toggle_night_mode
Hujjat 22.10.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2019-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son va “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-oktabr,
889-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishiga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 19-martdagi 88-son qarorining 1-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 15-modda) “hamda” soʻzidan keyin “2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 8-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Jamgʻarma tizimiga:
Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari;
Jamgʻarmaning tuman (shahar) boʻlimlari kiradi.
Jamgʻarma ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarining taʼminoti quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Jamgʻarma ijro etuvchi apparati — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari;
hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) boʻlimlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jamgʻarma majburiy va boshqa toʻlovlardan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligidagi (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb ataladi) hisob raqamiga jamlaydi hamda pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirishni taʼminlaydi;”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“majburiy va boshqa toʻlovlar tushishi hisobini olib boradi;”;
“v” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “aloqa tashkilotlari” soʻzlari “pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning toʻrtinchi xatboshidan “toʻlovlar, badallar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) majburiy toʻlovlar:
belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy toʻlov tushumlari;
jismoniy shaxslar ayrim toifalarining yagona ijtimoiy toʻlovlari;”
beshinchi xatboshidagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidan “toʻlovlar, badallar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Majburiy va boshqa toʻlovlarni oʻtkazish Jamgʻarma daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir turi boʻyicha Jamgʻarmaning Gʻaznachilikdagi tegishli hisob raqamlari boʻyicha amalga oshiriladi”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilardan “toʻlovlar, badallar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yagona ijtimoiy toʻlovlarning shaxslar boʻyicha hisobini amalga oshirishni va har chorakda Jamgʻarmaga yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolari tomonidan toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlovlarning miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlaydi”;
yo) 13-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardan “toʻlovlar, badallar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
z) 18-banddagi “aloqa tashkilotlari” soʻzlari “pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 23-bandning ikkinchi xatboshidagi “toʻlovlar, badallar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
k) 26-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Jamgʻarmaga majburiy va boshqa toʻlovlarning toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash toʻgʻrisidagi axborotini eshitish;”;
l) 34-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“majburiy va boshqa toʻlovlarning Jamgʻarmaga oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar, penyalar summasining 5 foizi”;
m) 38-banddan “toʻlovlar, badallar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
n) 40-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“40. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya toʻlovlari va boshqa toʻlovlarning toʻgʻri tayinlanishi va toʻlanishini, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy organlari hamda Jamgʻarmaning ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy organlari tomonidan, mustaqil ekspertlar jalb qilingan holda bosh, tumanlararo, tuman va shahar tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalari va xulosalar hujjatlari takroran ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 37-son, 377-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) band boʻlgan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma;”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “guvohnoma” soʻzi “guvohnoma nusxasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 35-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) faoliyat turi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa.
1965-yilgacha boʻlgan davrda jamoa xoʻjaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, ushbu yildagi mehnat bilan qatnashish kunlari sonidan qatʼi nazar, har bir ishlab berilgan yil ish stajiga bir kalendar yil sifatida qabul qilinadi.
1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xoʻjaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, agar jamoa xoʻjaligi aʼzosi uzrsiz sabablarga koʻra jamoa xoʻjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʻlsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Agar jamoa xoʻjaligi aʼzosi jamoa xoʻjaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini jamoa xoʻjaligi aʼzolari tarkibiga qabul qilish (chiqish) yilida bajargan boʻlsa, u holda uning ish staji jamoa xoʻjaligi aʼzolari tarkibiga qabul qilingan sanadan boshlab (chiqish sanasigacha) qabul qilinadi.
Jamoa xoʻjaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmasa, mehnatning amaldagi davomiyligi boʻyicha ish vaqti olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan ijodiy uyushmalar aʼzolariga 1991-yil 1-yanvargacha ish staji agar ana shu muallifning asari birinchi marta eʼlon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan eʼtiboran, 1991-yil 1-yanvardan boshlab esa — ular faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanadi.
Ish stajiga, oʻtgan davr uchun biryoʻla qoʻshib hisoblash (toʻlash)dan qatʼi nazar, uning uchun:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan oylar qabul qilinadi, dehqon xoʻjaliklari aʼzolari hamda qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band boʻlgan shaxslar bundan mustasno;”;
d) 44 — 48-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“44. Agar dehqon xoʻjaligi aʼzosi yoki sovxoz xodimi ushbu yilda 12 oy ishlagan va kamida 9 oy mobaynida:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa, dehqon xoʻjaligi aʼzosining, shuningdek, sovxoz xodimining ish stajiga bir kalendar yil qoʻshib hisoblanadi.
