toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish, uning sifati va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, suv iste’molini hisobga olishning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rilgan holda suvdan foydalanish, shu jumladan suv ta’minoti va suv chiqarish sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Suvdan foydalanishni samarali tartibga solishni ta’minlash uchun suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yangi tuzilmalar yaratilgan, suv ta’minoti va suv chiqarish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Biroq, global iqlim o‘zgarishi tufayli respublikada quruq fasllarning davomiyligi oshib bormoqda, tog‘larda qor zaxiralari maydoni kamaymoqda, kamsuvlik takrorlanishi tobora ko‘paymoqda, bu esa o‘z navbatida suv tanqisligi kelib chiqish xavfining oshishiga olib keladi.
Shu bilan birga, mamlakat suv balansini boshqarishda vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish zarur darajada olib borilmayapti, shuningdek, suv resurslari sifati va xavfsizligi monitoringini amalga oshirishning samarali tizimi yaratilmagan.
Suvdan oqilona foydalanishni ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining xavfsiz va sifatli suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, suv balansini boshqarishning samarali tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining suv ta’minoti va suv chiqarish tizimini rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasi ishlab chiqilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
respublikaning Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlashning yagona markazlashtirilgan tizimini yaratish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son)
respublika suv ta’minoti korxonalari negizida suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlari obyektlarini ekspluatatsiya qilishda yagona operator funksiyasini bajarishni amalga oshiradigan alohida korporativ tuzilmani tashkil etish;
respublikaning suv resurslarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishni va ushbu sohadagi barcha biznes jarayonlarini raqamli formatga o‘tkazishni ta’minlaydigan “Raqamli suv ta’minoti korxonasi” tizimini joriy etish;
soha korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni amalga oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb etish;
zamonaviy talab va standartlarni hisobga olgan holda soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Suv xo‘jaligi vazirligi) Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlashni muvofiqlashtirish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
suv balansining yagona axborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlarning ma’lumotlarini to‘plash, umumlashtirish va tizimlashtirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son)
suvni hisobga olishning holati, uning xavfsizligi va sifatini ta’minlash to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi monitoringini o‘tkazish, zarur bo‘lganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;
Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
suvdan foydalanish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan suvning miqdori va sifatini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni muvofiqlashtirish, ularning respublika suv balansining yagona axborot tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiga ichimlik suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini hamda strategik zaxiralari yaratilishini ta’minlash, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni tashkil qilish va muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
5. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi sifatida qayta tashkil etib, amaldagi vazifa va funksiyalarini, shuningdek, moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Vazirlik tarkibiga o‘tkazish;
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish va uning ustav kapitalini mazkur Farmonning 1-ilovasida ko‘rsatilgan Vazirlikning davlat unitar korxonalari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini topshirish hisobiga shakllantirish, shuningdek, ushbu korxonalarni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tuzish;
2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining ko‘rsatilayotgan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha funksiyalarini “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi respublika suv balansining yagona axborot tizimi yuritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi va “O‘zsuvta’minot” AJ Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarini tizimli ravishda Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etib boradi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Suv xo‘jaligi vazirligi suvni hisobga olishning to‘g‘riligini, uning xavfsizligi va sifatini tasdiqlangan va yangilangan ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar bazasiga kiritgan holda monitoring qiladi, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi hamda ularni suvdan foydalanishni tartibga solish sohasidagi vakolatli organlar va tashkilotlarga jo‘natadi;
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga suvni hisobga olish holati, uning xavfsizligi va sifatini ta’minlash, shuningdek, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish to‘g‘risidagi hisobotni aniq takliflar bilan taqdim etib boradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom va respublika aholisini suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.
8. Moliya vazirligi Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda suv ta’minoti korxonalarining xalqaro moliya institutlari oldidagi qarzdorligini xatlovdan o‘tkazsin va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga moliyaviy yukni kamaytirgan holda uni qoplash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda kelgusi yillarda xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan suv ta’minoti va suv chiqarish tizimini yaxshilash bo‘yicha loyihalar ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, past rentabelli loyihalar va taqdim etilayotgan xizmatlardan kredit qoplanishi 50 foizdan kam bo‘lgan loyihalarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymagan holda ular bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishni ta’minlasin.
10. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda suvdan foydalanishning strategik yo‘nalishlari, yagona yondashuv, avtomatlashtirish mexanizmlari va bosqichlarini ishlab chiqish va uning barcha jarayonlarini raqamli formatga o‘tkazishni ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
13. Vazirlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori loyihasini;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-noyabr,
PF-5883-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tuziladigan, davlat aktivlari va ulushlari “O‘zsuvta’minot” AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun topshiriladigan davlat unitar korxonalari
RO‘YXATI

T/r

Korxonalar nomi

Davlat ulushi (%)

1.

