toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Poytaxtni obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, obodonlashtirish sohasida band bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini tartibga solish, shuningdek Toshkent shahar mahalliy budjetining xarajatlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi” hamda “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti” davlat unitar korxonalarini budjet muassasalariga aylantirish, Toshkent shahar hokimligini ularning muassisi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi va uning apparati tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasi 4a, 4b, 4v, 4g, 4d, 4e, 4j, 4z, 4i va 4k-ilovalarga muvofiq;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-son qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarmoq tarif setkasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari va Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarmoq tarif setkasi 5a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-noyabrdagi 308-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 45-son, 549-modda)
3. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
arxitektura-qurilish me’yorlari hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish va sifatli bajarish;
ko‘chalar, xiyobonlar, bulvarlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtzorlarni saqlash (parvarish qilish), sug‘orish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish;
yo‘l-ko‘prik xo‘jaligidan (ko‘chalarning qatnov qismidagi yo‘l qoplamasi, yo‘laklar, to‘xtash joylaridagi ayvonlar, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport yo‘llari ajraladigan joylar va ko‘tarma ko‘priklar, yo‘l chetidagi bordyurlar, suv ajratish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlardan) foydalanish;
drenaj xo‘jaligi obyektlaridan (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, favvoralar, sun’iy suv havzalari, yer osti va yomg‘ir suvlarini chiqarib beradigan nasos stansiyalaridan) foydalanish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, suv quyish, yuvish, changdan, qordan tozalash, sirpanchiqlarga qarshi kurashish, irrigatsiya xo‘jaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash va ko‘chalarni yuvish).
4. Toshkent shahar hokimligi:
obodonlashtirish ishlari arxitektura-qurilish hamda sanitariya me’yorlari va qoidalariga qat’iy muvofiq holda, shuningdek poytaxt shaharning tashqi qiyofasiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tashkil etilishi va amalga oshirilishini;
obodonlashtirish sohasida amalga oshiriladigan ishlarga ajratiladigan budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev va Toshkent shahar hokimi A.H. To‘xtayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-noyabr,
251-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
1-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son va “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarorlari asosida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi)ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Obodonlashtirish obyektlarini (yo‘llar, yo‘lkalar va yo‘l elementlari, sun’iy inshootlar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmog‘i, dov-daraxtlarni sun’iy sug‘orish tizimi, kollektorlar va shaharning drenaj tizimi, yer osti muhandislik kollektorlarining umumiy o‘tish joylari, qabristonlar)ni saqlash va ulardan foydalanish, bayramlar va tadbirlar arafasida shaharni bezatish, shuningdek daydi hayvonlarni tutish va yo‘q qilish Bosh boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
3. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorlariga, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh boshqarma mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, bankda hisob-kitob raqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
5. Tashkilotning nomi:
lotin yozuvidagi davlat tilida — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi” (qisqacha nomi — “OVV”);
rus tilida — “Glavnoye upravleniye blagoustroystva” pri xokimiyate goroda Tashkenta (qisqacha nomi — “GUB”).
6. Bosh boshqarma Toshkent shahar tumanlari hokimliklari huzuridagi tuman obodonlashtirish boshqarmalari faoliyatiga ma’muriy rahbarlik qiladi va ularning Nizomlarini kelishadi.
7. Bosh boshqarma cheklanmagan davrga tashkil etilgan.
II. Bosh boshqarmaning muassisi, muassisning huquq va majburiyatlari
8. Amaldagi qonunchilik doirasida Bosh boshqarmaning muassisi hisoblanadigan Toshkent shahar hokimligi:
Bosh boshqarmaning mol-mulki bilan bog‘liq shartnomalar bo‘yicha noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish;
Bosh boshqarmaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilanmagan maqsadlarda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qo‘yish;
tashkilotlar va muassislar tomonidan Bosh boshqarmaga yetkazilgan zarar bo‘yicha ularga nisbatan da’vo qo‘zg‘ash;
Bosh boshqarmaning yillik ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish;
Bosh boshqarmaga foydalanish uchun berilgan davlat mol-mulkini boshqarishni nazorat qilish va uni begonalashtirishdan saqlash huquqiga ega.
III. Obodonlashtirish bosh boshqarmasining mol-mulki
9. Bosh boshqarmaning mol-mulki:
muassis tomonidan tezkor boshqarish huquqi bilan Bosh boshqarmaga biriktirilgan mol-mulk;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka zid bo‘lmagan manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Bosh boshqarmaning mol-mulki qiymati uning balansida aks ettiriladi.
11. Bosh boshqarmaning mol-mulki bo‘linmas hisoblanadi va Bosh boshqarma xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas.
12. Bosh boshqarma o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
13. Bosh boshqarma muassisning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
IV. Bosh boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
arxitektura-qurilish me’yorlari hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish va sifatli bajarish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, suv quyish, yuvish, changdan, qordan tozalash, sirpanchiqlarga qarshi kurashish, irrigatsiya xo‘jaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash va ko‘chalarni yuvish);
ko‘chalar, xiyobonlar, bulvarlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtzorlarni saqlash (parvarish qilish), sug‘orish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish;
yo‘l-ko‘prik xo‘jaligidan (ko‘chalarning qatnov qismidagi yo‘l qoplamasi, yo‘lkalar, to‘xtash joylaridagi shiyponlar, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport yo‘llari ajraladigan joylar va ko‘tarma ko‘priklar, yo‘l chetidagi bordyurlar, suv ajratish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlardan) foydalanish;
drenaj xo‘jaligi obyektlaridan (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, favvoralar, sun’iy suv havzalari, yer osti va yomg‘ir suvlarini chiqarib beradigan nasos stansiyalaridan) foydalanish;
Toshkent shahri qabristonlarini saqlash va ular hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish.
Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Toshkent shahrini obodonlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan shaharsozlik va loyiha hujjatlari asosida obodonlashtirish ishlari bajarilishini nazorat qilish;
obodonlashtirish obyektlarining fizik holati har yili texnik baholanishini tashkil etish;
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq ro‘yxatlarga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini joriy va mukammal ta’mirlash yuzasidan pudrat shartnomalari tuzish;
obodonlashtirish obyektlari muddatidan oldin eskirishi va yemirilishining oldini olish tadbirlarini tashkil etish va ularni soz holatda saqlash;
shahar ko‘chalari va maydonlarini bayramlarga, madaniy va siyosiy tadbirlarga, xorijiy mehmonlar va delegatsiyalar kelishiga tayyorlash uchun bezatish;
obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish masalalarida ixtisoslashtirilgan boshqarmalarning moddiy-texnika bazasini ta’minlashga ko‘maklashish;
ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yangi, zamonaviy texnologiyalar, avtomatlashtirish va kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘larini sarflashning samaradorligi va ochiq-oshkoraligini ta’minlash, tovar-moddiy boyliklar, yonilg‘i-moylash materiallari, elektr energiyasi va pul mablag‘laridan oqilona foydalanilishini, ularning hisobga olinishini, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalarning moliyaviy hisobotlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish;
(14-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini olib borish uchun metodik qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;
sun’iy inshootlarda ishlarni olib borishga texnik ruxsatnoma berish, shuningdek qurilayotgan sun’iy inshootlar va yer ostidan o‘tadigan umumiy muhandislik kollektorlarining holati yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish.
V. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
15. Bosh boshqarmaga Toshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshqaruvchi boshchilik qiladi.
16. Bosh boshqarma boshqaruvchisi:
yakkaboshchilik asosida Bosh boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining, Bosh boshqarma tizimi boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini, ularning Bosh boshqarma faoliyatining alohida uchastkalariga va ixtisoslashtirilgan boshqarmalar ishiga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarlik darajasini belgilaydi;
Bosh boshqarma tizimi va ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni va nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Bosh boshqarma markaziy apparati tuzilmasiga, shuningdek keyinchalik moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda Bosh boshqarma markaziy apparati xarajatlari smetasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
Bosh boshqarma markaziy apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, xodimlarni markaziy apparatga ishga qabul qiladi hamda ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, mehnat shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritadi va shartnomalarni bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri hokimligi bilan kelishgan holda ixtisoslashtirilgan boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchnomasiz Bosh boshqarma nomidan ish ko‘radi va uning manfaatlarini himoya qiladi, o‘z vakolatlari doirasida shartnomalar tuzadi, qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
(16-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10 bobi (“Vakillik va ishonchnoma).
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(16-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, buxgalteriya hisob-kitoblari va kreditlarga taalluqli barcha hujjatlar boshqaruvchi yoki uning o‘rinbosari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Bosh boshqarma boshqaruvchisi qonunchilikda belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Bosh boshqarma boshqaruvchisi ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Bosh boshqarma faoliyati to‘g‘risida muassisga hisobot beradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Bosh boshqarma boshqaruvchisi o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda Bosh boshqarma manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash, mehnat bilan bog‘liq huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarni qondirish, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlar uchun pul mablag‘lari o‘tkazilishi, o‘zining xatti-harakati (harakatsizligi) bilan Bosh boshqarmaga yetkazilgan zarar uchun, shu jumladan Bosh boshqarmaga berilgan mol-mulk yo‘qolgan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
 LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va 207-moddasi.
VI. Bosh boshqarmaning moliya-xo‘jalik faoliyati
21. Bosh boshqarma:
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan parametrlar doirasida obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun budjet mablag‘larini o‘zining ixtisoslashtirilgan boshqarmalariga taqsimlaydi Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
ixtisoslashtirilgan boshqarmalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat va tahlil qiladi;
moddiy-texnik ta’minlash fondlarini taqsimlash, shuningdek ajratilgan fondlardan foydalanish borasida ixtisoslashtirilgan boshqarmalarga yordam beradi;
statistika va moliya hisoboti masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan boshqarmalar ustidan umumiy moliyaviy nazoratni olib boradi.
VII. Bosh boshqarma faoliyatini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bosh boshqarma hisobot davri tamom bo‘lgandan keyin vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va ro‘yxati qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar saqlanishi hamda ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Bosh boshqarma faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VIII. Bosh boshqarmani qayta tashkil etish yoki tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
24. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligining qarori yoki sud qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va muassasalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat organlarini tugatish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
2-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligi huzurida Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 24-dekabrdagi 606-son, “Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son, “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarorlari asosida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Mustaqillik maydonidagi obodonlashtirish obyektlarini (yo‘llar, yo‘lkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, yashil dov-daraxtlarni sun’iy sug‘orish tizimi, arxitektura inshootlari va yodgorliklarini) saqlash va ulardan foydalanish Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorlariga, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, bankda hisob raqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
