konsullik ro‘yxatiga olingani yoki konsullik ro‘yxatidan chiqarilgani to‘g‘risidagi;
ilgari qo‘yilgan qaydlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Pasportda egasining imzosi bo‘lishi lozim.
Fuqarolarning roziligiga ko‘ra ularning pasportlariga pasport egasining qon guruhi va rezus mansubligi (faktori) to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.14.00 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqishi;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
10. Pasportga:
ichki ishlar organlari bo‘linmalari tomonidan — xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi, ilgari qo‘yilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan — harbiy majburiyat to‘g‘risidagi;
chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan — O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tganlik holati haqidagi va ilgari qo‘yilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish idoralari tomonidan — nikohni qayd etish va bekor qilish haqidagi;
sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan — qon guruhi va rezus mansubligi (faktori) haqidagi;
O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan — konsullik ro‘yxatiga olish yoki konsullik ro‘yxatidan chiqarish haqidagi, nikohni qayd etish va bekor qilish haqidagi, ilgari qo‘yilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi qaydlar kiritiladi.
Pasportga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan yozuvlar va qaydlarni kiritish taqiqlanadi.
2-bob. Pasportni almashtirish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.09.00 Migratsiya (05.01.09.00 ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
11. Pasport quyidagi hollarda ID-kartaga almashtiriladi:
pasportning amal qilish muddati tugaganida;
familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganida;
pasportdagi yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
sud ajrimi bilan pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganda;
pasport blankasi yaroqsiz holga kelganida;
pasport yo‘qotib qo‘yilganida.
Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganligi to‘g‘risidagi sud ajrimini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga ma’lumot uchun yuboradi.
Fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
12. Topib olingan pasport ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish]
13. Vafot etgan shaxsning pasporti mavjud bo‘lgan taqdirda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga topshiriladi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi hujjatni yo‘q qilish maqsadida ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi.
Xorijda vafot etgan fuqaroning pasporti O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga jo‘natiladi. Ushbu vazirlik esa hujjatni yo‘q qilish uchun Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.08.00 Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish]
14. Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning pasporti tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Agar shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilsa, uning pasporti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentiga yuboriladi.
Shaxs hibsdan ozod qilinganda yoki jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganida, unga pasporti tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov organlari, sud yoxud jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati tomonidan qaytariladi.
Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tergov, sud idoralarida yoki jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatida saqlanayotgan muddati o‘tgan pasportlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga jo‘natiladi.
15. Tekshirish, verifikatsiya (solishtirib o‘qish) jarayonida noaniqliklar yoki chegara (migratsiya) belgilari, xorijiy vizalar, ruxsatnoma yozuvlari qalbakilashtirilgani alomatlari aniqlangan, shuningdek belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan pasportlar tegishli vazirliklar va idoralarga jo‘natish uchun chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan olib qo‘yilishi mumkin.
16. Ushbu Nizomning 5 va 12 — 15-bandlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, fuqarolardan pasportlarini olib qo‘yish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
17. Fuqaro pasportini ehtiyot qilib saqlashi shart.
Pasportini yo‘qotib qo‘ygan fuqaro zudlik bilan o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga xabar berishi lozim, unga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda yangi ID-karta rasmiylashtirib beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risidagi nizom.
Vaqtincha xorijda bo‘lgan fuqarolar pasportini yo‘qotgan, pasporti yaroqsiz holga kelgan yoki uning amal qilish muddati tugagan hollarda O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etadilar.
Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganligi to‘g‘risidagi sud ajrimini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga ma’lumot uchun yuboradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar]
18. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning pasportini yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatini yo‘qotganliklari haqidagi arizalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan tegishincha mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq belgilangan shakldagi ma’lumotnoma beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
19. Pasport yo‘qolganligi to‘g‘risidagi arizalar hisobga olish jurnalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
20. Fuqarolar topilgan pasportlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga topshirishlari lozim.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
21. Topilgan pasportlarda oldingi yashash joyidan ro‘yxatdan chiqqanligi haqida shtamplar mavjud bo‘lsa, bunday pasportlar ularni bergan ichki ishlar organlariga yo‘q qilinish uchun yuboriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
22. Pasport o‘g‘irlangan hollarda bu haqidagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida fuqarolarga ma’lumotnomalar beriladi va ular javobgarlikka tortilmaydi.
Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida pasporti yo‘qolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat etgan shaxslar ham javobgarlikka tortilmaydi.
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni arizaga ilova qiladi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati bo‘lganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan so‘rov asosida qonunchilikda belgilangan vakolatli idoralardan ma’lumotnoma olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlaridan ozod etilgan va pasportini yo‘qotgan shaxslarga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma beriladi.
Bunday shaxslarga ID-karta berish masalalari ilgari hujjatlashtirilgan yoki so‘nggi yashash joyi yoxud turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsalar, ko‘rib chiqiladi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
23. Agar fuqaro kelgan davlatida O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi bo‘lmasa, u O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlat konsullik okrugiga kiradigan xorijdagi konsullik muassasasiga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.02.00 Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
24. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan shaxs pasportini so‘nggi yashash joyidagi ichki ishlar organiga yoki turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart.
3-bob. Sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
25. Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi respublika hududida ushlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport ichki ishlar organlari yoki chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yo‘q qilish uchun jo‘natish maqsadida olib qo‘yiladi va unga pasporti olib qo‘yilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
26. Vaqtincha xorijda bo‘lgan pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etganda uning pasporti olib qo‘yiladi va unga bu haqida dalolatnoma beriladi. Olib qo‘yilgan pasportni yo‘q qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
27. Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirib beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risidagi nizom.
4-bob. Yakunlovchi qoida
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.03.00 Ma’muriy jazolar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
28. Qonun hujjatlarida quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoxud haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yashashi, pasportini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yganligi;
fuqarolar tomonidan yo‘qolganligi to‘g‘risida ariza berilgan o‘z pasportlaridan, shuningdek, boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan pasportlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanganligi;
pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yilganligi, xuddi shuningdek fuqarolar tomonidan o‘z turar joylarida shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashiga yo‘l qo‘yilganligi;
(28-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan pasportni qonunga xilof ravishda olib qo‘yilganda yoki pasportni garov sifatida qabul qilinganda;
chegara zonasiga kirish yoki bu zonada yashash, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishi vaqtincha cheklangan joylarga kirish va bu joylarda bo‘lish qoidalarini buzish;
g‘arazli maqsadlarda pasportni egallab olish, xuddi shuningdek, uni yo‘q qilish, yaroqsiz holga keltirish, yashirish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223, 2231, 2233-moddalari.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hududiy ichki ishlar organining shtampi
20___ y. “____” _____________ _______________________-son
MA’LUMOTNOMA
Rasm uchun joy
Fuqaro________________________________________________________________________________ familiyasi, ismi, otasining ismi ______________________________________________________________________________________ tug‘ilgan yili va joyi ______________________________________________________________________________________ pasporti (ID-karta)ning yo‘qotilganligi haqida murojaat qildi.
Amal qilish muddati “______” ___________________ 20_____ y.
