1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.05.00 Harbiy xizmatdan boʻshatish]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 20-noyabrdagi PF-4054-son Farmoni talablarini amalga oshirish, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishning samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
1. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining — fuqarolarni uyushgan holda yigʻish va muddatli harbiy xizmatga harbiy qismlarga tantanali vaziyatda joʻnatishni; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylarida tantanali ravishda kutib olinishini taʼminlash; muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda ishga joylashishda va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda koʻmaklashish yuzasidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
harbiy qismlar komandirlarining — muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni qoʻshinlarda qabul qilib olish boʻyicha tantanali tadbirlarni oʻtkazish, ularni harbiy xizmat sharoitlariga koʻniktirish; oziq-ovqat va kiyim-kechaklarning barcha turlari bilan taʼminlash, jangovar va ijtimoiy-siyosiy jihatdan samarali tayyorlash, maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan muddatli harbiy xizmatchilarni harbiy qismlardan uyushgan holda kuzatib qoʻyish yuzasidan;
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarni aloqador vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan jadvallarga muvofiq test sinovlaridan oʻtkazish yuzasidan shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Chegara qoʻshinlari:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarining sifatli bajarilishini taʼminlasinlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻish punktlariga belgilangan namunadagi ashyoviy buyumlarning yetkazilishini hamda muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarga berilishini taʼminlasinlar.
4. Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev):
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
uch oy muddatda Chaqiruv komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom hamda 2009 — 2012-yillarda chaqiruv va yigʻish punktlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dasturi loyihalarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2009-yil 1-martgacha “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (N. Xanov) hamda “Harbiyloyiha” loyihalash instituti (A. Timoshenko) bilan birgalikda viloyatlar va tumanlar (shaharlar)ning chaqiruv punktlari infratuzilmasi va hududlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish maqsadida chaqiruv va yigʻish punktlarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin.
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mahalliy organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ular egallagan harbiy va xoʻjalik ixtisosliklarni hisobga olgan holda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F. Nazirov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylardagi tibbiy komissiyalarning samarali ishlashini, chaqiriluvchilarning tibbiy koʻrikdan sifatli va xolisona oʻtkazilishini, shuningdek chaqiruv va yigʻish punktlarining zarur tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar bilan qoʻshimcha ravishda jihozlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Parpiyev) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (B. Ismoilov), tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga sifatli tayyorlanishi uchun zarur tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni taʼminlash, zarur metodik yordamni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
8. Ushbu qaror talablarini bajarish boʻyicha tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga (M. Hazratqulov) Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarini amalga oshirish tadbirlarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish tavsiya qilinsin.
10. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisida” 2005-yil 15-martdagi 84-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 15-modda).
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va F.Sh. Akbarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-yanvar,
10-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qaroriga ILOVA
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Mazkur Nizom fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibini, davlat organlarining ushbu ishlarni amalga oshirish boʻyicha vazifalarini belgilaydi.
2. Muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibi va muddatlari qonunchilikda belgilanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
II. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish tartibi
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Bosh shtabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilingandan keyin oʻn kun muddatda chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga joʻnatishning umumiy jadvalini ishlab chiqadi. Chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga joʻnatish jadvallari besh kun muddatda harbiy okruglar qoʻshinlari qoʻmondonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy boʻysunishdagi qoʻshinlari harbiy qismlari komandirlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati qoʻshilmalari va harbiy qismlari komandirlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ularga tegishli qismi boʻyicha yetkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
4. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezerviga xizmatga olish tuman (shahar) chaqiruv punktida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Tuman (shahar) chaqiruv punkti fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha chaqiruv va tibbiy komissiyalar ishini tashkil etish, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezerviga xizmatga chaqirish, ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻish punktlariga (keyingi oʻrinlarda “yigʻish punktlari” deb ataladi) tashkiliy joʻnatish uchun moʻljallangan.
Tuman (shahar) chaqiruv punktlari, qoidaga koʻra, mudofaa ishlari boʻlimi bilan bir binoda yoki uning hududida joylashadi.
Tuman (shahar) chaqiruv punkti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
chaqiriluvchilar chaqiruv punktida boʻlgan vaqtda ular orasida madaniy-tarbiyaviy ishlar olib boradigan xona (100 kishiga);
chaqiriluvchilarga oid ijtimoiy-demografik maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun xona;
chaqiriluvchilarning kiyim-kechagi va shaxsiy ashyolarini saqlash uchun xona (kamida 50 kishiga);
chaqiriluvchilarni antropometrik tekshirish uchun xona;
mutaxassis vrachlar chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi uchun xona, bir nafar mutaxassis vrachga bir xona hisobidan;
tuman chaqiruv komissiyasi majlisini oʻtkazish uchun xona;
ovqatlanish punkti (bufet);
sanitariya uzellari.