“Tuyamo‘yin — Nukus” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK

100

2.

“Tuyamo‘yin — Urganch” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK

100

3.

“Damxo‘ja” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK

100

4.

“Toshkent viloyati Chimyon — Chorvoq rekreatsion zonasi mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK

100

5.

Andijon viloyati “Suvoqova” DUK

100

6.

Buxoro viloyati “Suvoqova” DUK

100

7.

Jizzax viloyati “Suvoqova” DUK

100

8.

Qashqadaryo viloyati “Suvoqova” DUK

100

9.

Navoiy viloyati “Suvoqova” DUK

100

10.

Namangan viloyati “Suvoqova” DUK

100

11.

Samarqand viloyati “Suvoqova” DUK

100

12.

Surxondaryo viloyati “Suvoqova” DUK

100

13.

Sirdaryo viloyati “Suvoqova” DUK

100

14.

Farg‘ona viloyati “Suvoqova” DUK

100

15.

Toshkent viloyati “Suvoqova” DUK

100

16.

Toshkent shahar “Suvsoz” DUK

100

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5017-son Farmonining 2-bandi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizlik va sifatini ta’minlash, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirishni muvofiqlashtirish”;
uchinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilari deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“hududlarni obodonlashtirish sohasi muammolarini o‘rganish va metodologik ta’minlash”;
yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5018-son Farmonining 3 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmonida:
uchinchi xatboshidagi “, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga, suv quvurlariga” so‘zlari “tarmoqlariga” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilardan “va suv” so‘zlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshidagi “hamda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5241-son Farmonida:
1 — 3-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
8-bandda “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2900-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
ikkinchi xatboshi “inspeksiyasi” so‘zidan keyin “va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganligi uchun oqova suvga taalluqli qismi bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarining 74 foizi;
xalqaro donorlarning grantlari, xayriya mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilanadigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq summasi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Belgilansinki, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq summasi maqsadli tushum hisoblanadi, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv ta’minoti va oqova suv tashkilotlarining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi banklarda suv ta’minoti tashkilotlariga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq mablag‘larini jamlash uchun maxsus hisobvaraq ochilishini ta’minlasin va mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilsin”;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
d) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI

Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi

1

Vazirlik hay’ati

Vazir

Yordamchi

Axborot-tahlil bo‘limi

2

Vazirning birinchi o‘rinbosari

Vazir o‘rinbosari

Vazir o‘rinbosari

Vazir o‘rinbosari

UJKX va hududlarni obodonlashtirish sohalarining metodologik bazasini takomillashtirish boshqarmasi

4

Yagona suv balansini shakllantirish va monitoring qilish bosh boshqarmasi

8

Investitsiya dasturlarini shakllantirish va iqtisodiy tahlil bosh boshqarmasi

13

Ko‘p xonadonli uylarni boshqarish organlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi

13

Issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish boshqarmasi

9

Kanselyariya

3

Yagona davlat suv fondi suvlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlash boshqarmasi

8

Issiqlik ta’minoti tizimlarini saqlash va ekspluatatsiya qilish boshqarmasi

8

“Kommunxizmat” agentligi

Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi

2

“Ko‘p xonadonli uylar, issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK

Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi

5

“Kommunalo‘quv” o‘quv-metodika markazi” DUK

Matbuot xizmati

3

“Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK

Yuridik bo‘lim

2

Kadrlar boshqarmasi

4

Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

“O‘zbekkommunalloyiha-qurilish” DUK

Buxgalteriya

4

“O‘zsuvta’minot” AJ

Birinchi bo‘lim

2

Ishlar boshqarmasi

1

Avtomobil va maxsus texnikadan foydalanish, AKT va dispetcherlashtirish boshqarmasi

8

 

UJKX fondini rivojlantirish bo‘limi

2

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 108 nafar.”;
e) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
TUZILMASI

Vazir

Vazir o‘rinbosari

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini prognozlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi

2

�atbuot xizmati

1

Buxgalter

1

UJMSh va professional boshqaruv kompaniyalari, binolarning bevosita mulkdorlari faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi

2

Issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish bo‘limi

2

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi

2

Avtomobil va maxsus texnikadan foydalanish bo‘limi

2

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis

1

“TTX” DUKni muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Bosh yuriskonsult

1

Tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlari

“YaHKM” DUKni muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi

2

 

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis

1

Issiqlik ta’minoti davlat tashkilotlari

“Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK

Umumiy bo‘lim

1

“Yagona hisob-kitob markazi” DUK

Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, safarbarlik, fuqaro himoyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassis

1

UJMSh va professional boshqaruv kompaniyalari, binolarning bevosita mulkdorlari

AKT, avtomatlashtirish va dispetcherlashtirish bo‘limi

2

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 24 nafar.”;
j) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarining namunaviy
TUZILMASI