Boshqa hollarda ish staji:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallari toʻlangan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan oylar soniga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
45. Fermer xoʻjaligi aʼzosi va qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati) xodimining ish staji:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanishining;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblanishining amaldagi davri boʻyicha aniqlanadi.
46. Qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish‚ shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band boʻlgan shaxslarga mehnat stajini hisoblashda, agar ushbu shaxs ushbu kalendar yilning kamida 9 oyi mobaynida:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — badallar;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlagan boʻlsa, pensiya tayinlash uchun ish stajiga toʻliq kalendar yil qoʻshib hisoblanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, shuningdek, maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda yetishtirish jismoniy shaxslar tomonidan:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlovni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311-moddasida belgilangan miqdorda toʻlangan taqdirda, qoramol yetishtirish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish hamda parranda parvarishlash bilan band boʻlish davrlari Qonunga muvofiq pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Ushbu Nizomning ushbu bandida, shuningdek, 44-bandida nazarda tutilgan ish stajini hisoblash tartibi Qonunga muvofiq pensiyalar tayinlashda qoʻllanadi.
47. Diniy tashkilotlarning band boʻlgan shaxslarning, shu jumladan mehnat shartnomasi va/yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha ishlovchi shaxslarning ish stajiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblash sharti bilan ularning ish davri qoʻshib hisoblanadi.
48. Chet elda ishlash davrlari:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlovlar toʻlangan boʻlsa, ish stajiga qoʻshib hisoblanadi, ushbu bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Pensiyani hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning 2015-yil 1-yanvarga qadar chet elda ishlagan davri mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning 2015-yil 1-yanvarga qadar chet elda ishlagan davri pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yillik davriga kiritilmaydi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar, shuningdek, ularning xotini (eri)ga 2015-yil 1-yanvarga qadar tayinlangan pensiyalar ushbu Nizom va Qonunning 51-moddasi talablari hisobga olingan holda qayta hisoblab chiqilishi lozim”;
e) 55-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“55. Ish staji ish, xizmat, oʻqish yoki ish stajiga hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilishi joyidan, shuningdek, arxiv muassasalaridan beriladigan hujjatlar boʻyicha belgilanadi.
Band shaxslarga ish staji davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar boʻyicha belgilanadi.”;
j) 59-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“59. Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi.
Band shaxsning ish staji Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma boʻyicha belgilanadi.
Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda, ish stajini tasdiqlash uchun (band shaxsning ish stajidan tashqari) maʼlumotnomalar, buyruqlardan koʻchirmalar, shaxsiy hisobvaraqlari va ish haqi berish uchun vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arxiv maʼlumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
Bunda maʼlumotnomada ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, ish (lavozim) boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi va asoslari koʻrsatilgan holda mehnat shartnomasining toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. Maʼlumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek, maʼlumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan imzolanadi va maʼlumotnomani bergan tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi”;
z) 64-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“64. Ish davrida boshlangan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri davomiyligi ushbu ish joyi boʻyicha beriladigan maʼlumotnomalar boʻyicha belgilanadi.
Bunda koʻrsatib oʻtilgan (tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan tasdiqlangan) davr ish stajiga faqat:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan taqdirda kiritiladi”;
i) 85-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“85. Ish haqi hisoblangan ish haqi summasidan olinadi.
Ish haqini guvohlar koʻrsatmasi asosida aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Lavozim maoshlari shtat jadvalidan koʻchirmalar va jamoat tashkilotlarining aʼzolik biletlari haqiqiy ish haqini tasdiqlaydigan hujjat oʻrnini bosa olmaydi. Ish haqi toʻgʻrisida arxiv maʼlumotlari mavjud boʻlmaganda ish haqi miqdorini aniqlash:
2005-yildan keyingi davr uchun — jamgʻarilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2016-yildan keyingi davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlari;
2019-yildan keyingi davr uchun — fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qisman mavjud boʻlmagan hollarda mavjud boʻlmagan davrlar uchun ish haqini aniqlash uchun mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olinmasdan, qonun hujjatlarida tegishli davrlar uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorlari qabul qilinadi.
Pensiya tayinlash uchun berilgan hujjatlarda ishonchsiz maʼlumotlar aniqlanganda yoki ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni buzadigan tuzatishlar aniqlanganda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlashgacha ularni tekshirishi yoki qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etish yoki ish haqi toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnomalarga tushuntirishlar berish toʻgʻrisida yozma soʻrov yuborishi shart.”;
