1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
ADVOKATLIK GUVOHNOMASI VA ADVOKATLARNING DAVLAT REESTRLARINI YuRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 31-martda 1933-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 17-oktabrdagi 479-mh-sonli ““Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1933-2, 17.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda) muvofiq buyuraman:
1. Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Ushbu buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2009-yil 31-mart,
85-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yil 31-martdagi 85-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 48-modda) muvofiq advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibini, shuningdek Advokatlarning yigʻma davlat reyestrini va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
advokatlarning davlat reyestrlari — Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq advokat maqomiga ega boʻlgan, advokat maqomi toʻxtatib turilgan, tiklangan va tugatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek advokat maqomi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan advokatlik guvohnomasini bergan adliya organlarining maʼlumotlar bazasi.
Advokatlarning yigʻma davlat reyestri — maʼlumotlarning yagona bazasi boʻlib, u Qonunga muvofiq advokat maqomini olgan, advokat maqomi toʻxtatilgan, tiklangan va tugatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek advokat maqomi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
2. Advokat advokatlik faoliyatini amalga oshiradigan advokatlik tuzilmasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (hisobga olingan) joyda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan advokatlik guvohnomasi beriladi.
Advokatlik guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va uning amal qilish muddati cheklanmaydi.
3. Advokatlarning davlat reyestrlari advokatlik guvohnomasi berilgan joydagi adliya organlari tomonidan yuritiladi.
4. Advokatlarning yigʻma davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.
II. Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi
5. Advokatlik guvohnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb yuritiladi) Qonunning 31-moddasiga muvofiq advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor boʻlgan shaxsga (bundan keyingi oʻrinlarda talabgor deb yuritiladi) advokatlik tuzilmasi roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki talabgorning faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida beriladi.
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (bundan keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazish deb yuritiladi) va hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-sonli “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Talabgor unga advokatlik guvohnomasi berilgan kundan eʼtiboran advokat maqomini oladi, bu hol adliya organi rahbarining advokat maqomini va guvohnoma berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Bu haqda adliya organi uch kunlik muddatda berilgan guvohnomaning rekvizitlarini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini (bundan keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarma deb yuritiladi) yozma ravishda xabardor qiladi. Shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran advokat Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining aʼzosi boʻladi. Advokatning Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga kirish badallarini toʻlash boʻyicha majburiyatlari hududiy boshqarma rahbari tomonidan advokatning Advokatlar palatasiga kirish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan kundan eʼtiboran yuzaga keladi.
Advokat advokatlik tuzilmasini tashkil qilgan yoki boshqa advokatlik tuzilmasiga kirgan holda, ushbu advokatlik tuzilmasi roʻyxatdan oʻtkazilgan (hisobga olingan) joydagi adliya organi tomonidan unga yangi guvohnoma beriladi.
8. Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi yoxud advokatlar hayʼatini tashkil qilgan talabgor va (yoki) advokat adliya organi tomonidan koʻrsatilgan advokatlik tuzilmalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan kunning ertasidan kechiktirmay ana shu adliya organiga soʻnggi 12 oy mobaynida qilingan 3 x 4 sm oʻlchamida rangli fotosuratidan 2 donadan taqdim etadi.
Advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati, hududiy boshqarma talabgor va (yoki) advokat tegishli advokatlik tuzilmasiga (advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati, yuridik maslahatxona) kirgan kunning ertasidan kechiktirmay tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning nusxasini, soʻnggi 12 oy mobaynida qilingan 3 x 4 sm oʻlchamdagi rangli fotosuratdan 2-donadan, shuningdek malaka komissiyasining talabgor tomonidan advokat qasamyodini qabul qilganligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasini adliya organiga taqdim etadi.
Guvohnomani rasmiylashtirish va berish adliya organi tomonidan ikki kunlik muddatda amalga oshiriladi. Guvohnoma adliya organining rahbari tomonidan imzolanadi.
9. Guvohnomaning raqami mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishni hisobga olish daftaridagi tartib raqamiga mos boʻladi.
