toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 18-dekabrdagi OʻRQ-883-son Konstitutsiyaviy Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasini qoʻllash haqida” 2019-yil 19-sentabrdagi 937-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-iyul,
1344-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 933-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-banddagi “pasportining seriyasi” degan soʻzlar “pasportining yoki identifikatsiya ID — kartasining seriyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Imzo varaqasiga maʼlumotlar qoʻlda yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga oʻz imzosini qoʻyadigan saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saylovchining iltimosiga koʻra imzo toʻplashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi mumkin. Biroq, imzoni aynan saylovchining oʻzi qoʻyadi.”;
v) 11-banddagi “toʻplangan” degan soʻz “qilib tikilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“imzo varaqasiga saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilmasdan, shu jumladan sanasi koʻrsatilmasdan qoʻyilgan imzolar;”;
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilari tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilari deb hisoblansin;
d) 33-banddagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
e) ilovadagi “Pasport” va “Pasportining” degan soʻzlar tegishincha “Pasport yoki ID-karta” va “Pasport yoki ID-kartasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash toʻgʻrisida” 2019-yil 11-sentabrdagi 934-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, “Prokuratura toʻgʻrisida”, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma prokuratura, ichki ishlar organlarining vakolatli mansabdor shaxslari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raislari, ularning oʻrinbosarlari yoki kotiblari tomonidan tuziladi;”;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisi “saylov kampaniyasi” soʻzlaridan keyin “va referendumni oʻtkazish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 4-band va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1-banddagi “viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining aʼzolari” degan soʻzlar “hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raisi, rais oʻrinbosari yoki kotibi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ushbu Yoʻriqnomada nazarda tutilgan hududiy saylov komissiyasining vakolatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.”;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. MJtKning 512 — 519-moddalarida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan hollarda, MJtKning 280 va 281-moddalariga koʻra MSK, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raislari, ularning oʻrinbosarlari yoki kotiblari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilishi mumkin. Bunda bayonnoma MJtKning 281-moddasi tartibida mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi”;
“viloyat” degan soʻz “hududiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka” degan soʻzlar “referendum oʻtkazuvchi uchastka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilganligi toʻgʻrisida bayonnoma sudga yuborilgan kundan kechiktirmasdan yuqori turuvchi saylov komissiyasi, shu jumladan MSK xabardor qilinishi lozim.”;
17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Markaziy saylov komissiyasining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi), tuman, shahar saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun siyosiy partiyaning rahbari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingan kundan boshlab besh kunlik muddatda oʻz vakolatli vakilini tayinlaydi hamda uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga hujjatlarni (murojaatnoma, nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining nusxasi, 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurati) taqdim etadi.”;
b) 4-band “Markaziy,” soʻzidan keyin “hududiy, tuman, shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Vakolatli vakillikka nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga tavsiya etish hamda saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Vakolatli vakillarga mandatlar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda mandat tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Siyosiy partiyaning hududiy organi rahbari saylovga kamida oʻn kun qolganida ariza bilan tegishli saylov komissiyasiga siyosiy partiyaning vakolatli vakillari roʻyxatini (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami koʻrsatilgan holda) taqdim etadi. Bunda ariza:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida — hududiy saylov komissiyasiga;
boʻshab qolgan oʻrinlarga xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar saylov komissiyasiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilgan taqdirda — hududiy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga vakolatli vakillikka nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining nusxasi, 2 dona 3 x 4 sm hajmdagi fotosurati ilova qilinadi.”;
d) 7-banddagi “Nizomning 2-ilovasida” degan soʻzlar “Nizomning ilovasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
SIYOSIY PARTIYA VAKOLATLI VAKILINING
MANDAT NAMUNASI
Izoh: 140 x 100 mm. oʻlchamdagi mandat bir tarafli oʻzbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.”.
yo) Nizomga 2-ilova chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarosi nomzodning ishonchli vakili boʻlishi mumkin.”;
b) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Ishonchli vakillikka nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga tavsiya etish hamda saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishonchli vakillarga guvohnomalar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda guvohnoma tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Deputatlikka nomzod roʻyxatga olinganidan keyin ishonchli vakillarini oʻz xohishiga koʻra belgilaydi va ularni roʻyxatga olish uchun tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga:
bir mandatli saylov okruglari boʻyicha roʻyxatga olingan nomzodlar tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga;
roʻyxatga olingan partiya roʻyxatiga kiritilgan nomzodlar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatligiga nomzod tomonidan tegishli viloyat, Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashi deputatligiga nomzod tomonidan tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga ishonchli vakillikka nomzodning pasport nusxasi (yoki identifikatsiya ID-kartasi), 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurati ilova qilinadi.
Tegishli saylov komissiyasi arizani qabul qilgan kundan boshlab, 3 kunlik muddatda ishonchli vakillarni roʻyxatga oladi va ularga mazkur Nizomning 2 — 2v-ilovalarda belgilangan shaklda guvohnoma beradi.
Guvohnomada nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyaning alohida farq belgilar (rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.”;
g) 11-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“notoʻgʻri axborotni tarqatish, shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligini buzish, shuningdek nomzodlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish;”
d) Nizomga 2 — 2v-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nomzodlarning ishonchli vakillari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI
140 x 100 mm. oʻlchamdagi guvohnoma bir tarafli oʻzbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.;
Nomzodlarning ishonchli vakillari toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI
140 x 100 mm. oʻlchamdagi guvohnoma bir tarafli oʻzbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.;
Nomzodlarning ishonchli vakillari toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI
140 x 100 mm. oʻlchamdagi guvohnoma bir tarafli oʻzbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.;
Nomzodlarning ishonchli vakillari toʻgʻrisidagi nizomga
2v-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI TUMAN (SHAHAR) KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI
140 x 100 mm. oʻlchamdagi guvohnoma bir tarafli oʻzbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomda:
a) muqaddimadagi “qoidalariga” degan soʻz “prinsiplari va normalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarning (bundan buyon matnda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar deb yuritiladi) faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) qarorlari hamda ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.”;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Saylovda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif etilgan, shuningdek bunday istakni izhor etgan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar oʻz kuzatuvchilarining roʻyxati, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari, elektron fotosuratlari (oq fonda, 3x4 sm oʻlchamda, jpeg formatda, kamida 100 KV hajmda, piksel zichligi 600dri) hamda ushbu Nizomning 1 va 1a-ilovalariga muvofiq anketa va deklaratsiyalarni toʻldirilgan holda Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qiladi.
Taqdim etilgan maʼlumotlarning butligi (toʻliqligi) va toʻgʻriligiga taqdim etuvchining oʻzi masʼul hisoblanadi.”;
g) quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga mandatlar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda mandat MSK raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
uchinchi xatboshidagi “yigʻilishlarda, nomzodlarning” soʻzlaridan keyin “va siyosiy partiyalarning” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda hudud (okrug) boʻyicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir boʻlish;”;
d) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Tashqi ishlar vazirligi, MSK, hududiy, tuman, shahar, okrug, uchastka saylov komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatiga koʻmaklashadi.”;
e) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida akkreditatsiya qilish uchun anketa
Application form for accreditation as a foreign (international) observer