k) 87-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pensiya jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun sugʻurta badallari, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash huquqi berilgan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov (sugʻurta badallari) toʻlanmaganligi sababli ish stajiga qoʻshib hisoblanmagan davrlar mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yillik davriga kiritilmaydi”;
l) 90 va 91-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“90. Ish haqi tarkibiga, shuningdek, ish haqining natural qismiga 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallari, 2019-yildan keyingi davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 172-moddasida koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun sugʻurta badallarining soliq solish obyekti ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi boʻyicha olingan, Oʻzbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
91. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va xodimlarining, ichki ishlar organlari va bojxona organlari oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarining, shuningdek, oʻquv yoki yoʻqlama qilish yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning ish haqi tarkibiga qonun hujjatlariga muvofiq:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallari;
2019-yildan keyingi davr uchun — hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar bilan boʻlgani singari pul taʼminotining barcha turlari kiritiladi”;
m) 93-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“93. Band boʻlgan shaxsning ish haqi miqdori:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari;
2019-yildan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.”;
n) 94-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
o) 95-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“95. Ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyentlar belgilangan tumanlarda ishlagan shaxsga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar qoʻshib hisoblangan ish haqi hisobga olinadi”;
p) 97 va 98-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“97. Oʻzbekiston Respublikasining chet elda ishlagan fuqarolarining pensiyasini hisoblash uchun ish haqi:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari;
2019-yildan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash va mehnat stajini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
98. Oy, yil choragi, yarim yillik, yil yakunlari boʻyicha mukofotlar, shuningdek, davr yakunlari boʻyicha toʻlanadigan taqdirlash puli, davlat bayramlari va ishlarning ayrim turlarini bajarganlik uchun bir martalik mukofotlar, shuningdek, shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar (shu jumladan, jamoa xoʻjaliklari aʼzolariga pilla yetishtirish boʻyicha toʻlovlar hamda yillik ish yakunlari boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlar):
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallari toʻlanishi;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblash sharti bilan, ular hisoblangan oy uchun ish haqi tarkibiga kiritiladi.
Xodimga ishdan boʻshaganidan keyin toʻlangan mukofotlar (davr yakunlari boʻyicha taqdirlash puli va yillik ish yakunlari boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlar) mehnat shartnomasi toʻxtatilgan oy uchun ish haqi tarkibiga kiritiladi”;
r) 104-banddagi va 109-bandning birinchi xatboshidagi “sakkiz” soʻzi “oʻn” soʻzi bilan almashtirilsin;
s) 159-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“159. Ishlab turgan pensionerga pensiya toʻlash, ish vaqtining qancha davom etishidan, tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan, shuningdek, shartnoma (bitim)ning xususiyatidan (turidan) qatʼi nazar, ish joyi boʻyicha toʻliq miqdorda toʻlanadi”;
t) quyidagi mazmundagi 1591-band qoʻshilsin:
“1591. Oʻrindoshlik asosida ishlovchi pensionerlarga pensiya asosiy ish joyidan toʻlanadi.
Ish joyidan pensiya toʻlovi oʻtgan oy uchun oylik ish haqining ikkinchi qismi toʻlovlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Pensiyalar alohida vedomostlar orqali toʻlanadi.
Boshqa oila aʼzolariga (vasiylikka olinganlarga), boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi ishlovchi fuqarolarga (vasiylarga), xususiy (yakka tartibda) tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi hamda dehqon xoʻjaliklarida ishlovchi pensionerlarga pensiyalar ularning yashash joyidan toʻlanadi.
Pensiya toʻlovi ish joyi orqali amalga oshirilishi uchun pensionerning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan ish beruvchiga axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shakldagi yoki ushbu Nizomga 15-ilovaga muvofiq beriladigan F-25 toʻlov topshiriqnomasi asos boʻlib hisoblanadi.
Qayta hisoblash natijasida pensiya miqdori oʻzgarganda, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi ish beruvchiga yangi pensiya miqdori toʻgʻrisida axborot tizimi orqali elektron shaklda maʼlumot yuboradi yoki topshiriqnomaning orqa tarafiga tegishli oʻzgartirish kiritadi”;
u) 166-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
f) 178-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “kirish, chiqish va fuqarolik” soʻzlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
x) 179-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Olti oy avval pensiya toʻlash pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga moliyalashtirilgan pensiya mablagʻlari hisobidan toʻlanadi”;
s) quyidagi mazmundagi IX1 bob qoʻshilsin:
“IX1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qoʻmitasida hisobda turuvchi ishlovchi pensionerlarning pensiyalarini toʻlash tartibi”
2001. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati hamda Milliy gvardiyada hisobda turuvchi ishlovchi pensionerlarning pensiyalari pensionerning haqiqatda yashash joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki filiallari tomonidan toʻliq miqdorda toʻlab beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasida hisobda turuvchi ishlovchi pensionerlarning pensiyalari, pensionerning haqiqatda yashash joyidagi ichki ishlar hamda bojxona xizmati organlari tomonidan toʻliq miqdorda toʻlab beriladi.
Ushbu pensiyalar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi”.
ch) Nizomga 11-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

‎‎“Imtiyozli pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqni
‎ aniqlashtiruvchi maʼlumotnoma
‎(NAMUNA)

Korxona, muassasa,

‎‎Tashkilot STIRi

‎‎tashkilot shtampi
‎‎__________________ № _____

‎‎M A ʼ L U M O T N O M A

_____________________________‎yilda tugʻilgan________________________________________________ ga

‎‎(tugʻilgan yili)

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎shu haqda berildiki, u ______________________________ dan ___________________________________gacha
‎_________________________________________________________________________________________da

‎‎(korxona, muassasa, tashkilotning nomi)‎‎

‎‎_____________________________________________________________________________sifatida ishladi

‎‎(kasb, lavozim)

va___________________________________________________________________________bilan band boʻldi

‎‎(bajariladigan ishning xususiyati)

‎‎Koʻrsatib oʻtilgan ish davri ____-son Roʻyxatning, ____-qismi, ____-boʻlimi, _____-kichik boʻlimi, _____-bandi, _____-kichik bandiga kiritiladi.

‎‎Quyidagi davrlar bundan mustasno:
Ish haqi saqlanmagan taʼtil:‎‎ ‎‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq
‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎
‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎‎
‎‎Asosiy ishdan boshqa ishlar bilan shugʻullanish (oʻquv taʼtillari, malaka oshirish kurslari, bekor turish va hokazolar): ‎‎
‎‎


‎‎‎‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq ‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎ ‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎‎‎
‎‎Bolani parvarishlash taʼtili: ‎‎
‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq ‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎ ‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎‎‎
Qisqartirilgan ish kunida ishlash:
‎‎‎‎‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq ‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎ ‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎‎‎

‎‎____________________ kasbi boʻyicha lavozimda ishni qoʻshib olib borgan:

‎‎

‎‎‎‎‎‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq ‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎ ‎____dan _____gacha ______dagi ___-son buyruq‎‎‎‎
‎‎Imtiyozli pensiya taʼminoti huquqini beradigan ish staji _____ yil _____ oy _____ kunni tashkil etadi.