5. Departamentning nomi:
lotin yozuvidagi davlat tilida — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko’kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti. Qisqacha nomi — Departament;
rus tilida — Departament po ozeleneniyu, blagoustroystvu i soderjaniyu ploshadi Mustakillik pri xokimiyate g. Tashkenta. Kratkoye naimenovaniye — Departament.
6. Departament cheklanmagan davrga tashkil etilgan.
II. Departamentning muassisi va uning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Amaldagi qonunchilik doirasida quyidagi vakolatlarga ega bo‘lgan Toshkent shahar hokimligi Departamentning muassisi hisoblanadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Departamentning mol-mulki bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomalar bo‘yicha qonunga zid bo‘lgan xatti-harakatlar to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilish;
Departamentning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilanmagan maqsadda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qo‘yish;
Departamentga yetkazilgan zarar yuzasidan tashkilotlar va muassasalarga nisbatan da’vo qo‘zg‘ash;
Departamentning yillik ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish;
Departamentga foydalanish uchun berilgan davlat mol-mulkini nazorat qilish va begonalashtirishdan saqlash.
III. Departamentning mol-mulki
8. Departamentning mol-mulki:
muassis tomonidan Departamentga tezkor boshqarish huquqi bilan biriktirilgan mol-mulklar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka zid bo‘lmagan manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Departamentning mol-mulki qiymati uning balansida aks ettiriladi.
10. Departamentning mol-mulki bo‘linmas hisoblanadi va Departament xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas.
11. Departament o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk bilan javob beradi.
12. Departament muassisning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
IV. Departamentning vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Mustaqillik maydonidagi obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlarni arxitektura-qurilish hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli bajarishni tashkil etish, shu jumladan:
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, sug‘orish, yuvish, changlarni, qorni, muzlarni yo‘q qilish, irrigatsiya xo‘jaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash, qattiq qoplamalarni yuvish);
ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlar, butalar, gullar va ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchalarni ta’mirlash hamda ular bo‘yicha zarur agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
maydonni saqlash, undan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni tashkil etish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha pudrat shartnomalari tuzish hamda sun’iy sug‘orish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar tizimlarining, marmar plitalar yotqizilgan qattiq qoplamali yo‘llar va yo‘lkalarning zarur darajada sanitariya va texnik holatda bo‘lishini ta’minlash;
arxitektura inshootlaridan foydalanish, ularni joriy va mukammal ta’mirlash, shuningdek zarur darajada sanitariya va texnik holatda saqlash.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
14. Departamentni Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshqaradi.
15. Departament boshlig‘i:
yakkaboshchilik asosida Departament faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining, boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini hamda ularning Departament faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarlik darajasini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik asosida, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga binoan o‘z faoliyati doirasida Departament xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ularning bajarilishini ta’minlaydi va zarur darajada nazoratni amalga oshiradi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Departament apparati tuzilmasiga, shuningdek keyinchalik moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda Departament apparati xarajatlari smetasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
Departament apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, xodimlarni apparatga ishga qabul qiladi hamda ular bilan mehnat shartnomasi tuzadi, mehnat shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritadi va shartnomalarni bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchnomasiz Departament nomidan ish ko‘radi va uning manfaatlarini himoya qiladi, o‘z vakolatlari doirasida shartnomalar tuzadi, qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi;
(15-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Departament xodimlarining shtatdagi sonini va ularning ish haqi miqdorlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
(15-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Departament faoliyati to‘g‘risida Toshkent shahar hokimligiga hisobot beradi;
Toshkent shahar hokimligiga obodonlashtirish obyektlari (yo‘llar, yo‘lkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, yashil dov-daraxtlarni sun’iy sug‘orish tizimi, arxitektura inshootlari va yodgorliklari)ni saqlash va ulardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(15-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Departament boshlig‘i o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda tashkilot manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini, huquqiy mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishini ta’minlash, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarga pul mablag‘lari o‘tkazilishi, o‘zining xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan Departamentga yetkazilgan zararlar, shu jumladan Departamentga berilgan mol-mulkning yo‘qolishi holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi.
VI. Departamentning moliya-xo‘jalik faoliyati
17. Departament o‘z faoliyatini Mustaqillik maydonini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun ajratiladigan tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiradi.
VII. Departament faoliyatini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
18. Departament hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va ro‘yxati qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, buxgalteriya hisob-kitoblari va kreditlarga taalluqli barcha hujjatlar boshliq yoki uning o‘rinbosari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Departament faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VIII. Departamentni qayta tashkil etish yoki tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
21. Departament O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi qarori yoki sud qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
3-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining
TASHKILIY TUZILMASI

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi

Maxsus sug‘orish uskunalarini ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

Shahar markaziy ko‘chalaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

Markaziy avariya-dispetcherlik xizmati

Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Drenaj va kollektorlarni ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

Shahar sun’iy inshoatlaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

* Obodonlashtirish obyektlarini nazorat qilish boshqarmasi

* Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasi

Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

* Moliyalashtirish xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 612-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi apparati
TUZILMASI
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 223-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4a-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4b-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Drenajlar va kollektorlarni ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4v-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Irrigatsiya xo‘jaligini va ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4g-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Maxsus sug‘orish uskunalarini ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4d-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Markaziy avariya-dispetcherlik xizmati
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4e-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Shahar sun’iy inshootlaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasining
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4j-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Shahar markaziy ko‘chalaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4z-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining
TASHKILIY TUZILMASI

Boshqarma boshlig‘i

“Qorasuv Qarorgohi” hududini obodonlashtirish direksiyasi direktori-boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari**

(B-25 nafar)

Bosh muhandis

(B-1 nafar)

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari

(B-1 nafar)

“Do‘rmon milliy bogining direktori-boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari*

(B-7 nafar)

Avtotransport vositalaridan foydalanish, mexanizmlar, kichik mexanizatsiya va energetika xizmati bo‘limi

(B-2 nafar M-1 nafar)

“Ko‘ksaroy qarorgohi” hududini obodonlashtirish direksiyasi direktori-boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari***

(B-4 nafar)

Bosh agranom

(B-1 nafar)

Mutaxassis fitopatolog

(M-l nafar)

Agrotexnika xizmati*

(M-5 nafar)

1-son markaziy klinik shifoxonasi uchastkasi****

(B-3 nafar)

Ishlab chiqarish texnika bo‘limi

(B-1 nafar M-2 nafar)

Obyektlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchastkalari

(B-3 nafar)

Yuriskonsult

(M-l nafar)

Kadrlar bo‘limi

(B-1 nafar, M-1 nafar)

Oliy Majlis Senati binolari hududini obodonlashtirish uchastkasi*****

Texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

(M-l nafar)

Buxgalteriya

(B-2 nafar, M-2 nafar)

Reja-iqtisodiyot bo‘limi

(B-1 nafar, M-1 nafar)

Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar

(X-7 nafar)