10. Guvohnomaning ichki tomoni kompyuter texnikasi yordamida toʻldiriladi.
11. Lozim tarzda rasmiylashtirilmagan, dogʻ tushirilgan va yozuvlari oʻchirilgan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
12. Guvohnomalar blankalarining kirimi va chiqimi 2-ilovaga muvofiq shakllarda hisobga olish daftarlarida qayd etiladi.
Hisobga olish daftarlari tikilgan, ularning varaqlari raqamlangan, adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi hamda yonmaydigan yoki maxsus jihozlangan shkaflarda saqlanishi kerak.
Rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftari 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda yuritiladi. Bunda rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftaridagi tegishli buyruqlarning rekvizitlarida buyruqning sanasi va raqami koʻrsatilishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
13. Guvohnoma talabgor yoki advokatga u tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini koʻrsatilganidan keyin shaxsan oʻziga beriladi.
Agar advokatga boshqa advokatlik tuzilmasi tuzganligi yoki advokatlik tuzilmasiga kirganligi munosabati bilan yangi guvohnoma berilayotgan boʻlsa, u oʻziga yangi guvohnoma berilgan paytdan eʼtiboran amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadigan avval unga berilgan guvohnomani adliya organiga qaytarishi kerak. Agar advokat qaytargan guvohnoma avval boshqa adliya organi tomonidan berilgan boʻlsa, adliya organi bu guvohnomani yangi guvohnomaning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli adliya organiga yuboradi.
Guvohnoma berilayotganda guvohnomaning qay darajada toʻgʻri toʻldirilganligi talabgor yoki advokatning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportidagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi. Guvohnoma talabgor yoki advokatga guvohnoma olganligi toʻgʻrisida tilxat orqali beriladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
14. Advokatning ixtisosligi oʻzgarganda, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan keyingi oʻrinlarda litsenziya deb yuritiladi) qayta rasmiylashtirilganda yoki dublikati berilganda advokat litsenziyani (litsenziya dublikatini) olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida guvohnoma bergan adliya organiga litsenziyaning (litsenziya dublikatining) nusxasini va soʻnggi 12 oy mobaynida tushgan 3 x 4 sm oʻlchamdagi rangli fotosuratidan 2 donasini ilova qilgan holda yangi guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi shart.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
Yangi guvohnomani berish adliya organi tomonidan ikki kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Bunda advokat yangi guvohnomani olgan paytidan eʼtiboran amal qilishi tugatilgan deb hisoblangan avvalgi guvohnomani qaytarishi kerak.
Yangi guvohnoma berilgunga qadar, advokat advokatlik faoliyatini avval berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Advokatlik faoliyatini mazkur bandning birinchi xatboshisi talablarini buzgan holda amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq advokatning javobgarligiga sabab boʻladi.
15. Advokatning arizasiga binoan yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga yangi guvohnoma berilishi mumkin.
Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga yangi guvohnoma olish uchun advokat guvohnoma bergan adliya organiga guvohnomaning yoʻqotilganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi holatlarini koʻrsatgan holda yangi guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
Guvohnoma yoʻqotilganligi munosabati bilan yangi guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizaga matbuotda guvohnoma yoʻqotilganligi va u haqiqiy emas deb topilishi haqida xabar eʼlon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Guvohnoma yaroqsiz holga kelganligi tufayli yangi guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizaga yaroqsiz holga kelgan guvohnoma ilova qilinadi.
Yoʻqotilgan guvohnoma advokat tomonidan matbuotda xabar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran haqiqiy emas deb topiladi. Bu haqda adliya organi sud-tergov organlariga maʼlum qiladi.
Adliya organi guvohnoma yoʻqotilganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi fakti boʻyicha zarur boʻlganda, tegishli hududiy boshqarmani jalb qilib, tekshiruv oʻtkazadi, uning natijalari boʻyicha advokat intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Koʻrsatilgan tekshiruv natijalariga qarab, advokat maqomini toʻxtatib turish va tugatish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, yangi guvohnoma beriladi.