Boshqarma boshlig‘i

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini prognozlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi

1 — 3

Matbuot xizmati

1

Buxgalter

1

UJMSh va professional boshqaruv kompaniyalari, binolarning bevosita mulkdorlari faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi

3

Issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish bo‘limi

2–3

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Avtomobil va maxsus texnikadan foydalanish va dispetcherlashtirish bo‘limi

2

Bosh yuriskonsult

1

“TTX” DUKni muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis

1

Tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlari

“YaHKM” DUKni muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi

2-3

 

Issiqlik ta’minoti davlat tashkilotlari

Umumiy bo‘lim

1

“Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK

“Yagona hisob-kitob markazi” DUK

UJMSh va professional boshqaruv kompaniyalari, binolarning bevosita mulkdorlari

 

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 19 — 23 nafar.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 240 nafar, shu jumladan:
Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida — 23 nafardan;
Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida — 20 nafardan;
Andijon, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida — 19 nafardan.”
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablag‘lar;
uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirishga jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
kanalizatsiya chiqindilari qismida O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarining 74 foizi;
xalqaro donorlarning grantlari, xayriya mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilangan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq summasi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.”;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tariflar bilan bir vaqtda ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun iste’molchilardan undiriladigan tariflarga maxsus ustama haq (keyingi o‘rinlarda — maxsus ustama haq) hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Maxsus ustama haq maqsadli tushum hisoblanadi, barcha soliq turlarini va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilmaydi.”
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2910-son qarorida:
a) 8-bandning birinchi xatboshi va 10-banddagi “Sof ichimlik suvi” so‘zlari “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-ilovaning rus tilidagi matnida:
sarlavhadagi, 1 va 9-bandlardagi hamda 10-bandning birinchi xatboshidagi “Chistaya pityevaya voda” so‘zlari “Razvitiya sistem vodosnabjeniya i kanalizatsii” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “otkrivayemie Ministerstvom finansov” so‘zlari “otkrivayemie v informatsionnoy sisteme Ministerstva finansov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3016-son qarorida:
a) 1 va 2-ilovalardagi “suv ta’minoti, suv chiqarish va” hamda “va suv” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovadan “suv” so‘zi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga, suv quvurlariga” so‘zlari “tarmoqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “suv” so‘zi chiqarib tashlansin;
beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilardagi “va suv” so‘zlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshidan “hamda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati” so‘zlari chiqarib tashlansin;
10-bandning “b”, “v”, “g”, “d”, “e” va “j” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish sohasida:
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish, energiya resurslarini noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘radi;
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish hamda energiya resurslarini noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiradi;
bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan energiya resurslari hajmi o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘radi;
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan hamkorlik qiladi;
v) energiya resurslari uchun to‘lovlar, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirishni ta’minlash sohasida:
iste’molchilar, iste’mol qilingan energiya resurslari, ular uchun amalga oshirilgan to‘lovlar, yuzaga kelgan qarzdorlik, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun aholi tomonidan amalga oshirilgan majburiy to‘lovlar hisobini shakllantirish va yuritishda qatnashadi;
iste’molchilar, elektr va gaz tarmoqlariga ulanish nuqtalari to‘g‘risida, shuningdek, iste’mol qilingan energiya resurslari hajmlarini aniqlashda elektr va gaz ta’minoti hamda boshqa tashkilotlar bilan ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradi;
energiya resurslari uchun to‘lovlarni, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun aholidan majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida undirilishini tashkil qiladi;
iste’molchi — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qarzdorligi so‘zsiz undirilishini amalga oshiradi, elektr va gaz ta’minoti korxonalari manfaatida qarzdorlikni undirish bo‘yicha talabnoma-da’vo ishlarini olib boradi;
ijro hujjatlari asosida energiya resurslari uchun qarzdorliklar, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni majburiy undirishni amalga oshiradi;
g) energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishi ustidan monitoring o‘tkazish sohasida:
energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha loyiha va dasturlarning o‘z muddatida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy qilish bilan bog‘liq ma’lumotlarni talab qilib oladi;
energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha loyiha va dasturlarning ijrosini o‘z vaqtida hamda sifatli ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi;
d) energiya resurslarini sotish va iste’moli hisobini yuritishda ishtirok etish sohasida:
energiya resurslarini taqsimlash, sotish va iste’mol qilish hajmlarini, shu jumladan, nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali monitoring qiladi;
belgilangan muddatlarda iste’molchilarning hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlarini oladi, ularning shaxsiy varaqlariga ma’lumotlarni kiritadi, energiya resurslarini iste’mol qilishning oylik hajmlarini aniqlaydi (elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilar bundan mustasno);
iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘lovlarning har bir iste’molchiga to‘liq va o‘z vaqtida hisoblanishini o‘rganadi;
energiya resurslarini taqsimlash va sotishning belgilangan tartibini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralarni ko‘radi;