20___ y. “____” _____________ _______________________-son
MA’LUMOTNOMA
Rasm uchun joy
Chet el fuqarosi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) ______________________________________________________________________________________
(keraksizi o‘chirilsin)
______________________________________________________________________________________ familiyasi, ismi, otasining ismi ______________________________________________________________________________________ tug‘ilgan yili va joyi ______________________________________________________________________________________
milliy pasportning, xizmat pasportining, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning yo‘qotilganligi haqida murojaat qildi. ____________________________________(keraksizi o‘chirilsin) Yuqoridagi shaxs haqiqatdan _____________________________________________________________da
(migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining nomi)
20____ y. “_____” __________________dan 20____ y. “_____” _______________gacha __________________________________________________-son milliy pasport (fuqaroligi yo‘q shaxsning guvohnomasi) bo‘yicha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Amal qilish muddati “______” ___________________ 20_____ y.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli Farmoniga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarining biometrik harakatlanish hujjati to‘g‘risidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.14.00 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqishi]
1. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjati to‘g‘risidagi Nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning xorijga chiqishi uchun biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish, almashtirish tartibini belgilab beradi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar]
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati (keyingi o‘rinlarda — harakatlanish hujjati) — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, harakatlanish hujjati egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
personallashtirish — harakatlanish hujjati blankasiga uning egasi to‘g‘risidagi biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlarni kiritish;
verifikatsiya — harakatlanish hujjatiga kiritilgan biometrik parametrlarning harakatlanish hujjati egasining biometrik parametrlari bilan mosligini mashina yordamida tekshirish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
konsullik muassasasi — O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining konsullik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatda ta’sis etiladigan bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulxonasi va konsullik agentligi;
konsullik ro‘yxati — tegishli konsullik okrugi hududiga kelgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni xorijdagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari qoshida belgilangan tartibda qayddan o‘tkazish;
doimiy konsullik ro‘yxati — doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni qayddan o‘tkazish;
vaqtincha konsullik ro‘yxati — xorijga vaqtincha chiqish ruxsatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan qayddan o‘tkazish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
konsullik okrugi — konsullik muassasasiga konsullik vazifalarini bajarish uchun biriktirilgan bir yoki bir necha davlat hududi;
ma’lumotlarni yig‘ish punkti — pasport olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik ma’lumotlarini va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Personallashtirish agentligi) topshirish hamda fuqarolarga biometrik parametrlarga ega pasportlar berish bo‘yicha vazifalarni bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquq departamenti, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
harakatlanish hujjati olish uchun talabnoma — harakatlanish hujjati oluvchi haqida ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat (keyingi o‘rinlarda — talabnoma).
3. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjati olish uchun yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati besh yil muddatga beriladi.
Bir yoshga to‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati ikki yil muddatga beriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tugagach, shaxs uni ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshirishi shart.
O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish va berish tegishli murojaat asosida belgilangan tartibda ushbu shaxslarning yashash yoki turgan joyiga borgan holda amalga oshiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.09.00 Hukumat va boshqa turdagi maxsus aloqalar. Feldyegerlik aloqasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
4. Harakatlanish hujjati blanki qat’iy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
Harakatlanish hujjati blanklarini ishlab chiqarish “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasida, harakatlanish hujjatini personallashtirish va yo‘q qilish — Personallashtirish agentligida, harakatlanish hujjatini egalariga berish — ma’lumotlarni yig‘ish punktlarida amalga oshiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Harakatlanish hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati (keyingi o‘rinlarda — DFX) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Harakatlanish hujjatlarini xorijdagi ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga va konsullik muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish belgilangan tartibda diplomatik pochta vositasi orqali amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish hujjati talabnoma Personallashtirish agentligiga jo‘natilganidan keyin ma’lumotlarni yig‘ish punktida o‘n ish kuni mobaynida, xorijda — o‘n besh ish kuni mobaynida beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
6. Harakatlanish hujjati belgilangan namuna bo‘yicha tayyorlanadi va o‘zbek hamda ingliz tillarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa qoraqalpoq, o‘zbek va ingliz tillarida personallashtiriladi.
7. Harakatlanish hujjati blankasiga quyidagi asosiy ma’lumotlar kiritiladi:
harakatlanish hujjatini bergan davlatning nomi;
hujjatning nomi;
hujjatning turi;
harakatlanish hujjatini bergan davlatning kodi;
harakatlanish hujjatining raqami;
familiyasi, ismi, otasining ismi;
millati;
fuqaroligi;
tug‘ilgan sanasi;
tug‘ilgan joyi;
jinsi;
berilgan sanasi;
kim tomonidan berilgani;
personallashtiruvchi idora;
amal qilish muddati tugaydigan sana;
egasining raqamli surati;
egasi haqidagi mashina o‘qiydigan ma’lumotlar.
