toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1933-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 17-oktabrdagi 479-mh-sonli ““Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1933-2, 17.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-son “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 31-martdagi 85-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1933, 2009-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-dekabr,
545-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Guvohnomalar blankalarining kirimi va chiqimi 2-ilovaga muvofiq shakllarda hisobga olish daftarlarida qayd etiladi.
Hisobga olish daftarlari tikilgan, ularning varaqlari raqamlangan, adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi hamda yonmaydigan yoki maxsus jihozlangan shkaflarda saqlanishi kerak.
Rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftari 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda yuritiladi. Bunda rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftaridagi tegishli buyruqlarning rekvizitlarida buyruqning sanasi va raqami koʻrsatilishi kerak.”.
2. 13-band uchinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Guvohnoma talabgor yoki advokatga guvohnoma olganligi toʻgʻrisida tilxat orqali beriladi.”.
3. 14-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Advokatning ixtisosligi oʻzgarganda, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan keyingi oʻrinlarda litsenziya deb yuritiladi) qayta rasmiylashtirilganda yoki dublikati berilganda advokat litsenziyani (litsenziya dublikatini) olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida guvohnoma bergan adliya organiga litsenziyaning (litsenziya dublikatining) nusxasini va soʻnggi 12 oy mobaynida tushgan 3 x 4 sm oʻlchamdagi rangli fotosuratidan 2 donasini ilova qilgan holda yangi guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi shart.”.
4. 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Advokat maqomini toʻxtatib turish Qonunda nazarda tutilgan hollarda malaka komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi. Ushbu qaror asosida tegishli adliya organi rahbarining advokat maqomini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi buyrugʻi rasmiylashtiriladi, bu esa, guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladi. Agar advokat maqomini toʻxtatib turish litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish oqibati boʻlsa, buyruqda bir vaqtning oʻzida litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini toʻxtatib turish koʻrsatiladi. Malaka komissiyasining advokatlik maqomini toʻxtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran advokat maqomi toʻxtatilgan hisoblanadi.”.
5. 19-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Advokat maqomi toʻxtatib turilgan shaxs mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtishiga kamida oʻn kun oldin tegishli malaka komissiyasiga advokat maqomini tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Malaka komissiyasi koʻrsatilgan muddatda arizani koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka komissiyasining advokat maqomini tiklash haqidagi qarori asosida adliya organi rahbarining advokat maqomini tiklash va guvohnomani qaytarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi rasmiylashtiriladi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
“191. Advokat maqomi Qonunda nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatilishi munosabati bilan tugatiladi. Advokat maqomini tugatish toʻgʻrisida adliya organi rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.”.
7. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Amal qilishi tugatilgan guvohnomalar, shuningdek mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda oʻrniga yangi guvohnomalar berilgan guvohnomalar adliya organlari tomonidan yoʻq qilinishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishi kerak. Mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan guvohnomalar ham shunday tartibda yoʻq qilinadi.”.
8. 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Reyestrlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.”.
9. 26-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
10. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Adliya organining rahbari buyruq bilan reyestr yuritish uchun masʼul boʻlgan shaxsni belgilaydi.”.
11. 28-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ruxsat berilgan ixtisoslik turlari;”;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilari tegishlicha beshinchi — oʻn birinchi xatboshilari deb hisoblansin.
12. 30-banddagi “reyestrning 1 — 5-ustunlariga” degan soʻzlar “reyestrning 1 — 6-ustunlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Reyestrning 2 — 5-ustunlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgarishi munosabati bilan yangi guvohnoma berilganda, ana shu oʻzgarishlar reyestrda navbatdagi reyestr raqami ostidagi yangi qatorga oʻzgartirilgan tegishli maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan aks ettiriladi. Bunda birlamchi qatorning (yaʼni xuddi ana shu advokat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan qatorning) 11-ustuniga yangi qatorning reyestr raqamiga havola qilingan holda tegishli maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida belgilar kiritiladi, yangi qatorning 11-ustunida esa, birlamchi qatorning reyestr raqamiga havola qilinadi.
Misol. Reyestrning 3-reyestr raqami ostiga (1 — 6-ustunlarga) “HUQUQ” advokatlar hayʼatida ishlovchi advokat B.S. Normatov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgan. U boshqa advokatlik tuzilmasi — “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan. Bu vaqtga kelib, reyestr raqamining oxirgisi 76 boʻlgan. Koʻrsatilgan oʻzgarishlar reyestrda quyidagicha qayd etiladi. 77-reyestr raqami ostidagi qatorda 1 — 5-ustunlar toʻldiriladi, bunda 5-ustunda yangi advokatlik tuzilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Xuddi shu qatorning 11-ustunida quyidagilar yozib qoʻyiladi “3-reyestr raqamiga qarang”. 3-reyestr raqamining 11-ustuniga quyidagilar yozib qoʻyiladi “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan, 77-reyestr raqamiga qarang”.
32. Avval boshqa adliya organi tomonidan guvohnoma berilgan, yaʼni boshqa hudud boʻyicha reyestrda turgan advokatga yangi guvohnoma berilganda yangi guvohnomani berayotgan adliya organi reyestrning 1 — 5 va 11-ustunlariga tegishli belgilar kiritadi. Bunda 11-ustunda boshqa adliya organi tomonidan advokat maqomi berilganligi va uning berilgan sanasi koʻrsatiladi.
Bunday holda adliya organi oʻzi avval bergan guvohnomani olgach (mazkur Nizom 13-bandining ikkinchi xatboshisi), reyestrning 12-ustunida asos sifatida advokat tegishli hudud boʻyicha reyestrga kiritilganligini va kiritish sanasini koʻrsatgan holda advokatning reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
Misol. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro T.K. Ibrohimovga advokat maqomi berilganligi munosabati bilan unga 2009-yil 29-mayda guvohnoma berilgan va u tegishli reyestrga kiritilgan. Keyinchalik esa, T.K. Ibrohimov Samarqand viloyatida roʻyxatdan oʻtkazilgan advokatlik tuzilmasiga kirgan va unga 2009-yil 11-sentabrda yangi guvohnoma berilgan. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati adliya boshqarmasi avval Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan advokat T.K. Ibrohimovga berilgan guvohnomani Buxoro viloyati adliya boshqarmasiga yuborgan. Mazkur oʻzgarishlar Samarqand va Buxoro viloyatlarining reyestrlarida quyidagi tarzda aks ettiriladi. Samarqand viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 1 — 5-ustunlarini toʻldiradi, 11-ustunga esa, quyidagilarni yozib qoʻyadi: “Advokat maqomi 2009-yil 29-mayda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan berilgan”. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 12-ustuniga quyidagilarni yozib qoʻyadi: “2009-yil 11-sentabrda Samarqand viloyati boʻyicha reyestrga kiritilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarilgan”.
14. 33-banddagi “reyestrning 10-ustuniga” degan soʻzlar “reyestrning 11-ustuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Advokat maqomi tugatilganida mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda reyestrning 12-ustuniga 10-ustunga havola qilgan holda advokat reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Masalan, “Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarildi, 10-ustunga qarang”.
16. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Advokatlarning yigʻma davlat reyestri (bundan keyingi oʻrinlarda Yigʻma reyestr deb yuritiladi) reyestrlar asosida elektron shaklda yuritiladi.”.
17. 37-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
18. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri buyruq bilan rasmiylashtirgan holda Yigʻma reyestrni yuritish uchun masʼul shaxsni belgilaydi.”.
19. 40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
20. 1-ilovaning oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Litsenziya raqami: _____ 20___ “___” ___________
Ixtisosligi: ________________; ________________”.
21. 3-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
22. 4-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
23. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Advokatlar palatasi raisi A. Ernazarov
2018-yil 6-dekabr
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga
3-ILOVA
RASMIYLAShTIRILGAN ADVOKATLIK GUVOHNOMALARI BERIShNI HISOBGA OLISh
DAFTARI