Familiyasi

Last name

Ismi

First name

Otasining ismi (agar mavjud boʻlsa)

Middle name (If applicable)

Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil)

Date of birth (day, month, year)

Tugʻilgan joyi

Place of birth

Jinsi

Gender

Male

Female

Fuqaroligi

Nationality

Pasport raqami

Passport number

Amal qilish muddati

Date of expiry

Yashash manzili

Nome address

Telefon

Mobile

Elektron pochta manzili

E-mail

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilik turi

Type of role as a foreign (international) observer

International and intergovernmental organizations;

Election Management Body

NGO

Other

Xalqaro va hukumatlararo tashkilotlar nomi/ Saylov boshqaruv organlari/ NNT / boshqa tashkilotlar

№ame of the International and Intergovernmental Organizations

Election Management Body

NGO

Other

OSCE ODINR, CIS, TurkPA, SCO etc.

CEC of Russia, EC of India etc.

A-Web, AAEA, IFES, NCCN etc.

Please specify

Ish joyi

Represented Organization

Lavozimi

Title/Position

Ish joyi manzili

Address of the Organization

Ish joyi telefoni

Work phone

Ish joyi elektron pochta manzili

Work E-mail

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilik tajribasi, shu jumladan Oʻzbekistonda (mamlakat, yil, qaysi missiya tarkibida)

Experience from election observation, including in Uzbekistan (country, year, mission)

Oʻzbekiston Respublikasiga kelish sanasi

Date of Arrival in the Republic of Uzbekistan

If available

Oʻzbekiston Respublikasidan ketish sanasi

Date of Departure from the Republic of Uzbekistan

If available

By submitting this application, I hereby consent to the collection, processing, recording and use of my personal information for the purpose and duration of the Parliamentary Elections in Uzbekistan

”;