‎Maʼlumotnomani berishning asosi:
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(bajariladigan ishning xususiyati va shartlarini tasdiqlaydigan hujjatlar)
___________________________________________________________________________________________

‎‎Maʼlumotnoma budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etish uchun berildi.‎

‎‎‎Izoh. Maʼlumotnoma mehnat daftarchasida xodimlarning ayrim toifalari uchun belgilangan 1, 2 va 3-son roʻyxatlar boʻyicha imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini belgilaydigan omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda beriladi.

Muassasa, korxona, tashkilot rahbari ‎‎


‎_____________
‎(imzo)


‎____________________________
‎(F.I.O.)‎‎‎

‎‎Kadrlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi


‎‎_____________ ‎
‎(imzo)


‎‎____________________________ ‎(F.I.O.)‎‎‎ ‎

‎‎m.oʻ.”;
sh) 12 va 13-ilovalarning izoh qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“1991-yil 1-yanvarga qadar va 2019-yilning 1-yanvaridan keyingi davrlar uchun hisoblangan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻldirilmaydi.”;
e) quyidagi mazmundagi 15-ilova qoʻshilsin:
“Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
15-ILOVA

‎‎Ish joyidan pensiya toʻlash uchun topshiriqnoma

Oʻngi‎

‎‎F-25 shakl‎

AA-000001

‎‎Ishlovchi pensionerlarga ish joyidan pensiya toʻlash
‎uchun 20___ yil ____________ dagi ___________ -sonli
TOPSHIRIQNOMA
‎___________________________________________________________
‎ (tashkilot nomi va STIR)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ________________ (Respublikasi, viloyati, shahar) ________________ tuman (shahar) boʻlimi shuni maʼlum qiladiki, sizning tashkilotingizda ishlayotgan pensioner _____________________________________ (F.I.O.) _____________________ soʻm ____ tiyin miqdorida yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oladi. (keraklisining tagiga chizing).
‎Shu munosabat bilan 20__ y. “___” ___________dan 20__ y. “___” ________gacha yoki ishdan boʻshatilgunga qadar (keraklisining tagiga chizing) pensiya har oyda ___________________ soʻm _________ tiyin (_____________________________________) miqdorida toʻlanishi kerak.

‎‎(soʻz bilan yozilsin)

M.Oʻ‎

‎‎Boʻlim boshligʻi ___________________________
‎Bosh buxgalter ____________________________
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎20____ yil “___” _______________ da 20____ yil “___” _______________ dagi _____-sonli topshiriqnoma hisobga olindi.
‎Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining __________-moddasiga muvofiq, yoki _________________________________________________ (boshqa normativ-huquqiy hujjat koʻrsatilsin) _______________________________________________________________ga (F.I.O.) pensiya 20___ yil “____” _____________ dan toʻlansin.
‎Korxona rahbari ______________
‎Ijtimoiy sugʻurta komissiyasi vakili ______________

‎20____ yil “__” ______________ dagi ____-son topshiriqnomaga xabarnoma Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ________________ (Respublikasi, viloyati, shahar) ________________ tuman (shahar) boʻlimiga 20__yil “__” __________da yuborildi.
‎Bosh buxgalter ________________

-----------------------------------------------------------------------------
‎--------------------------------- Qirqish chizigʻi -----------------------------‎‎
‎-----------------------------------------------------------------------------

‎‎20___ yil “___” ______________ dagi __________ -sonli
‎TOPSHIRIQNOMAGA 20___ yil “____” __________________ dagi XABARNOMA
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(tashkilot nomi)

‎‎shuni maʼlum qiladiki, pensiya oluvchi (F.I.O.) ___________________________ 20___ yil “___” ____________ga qadar pensiya olgan. Pensiya toʻlash 20__ yil “___” ____________ dan, 20__ yil “___” _______________ dagi, ____-sonli buyruqqa asosan ishdan boʻshaganligi sababli, boshqa sababga koʻra _________________________________________ toʻxtatildi.