‎‎________________________________________________________________
‎(adliya organining nomi) ‎‎


Tartib raqami —guvohnomaning raqami‎‏

Advokatning F.I.O.‎‏

Litsenziyaning raqami va berilgan sanasi

Ruxsat berilgan ixtisoslik

Advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili)‎‏

Advokatlik guvohnomasining berilgan sanasi

‎‎Quyidagi munosabat bilan guvohnomani berish toʻgʻrisidagi

buyruqning rekvizitlari:

Advokat maqomini berish

Advokatlik tuzilmasini tuzish yoki boshqa advokatlik tuzilmasiga kirish

Ixtisoslikni oʻzgarishi

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish

Guvohnomani yoʻqotish yoki yaroqsiz holga kelishi‎

1‎

2‎

3

4‎

5

6

7

8

9

10

11

‎‎davomi

Advokat maqomi toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari

Advokat maqomi toʻxtatib turilganligi munosabati bilan guvohnoma olib qoʻyilgan sana‎‎

Advokat maqomini tiklanganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari‎‎

Advokat maqomi toʻxtatib turilganda olib qoʻyilgan guvohnomaning qaytarilgan sanasi

Advokat maqomi tugatilganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari‎‎

Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan guvohnomaning olib qoʻyilgan sanasi‎‎

Guvohnoma yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sana, asos va boshqa shu kabilar)‎‎

12

13

14

15‎

16

17‎

18

Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga
4-ILOVA

‎‎___________________________________________________ boʻyicha

‎(hududning nomi)

‎ADVOKATLARNING DAVLAT REESTRI


Reyestr raqami‎‏

Advokatning F.I.O.‏

Litsenziyaning raqami va berilgan sanasi

Ruxsat berilgan ixtisoslik

Advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili)‎‏

Advokat maqomini berish toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari‎‎

‎‎Advokat maqomini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari

litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish bilan bogʻliq boʻlmagan holda‎

litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish bilan bogʻliq boʻlgan holda‎

1‎

2‎

3‎

4

5‎

6‎

7

8

‎‎

‎‎

‎‎

davomi‎‎‎

‎‎‎‎Advokat maqomi tiklanganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari

Advokat maqomi tugatilganligi toʻgʻrisidagi buyruqning rekvizitlari‎‎

Qoʻshimcha maʼlumotlar‎‎

Reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎‎

9

10

11‎

12‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)