Chaqiriluvchilarning harbiy qismlarga joʻnatish uchun mudofaa ishlari boʻlimlariga kelish vaqti ularning yigʻish punktlariga harbiy komandalarning harbiy qismlarga joʻnatilishidan kamida 6 soat oldin yetib kelishi hisobga olingan holda belgilanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
Chaqiriluvchilarni yigʻish punktlariga joʻnatish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ajratilgan avtotransportda mudofaa ishlari boʻlimlari, yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamrohligida tashkiliy ravishda va chaqiriluvchilarni joʻnatish jadvallarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(4-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Chaqiriluvchilarni yigʻish punktlariga joʻnatishdan oldin mudofaa ishlari tuman boʻlimlari:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
harbiy komandaga nomma-nom roʻyxat tuzishi;
joʻnatilayotgan fuqarolarga harbiy guvohnomalar berishi va ulardan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari va pasportlarni olib qoʻyishi;
“Armiya — hayot maktabi” eslatmasini topshirishi shart.
5. Chaqiriluvchilarni qoʻshinlarga joʻnatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻish punktlarida amalga oshiriladi.
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.03.00 Safarbarlik tayyorgarligi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik]
Yigʻish punktlari chaqiriluvchilarni nazorat tibbiy koʻrigidan oʻtkazish, tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyalari tomonidan chaqiriluvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har xil turlari boʻyicha tayinlash toʻgʻrisida qabul qilgan qarorlarining qonuniyligini tekshirish, chaqiriluvchilarni safarbarlik chaqiruvi rezerviga xizmatga olish, sogʻligʻining holatiga koʻra chaqiruvni kechiktirish, komandalarni shakllantirish, ularni komandalarni qabul qilish va ularga hamrohlik qilish uchun kelgan harbiy qismlar vakillariga berish, muddatli harbiy xizmatning yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarini yoʻlda zarur boʻlgan barcha zarur narsalar bilan taʼminlash va komandalarni qoʻshinlarga tashkiliy joʻnatish uchun moʻljallangan.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Yigʻish punktida quyidagilar boʻlishi kerak:
maʼmuriy bino;
chaqiruv punkti;
tantanali kuzatish qatnashchilari bilan bayramona tushlik qilish uchun oshxona (300 kishiga);
chaqiriluvchilar belgilangan kiyim-kechakni qayta kiyib oladigan xonasi boʻlgan shaxsiy tarkibni sanitariya koʻrigidan oʻtkazish uchun bino (hammom) (50 kishiga);
yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilar bilan tantanali kuzatish marosimini oʻtkazish uchun saf tortish maydoni (300 kishiga);
nazorat-oʻtkazish punkti;
tashqi sanitariya uzellari.
Yigʻish punktining maʼmuriy binosi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
yigʻish punkti maʼmuriyati uchun bino (yigʻish punkti boshligʻi, yigʻish punkti navbatchisi, harbiy komandalarni shakllantirish boʻlimi, harbiy qismlar va mudofaa ishlari boʻlimlari vakillarining ishlashi uchun xonalar);
chaqiriluvchilarning shaxsiy moslashuv salohiyatini va intellektual darajasini aniqlash boʻyicha ularni psixologik tekst sinovidan oʻtkazish uchun ikkita sinf (har biri 50 kishiga moʻljallangan);
yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatish va ularni harbiy qismlar vakillariga berish uchun bino (300 kishiga);
yangi chaqirilganlarni qabul qilib olish va harbiy qismlarga kuzatib borish uchun qoʻshinlardan kelgan shaxsiy tarkibni joylashtirish uchun bino (50 kishiga);
chekka tumanlardan kelgan chaqiriluvchilarni joylashtirish uchun bino (50 — 100 kishiga);
ashyoviy mol-mulkni saqlash uchun bino (omborxona);
sanitariya uzellari.
Yigʻish punktining chaqiruv punkti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Rahbariyat kengashi va harbiy-tibbiy komissiyasidan oʻtish uchun mudofaa ishlari boʻlimlaridan kelgan shaxsiy tarkibni joylashtirish uchun bino (100 kishiga);
(5-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
chaqiriluvchilarning kiyim-kechagi va shaxsiy ashyolarini saqlash uchun xona (50 kishiga);
chaqiriluvchilarni antropometrik tekshirish uchun xona;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
mutaxassis vrachlar chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi uchun xona, bir nafar mutaxassis vrachga bir xona hisobidan;
Rahbariyat kengashi majlisini oʻtkazish uchun xona;
tashrif buyuruvchilarning Rahbariyat kengashi raisi va uning aʼzolari tomonidan qabul qilinishi uchun xona;
(5-bandning yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
flyuorografiya qurilmasi uchun xona (joy);
fibrogastroduodenoskopik va ultratovush tekshirishlar oʻtkazish uchun xona (joy);
sanitariya uzellari.
