Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzgartirishlarning
2-bandi 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
1.
42-banddagi “ichki ishlar idoralari huzuridagi qoʻriqlash boʻlimlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 90-bandning
birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.