Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
“Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentabrdagi 807-son “Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga asosan buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi mazkur buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 31-martdagi 85-mh-son “Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933, 2009-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 169-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-son “Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 2018-yil 7-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son).