1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2014-17]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (ro‘yxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomgailovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-sentabr,
24/6-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-sentabrdagi 24/6-son qaroriga ILOVA
Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
“32. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatiga kiruvchi masalalar bank kuzatuv kengashi yoki uning boshqaruviga topshirilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.”.
2. 52-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida mazkur bandda nazarda tutilganidan farqli talab o‘rnatilishi mumkin.”.
“tashkil etilgan bankning aksiyalari” degan so‘zlar “tashkil etilgan bankning aksiyalari umumiy miqdorining besh foizi yoki undan ortig‘ini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan bankning aksiyalari umumiy miqdorining besh foizidan kam bo‘lgan miqdorda aksiyalarini sotib olish, ularga egalik huquqini berish va shu kabi boshqa munosabatlar bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilganligi to‘g‘risida Markaziy bankka O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq shaklda kelishuv amalga oshirilgan kundan keyin bir kun ichida yozma ravishda xabarnoma yuboradi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 1111 va 1112-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“1111. Bank mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida bank xizmatlari ofislarini tashkil qilishga haqli.
Bank xizmatlari ofislarida, qoida tariqasida, depozit hisobvaraqlar ochish, omonatlar qabul qilish, to‘lovlarni va xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, iste’mol krediti va mikroqarz berish kabi bazaviy bank xizmatlari ko‘rsatiladi.
Bank xizmatlari ofislarida ular joylashgan hududdagi talabdan kelib chiqib yuqoridagi xizmatlarga qo‘shimcha ravishda boshqa bank xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin.
Bank xizmatlari ofislari Markaziy bankda hisobga qo‘yiladi.
1112. Bank xizmatlari ofisini hisobga qo‘yish uchun uni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bank 10 kun ichida Markaziy bankka ushbu qaror nusxasini va bank xizmatlari ofisi to‘g‘risidagi nizomni ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.
Bank tomonidan bank xizmatlari ofisini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, bank ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida Markaziy bankka tugatish sabablari va muddatlarini ko‘rsatgan holda yozma xabarnoma yuboradi. Xabarnomaga bank xizmatlari ofisini tugatish to‘g‘risidagi tegishli qarordan ko‘chirma ilova qilinadi.
Bank xizmatlari ofisini tugatish to‘g‘risidagi axborot uning tugatilishidan kamida o‘n besh kun oldin bankning veb-saytida yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/2014-17/3982-son)