__________-son shaxsiy hisob ‎‎Bosh buxgalter ______________

M.Oʻ. ‎

‎‎‎Korxona rahbari ___________________________
‎20___ yil “___”___________ dan hisobdan chiqarildi.

‎‎
‎AA-000001

Orqa tomoni‎‎‎
‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20___ yil “____” ____________dagi
‎____-sonli Farmoniga muvofiq
‎_________________________________________ (F.I.O.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20___ yil “___” __________ gacha _______ soʻm ___tiyin (_________________________) miqdorida toʻlansin.

‎‎(soʻz bilan yozilsin)

M.Oʻ‎‎ ‎‎‎‎Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi ___________________
‎Bosh buxgalter ____________________
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil “___” _________dagi ___-sonli Farmoniga muvofiq ________________________________________ (F.I.O.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20__ yil “___” ___________ gacha ____________ soʻm ____ tiyin (__________________) miqdorida toʻlansin.

‎‎(soʻz bilan yozilsin)

M.Oʻ‎‎‎ ‎‎Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi _________________
‎Bosh buxgalter ___________________
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil “___” ________dagi ___-sonli Farmoniga muvofiq _______________________________________ (F.I.O.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20__ yil “__” ___________ gacha ______________ soʻm ____ tiyin (__________________) miqdorida toʻlansin.

‎‎(soʻz bilan yozilsin)

M.Oʻ‎ ‎‎Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi ________________
‎Bosh buxgalter __________________
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil “___” ________dagi ___-sonli Farmoniga muvofiq _______________________________________ (F.I.O.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20___ yil “___” ____________ gacha ______________ soʻm _____ tiyin (______________) miqdorida toʻlansin.

‎‎(soʻz bilan yozilsin)

