

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;29.05.2021
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4399172">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7493"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.08.00 Boshqa davlat xavfsizlikni taʼminlash organlari]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-4399172">[<b>TSZ:</b><div id="LS3805"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-4399487">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4399489">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-4399490">Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4399492"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-5491279">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qarori)” <a href="/mact/-5439410?ONDATE=29.05.2021 00#-5440346">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399494">Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni hamda mol-mulklarni ishonchli qoʻriqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399496">1. Quyidagilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399497">Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga oʻtkazilgani;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399498">davlat obyektlari, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlashni tashkil etish, shuningdek, davlat qoʻriqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi zimmasiga yuklatilgani;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399499">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek, budjet tashkilotlari oʻz obyektlarida ruxsat berish rejimini va mol-mulklarini qoʻriqlashni taʼminlashda — shartnoma asosida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatidan foydalanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399500">2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399834">davlat obyektlari, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qoʻriqlashni tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399838">davlat qoʻriqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish, idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari obyektlarida ichki rejim va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399840">qoʻriqlanayotgan obyektlarda ichki rejim, ruxsat berish rejimlari va mol-mulkni qoʻriqlashni, jamoat tartibini saqlashni hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga koʻmaklashishni taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399842">qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qoʻriqlash vositalari va tizimlarini qoʻllash sohasida yagona texnik siyosatni hamda ulardan foydalanish boʻyicha samarali nazoratni amalga oshirish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399844">aholining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmatidan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targʻibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399846">3. Belgilab qoʻyilsinki:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399848">a) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarining huquq va burchlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399850">b) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan koʻrsatiladigan qoʻriqlash xizmatlarining tariflari (narxlari): </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399852">Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399854">boshqa tashkilotlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan mustaqil belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399856">4. Quyidagilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399858">Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati haqidagi nizom <a href="javascript:scrollText(-4399878)">1-ilovaga </a>muvofiq;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399860">Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi haqidagi nizom <a href="javascript:scrollText(-4400933)">2-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399863">5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qoʻriqlanadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek, budjet tashkilotlari rahbarlari uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalarining ruxsat berish va obyekt ichki rejimlarini taʼminlash hamda mulkni qoʻriqlash boʻyicha vazifalarni samarali amalga oshirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratsin.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4399865">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18935"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399865">6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="javascript:scrollText(-4401414)">3-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399867">7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4399870">8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin. </a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-4399872">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4399873">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4399874">2019-yil 3-iyul,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-4399875">555-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4399876"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4399878">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga<br /></a> 1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4400397">Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati haqida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4400400">NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4400404"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4400406">1-bob. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400409">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda qoʻriqlash xizmati deb ataladi) tashkiliy tuzilishi, vazifalari, majburiyatlari va huquqlarini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400412">2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400426"><strong>qoʻriqlash xizmati</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining (keyingi oʻrinlarda Milliy gvardiya deb ataladi) davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qoʻriqlashni tashkil etuvchi tarkibiy boʻlinmalari tizimi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400428"><strong>idoraviy qoʻriqlash</strong> — respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarida obyektlar va mol-mulkini huquqqa zid tajovuzlardan qoʻriqlash, himoya qilish boʻyicha maxsus vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan, yuridik shaxs boʻlmagan tarkibiy boʻlinma; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400434"><strong>qoʻriqlanayotgan obyekt</strong> — shartnoma asosida qoʻriqqa olinib, huquqqa zid tajovuzlardan qoʻriqlanishi va himoya qilinishi kerak boʻlgan xonalar, binolar, imoratlar, inshootlar, ularga tutash hududlar va akvatoriyalar, jismoniy shaxslar, transport vositalari, shuningdek, yuklar, xususan tashish jarayonidagi yuklar, pul vositalari va boshqa