Yangi guvohnoma berilgan kundan eʼtiboran yaroqsiz holga kelgan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi.
16. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda yangi guvohnoma berish adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Adliya organi yangi guvohnoma berilganligi toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida berilgan guvohnomaning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli hududiy boshqarmani yozma shaklda xabardor qiladi.
17. Advokat advokatlik tuzilmasidan chiqqanida (advokat bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda) tegishli advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati va hududiy boshqarma bu haqda kunning ertasidan kechiktirmay guvohnoma bergan adliya organiga maʼlum qilishi kerak. Agar advokatlik tuzilmasidan chiqish advokatlik faoliyatini davom ettirish uchun advokatlik tuzilmasi tashkil etish yoki boshqa advokatlik tuzilmasiga kirish bilan bogʻliq boʻlmasa, advokat chiqayotgan tegishli advokatlik tuzilmasi yoki hududiy boshqarmaning rahbari adliya organining koʻrsatmasiga binoan advokatdan guvohnomani olib qoʻyishi va guvohnoma olib qoʻyilgan kunning ertasidan kechiktirmay uni adliya organiga qaytarishi, ayni bir vaqtda mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan nusxa taqdim etishi kerak.
18. Advokat maqomini toʻxtatib turish Qonunda nazarda tutilgan hollarda malaka komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi. Ushbu qaror asosida tegishli adliya organi rahbarining advokat maqomini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi buyrugʻi rasmiylashtiriladi, bu esa, guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladi. Agar advokat maqomini toʻxtatib turish litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish oqibati boʻlsa, buyruqda bir vaqtning oʻzida litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini toʻxtatib turish koʻrsatiladi. Malaka komissiyasining advokatlik maqomini toʻxtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran advokat maqomi toʻxtatilgan hisoblanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
Adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatning guvohnomasini olib qoʻyadi, bundan advokat bedarak yoʻqolgan deb topilgan hol mustasno va tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi toʻxtatilganligi va tugatilganligi haqida xabar beradi.
19. Qonunning 131-moddasiga muvofiq advokat maqomi toʻxtatib turilgan shaxs advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak.
Advokat maqomi toʻxtatib turilgan shaxs mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtishiga kamida oʻn kun oldin tegishli malaka komissiyasiga advokat maqomini tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Malaka komissiyasi koʻrsatilgan muddatda arizani koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka komissiyasining advokat maqomini tiklash haqidagi qarori asosida adliya organi rahbarining advokat maqomini tiklash va guvohnomani qaytarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
191. Advokat maqomi Qonunda nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatilishi munosabati bilan tugatiladi. Advokat maqomini tugatish toʻgʻrisida adliya organi rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
20. Adliya organi tegishli buyruqni chiqargan sana guvohnoma berilgan, uning amal qilishi toʻxtatib turilgan va tugatilgan sana hisoblanadi.
21. Amal qilishi tugatilgan guvohnomalar, shuningdek mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda oʻrniga yangi guvohnomalar berilgan guvohnomalar adliya organlari tomonidan yoʻq qilinishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishi kerak. Mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan guvohnomalar ham shunday tartibda yoʻq qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
22. Adliya organlari advokat maqomi toʻxtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi toʻgʻrisidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga muvofiq advokatga guvohnoma bergan adliya organlari guvohnoma berilgan faktlar haqida tegishli davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek, mazkur guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berishi shart.
23. Advokat maqomi bilan bogʻliq maʼlumotlar adliya organlari tomonidan advokatlarning davlat reyestrlariga kiritiladi.
III. Advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish
24. Advokatlarning davlat reyestrlariga (bundan keyingi oʻrinlarda reyestr deb yuritiladi) tegishli adliya organi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (hisobga olingan) advokatlik tuzilmalarida ishlovchi advokatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
25. Reyestrlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
27. Adliya organining rahbari buyruq bilan reyestr yuritish uchun masʼul boʻlgan shaxsni belgilaydi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
28. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
advokatning familiyasi, ismi va otasining ismi;
litsenziya raqami va berilgan sanasi;
ruxsat berilgan ixtisoslik turlari;
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
advokat ishlayotgan advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
advokat maqomi berilganligi;
advokat maqomi toʻxtatib turilganligi;
advokat maqomi tiklanganligi;
advokat maqomi tugatilganligi;
reyestrdan chiqarilganligi.