M.Oʻ.‎ ‎‎Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi ________________
‎Bosh buxgalter __________________
‎‎__________________________________________________________________________________________”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-oktabrdagi 307-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshiga “soliqqa va” soʻzlaridan keyin “2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun” soʻzlari qoʻshilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda) bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin yoshga doir pensiyalar tayinlangan shaxslarning roʻyxatini, amalga oshirilgan xarajatlarni koʻrsatgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik Bosh boshqarmalarining Aholi bandligiga koʻmaklashish tegishli tuman (shahar) markazlariga (keyingi oʻrinlarda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari deb ataladi) yetkazadilar”;
b) 19-bandning uchinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Xususiy tadbirkorda yollash boʻyicha ishlagan ish davrlari uning uchun:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi deb ataladi) sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda xodimning mehnat stajiga qoʻshiladi.
14. Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi”;
b) 23 va 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Xususiy tadbirkor oʻz majburiyatlari boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shu jumladan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallarini;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlovni ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlaydi.
24. Xususiy tadbirkorga oʻz majburiyatlari boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bir qatorda har bir xodim uchun quyidagilarni:
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni – har oyda eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
qatʼiy belgilangan soliqni — xususiy tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha nazarda tutilgan belgilangan stavkaning 30 foizi miqdorida toʻlash majburiyati yuklanadi”;
v) 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan, shuningdek, I va II guruh nogironlari hisoblanadigan xodimlar uchun yagona ijtimoiy toʻlov miqdori ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan miqdorning 50 foizini tashkil etishi kerak. Ushbu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi. Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga huquq paydo boʻlganda yoki toʻxtaganda yagona ijtimoiy toʻlovni qayta hisoblash ushbu huquq paydo boʻlgan yoki toʻxtagan oydan boshlab amalga oshiriladi”;
g) 32 va 33-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. Qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga har bir xodim uchun toʻlash xususiy tadbirkor tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
33. Yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlashda toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining (xodimning) familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiyalash tartib raqami va toʻlovning qaysi davr uchun toʻlanayotgani majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda har bir xodim boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi (kirim orderi) alohida yoziladi.”;
d) 35 va 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“35. Agar xususiy tadbirkor oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatib tursa, u tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirgan organga faoliyatning vaqtincha toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida ariza berilgan oy mobaynida har bir xodim uchun hisobga qoʻyish kartochkalari soliqni hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir xodim uchun hisobga qoʻyish kartochkasi xususiy tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davrga har bir xodim uchun qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazishni toʻxtatib turish uchun asos hisoblanadi.
Oʻz faoliyatini toʻxtatib turgan xususiy tadbirkor har bir xodim uchun hisobga qoʻyish kartochkasini davlat soliq xizmati organiga belgilangan muddatlarda topshirmagan taqdirda, xususiy tadbirkorning majburiyatlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq va yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab yozish toʻxtatib turilmaydi.
36. Xususiy tadbirkor tomonidan xodimlarni (mehnat shartnomasi mavjud boʻlganda) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilmasdan ularni yollash holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari har bir xodim uchun xususiy tadbirkor tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan yillik miqdorlarda undiradi. Xususiy tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasidan boshlab koʻrsatilgan holatlar aniqlangan sanagacha bir oydan kam vaqt oʻtgan taqdirda har bir xodim uchun xususiy tadbirkor tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga qoʻshimcha ravishda hisoblash uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasidan boshlab xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻymasdan ularni yollash holatlari aniqlangan sanagacha boʻlgan davr uchun amalga oshiriladi.”;
e) Nizomga 2-ilovaning 9.1-kichik bandidagi “sugʻurta badallarini” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlovni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 2-son, 10-modda):
a) qarorning nomlanishi va 1-bandidagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomlanishi va 1-bandidagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, shuningdek, dehqon xoʻjaligi aʼzosi (dehqon xoʻjaligi boshligʻidan tashqari) Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xoʻjaligi boshligʻi Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni majburiy ravishda toʻlaydi.
Oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash boʻyicha majburiyat oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosiga yuklanadi.
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band boʻlgan, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan band boʻlgan jismoniy shaxslar boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash va hisobini yuritish dehqon xoʻjaligi aʼzosi uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar yagona ijtimoiy toʻlov hisobini yuritish oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.”.
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Pensiya jamgʻarmasiga 2019-yil 1-yanvarga qadar toʻlangan sugʻurta badallari va 2019-yil 1-yanvardan keyin toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov qaytarib berilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 58-moddasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”;
II-boʻlim va 1 — 3 paragraflarning nomlanishidagi “sugʻurta badallarini”, “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlovni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning birinchi xatboshidagi “sugʻurta badallarini” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlovni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:
har oyda yoki har chorakda;
biryoʻla — Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.
Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Agar toʻlov hujjatida davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy uchun toʻlangan deb hisoblanadi”;
birinchi xatboshidagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashni toʻxtatib turganda, pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan soʻnggi sanadan boshlab toʻxtatib turiladi.
Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdori yagona ijtimoiy toʻlovning belgilangan miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablagʻlarni qoʻshimcha ravishda kiritish sharti bilan hisobga olinadi.”;
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
