toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shichalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-dekabr,
973-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda):
ikkinchi xatboshidagi “hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 42-bandning ikkinchi xatboshidagi “hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 11-bandining oltinchi xatboshidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “Mudofaa vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
19-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
o‘n oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n oltinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2-kichik bandning o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik tizimidagi moddiy vositalarni davlat zaxirasiga to‘plash rejasini va safarbarlik rejasini, tuzilmasini, tarkibini, me’yorini ishlab chiqadi”;
quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining kuch vositalari bilan davlat boshqaruvi organlarini va xo‘jalik birlashmalarini aloqa bilan ta’minlash uchun avariya-tiklash ishlarini va o‘ta muhim, toifalangan va strategik muhim obyektlar tizimini qo‘riqlashni ta’minlashni tashkillashtiradi”;
o‘n yettinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n sakkizinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 196-modda) bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga Universitetning bakalavriatiga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 54-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“54. “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilariga va Mudofaa vazirligi tomonidan avtomototransport vositalari haydovchilari mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga jalb etilgan chaqiriluvchilarga o‘qishni tugatganlaridan so‘ng, 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsalar-da, hududiy YHXBda imtihonlarni topshirishlariga ruxsat beriladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 59-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“59. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 1-iyuldagi 274-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 53-modda) 5-ilovaning 9-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 23-avgustdagi 233-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 61-modda) ilovaning 5-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2017-yil 11-avgustdagi 611-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 821-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 1-iyuldagi 274-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 22-avgustdagi 660-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 34-son, 896-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda) ilovaning 14-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi O‘RQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 230-modda) ilovaning 3-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 15-dekabrdagi 1021-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 307-modda) ilovaning 3-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)