1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-oktabr,
889-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishiga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 19-martdagi 88-son qarorining 1-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 15-modda) “hamda” soʻzidan keyin “2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 8-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
“Jamgʻarma majburiy va boshqa toʻlovlardan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligidagi (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb ataladi) hisob raqamiga jamlaydi hamda pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirishni taʼminlaydi;”;
“majburiy va boshqa toʻlovlar tushishi hisobini olib boradi;”;
“v” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “aloqa tashkilotlari” soʻzlari “pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“11. Majburiy va boshqa toʻlovlarni oʻtkazish Jamgʻarma daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir turi boʻyicha Jamgʻarmaning Gʻaznachilikdagi tegishli hisob raqamlari boʻyicha amalga oshiriladi”;
“yagona ijtimoiy toʻlovlarning shaxslar boʻyicha hisobini amalga oshirishni va har chorakda Jamgʻarmaga yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolari tomonidan toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlovlarning miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlaydi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Jamgʻarmaga majburiy va boshqa toʻlovlarning toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash toʻgʻrisidagi axborotini eshitish;”;
“40. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya toʻlovlari va boshqa toʻlovlarning toʻgʻri tayinlanishi va toʻlanishini, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy organlari hamda Jamgʻarmaning ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy organlari tomonidan, mustaqil ekspertlar jalb qilingan holda bosh, tumanlararo, tuman va shahar tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalari va xulosalar hujjatlari takroran ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin”.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-oktabrdagi 307-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshiga “soliqqa va” soʻzlaridan keyin “2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun” soʻzlari qoʻshilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 661-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/661/0937-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarning mehnat stajini elektron hisobga olishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-iyuldagi 462-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 27-son, 620-modda):
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasning “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida” 2019-yil 1-fevraldagi 80-son qaroriga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmatlariga taqdim etiladigan soliq boʻyicha hisobotlar asosida shakllantiriladigan, fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.”;
b) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari” soʻzlari “jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 37-son, 990-modda) ilovaning 43-bandi “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son; 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son; 15.12.2023-y., 09/23/661/0937-son)