Xodimlarning cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari (B) — 56 nafar;
mutaxassislar-bajaruvchilar (M) — 15 nafar;
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (X) — 7 nafar.
Izoh. Ishlab chiqarish xodimlarining soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
* “Do‘rmon” milliy bogi direksiyasining tuzilmasi va soni Vazirlar Mahkamasining “Do‘rmon” milliy bogini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 5-iyundagi 144-son qaroriga muvofiq belgilangan.
** Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Qorasuv Qarorgohi” hududini obodonlashtirish direksiyasining tuzilmasi va soni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-avgustdagi 612-son qaroriga muvofiq belgilangan.
*** Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Ko‘ksaroy qarorgohi” davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasining tuzilmasi va soni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-oktabrdagi 652-son qaroriga muvofiq belgilangan
**** Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “1-son markaziy klinik shifoxonasi “ uchastkasining shtat birliklari soni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-noyabrdagi 741-son qaroriga muvofiq belgilangan.
***** Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Oliy Majlis Senati binolari hududini obodonlashtirish” uchastkasining shtat birliklari soni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 104-son qaroriga muvofq belgilangan.
(4z-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 104-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4i-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 09/19/3/2414-son)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4k-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
(4a, 4b, 4v, 4g, 4d, 4e, 4j, 4z, 4i va 4k-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-son qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarmoq
TARIF SETKASI

Lavozim va kasblar nomi

Tarif koeffitsiyenti

Boshqaruv xodimlari

1.

Bosh boshqarma boshlig‘i

3,512

2.

Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

3,407

3.

Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

3,337

4.

Bosh buxgalter, bosh iqtisodchisi

3,277

5.

Landshaft bo‘yicha bosh dizayner (guruh boshlig‘i)

3,217

6.

Bo‘limlar boshliqlari (kadrlar bo‘limidan tashqari)

3,026

7.

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, yuridik maslahatchisi, yetakchi mutaxassislar, yetakchi buxgalter, landshaft bo‘yicha bosh muhandis

2,855

8.

Umumiy bo‘lim boshlig‘i, mutaxassislar

2,517

9.

Inspektorlar

2,194

Texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari

10.

Dispetcher, ombor mudiri

1,881

11.

Yengil mashina haydovchisi, rahbar kotibasi, ish yurituvchi

1,316

12.

Santexnik

1,196

13.

Qorovul, tashkilot binolari va hududlari farroshi

1,0

Izoh. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq to‘lashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga ko‘paytiriladi.
(5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
6-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
a) “Lavozim nomi” ustunida:
“Boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlar” bo‘limining o‘ninchi satriga “yuridik maslahatchi” so‘zlari qo‘shilsin;
“Asosiy ishlab chiqarish xodimlari” bo‘limining sakkizinchi va to‘qqizinchi satrlariga “daydi hayvonlarni tutish bo‘yicha ishchilar” so‘zlari qo‘shilsin.
“Yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar” bo‘limining ikkinchi satriga “ombor mudiri” so‘zlari qo‘shilsin;
b) “Birinchi guruh Toshkent shahri, Nukus shahri, viloyatlar markazlari va Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari” ustuni nomidagi “Toshkent shahri” so‘zlari chiqarib tashlansin;
a) 1-banddagi “xodimlari” so‘zidan oldin “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar” so‘zlari qo‘shilsin.
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari mehnatga haq to‘lash guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Birinchi guruhga Nukus shahar va viloyatlar markazlari, Toshkent shahar tumanlari boshqarmalari kiradi.
Ikkinchi guruhga O‘zbekiston Respublikasining boshqa shahar va tumanlari boshqarmalari kiradi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar uchun tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
v) 9-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlariga:
oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 20 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama belgilanadi;
jamoaviy shartnoma asosida, ovqatlanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot to‘lanadi:
Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot olish huquqini beradigan obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz ish staji‎ Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot miqdorini hisoblash uchun oylik tarif stavkasiga nisbatan koeffitsiyent‎
1 yildan 3 yilgacha‎ 0,5‎
3 yildan 5 yilgacha‎ 0,8‎
5 yildan 10 yilgacha‎ 1,0‎
10 yil va undan ko‘p‎ 1,5‎
sakkizinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 46-son, 414-modda; 2013-y., 33-son, 440-modda, 42-son, 558-modda; 2014-y., 45-son, 549-modda; 2017-y., 19-son, 343-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 09/17/885/0197-son, 04.01.2019-y., 09/19/3/2414-son, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son; 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son, 26.10.2020-y., 09/20/652/1409-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)