j) quyidagi mazmundagi 1a-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
”;
z) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi mandatining
NAMUNASI VA TAVSIFI
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining mandati uning maqomini tasdiqlovchi hujjatdir.
Mandat namunada rekvizitlari keltirilgan 140 x 100 mm. oʻlchamdagi ikki tarafli (oʻzbek va rus yoki oʻzbek va ingliz tillarida) namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
Mandatni tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ramzi, shuningdek turli bezak va ranglardan foydalanilishi mumkin.
Mandatda uning tartib raqami, xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining familiyasi, ismi, uni vakil sifatida yuborgan mamlakat (xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari uchun) va (yoki) tashkilot (xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun) nomi boʻladi va Markaziy saylov komissiyasi raisining imzosi qoʻyilib, komissiyaning gerbli dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi.”
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomada:
a) 1-bandning “z” kichik bandidagi “saylov va referendum oʻtkazuvchi okrug” degan soʻzlar “hududiy saylov” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) II bob nomidagi “Viloyat” degan soʻz “Hududiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagi hujjatlar hududiy saylov komissiyalarining idoraviy arxivlarida besh yil mobaynida saqlanib, keyinchalik viloyatlar davlat arxivlari va Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga saqlash uchun topshiriladi:
a) hududiy saylov komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
b) siyosiy partiyalar rahbarlarining xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalari ilovalari bilan birga;
v) viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga roʻyxatga olingan nomzodlar roʻyxatlari;
g) saylangan viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatlarining roʻyxatlari va hisob kartochkalari;
d) saylov va referendum natijalari boʻyicha moliyaviy hujjatlar;
e) saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga doir shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
j) hududiy saylov komissiyasining referendum natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomasining ikkinchi nusxalari;
z) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga;
i) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan uchastka saylov komissiyalarining saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga;
k) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.”;
g) 5-band “eʼlon qilinganidan soʻng” degan soʻzlardan keyin “uch kunlik muddatda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
d) III bob nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III bob. Okrug va uchastka saylov komissiyalari hamda referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan hujjatlarni Davlat arxiviga topshirish”;
e) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Okrug saylov komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng uch kunlik muddatda viloyatlar davlat arxivlari va Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga saqlash uchun topshiriladi:
a) okrug saylov komissiyalarining qarorlari va majlis bayonnomalari;
b) saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlari;
v) okrug saylov komissiyalarining saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining ikkinchi nusxalari;
g) uchastka komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.”;
j) IV bob nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IV bob. Saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan hujjatlarni hokimliklar idoraviy arxivlariga topshirish”;
z) 7-band “eʼlon qilinganidan soʻng” degan soʻzlardan keyin “uch kunlik muddatda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
i) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Saylov byulletenlari, shuningdek referendumda ovoz berish byulletenlari hamda ularni topshirish va qabul qilish dalolatnomalari saylov yoki referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng uch kunlik muddatda tegishliligi boʻyicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida bir yil davomida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.”;
k) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Okrug va uchastka saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining moliyaviy hisobotlari saylov yoki referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng oʻn kunlik muddatda tegishliligi boʻyicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida besh yil davomida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.”;
l) quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalarining moliyaviy hisobotlari saylov yoki referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng yigirma kunlik muddatda tegishliligi boʻyicha viloyat, tuman va shahar hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida besh yil davomida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.”;
m) 13-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“saylovchilar roʻyxatlari;
saylov byulletenlarini topshirish va qabul qilish dalolatnomalari;”;
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Kuzatuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi) murojaat etish hamda hududiy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Kuzatuvchilarga mandatlar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda mandat hududiy saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berilgan kundan boshlab, saylovga kamida oʻn kun qolguniga qadar oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovida — hududiy saylov komissiyasiga;
boʻshab qolgan oʻrinlarga xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga kuzatuvchilarning roʻyxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami koʻrsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm. oʻlchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi.”;
g) 7-banddagi “kuzatuvchi uchun mandat beradi” degan soʻzlar “kuzatuvchi uchun tegishincha mazkur Nizomning 1, 2 yoki 3-ilovasiga muvofiq shaklda mandat beradi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 8-bandning birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisi “nomzodlarning” degan soʻzdan keyin “va siyosiy partiyalarning (vakillarining)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishincha hududiy, okrug, tuman, shahar saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda hudud yoki okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir boʻlish;”;
j) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Kuzatuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi talablariga va ushbu Nizom qoidalariga rioya etmagan taqdirda tegishli saylov komissiyasi uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.”;
z) quyidagi mazmundagi 1 — 3-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
ikkinchi xatboshisidagi “viloyat” degan soʻz “hududiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilgan taqdirda — OAV vakillari MSK tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.”;
b) 2-banddagi “viloyat” degan soʻz “hududiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “viloyat” degan soʻz “hududiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. OAV oʻz vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga “E-saylov” axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.
OAV vakillariga guvohnomalar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda guvohnoma tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.”;
d) 5-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“viloyat, Toshkent shahar miqyosida yorituvchi mahalliy OAV vakillari — hududiy saylov komissiyasi tomonidan;”;
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy OAV Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan oʻz vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun murojaat qilishi mumkin.”
birinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “ID-karta” degan soʻz “identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Xorijiy OAV vakillari, shu jumladan TIVdan akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy OAV vakillari saylov kampaniyasini yoritish maqsadida MSKdan akkreditatsiyadan oʻtish uchun TIVga mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
Xorijiy OAV vakillari TIVga “E-saylov” axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.”;
z) 11-banddagi “ikki haftadan” degan soʻzlar “oʻn toʻrt kundan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “ID-karta” degan soʻz “identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
k) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
OMMAVIY AXBOROT VOSITASI VAKILINI AKKREDITATSIYADAN OʻTGANLIGI TOʻGʻRISIDAGI GUVOHNOMA NAMUNASI
Izoh: Guvohnomani tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, shuningdek turli bezak va ranglardan foydalanilishi mumkin.
Mazkur guvohnomaning oʻlchami boʻyi 140 mm — eni 100 mm oʻlchamda, ikki tomonlama yozuvda, bir tomoni oʻzbekcha ikkinchi tomoni ruscha yoki bir tomoni oʻzbekcha ikkinchi tomoni inglizcha namunada tayyorlanadi.”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 23-martdagi 1215-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari bilan birgalikda saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmatdan foydalanish tartibi aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini taʼminlasin.”.