|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2019
|
| “16100 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar |
| 16102 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar |
| 16104 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar”; |
| “19927 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida muddati uzaytirilgan xarajatlar”; |
| “22200 | Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar |
| 22203 | Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar |
| 22205 | Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar”; |
| “22814 | Grant mablagʻlari |
| 22816 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida muddati uzaytirilgan daromad”; |
| “29807 | Toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlar”; |
| “31700 | Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari |
| 31701 | Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari”; |
| “45400 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda |
| 45401 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda”; |
| “45917 | Grant mablagʻlaridan olingan daromad”; |
| “54400 | Lizing (mikrolizing) boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54401 | Lizing (mikrolizing) boʻyicha foizli xarajatlar”; |
| “55300 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar |
| 55301 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar”; |
| “16100 | BOSh OFIS VA (YOKI) FILIALLARDAN OLINADIGAN MABLAGʻLAR |
| 16102 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mikrokredit tashkilotining Bosh ofisi va filiallari oʻrtasida yoki bir mikrokredit tashkiloti filiallari oʻrtasida boʻladigan moliyaviy mablagʻlar bilan bogʻliq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22203 — “Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar” oʻzaro mos hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart. |
| | Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga berilgan moliyaviy mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlangan moliyaviy mablagʻlar, notoʻgʻri oʻtkazilish natijasida qaytarilgan moliyaviy mablagʻlar summasi, shuningdek mikrokredit tashkiloti Bosh ofisida yopiladigan barcha oʻtkazmalar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bilan hisob-kitoblar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 16104 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mabla�lar — Boshqa aktivlar Hisobvaraqning taʼrifi: bir mikrokredit tashkiloti ichida filiallar va Bosh ofis va (yoki) filiallar orasida boshqa aktivlar boʻyicha operatsiyalar hamda Bosh ofis va (yoki) filiallariga berilgan boshqa aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar) hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22205 — “Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar” oʻzaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart. |
| | Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga topshirilgan boshqa aktivlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga belgilangan muddatlarda toʻlanadigan qarzlar aks ettiriladi. Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi”; |
| “19927 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida muddati uzaytirilgan xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan pasayishida yuzaga keladigan farq hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida chet el valyutasi kursi pasayishi natijasida yuzaga keladigan salbiy farqning yigʻilgan summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida 55301 — “Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan salbiy farq summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi”; |
| “22200 | BOSh OFIS VA (YOKI) FILIALLARGA TOʻLANADIGAN MABLAGʻLAR |
| 22203 | Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mikrokredit tashkiloti Bosh ofisi bilan uning filiallari oʻrtasidagi yoki bitta mikrokredit tashkiloti filiallari oʻrtasidagi moliyaviy mablagʻlar boʻyicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 16102 — “Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar” hisobvaraq uchun oʻzaro bogʻliq hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart. Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallardan kelib tushgan moliyaviy mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bilan boʻladigan hisob-kitoblar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 22205 | Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar Hisobvaraqning taʼrifi: Bosh ofis hamda filiallar va (yoki) bitta mikrokredit tashkiloti filiallari oʻrtasidagi boshqa aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar) boʻyicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16104 — “Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar” oʻzaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart. Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallar tomonidan qabul qilingan boshqa aktivlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga belgilangan muddatlarda toʻlanadigan mablagʻlar aks ettiriladi. Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi”; |
| “22502 | Hisoblangan foyda soliqlari Hisobvaraqning taʼrifi: joriy davrda hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foyda soliqlari (foyda, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va qonunchilikka muvofiq ravishda boshqa shu kabi soliqlar) va yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun)ning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida hisoblangan joriy foyda soliqlari, yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun) summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan foyda soliqlari, yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun) summasi, shuningdek notoʻgʻri hisoblangan foyda soliqlari, yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun) summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob soliqlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi”; |
| “22508 | Muddati kechiktirilgan soliqlar Hisobvaraqning taʼrifi: muddati kechiktirilgan foyda soliqlari hisobga olinadi. Muddati kechiktirilgan foyda soligʻi bu, joriy davrda soliqqa tortiladigan foydadan chegirib tashlanadigan, lekin kelgusi davrning soliqqa tortiladigan foydaga kiritiladigan vaqtinchalik farqlarni qoʻshgan holda kelgusi davrda toʻlanadigan foyda soligʻidir. Bu buxgalteriya foydasi bilan soliqqa tortiladigan foyda oʻrtasidagi farqdir. Hisobvaraqning kreditida hisoblangan muddati kechiktirilgan foyda soliqlari summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida muddati kechiktirilgan foyda soliqlarining kamaygan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi. |
| “22814 | Grant mablagʻlari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan grantlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida olingan grantlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida grantlar bilan bogʻliq shartlar bajarilishiga koʻra mikrokredit tashkiloti daromadiga oʻtkaziladigan yoki grant shartlari bajarilmagan taqdirda qaytariladigan summalar aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 22816 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida muddati uzaytirilgan daromad Hisobvaraqning taʼrifi: chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan oshishida yuzaga keladigan farq hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida chet el valyutasi kursi oshishi natijasida yuzaga keladigan ijobiy farqning yigʻilgan summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida 45401 — “Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan ijobiy farq summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi”; |
| “29807 | Toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan, lekin hali toʻlanmagan dividendlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan dividendlarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan toʻlangan dividendlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi”; |
| “31700 | Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari |
| 31701 | Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti grant mablagʻlarining oʻzlashtirilgan summasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida dividendlar eʼlon qilingunga qadar 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻidan oʻtkazilgan grant mablagʻlarining oʻzlashtirilgan summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida grant mablagʻlarining oʻzlashtirilgan qismi notoʻgʻri hisoblanishi natijasida qaytarilgan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi”; |
| “45400 | ChET EL VALYUTASI KURSI OʻZGARIShI NATIJASIDA OLINGAN FOYDA |
| 45401 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda Hisobvaraqning taʼrifi: chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan oshishida yuzaga keladigan foydalar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida chet el valyutasi kursi oshishi natijasida yuzaga keladigan foydalar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi”; |
| “45917 | Grant mablagʻlaridan olingan daromad Hisobvaraqning taʼrifi: olingan grantlar boʻyicha mikrokredit tashkiloti tomonidan grantlar bilan bogʻliq shartlar bajarilishiga koʻra oʻzlashtirilgan grantlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida olingan grantlar bilan bogʻliq shartlar bajarilgan grantlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri oʻtkazilgan grantlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi”; |
| “54400 | LIZING (MIKROLIZING) BOʻYIChA FOIZLI XARAJATLAR |
| 54401 | Lizing (mikrolizing) boʻyicha foizli xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: lizing (mikrolizing) boʻyicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida lizing (mikrolizing) jadvali boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi”; |
| “55300 | ChET EL VALYUTASI KURSI OʻZGARIShI NATIJASIDA KOʻRILGAN ZARAR |
| 55301 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar Hisobvaraqning taʼrifi: chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan pasayishida yuzaga keladigan zararlar hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida chet el valyutasi kursi pasayishi natijasida yuzaga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi”; |