Reyestr advokat maqomi bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
29. Advokat maqomi berilganligi, toʻxtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrda adliya organi rahbarining tegishli buyrugʻi rekvizitlarini koʻrsatish yoʻli bilan aks ettiriladi. Rekvizitlar buyruq sanasi va raqamini oʻz ichiga olishi kerak.
30. Talabgorga advokat maqomi berilganligi munosabati bilan guvohnoma berilganda, reyestrning 1 — 6-ustunlariga tegishli belgilar kiritiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
31. Reyestrning 2 — 5-ustunlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgarishi munosabati bilan yangi guvohnoma berilganda, ana shu oʻzgarishlar reyestrda navbatdagi reyestr raqami ostidagi yangi qatorga oʻzgartirilgan tegishli maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan aks ettiriladi. Bunda birlamchi qatorning (yaʼni xuddi ana shu advokat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan qatorning) 11-ustuniga yangi qatorning reyestr raqamiga havola qilingan holda tegishli maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida belgilar kiritiladi, yangi qatorning 11-ustunida esa, birlamchi qatorning reyestr raqamiga havola qilinadi.
Misol. Reyestrning 3-reyestr raqami ostiga (1 — 6-ustunlarga) “HUQUQ” advokatlar hayʼatida ishlovchi advokat B.S. Normatov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgan. U boshqa advokatlik tuzilmasi — “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan. Bu vaqtga kelib, reyestr raqamining oxirgisi 76 boʻlgan. Koʻrsatilgan oʻzgarishlar reyestrda quyidagicha qayd etiladi. 77-reyestr raqami ostidagi qatorda 1 — 5-ustunlar toʻldiriladi, bunda 5-ustunda yangi advokatlik tuzilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Xuddi shu qatorning 11-ustunida quyidagilar yozib qoʻyiladi “3-reyestr raqamiga qarang”. 3-reyestr raqamining 11-ustuniga quyidagilar yozib qoʻyiladi “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan, 77-reyestr raqamiga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
32. Avval boshqa adliya organi tomonidan guvohnoma berilgan, yaʼni boshqa hudud boʻyicha reyestrda turgan advokatga yangi guvohnoma berilganda yangi guvohnomani berayotgan adliya organi reyestrning 1 — 5 va 11-ustunlariga tegishli belgilar kiritadi. Bunda 11-ustunda boshqa adliya organi tomonidan advokat maqomi berilganligi va uning berilgan sanasi koʻrsatiladi.
Bunday holda adliya organi oʻzi avval bergan guvohnomani olgach (mazkur Nizom 13-bandining ikkinchi xatboshisi), reyestrning 12-ustunida asos sifatida advokat tegishli hudud boʻyicha reyestrga kiritilganligini va kiritish sanasini koʻrsatgan holda advokatning reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
Misol. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro T.K. Ibrohimovga advokat maqomi berilganligi munosabati bilan unga 2009-yil 29-mayda guvohnoma berilgan va u tegishli reyestrga kiritilgan. Keyinchalik esa, T.K. Ibrohimov Samarqand viloyatida roʻyxatdan oʻtkazilgan advokatlik tuzilmasiga kirgan va unga 2009-yil 11-sentabrda yangi guvohnoma berilgan. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati adliya boshqarmasi avval Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan advokat T.K. Ibrohimovga berilgan guvohnomani Buxoro viloyati adliya boshqarmasiga yuborgan. Mazkur oʻzgarishlar Samarqand va Buxoro viloyatlarining reyestrlarida quyidagi tarzda aks ettiriladi. Samarqand viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 1 — 5-ustunlarini toʻldiradi, 11-ustunga esa, quyidagilarni yozib qoʻyadi: “Advokat maqomi 2009-yil 29-mayda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan berilgan”. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 12-ustuniga quyidagilarni yozib qoʻyadi: “2009-yil 11-sentabrda Samarqand viloyati boʻyicha reyestrga kiritilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarilgan.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
33. Advokat ishlaydigan advokatlik tuzilmasining pochta manzili mazkur hudud doirasining oʻzida oʻzgarganida reyestrning 11-ustuniga yangi pochta manzili koʻrsatilgan holda tegishli belgi kiritiladi. Masalan, “Pochta manzili quyidagicha oʻzgartirilgan: Bulungʻur tumani, Oʻzbekiston koʻchasi, 43-uy” yoki “Pochta manzili quyidagicha oʻzgartirilgan: Doʻstlik koʻchasi, 53-uy”.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
34. Advokat maqomi tugatilganida mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda reyestrning 12-ustuniga 10-ustunga havola qilgan holda advokat reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Masalan, “Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarildi, 10-ustunga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