8. Chipga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
harakatlanish hujjatining egasi to‘g‘risidagi biografik ma’lumotlar;
pasport egasining qo‘l barmoqlari izlari — 16 yoshga yetganidan keyin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
hamrohlik qilayotgan shaxslar to‘g‘risidagi (16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun);
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish to‘g‘risidagi;
konsullik ro‘yxatiga olingani yoki konsullik ro‘yxatidan chiqarilgani to‘g‘risidagi;
xorijiy davlatlarga kirish uchun ruxsatnoma (viza) to‘g‘risidagi;
vaqtincha qayd to‘g‘risidagi;
ilgari qo‘yilgan qaydlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning roziligiga ko‘ra ularning harakatlanish hujjatlariga hujjat egasining qon guruhi va qaysi rezusga mansubligi to‘g‘risidagi qaydlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
ichki ishlar organlari bo‘linmalari tomonidan — hamrohlik qiluvchi shaxslar (16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) haqidagi, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi, ilgari qo‘yilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan — O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tganlik holati haqidagi va ilgari qo‘yilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan — qon guruhi va qaysi rezusga mansubligi haqidagi;
O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan — konsullik ro‘yxatiga olish yoki konsullik ro‘yxatidan chiqarish haqidagi, hamrohlik qiluvchi shaxslar haqidagi (16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun), ilgari qo‘yilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan — xorijiy davlatlarga kirish ruxsatnomalari (vizalar) haqidagi qaydlar kiritiladi.
Harakatlanish hujjatiga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan yozuv va qaydlarni kiritish taqiqlanadi.
II. Harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va undan foydalanish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
11. Harakatlanish hujjati quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi va beriladi:
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs xorijga chiqayotganda;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi harakatlanish hujjatlari bilan hujjatlashtirilgan shaxslarning farzandi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tug‘ilganida;
amal qilish muddati tugaganida;
shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganida;
yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganda;
alohida ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan betlari ishlatilib bo‘linganida;
sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatilganida;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Harakatlanish hujjati egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Agar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotganida harakatlanish hujjatining amal qilish muddati bir yildan kamroq vaqtni tashkil etsa, ushbu hujjat almashtirilishi mumkin.
12. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatini olish va almashtirish uchun o‘zi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilishi uchun berilgan guvohnomasi yoki ID-kartasi;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
tug‘ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun);
ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
35 x 45 mm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat;
davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya.
15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
13. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy va vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olingan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan hollarda harakatlanish hujjatini olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
belgilangan shakldagi ariza;
ilgari berilgan harakatlanish hujjati;
tug‘ilganlik haqida guvohnoma (birinchi marta harakatlanish hujjatini olishda);
35 x 45 mm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat;
harakatlanish hujjati yo‘qotib qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (u yo‘qotib qo‘yilganda);
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
konsullik yig‘imi va haqiqatda qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga yig‘imlar to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
131. Voyaga yetmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga harakatlanish hujjatini rasmiylashtirishda quyidagi hollarda ota-onalardan birining roziligi talab qilinmaydi:
ota-onaning biri vafot etganida (vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi taqdim etilgan taqdirda);
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan berilgan yolg‘iz ona to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda;
agar bolaning ota-onasidan biri chet el fuqarosi bo‘lsa;
ota-onalardan biri sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilinganida (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda);
ota-onalardan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilganda (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda);
ota-onalardan biri sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda);
agar ota-onalardan biri O‘zbekiston Respublikasi hududidan o‘chirilganda va xorijda doimiy yashayotganda.
Ushbu masala yuzasidan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida chiqqan har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Ota-onalardan biri o‘z bolasining xorijga chiqishiga rozi bo‘lmagan taqdirda, uning xorijga chiqish huquqini cheklash uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
16 yoshga to‘lmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), ushbu shaxslarni xorijga yuborayotgan tashkilotlarning vakillari tegishli arizalar bilan murojaat qiladilar.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
14. Ma’lumotlarni yig‘ish punkti taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining biografik ma’lumotlarini, elektron ko‘rinishdagi (16 yoshdan katta shaxslar uchun) qo‘l barmoq izlarini yig‘adi, shaxsni old tomonidan raqamli formatda suratga oladi va harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun talabnoma tuzib, so‘ng Personallashtirish agentligiga jo‘natadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar]
15. Agar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa va ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti unga harakatlanish hujjati rasmiylashtirishni rad etish huquqiga ega.
16. Ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yangi harakatlanish hujjati berish chog‘ida ilgari berilgan hujjatni olib qo‘yadi va uni yo‘q qilish uchun Personallashtirish agentligiga jo‘natadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
17. Personallashtirish agentligi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning tayyor harakatlanish hujjatini DFX orqali hujjat rasmiylashtirish uchun talabnoma jo‘natgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yoki diplomatik kanallar orqali ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga yetkazib berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshiradi. Ma’lumotlarni yig‘ish punktlari esa harakatlanish hujjatlarini egalariga berishni ta’minlashlari kerak.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
171. 16 yoshga to‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjati ularning ota-onalariga, vasiylari (homiylari)ga, harakatlanish hujjati berish haqida ariza bilan murojaat qilgan tashkilotlarning vakillariga beriladi.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
18. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan va vaqtincha O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan hollarda harakatlanish hujjatini olish va almashtirish uchun ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etadilar.
19. Xorijga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda chiqqan, ammo O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasida konsullik ro‘yxatiga olinmagan va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan paytlarida harakatlanish hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar so‘nggi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joylaridagi ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga murojaat etadilar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
20. Agar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs kelgan mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi bo‘lmasa, u O‘zbekiston Respublikasining mazkur mamlakat konsullik okrugiga kiradigan xorijdagi konsullik muassasasiga murojaat etadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar]
21. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatini ehtiyot qilib saqlashi shart.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatini O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘qotib qo‘ygan taqdirda bu haqda o‘z vaqtida uni bergan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga xabar berishi lozim. Mazkur ma’lumotlarni yig‘ish punkti qonunda nazarda tutilgan choralarni ko‘rganidan keyin unga ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan tartibda yangi harakatlanish hujjatini beradi.
22. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar boshqa davlat fuqaroligini olgan taqdirda harakatlanish hujjatini keyin Personallashtirish agentligiga yo‘q qilish maqsadida topshirish uchun o‘zlari kelgan joydagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshirishlari shart.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
23. Topib olingan harakatlanish hujjati ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
24. Vafot etgan shaxsning harakatlanish hujjati fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish idorasiga topshiriladi. Ushbu idora esa hujjatni yo‘q qilish maqsadida Personallashtirish agentligiga topshirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga jo‘natadi.
Xorijda vafot etgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga jo‘natiladi. Ushbu vazirlik esa hujjatni yo‘q qilish uchun Personallashtirish agentligiga yuboradi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
25. Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati surishtiruv, tergov idoralari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Agar shaxs sudning hukmi bilan qamoqda qoldirilsa, uning harakatlanish hujjati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga jo‘natiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-maydagi PF-5040-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 19-son, 334-modda)
Shaxs qamoqdan ozod etilganida yoki jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, unga harakatlanish hujjati tergov, sud idoralari yoki jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati tomonidan qaytariladi.
Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tergov, sud idoralarida yoki jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatida saqlanayotgan muddati o‘tgan harakatlanish hujjatlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga jo‘natiladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.07.00 Migratsiya masalalari. Kirish va chiqish]
26. Tekshirish, verifikatsiya (solishtirib o‘qish) jarayonida noaniqliklar yoki chegara (migratsiya) belgilari, xorijiy vizalar, ruxsatnoma yozuvlari qalbakilashtirilgani alomatlari aniqlangan, belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan harakatlanish hujjatlari tegishli vazirliklar va idoralarga jo‘natish uchun chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan olib qo‘yilishi mumkin.
27. Ushbu Nizomning 16, 25 va 26-bandlarida ko‘zda tutilgan xollardan tashqari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan harakatlanish hujjatlarini olib qo‘yish taqiqlanadi.
Majburiyatni bajarish maqsadida harakatlanish hujjatini garov sifatida qabul qilish va topshirish taqiqlanadi.
sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilganida;
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
egasi biror-bir davlat fuqaroligini qabul qilganida;
uni rasmiylashtirish chog‘ida ataylab yolg‘on ma’lumotlar taqdim qilinganida o‘z kuchini yo‘qotadi.