Chaqiruv va yigʻish punktlari harbiy-vatanparvarlik mavzusi boʻyicha zarur koʻrgazmali tashviqotlar, aloqa vositalari va ovozni kuchaytiradigan aloqa apparatlari bilan jihozlangan boʻlishi, elektr va issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanishi kerak.
Binolar va xonalar, chaqiruv va yigʻish punktlarining ayrim elementlari tasdiqlangan namunaviy loyihalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
6. Yigʻish punktlarida muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilganlarni mudofaa ishlari boʻlimlari vakillaridan qabul qilib olish va ularni harbiy qismlar vakillariga berish nomma-nom roʻyxat boʻyicha amalga oshiriladi. Harbiy qismlarning vakillari (komandalarning boshliqlari) yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarning zarur hujjatlarini oladilar.
Yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni qoʻshinlarga joʻnatishdan oldin:
badan koʻzdan kechiriladi;
kiyim-kechak toʻliq almashtirilgan holda hammomda yuvintiriladi va ashyoviy mulk bilan taʼminlanadi, bunda yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarning fuqarolik kiyim-kechagi ularning ota-onalariga, ota-onalarga tenglashtirilgan shaxslarga qaytariladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining qarori eʼlon qilinadi, xavfsizlik chora-tadbirlari va boriladigan yoʻlda oʻzini tutish qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma beriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
tantanali kuzatish tashkil etiladi.
7. Muddatli harbiy xizmatning yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarini qayta kiyintirish uchun yigʻish punktlarida vaqtinchalik kiyintirish punktlari tashkil etiladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Chaqiruv boshlangunga qadar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, DXXning Chegara qoʻshinlari, Davlat xavfsizlik xizmatining boshqa harbiy tuzilmalari, Milliy gvardiyaning mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan hisob-kitobga muvofiq yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilar uchun ashyoviy mulk yetkaziladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Qishki reja boʻyicha ashyoviy mulk berish Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Davlat xavfsizlik xizmatining boshqa harbiy tuzilmalari, Milliy gvardiyaning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari yigʻish punktlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining qarorlari bilan muddatli harbiy xizmatga olingan chaqiriluvchilarga “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga muvofiq ular Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining muddatli xizmatiga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilari ekanligini eʼlon qiladi. Harbiy xizmatchilarga havo, temir yoʻl va avtomobil transporti qatnovi yoʻlida xavfsizlik choralari va xatti-harakat qoidalari boʻyicha yoʻriqnomalar beriladi. Harbiy xizmatchilarga va ularning kuzatish uchun kelgan ota-onalariga muddatli harbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, muddatli harbiy xizmatchilarning huquqlari, vazifalari va imtiyozlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har xil turlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash xususiyatlari tushuntiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalari bilan birgalikda yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga joʻnatish jadvali olingandan keyin uch kun muddatda ularni harbiy qismlarga tantanali kuzatish marosimini tashkil etish va oʻtkazish rejasi tuziladi.
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yigʻinlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Harbiy qismlarga yuborilayotgan yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatib qoʻyish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari rahbarligida tashkil etiladi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida oʻtkaziladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Tantanali kuzatib qoʻyish mobaynida:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yigʻinlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
harbiy xizmatchilarni muddatli harbiy xizmatga joʻnatishga bagʻishlangan miting oʻtkaziladi;
harbiy xizmatchilarga esdalik sovgʻalari topshiriladi;
tantanali kuzatib qoʻyish qatnashchilari va harbiy xizmatchilarga bayram tushligi tashkil etiladi;
ijodiy jamoalar va badiiy havaskorlar konserti namoyish qilinadi;
harbiy xizmatchilar ota-onalar, hokimliklar, jamoatchilik vakillari bilan esdalik uchun suratga tushadilar.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
10. Tantanali kuzatib qoʻyish tugallangandan keyin harbiy xizmatchilar xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda va Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlari hamrohligida tashkiliy ravishda transportda xizmat joylariga joʻnatish uchun vokzallarga (aeroportlarga) yuboriladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Harbiy xizmatchilar harakat xavfsizligi shartlariga javob beradigan, yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan, texnik jihatdan tayyor transport vositalarida tibbiyot xodimlari hamrohligida xizmat joylariga yetkaziladi. Harbiy xizmatchilarni moslashtirilgan vagonlarda tashish qatʼiyan taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
11. Ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga kuzatish bilan bogʻliq tantanali tadbirlarni keng yoritish tashkil etiladi.
