Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/5-son “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1639, 2006-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 463-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 21-maydagi 16/5-son “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1639-1, 2011-yil 24-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 271-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/3-son “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1639-2, 2013-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 261-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/7-son “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1639-3, 2018-yil 5-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1639-3/1008-son).