toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi O‘RQ-907-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda) 49-moddasining ikkinchi qismidagi “ma’muriy huquqbuzarlik va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 4-modda) 7-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 5-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son)
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 27-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi”;
2) 531-moddaning sakkizinchi qismi “ijrochilariga” degan so‘zdan keyin “elektron hujjat tarzida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674-modda, № 11, 787, 791-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
nomidagi “va hisobga olish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi nazoratidagi kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi”;
2) 132-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi”;
3) 245-moddaning birinchi qismidagi “119-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar “119-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 2491-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2491-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 2041-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshlig‘i, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslaridir”;
5) 253-modda chiqarib tashlansin;
6) 2681-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2681-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 2151-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
7) quyidagi mazmundagi 2691-modda bilan to‘ldirilsin:
“2691-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ishni ko‘rib chiqish jarayonida organ (mansabdor shaxs) tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar organga (mansabdor shaxsga) o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.
Ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, organ (mansabdor shaxs) tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishincha organning majlisida raislik qiluvchining va kotibning yoki ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni elektron shaklda boshqa organga topshirish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi elektron shaklda shakllantirilgan ishlarning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxalari bo‘lishi mumkin”;
8) quyidagi mazmundagi 2692-modda bilan to‘ldirilsin:
“2692-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlari
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan murojaat qilishga haqli.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda, shuningdek boshqa zarur hollarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi”;
9) 290-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish esa — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
10) 291-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“z) ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida sudning tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasiga faqat ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 6-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlarining, guvohlar ko‘rsatuvlarining, ekspertlar o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki tushuntirishlarining, muzokaralarning hamda prokuror fikrlarining boshlangan va tugagan vaqti ko‘rsatiladi, shuningdek sud majlisini yozib olishning texnik vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudning nomi haqidagi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudning va ishni ko‘rib chiqayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodimlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida chiqarilishi va ijro etish uchun yuborilishi mumkin”;
sakkizinchi qismi to‘qqizinchi qism deb hisoblansin;
14) 340-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 2491-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi”;
15) 341-moddaning uchinchi qismidagi “kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 26-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi O‘RQ-790-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 19-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 03/22/790/0751-son)
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ-370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 44-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 109-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi 120-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 4, 98-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 8, 470-modda, № 9, 591-modda) 20-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi 308-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda) 26-moddasi uchinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1137-sonli Qonuniga asosan 12-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi 712-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan O‘RQ-483-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 11-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi hamda uning hududiy filiallari negizida tadbirkorlik subyektlarini o‘qitishni va kadrlar tayyorlashni tashkil etadi”;
2) 31-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya qilish va xususiylashtirish jamg‘armasidan kelib tushadigan, faqat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirish uchun maqsadli yo‘naltiriladigan mablag‘lar”.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan O‘RQ-387-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 10-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qog‘ozlar muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bunda aksiyalarning oldi-sotdi bitimlari qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida amalga oshiriladi, bundan aksiyadorlarning talabiga ko‘ra aksiyalarning aksiyadorlik jamiyati tomonidan qaytarib sotib olinishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan hollar mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi O‘RQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni profilaktika qilish hamda bartaraf etish, shuningdek qutqaruv ishlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan bo‘linmasi”;
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidir (bundan buyon matnda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi” degan so‘zlar “loyihalarini ishlab chiqadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalarni va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi”;
uchinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 13-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalari” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 18-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 19-moddaning birinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 22-moddaning uchinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining bo‘linmalari” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
9) 29 va 30-moddalar chiqarib tashlansin;
10) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari bo‘lgan bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining obyektlarida, o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yo‘l, avtomobil transportidan hamda elektr transportidan foydalanilayotganda davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish tartibi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli vakolatli organlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi”;
birinchi qismidagi “Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari hamda bo‘linmalarining” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari mazkur tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi”.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-344-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda) 10-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasining”;
beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi O‘RQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 11, 791-modda) 70-moddasi birinchi qismining 8-bandiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
o‘n ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi — o‘n yettinchi xatboshilari tegishincha o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 16-modda birinchi qismining o‘ttiz uchinchi xatboshisidagi “yong‘inlarni o‘chirish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3) 17-modda birinchi qismining:
o‘ttiz sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
o‘ttiz to‘qqizinchi — qirq uchinchi xatboshilari tegishincha o‘ttiz sakkizinchi — qirq ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ttiz sakkizinchi xatboshisidagi “ichki, ruxsatnoma bilan kirish va yong‘inga qarshi rejimiga” degan so‘zlar “ichki rejimga va ruxsatnoma bilan kirish rejimiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 5-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-471-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 219-modda) 37-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
23-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 6-moddasining 1 — 5, 9, 10, 14, 15-bandlari, 8, 16 va 20-moddalari mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-dekabr,
O‘RQ-597-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 03/22/790/0751-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)