III. Chaqiriluvchilarni harbiy qismlarda qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
12. Harbiy qoʻshilmalar va harbiy qismlarning komandirlari muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun kelgan harbiy xizmatchilarni vokzallar, aeroportlarda shaxsan kutib oladilar hamda ularning yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamrohligida bevosita harbiy qismlarga tashkiliy ravishda yetkazilishini amalga oshiradilar.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
13. Harbiy qismlarda yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish munosabati bilan harbiy qismlarning komandirlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida qismga harbiy xizmatchilar kelganligiga bagʻishlangan tantanali mitinglar oʻtkaziladi hamda bayram tushligi tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Qismlarning komandirlari tomonidan harbiy xizmatchilar boʻlinmalarda boʻlgan dastlabki oʻn kunda:
yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha tibbiy tadbirlar kompleksi (dastlabki tibbiy koʻriklar, profilaktik emlash va sanitariya koʻrigi), sanitariya madaniyati darajasini oshirish tadbirlari (shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish);
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
jamoatchilikni jalb etgan holda joylarda “Sen xizmat qilayotgan oʻlka” rukni ostida mavzuli tadbirlar oʻtkaziladi. Bunday tadbirlar davomida harbiy xizmatchilarga viloyat, tuman, shaharning tarixi, iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatlar va yutuqlar, viloyat, tuman, shaharning hurmatli kishilari, harbiy qismning tashkil etilishi tarixi, uning anʼanalari hamda jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik borasida erishgan yutuqlari toʻgʻrisida axborot beriladi;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.10.00 Harbiy guvohnoma. Harbiy xizmatni oʻtashning boshqa masalalari;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar]
muddatli harbiy xizmatning harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarining huquq va majburiyatlari, ularga belgilangan imtiyozlar, ashyolar va pul, ovqat bilan taʼminlash normalari, tibbiy va hammom-kir yuvish xizmatlari tartibi maʼlum qilinadi;
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilar takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;
harbiy xizmatchilarni boʻlinmalarda shtatdagi lavozimlar boʻyicha taqsimlash haqidagi qarorlar aniqlashtiriladi;
harbiy qismdagi qurol-yarogʻlar va texnika harbiy xizmatchilarga namoyish qilinadi;
shaxsiy tarkib Vatanga qasamyodni, umumqoʻshin ustavlarini, muddatli harbiy xizmatni oʻtash masalalari boʻyicha amaldagi qonunchilik qoidalarini oʻrganadi;
(14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
sport kiyim-kechagi va poyabzal beriladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
15. Harbiy xizmatchilarni jismoniy yuklamalarga moslashtirish maqsadida harbiy qismlar va boʻlinmalarning komandirlari, harbiy-tibbiy xizmatlar mutaxassislarining doimiy nazorati ostida:
ertalabki badantarbiyani amalga oshirish jarayonida shaxsiy tarkibni chiniqtirish va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha rejali mashgʻulotlar;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
harbiy xizmatchilarning yuklamalarga yakka tartibda jismoniy va ruhiy chidamliligini, ularning harbiy xizmatchilar organizmiga taʼsiri darajasini aniqlash;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy mutaxassisliklar sifatli oʻzlashtirib olinishiga, jismoniy va axloqiy kamol topishiga, barqaror xarakter, Vatanga muhabbat va uning himoyasi uchun tayyor turishga asoslangan qatʼiy hayotiy nuqtai nazar shakllanishiga yoʻnaltirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni jangovar va ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida samarali tarbiyalashni taʼminlash boʻyicha tadbirlar amalga oshiriladi.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni joʻnatish tartibi
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
16. Muddatli harbiy xizmatchilarni rezervga boʻshatish qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Bosh shtabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilingandan keyin Mudofaa vazirligining harbiy okruglari, markaziy boʻysunishdagi qoʻshilmalari va qismlari shtablari, Milliy gvardiyaning harbiy qismlari va muassasalari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari birlashmalari, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy qismlari, Ichki ishlar vazirligining Qorovullik xizmati qoʻshilmalari va qismlari shtablari maʼlumotlari asosida oʻn kun muddatda Qurolli Kuchlar uchun yagona boʻlgan muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtagan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish rejasini ishlab chiqadilar.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
Boʻshatish rejasidan koʻchirmalar harbiy okruglar, Mudofaa vazirligining markaziy boʻysunishdagi qoʻshilmalari va qismlari shtablariga, Milliy gvardiyaning markaziy apparati, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari Bosh shtabiga, harbiy qismlariga, Ichki ishlar vazirligining Qorovullik qoʻshinlari Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
18. Harbiy qismlar komandirlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda harbiy xizmatchilarning harbiy qism bilan tantanali xayrlashuvini taʼminlaydilar, xayrlashuv davomida:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.10.00 Harbiy guvohnoma. Harbiy xizmatni oʻtashning boshqa masalalari]