29. Ushbu Nizom talablarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shtamplar va blankalar namunalari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
30. Harakatlanish hujjatini berish uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji yoki konsullik yig‘imlari undiriladi.
Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida harakatlanish hujjati yo‘qolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni arizaga ilova qiladi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati bo‘lganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan so‘rov asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatli idoralardan ma’lumotnoma olinadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
II1. Sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan harakatlanish hujjati o‘rniga yangi harakatlanish hujjati berish tartibi
301. Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi respublika hududida ushlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan harakatlanish hujjati ichki ishlar organlari yoki chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yo‘q qilish uchun jo‘natish maqsadida olib qo‘yiladi va unga harakatlanish hujjati olib qo‘yilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
302. Vaqtincha xorijda bo‘lgan sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etganda uning harakatlanish hujjati olib qo‘yiladi va unga bu haqida dalolatnoma beriladi. Olib qo‘yilgan harakatlanish hujjati yo‘q qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi.
303. Sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga yangi harakatlanish hujjati ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida beriladi.
Yangi harakatlanish hujjatini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
belgilangan shakldagi ariza;
protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida tasdiqlangan qaror nusxasi;
davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya.
Sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
304. Tergov hibsxonalari yoki vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxsga yangi harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish ushbu shaxslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi.
(II1-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
III. Konsullik ro‘yxati
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
31. Belgilangan tartibda xorijga doimiy yashash uchun chiqqan, shuningdek vaqtincha xorijda bo‘ladigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatida turishlari shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
32. Xorijga doimiy yashash uchun chiqqan va xorijga doimiy yashash uchun chiqishlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy konsullik ro‘yxatiga olinadilar.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.13.00 Fuqarolarni chet elga o‘qishga yuborish;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
33. Xorijga xizmat safari, o‘qish, davolanish, ishlash va o‘z oilasi bilan birlashish maqsadida chiqib ketgan va xorijga vaqtincha chiqishlarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinadilar.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs o‘zi borayotgan mamlakatga qonuniy tarzda va olti oydan ortiq vaqtga kelgan taqdirda, u vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar]
34. Agar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash, shuningdek ish, o‘qish yoki xizmat safari joyi o‘zgarishi munosabati bilan olti oydan ortiq muddatga O‘zbekiston Respublikasining boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tishsa, ilgari turgan joylaridagi konsullik ro‘yxatidan (doimiy, vaqtincha) chiqishlari va yangi kelgan joylarida konsullik ro‘yxatiga turishlari lozim.
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
35. Doimiy konsullik ro‘yxatiga olish uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda konsullik yig‘imlari undiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 25-fevraldagi 61, 10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Konsullik harakatlarini bajarish bilan bog‘lik haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirish va kelib tushgan pul mablag‘laridan foydalanish xamda konsullik yig‘imlari tarifini AQSH dollari kursiga nisbatan qaytahisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3291, 27.03.2021-y.).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi]
36. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatiga olish va konsullik ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi arizalarining, ularni konsullik ro‘yxatiga olish va konsullik ro‘yxatidan chiqarishga taalluqli qayd qilish kitoblari va boshqa hujjatlarning shakllari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
IV. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.03.00 Ma’muriy jazolar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
37. Qonun hujjatlarida quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi:
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning haqiqiy bo‘lmagan harakatlanish hujjatidan foydalanganligi, harakatlanish hujjatini ataylab yaroqsiz holga keltirganligi, shuningdek uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yganligi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlarining harakatlanish hujjatlaridan g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanganligi, so‘ng ularni yo‘qotib qo‘yganligi to‘g‘risida ariza berganligi, shuningdek boshqa shaxslarga tegishli harakatlanish hujjatlaridan foydalanganligi;
g‘arazli yoki boshqa maqsadlarda harakatlanish hujjatiga egalik qilganligi, uni yo‘q qilganligi, yaroqsiz holga keltirganligi, yashirganligi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223, 2231, 2233-moddalari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 2-modda; 2017-y., 19-son, 334-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son; 30.08.2018-y., 06/18/5528/1812-son; 19.11.2018-y., 06/20/5578/0984-son; 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)