toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining
Qonuni
Soliq va budjet siyosatining 2019-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 11-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallari hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar qoʻshiladi.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga taalluqli boʻlmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga oʻxshash pul taʼminotining barcha turlari qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshiladi.
Oʻqish davrida toʻlangan stipendiya pensiya soʻrab murojaat etuvchining xohishiga koʻra ish haqiga tenglashtiriladi.
Ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xoʻjaligi va oilaviy tadbirkorlik subyekti aʼzosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarining miqdoridan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
2) 36-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet elda yollanib ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarining miqdoridan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
3) 37-modda birinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“a) 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, agar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“g” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xoʻjalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xoʻjaligidagi faoliyat:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda”;
4) 40-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʻra mehnat stajiga qoʻshiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi yigirma beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“fiskal tavakkalchiliklar — budjet jarayoni ishtirokchilari uchun budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yoʻqotishlarni baholash”;
yigirma beshinchi — qirqinchi xatboshilari tegishincha yigirma oltinchi — qirq birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“dasturiy tasnif”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xarajatlarning dasturiy tasnifi davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdan iboratdir”;
beshinchi — yettinchi qismlari tegishincha oltinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mablagʻlari soliqlar, majburiy toʻlovlar va jarimalar, shuningdek budjet subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamgʻarmalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi mumkin”;
4) 37 — 42-moddalar chiqarib tashlansin;
5) 46-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi”;
4-bandi chiqarib tashlansin;
5-bandi 4-band deb hisoblansin;
4-bandi “abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov” degan soʻzlardan keyin “mahsulot taqsimotiga oid bitimlar boʻyicha foyda keltiradigan maxsulotdagi davlat ulushi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi 2-bandining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻi uchun aksiz soligʻi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aksiz soligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 10-bob chiqarib tashlansin;
9) 70-modda birinchi qismi 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 71-modda birinchi qismi:
1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “yordamchi tashkilotlarni” degan soʻzlardan keyin “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq toʻlash, yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek suv xoʻjaligi tashkilotlarini saqlab turish”;
oltinchi xatboshisi “oʻrmon xoʻjaligini” degan soʻzlardan keyin “oʻsimliklar karantinini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4-bandining uchinchi xatboshisi “Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va boʻlimlarini” degan soʻzlardan keyin “hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy boʻlinmalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2-bandining ikkinchi xatboshisi “laboratoriyalarni” degan soʻzdan keyin “irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya boʻlimlarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3-bandi “boʻlimlarini” degan soʻzdan keyin “shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy boʻlinmalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12) 14-bob chiqarib tashlansin;
13) 83-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasi hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklari va oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallarini kiritadi”;
14) 96-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi hujjat boʻlib, ushbu yoʻnalishlar asosida Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari shakllantiriladi.
Budjetnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻtgan yilgi asosiy yakunlarini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrta muddatli davr uchun asosiy yoʻnalishlarini;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozini;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasini;
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallarini;
“Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrini;
davlat qarzining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlariga, prognoz yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasiga hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallariga doir, fiskal tavakkalchiliklarni oʻz ichiga olgan tushuntirish xatini.
Budjetnoma:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari boʻyicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga — joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan kiritiladi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, soliq va budjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda eʼlon qilinadi”;
15) 97-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini, prognoz yil uchun Davlat budjetini, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlarini hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallarini qabul qiladi”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“98-modda. Asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozini hamda Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining asosiy parametrlarini tasdiqlash”;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hamda prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining parametrlari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallari”;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilari tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi qismidagi “maxsus axborot portalida (Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining maxsus veb-saytida)” degan soʻzlar “operatorning maxsus axborot portalida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni maxsus axborot portalida joylashtirish joriy moliya yilining 10-dekabridan kechiktirmasdan amalga oshiriladi”;
18) 122-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan ijro etilishi lozim boʻlgan yuridik majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan hisobga olinadi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi budjet tizimi budjetlarining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini boshqaradi”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi va oltinchi qismlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining” degan soʻzlar “Yagona gʻazna hisobvaragʻining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 143-moddaning ikkinchi qismi “davlat aktivlarini xususiylashtirishdan” degan soʻzlardan keyin “va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
21) 164-moddaning oltinchi qismi chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-dekabr,
OʻRQ-508-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)