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga joʻnatishga bagʻishlangan mitinglar;
rezervga boʻshatilgan, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik aʼlochilari boʻlgan harbiy xizmatchilarga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomalarini topshirish;
rezervga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarga yordam puli berish;
esdalik sovgʻalari topshirish;
harbiy xizmatchilarning qism qoʻmondonligi bilan esdalik uchun suratga tushishi;
19. Harbiy xizmatchilar Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligining harbiy qismlaridan, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlaridan, harbiy qismlaridan, Ichki ishlar vazirligining Qorovullik qoʻshinlaridan, keyinchalik yashash joylariga joʻnatish uchun xavfsizlik choralariga rioya etgan holda belgilangan muddatlarda vokzallarga (aeroportlarga) yetkaziladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.10.00 Harbiy guvohnoma. Harbiy xizmatni oʻtashning boshqa masalalari]
20. Rezervga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy guvohnoma va hisobga olish-xizmat qilish kartochkasi, koʻrsatma, harbiy tashuv hujjatlari beriladi.
21. Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni mudofaa ishlari boshqarmasiga yetkazish harbiy qismlarning vakillari hamrohligida amalga oshiriladi.
V. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish tartibi
22. Rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kutib olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joylardagi mudofaa ishlari boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorlikda tashkil etiladi.
Tantanali kutib olish davomida:
rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olishga bagʻishlangan mitinglar oʻtkaziladi, mitingda hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirok etadilar;
ijodiy jamoalar va badiiy havaskorlar konserti uyushtiriladi;
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Mehnat vazirligining joylardagi organlari vakillari chiqishlari oʻtkaziladi, bunday chiqishlarda harbiy xizmatchilarga va ularning ota-onalariga ishga joylashtirish va kasbga oʻqitish yuzasidan maʼlumot beriladi, tegishli eslatmalar topshiriladi;
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish boʻyicha tantanali tadbirlar ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
Tantanali tadbirlar tamom boʻlgandan keyin rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar mudofaa ishlari boʻlimlari vakillari tomonidan xavfsizlik choralariga rioya etilgan holda tashkiliy tartibda transportda yashash joylariga yetkaziladi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olishni amalga oshiradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
VI. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash boʻyicha vazifalari
(VI bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar boshqa teng shartlarda (taʼlim, kasb malakasi va boshqalar) davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalariga ishga qabul qilishda mardlikning armiya maktabidan oʻtgan va vatanparvarlik tarbiyasi singdirilgan, harbiy tayyorgarlik koʻrgan, mamlakatning eng faol va tayyorlangan kadrlar zaxirasi hisoblangan shaxslar sifatida ustunlik huquqidan foydalanishini hisobga oladilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
25. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni kasbga oʻqitish hamda ustun darajada davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga ishga joylashtirish;
fuqarolarning koʻrsatib oʻtilgan toifasini ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mehnat bosh boshqarmalari, tuman (shahar) ishga joylashishga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza markazlari faoliyati nazorat qilinishini;
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar bilan ularning mehnat huquqlarini tushuntirish boʻyicha shaxsan ish olib borilishini;
mudofaa ishlari boʻlimlarining rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar ishga joylashtirilishi va ijtimoiy muhofaza qilinishi toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda xabardor qilinishini;
rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni ishga joylashtirish yuzasidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etilishini taʼminlaydilar.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
26. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolardan boʻlgan shaxslarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga sifatli tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda test sinovlari oʻtkazish davomida muddatli harbiy xizmat davomida jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan va harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalarini olgan fuqarolar uchun eng koʻp toʻplash mumkin boʻlgan ballning 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzidagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlarni hisobga oladi;
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
harbiy qismlarning qoʻmondonligi tavsiyalari boʻyicha rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirishi uchun zarur shart-sharoitlarni tashkil etish, test sinovi yakunlari va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 13-modda; 2014-y., 37-son, 473-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 8-son, 120-modda, 15-son, 249-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 10.04.2019-y., 09/19/291/2913-son; 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)