e) energiya resurslarini ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha iste’molchilarning mas’uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini ko‘rish sohasida:
energiya resurslari uchun to‘lovlarning, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz va ixtiyoriy ijro etilishi yuzasidan iste’molchilarning madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘radi;
ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazadi;
j) kompleks tahlil o‘tkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari uchun to‘lovlar hisob-kitob qilinishini, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun aholidan kelib tushadigan majburiy to‘lovlarning to‘lanishini ta’minlash, majburiy ijro tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, energiya resurslari uchun to‘lovlar hisob-kitob qilinishini, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun aholidan majburiy to‘lovlarni undirishni ta’minlash sohasida huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi, shuningdek, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Byuro faoliyatining natijalari, ijro ishi yuritish va energiya resurslari uchun to‘lovlarning, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlarning undirilishi haqida statistik ma’lumotlar bazasini shakllantiradi hamda ularning haqqoniyligini ta’minlaydi;
energiya resurslaridan foydalanish, qattiq maishiy chiqindilar sohasida shartnoma-to‘lov intizomini mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, xodimlarning kasb mahoratini oshirish choralarini ko‘radi;
Byuro faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiladi va axborot xavfsizligini ta’minlaydi”;
11-bandning “b” kichik bandi va 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) energiya resurslari uchun to‘lovlar, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash sohasida:
energiya resurslari yetkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning to‘liqligi hamda haqqoniyligi, hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishmagan holda tekshirishlar o‘tkazish;
energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liqligini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlarni to‘lovchi jismoniy shaxslarning hamda ular tomonidan kiritilgan to‘lovlarning hisobi to‘g‘ri olib borishini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar va fuqarolardan talab qilib olish;
jismoniy va yuridik shaxslarga energiya resurslari bo‘yicha qarzdorlik, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnomalar yuborish;
energiya resurslari uchun hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan, Byuro talabnomalari ijro etilmagan hollarda, shuningdek, elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlari aniqlanganda, iste’molchilarni elektr hamda gaz tarmoqlaridan uzish;
elektr energiyasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan hamda Byuroning talabnomalari ijro etilmagan hollarda alohida iste’molchilarni 6 — 10 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr energiya tarmoqlaridan uzish haqida elektr ta’minot korxonalariga talabnomalar berish;
energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari bartaraf etilgan hamda to‘lovlar to‘liq amalga oshirilganda, ilgari elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilgan iste’molchilarni qayta ulash (alohida iste’molchilarni ulash haqida talabnomalar yuborish);
elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulab berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov undirish;
energiya resurslari iste’molini hisobga olish uskunalarini plombalashda ishtirok etish;
vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga energiya resurslarini yetkazib berish hamda iste’mol qilish, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasidagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, energiya resurslari uchun to‘lovlar hamda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirmayotgan iste’molchilarga nisbatan jamoat ta’sir choralarini ko‘rish haqida taqdimnomalar kiritish;
yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni iste’molchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan so‘zsiz undirish haqida bajarilishi majburiy bo‘lgan inkasso topshiriqnomalari qo‘yish;
yetkazib berilgan energiya resurslari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi qarzdorlikni xodim — iste’molchilarning ish haqidan ushlab qolish haqida ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnomalar yuborish;
yetkazib berilgan energiya resurslari uchun to‘lovlar hamda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish uchun majburiy to‘lovlar uchun har oyda eng kam ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi qarzdorlikni iste’molchilarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobraqamlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash;
Byuro vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazish hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan mulkiy zararni undirish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritish;
davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolarga o‘ziga taalluqli vakolatlar doirasida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish.
Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Byuro quyidagilar uchun javobgardir:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash;
energiya resurslari uchun to‘lovlar, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash;
energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini, shuningdek, bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan energiya resurslari hajmi o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
energiya resurslari hajmi o‘rtasidagi aniqlangan tafovutlarni bartaraf qilish mexanizmi bo‘yicha takliflar kiritish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish.”;
21-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuroning boshqa xodimlari faoliyatni mehnat shartnomalariga asosan, prokuratura organlariga qabul qilishda qo‘yiladigan talablar hisobga olingan holda amalga oshiradi. Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari energiya resurslari va maishiy chiqindilar bo‘yicha qarzdorlikni undirish va nazorat qilish guruhlari (shu’balari)ning davlat inspektorlari, qoida tariqasida, olti oy muddatga tuziladigan mehnat shartnomalariga asosan ishga qabul qilinadi. Ushbu xodimlar bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning asosiy sharti — biriktirilgan hududda energiya resurslari uchun qarzdorlik, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlardan qarzdorlikning 80 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda undirilishini ta’minlash hisoblanadi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son; 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)