35. Advokat maqomi bilan bogʻliq hujjatlar asosida adliya organi tomonidan advokatning reyestr ishi shakllantiriladi.
IV. Advokatlarning yigʻma davlat reyestrini yuritish
36. Advokatlarning yigʻma davlat reyestri (bundan keyingi oʻrinlarda Yigʻma reyestr deb yuritiladi) reyestrlar asosida elektron shaklda yuritiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
38. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri buyruq bilan rasmiylashtirgan holda Yigʻma reyestrni yuritish uchun masʼul shaxsni belgilaydi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
39. Adliya organlari har haftaning juma kunidan kechiktirmay payshanba holati boʻyicha ham kiritilgan reyestrlar nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qogʻoz va elektron shakllarda taqdim etadi. Bunda reyestrning qogʻoz shaklida faqatgina tegishli haftaga doir maʼlumotlar (davr boshlangan va tugagan sanalar qayd etilgan holda) koʻrsatiladi, u adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi, elektron shakllar esa, reyestrni yuritish boshlangandan buyon oʻsib boruvchi yakunlarda taqdim etiladi va reyestrning nusxasi qaysi sanadagi holat boʻyicha taqdim etilayotgan boʻlsa, oʻsha sana koʻrsatiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
41. Yigʻma reyestr hammaning foydalanishi uchun ochiqdir. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uni vazirlikning rasmiy saytida eʼlon qilishni amalga oshiradi.
V. Yakunlovchi qoidalar
42. Advokat guvohnoma saqlanishi uchun shaxsan javobgardir. Guvohnomani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
43. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
44. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi T.Sayidov
Toshkent sh.,
2009-yil 30-mart,
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2–ILOVA
GUVOHNOMALAR BLANKALARINING KIRIMINI HISOBGA OLISh DAFTARI
Advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili)
Advokatlik guvohnomasining berilgan sanasi
Quyidagi munosabat bilan guvohnomani berish toʻgʻrisidagi
buyruqning rekvizitlari:
Advokat maqomini berish
Advokatlik tuzilmasini tuzish yoki boshqa advokatlik tuzilmasiga kirish
Ixtisoslikni oʻzgarishi
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish
Guvohnomani yoʻqotish yoki yaroqsiz holga kelishi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
davomi
Advokat maqomi toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari
Advokat maqomi toʻxtatib turilganligi munosabati bilan guvohnoma olib qoʻyilgan sana
Advokat maqomini tiklanganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari
Advokat maqomi toʻxtatib turilganda olib qoʻyilgan guvohnomaning qaytarilgan sanasi
Advokat maqomi tugatilganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari
Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan guvohnomaning olib qoʻyilgan sanasi
Guvohnoma yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sana, asos va boshqa shu kabilar)
12
13
14
15
16
17
18
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili)
Advokat maqomini berish toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari
Advokat maqomini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib �urish bilan bogʻliq boʻlmagan holda
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish bilan bogʻliq boʻlgan holda
1
2
3
4
5
6
7
8
davomi
Advokat maqomi tiklanganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari
Advokat maqomi tugatilganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
9
10
11
12
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933-1, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 169-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)