13-banddagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14 — 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga xizmat koʻrsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddatlarida amalga oshiriladi.
Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart”;
15. Yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xoʻjaligi aʼzosi oʻzi uchun oʻzidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan taʼminlanishning miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov miqdorini mustaqil ravishda, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311-moddasida belgilangan yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda belgilaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor oilaviy tadbirkorlik subyektining har bir aʼzosi, shuningdek, mehnat shartnomasi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan har bir xodim uchun Pensiya jamgʻarmasiga har oyda eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yagona ijtimoiy toʻlov toʻlaydi.
16. Yagona ijtimoiy toʻlov:
yakka tartibdagi tadbirkor va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari tomonidan — har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechikmay toʻlanadi;
dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan — hisobot yilining 1-oktabrigacha toʻlanadi. Bunda yagona ijtimoiy toʻlovning miqdori toʻlov kuniga belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari tomonidan yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Bunda oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari va dehqon xoʻjaligi aʼzolari boʻyicha toʻlov hujjati har bir oila aʼzosi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar toʻlov hujjatida davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xoʻjaliklari aʼzolari uchun — yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi.”;
17-banddagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Yakka tartibdagi tadbirkor belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turgan davrda Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash amalga oshirilmaydi va ushbu davrda ish staji pensiya tayinlash uchun hisobga olinmaydi.
Dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosiga pensiya tayinlashda ish stajiga Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanmagan davrlar qoʻshilmaydi”;
III boʻlimning nomlanishidagi “sugʻurta badallarini” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlovni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi uchun) Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov hisobi uning doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organida yuritiladi.
Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish uchun yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) doimiy yashash manzili boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
pasport nusxasi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotganligi, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan bandligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma — qoramol boqish yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan shugʻullanuvchi shaxs uchun.
Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov hisobi davlat soliq xizmati organlarida, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda toʻldirish talablariga amal qilgan holda rasmiylashtirilgan toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi”;
20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Pensiya jamgʻarmasiga 2019-yil 1-yanvarga qadar sugʻurta badallari va 2019-yil 1-yanvardan keyin yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar sifatida:
2018-yilgacha — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarining toʻlanganligini tasdiqlovchi bank kvitansiyalari va toʻlov hujjatlari;
2018-yildan boshlab — davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlari hisoblanadi”;
29-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
33-banddagi “sugʻurta badallari” soʻzlari “yagona ijtimoi toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34 — 39-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“34. Pensiya tayinlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorning (dehqon xoʻjaligi rahbarining va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining) ish stajini hisoblab chiqishda, agar Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam yagona ijtimoiy toʻlovdan kam boʻlmasa (toʻlangan penyalarni hisobga olmagan holda) ish stajiga kalendar yil qoʻshiladi.
35. Dehqon xoʻjaligi aʼzosiga, shuningdek, maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol boqayotgan yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslarga pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311-moddasida belgilangan Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov miqdori toʻlanganda ish stajiga bir yil qoʻshiladi”;
36. Soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimga pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqishda, agar Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov summasi jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida hisoblab chiqilgan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan kam boʻlmagan boʻlsa, ish stajiga kalendar yil qoʻshiladi.
37. Boshqa barcha holatlarda ish staji Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan oylarga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
38. Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga 2019-yil 1-yanvarga qadar sugʻurta badallari va 2019-yil 1-yanvardan keyin yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash dalili guvohlar koʻrsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.
39. Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy (yil) uchun yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning va dehqon xoʻjaligi aʼzosining) daromadi Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan oylik (yillik):
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallari summasini Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash davrida amalda boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, fermer xoʻjaliklari uchun) va fuqarolarning sugʻurta badallarining umumiy stavkasiga;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov summasini Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash davrida amalda boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, fermer xoʻjaliklari uchun) stavkasiga boʻlish hamda olingan natijani 100 ga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimning, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun daromadi:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan oydagi;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan oydagi mehnatga haq toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoriga teng qilib olinadi.”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek, yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-band toʻqqizinchi xatboshidan “, xodimlarning ish haqidan majburiy sugʻurta badallari summasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarning mehnat stajini elektron hisobga olishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-iyuldagi 462-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 27-son, 620-modda):
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasning “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida” 2019-yil 1-fevraldagi 80-son qaroriga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmatlariga taqdim etiladigan soliq boʻyicha hisobotlar asosida shakllantiriladigan, fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.”;
b) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari” soʻzlari “jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 37-son, 990-modda) ilovaning 43-bandi “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son; 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son; 15.12.2023-y., 09/23/661/0937-son)