O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING
qarori
Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 512 — 5111-moddalariga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 11-sentabrdagi 1376-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, “Prokuratura to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma prokuratura, ichki ishlar organlarining vakolatli mansabdor shaxslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raislari, ularning o‘rinbosarlari yoki kotiblari tomonidan tuziladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245-moddasiga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1072-sonli qarori tahririda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi:
saylov kampaniyasi va referendumni o‘tkazish davrida saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning muqarrar javobgarligini ta’minlash ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
prokuratura va ichki ishlar organlari vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish bo‘yicha quyi turuvchi idoralarga ko‘rsatma bersin.
3. Saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy ish yuritishni rasmiylashtirish yuzasidan uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 7-oktabrdagi 751-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
934-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 934-son qaroriga 1-ILOVA
Saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan aniqlash, rasmiylashtirish va ularni sud organlariga yuborish, shuningdek aniqlangan huquqbuzarliklar haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 512 — 5110-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi), hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari yoki kotibi tomonidan, 5111-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan hollarda esa ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar MSK raisi, rais o‘rinbosari yoki kotibi tomonidan rasmiylashtiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 11-sentabrdagi 1376-sonli qarori tahririda)
2. Ushbu Yo‘riqnoma harbiy xizmatchilar tomonidan saylov va referendumni tashkil etish va o‘tkazish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklarni rasmiylashtirishga tatbiq etilmaydi.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilgan hududiy saylov komissiyasining vakolatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
II bob. Saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirish
3. Saylov va referdumni tashkil qilish va o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlashda MJtKning 512 — 5111-moddalariga muvofiq quyidagi huquqbuzarliklar alomatlari mavjudligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 11-sentabrdagi 1376-sonli qarori tahririda)
saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatiga aralashish va ularning ishiga to‘siqlarni yuzaga keltirish;
saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishni g‘ayrihuquqiy ravishda rad etilishi yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzilishi;
nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakili huquqlarining buzilishi;
nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan saylovoldi tashviqotini, referendumga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibining buzilishi;
saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya to‘g‘risida ataylab yolg‘on ma’lumotlar e’lon qilinishi yoki boshqa usullar orqali tarqatilishi;
saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarining qasddan yo‘q qilib yuborilishi yoki ularga qasddan shikast yetkazilishi;
saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibi buzilishi, shuningdek jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini chop etish (e’lon qilish) tartibi buzilishi;
saylov komissiyasi yoki referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlari berilishi;
saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni siyosiy partiya tomonidan MSKga taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilishi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 11-sentabrdagi 1376-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
4. MJtKning 512 — 5111-moddalarida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan hollarda, MJtKning 280 va 281-moddalariga ko‘ra tegishincha MSK, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raislari, ularning o‘rinbosarlari yoki kotiblari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilishi mumkin. Bunda bayonnoma MJtKning 281-moddasi tartibida mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 11-sentabrdagi 1376-sonli qarori tahririda)
5. Bayonnoma uni tuzgan shaxs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi, guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lgan taqdirda esa — bayonnoma mazkur shaxslar tomonidan ham imzolanadi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.
6. Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga MJtKning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu xususda bayonnomaga yozib qo‘yiladi. Jumladan:
ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga, ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqliligi;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqilishi tushuntiriladi.
7. MJtK 284-moddasining birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart bo‘lib, uni joyning o‘zida tuzishning imkoni bo‘lmasa, ichki ishlar organi xodimi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaxs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin.
8. MJtK 287-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq MJtKning 512, 518 va 519-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy yo‘l bilan ushlab turilishi mumkin.
9. Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga keltirish, ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish ehtiyoji yuzaga kelgan taqdirda tegishli komissiyalar a’zolari ichki ishlar organlari xodimlariga murojaat qilishlari mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 11-sentabrdagi 1376-sonli qarori tahririda)
10. MJtKning 282-moddasi talablaridan kelib chiqib, bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha ashyoviy dalillar bilan birga MJtKning 512 — 5111-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudiga yuboriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 11-sentabrdagi 1376-sonli qarori tahririda)
11. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
12. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari MJtKning 281, 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudiga taqdim qilingan taqdirda, ushbu sudning asoslantirilgan yozma talabiga ko‘ra 12 soatdan kechiktirmasdan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan organ tomonidan kamchiliklar bartaraf etilishi shart.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1072-sonli qarori tahririda)
III bob. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish
13. MSK, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug va uchastka saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalar a’zolari MJtKning 512 — 5111-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan hollarda ushbu holat haqida darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 11-sentabrdagi 1376-sonli qarori tahririda)
14. Xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
huquqbuzarning shaxsiga oid ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati;
agar guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ularning familiyalari va yashash manzillari;
zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
15. Kelib tushgan xabarlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
16. Hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilganligi to‘g‘risida bayonnoma sudga yuborilgan kundan kechiktirmasdan yuqori turuvchi saylov komissiyasi, shu jumladan MSK xabardor qilinishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
18. Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar MJtKga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1072-sonli qarori tahririda)
19. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
Saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnomaga ILOVA
Saylov va referendumni tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarlik haqida ___-sonli BAYONNOMA 20___ “____” _______________ kuni soat __________ ______________________________________________
(turi, seriya, raqami,bergan organ nomi va vaqti)
Menga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 294-moddasida belgilangan huquq va burchlarim tushuntirildi: ____________________________________________________________________________________________
(huquqbuzarning imzosi)
20___yil “____” _____________ kuni soat________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ (huquqbuzarlik sodir etilgan joy va uning tafsiloti)
ya’ni, MJtKning _______-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan. Guvoh yoki xolislar: MJtKning 298-moddasi talablari bilan tanishtirildi.
Bayonnoma bilan tanishdim, uning mazmuni bo‘yicha quyidagilarni bildiraman: ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
(huquqbuzarning tushuntirish berishi)
(huquqbuzarning imzosi)
Bayonnomaga ilova etiladi: ______________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ (tibbiy tekshiruv xulosasi, dalolatnoma, daliliy ashyo, tushuntirish xati, ishga oid boshqa hujjatlar)
Ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan joy va vaqt to‘g‘risida ogohlantirildim: