toggle_night_mode
Hujjat 25.10.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1639-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-sentabr,
22/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/5-son qaroriga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/5-son “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1639, 2006-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 463-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 21-maydagi 16/5-son “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1639-1, 2011-yil 24-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 271-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/3-son “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1639-2, 2013-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 261-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/7-son “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1639-3, 2018-yil 5-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1639-3/1008-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1639-4/3959-son)