mol-mulklar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400437"><strong>qoʻriqlash xizmati xodimi</strong> — Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmatining shahodatlangan, huquqiy maqomi boʻyicha ichki ishlar organlari xodimiga tenglashtirilgan, maxsus unvonga, belgilangan namunadagi formali kiyim-boshga, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda jismoniy kuch, oʻqotar qurol va maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega boʻlgan xodim;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400439"><strong>naryad</strong> — obyekt yoki uning bir qismi qoʻriqlanishini taʼminlaydigan, moddiy-tovar boyliklarni kuzatib borayotgan, qoʻriqlanayotgan obyektlardan tushgan “tashvish” xabariga tezkor taʼsir koʻrsatish borasidagi tadbirlarni amalga oshiradigan qoʻriqlash xizmati xodimi (xodimlari);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400440"><strong>obyekt ichki rejimi</strong> − qoʻriqlanadigan obyektda belgilangan ichki tartib va yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda tadbirlarini amalga oshirish tartibi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400442"><strong>ruxsat berish rejimi</strong> − qoʻriqlanadigan obyektda shaxslar, transport vositalarining kirishi (chiqishi), qoʻriqlanadigan obyektlarga mol-mulkni olib kirish va undan olib chiqishni nazorat qilish, nazoratsiz kirib-chiqishning oldini olish va unga barham berishning belgilangan tartibi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400444"><strong>nazorat tekshiruvi</strong> — qoʻriqlash xizmatining davlat, xoʻjalik subyektlariga obyektlar xavfsizligi va qoʻriqlash tizimini tashkil etish yoʻnalishida amaliy yordam koʻrsatish, shuningdek ehtimoli mavjud huquqbuzarliklarning oldini olish, idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatini oʻrganish, ushbu sohalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va takomillashtirish borasidagi faoliyati. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400445">3. Qoʻriqlash xizmati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400448">Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400452">Toshkent shahrida joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalon;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400458">Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar qoʻriqlash boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda qoʻriqlash boshqarmalari deb ataladi);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400461">qoʻriqlash saf boʻlinmalari (alohida batalonlar, otryadlar, shu jumladan komanda va guruhlar);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400465">“Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400468">4. Qoʻriqlash xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining buyruqlari, farmoyishlari va direktivalari hamda ushbu Nizom asosida tashkil etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400473">5. Qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari ishchi va xizmatchilarining faoliyatini tashkil etish va mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-142859">Mehnat kodeksiga </a>muvofiq belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400476">6. Qoʻriqlash xizmati naryadlarining ichki tartibi, saf tayyorgarligi va qorovul tartibida xizmatni oʻtashi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy ustavlariga muvofiq va Milliy gvardiyaning buyruqlariga asosan tashkil etiladi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4400492">2-bob. Qoʻriqlash xizmatining asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil etish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400494">7. Qoʻriqlash xizmati oʻz faoliyatini jismoniy va yuridik shaxslarga qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etadi hamda oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash tamoyili asosida amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400496">8. Qoʻriqlash xizmati saf, harbiylashtirilgan va qorovullik boʻlinmalari naryadlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek, texnik qoʻriqlash vositalari orqali koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400498">9. Qoʻriqlash xizmatining asosiy vazifalari qoʻyidagilardan iborat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400501">shartnoma asosida davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qoʻriqlashni taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400503">transport orqali tranzit yuklar, moddiy boyliklar, portlovchi, radioaktiv va boshqa vositalarni qoʻriqlash (kuzatish);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400511">idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400514">qoʻriqlanayotgan obyektlarda ularning ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga koʻmaklashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400517">qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qoʻriqlash vositalari va tizimlarini qoʻllash sohasida yagona texnik siyosatni, ulardan foydalanish boʻyicha samarali nazoratni taʼminlash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400518">aholining Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targʻibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400521">shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash va jamoat tartibini taʼminlashda ishtirok etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400523">shartnoma asosida qoʻriqlanayotgan obyektlarda oʻrnatilgan texnik qoʻriqlash vositalariga xizmat koʻrsatish, ularni oʻrnatish (sozlash) va ulardan foydalanish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400525">10. Qoʻriqlash xizmati koʻrsatishni taʼminlash uchun qoʻriqlash boʻlinmalariga shtat birliklarini kiritish meʼyori shartnomalarda koʻrsatilgan qoʻriqlash vaqti va postlar (yoʻnalish) sonini hisobga olgan holda, Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400528">11. Qoʻriqlash xizmati saf boʻlinmalarida qoʻmondonlik tarkibi va taʼminot xizmati shtat birliklari soni, qoʻriqlash xizmati koʻrsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari umumiy sonining yigirma foizidan oshmasligi kerak. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400530">12. Qoʻriqlash boʻlinmalari boshqaruv apparatlari shtatlari soni, qoʻriqlash xizmati koʻrsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari umumiy sonining toʻrt foizi miqdorida belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400532">13. Qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish faoliyatidan kelib tushgan mablagʻlar, maqsadli ravishda — faqat qoʻriqlash xizmatini taʼminlash va rivojlantirish, shuningdek, Milliy gvardiya boʻlinmalarining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash uchun sarflanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400534">Qoʻriqlash xizmati koʻrsatishdan kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan qoʻriqlash xizmatining tashkiliy tuzilmasiga kirmaydigan shtatlarni joriy etish taqiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400537">14. Qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning tariflari (narxi) Bosh boshqarma tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, boshqa tashkilotlar uchun — Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400538">15. Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlinmalarida xizmat oʻtash tartibi va xodimlarining formali kiyim-bosh namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400540">Qoʻriqlash xizmati xodimlariga Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan tasdiqlangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400542">16. Qoʻriqlash xizmati xodimlari, ishchi va xizmatchilarining lavozimlari qonun hujjatlarida va Milliy gvardiyaning idoraviy hujjatlarida belgilangan tartibda jamlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400544">17. Qoʻriqlash xizmati xodimi davlat organi vakili hisoblanadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400545">Qoʻriqlash xizmati xodimi xizmat vazifasini bajarish jarayonida faqat bevosita yoki toʻgʻridan toʻgʻri boshligʻiga (komandiriga) va masʼul navbatchiga boʻysunadi. Faqat ushbu shaxslar uni naryaddan ozod qilish yoki almashtirish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400547">Qonunda toʻgʻridan toʻgʻri vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim qoʻriqlash xizmati xodimining qonuniy faoliyatiga aralashish, qonun hujjatlariga asosan qoʻriqlash xizmati zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400548">18. Qoʻriqlash postida xizmat oʻtayotgan xodim (patrul) qonunga zid boʻlgan buyruq yoki farmoyish olganda, uni bajarishni rad etish huquqiga ega va belgilangan tartibda bu haqda boshligʻiga (komandiriga) axborot berishi shart. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400550">19. Qoʻriqlash xizmati shaxsiy tarkibidan faqat qoʻriqlash faoliyati bilan bogʻliq vazifalarni bajarish maqsadida shartnoma asosida foydalaniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400552">20. Qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan obyektlar hamda ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, obyektlari shartnomaga asosan qoʻriqlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400554">21. Obyektning qoʻriqlash tizimi obyektlar maʼmuriyati va qoʻriqlash xizmati vakillarining hamkorligida belgilanadi. Bunda obyektning joylashuvi va faoliyatining xususiyati, muhandislik-texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanganlik darajasi, nazorat-oʻtkazish punktlarining turlari, soni, hududdagi kriminogen vaziyat va boshqa holatlar eʼtiborga olinadi hamda naryadlar bilan qoʻriqlash usullari, postlar (yoʻnalishlar) soni, ularning joylashuvi, qoʻriqlash vaqti, shuningdek, xavfsizlikning texnik vositalarini qoʻllash orqali qoʻriqlash tizimini takomillashtirish koʻzda tutiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400558">22. Obyektni qoʻriqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400559">statsionar (aylanma) postlar orqali;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400562">maʼlum yoʻnalish (chegara) boʻylab va nazorat-qoʻriqlash guruhlari orqali patrullik qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400564">moddiy boyliklarni qoʻriqlash naryadlari bilan qoʻriqlash-kuzatish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400565">qoʻriqlanayotgan obyektdan tushayotgan “tashvish” xabariga tezkor taʼsir chora koʻrish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400566">qoʻzgʻaluvchan obyektlarni texnik vositalar orqali qoʻriqlash.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400569">23. Qoʻriqlash boʻlinmalarida xizmatni oʻtash masalalarining tegishli qonun hujjatlarida tartibga solinmagan qismiga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari tatbiq etiladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4400572">3-bob. Qoʻriqlash xizmatining majburiyatlari va huquqlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400575">24. Quyidagilar Qoʻriqlash xizmatining majburiyatlari hisoblanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400577">oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini himoya qilish, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400579">mol-mulkni qonunga zid tajovuzlardan himoyalash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400581">obyekt maʼmuriyati qoʻriqlash xizmati rahbarlari bilan kelishgan holda, tasdiqlagan kirib-chiqish yoʻriqnomasiga asosan obyektda ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400583">qoʻriqlanayotgan mol-mulkning oʻgʻirlanishi yoki buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xoʻjasizlik va beparvolikning har qanday koʻrinishiga oʻz vaqtida munosabat bildirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400586">xizmat oʻtash joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400587">qoʻriqlanayotgan obyektda jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik izlarining saqlanishini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400589">qoʻriqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, ularni sodir etishga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400923">qoʻriqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda jabrlangan, shuningdek, nochor holatdagi fuqarolarga birinchi tibbiy va boshqa yordamlar koʻrsatish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400596">qoʻriqlanadigan obyektlarda tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda hodisa va holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etishda ishtirok etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400601">idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlari oʻtkazish, idoraviy qoʻriqlash qoʻriqlovidagi obyektda ichki rejim, ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400602">ishonib topshirilgan tabel qurollari, maxsus va texnik vositalar, shaxsiy himoya vositalari, xizmat kiyim-boshlari, mol-mulkni ehtiyot qilish va ularning soz holda saqlanishini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400606">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligini taʼminlash, shuningdek, xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha tegishli dasturlarda belgilangan mashgʻulotlarni shaxsiy tarkib bilan oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400607">zamonaviy xavfsizlik texnika vositalarini ishlab chiqish, qoʻriqlanayotgan obyektlarga joriy etish va oʻzlashtirish faoliyatini tashkil etish, obyektlarni ehtimoli mavjud boʻlgan huquqbuzarliklardan ishonchli himoya qilishni taʼminlash uchun ularning monitoringini olib borish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400612">kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, qoʻnimsizligining oldini olishni va ularning kasbiy tayyorgarligi, xizmat intizomiga rioya etishini tashkil etish, belgilangan tartibda xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400614">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarida belgilangan tartibda safarbarlik tayyorgarligini tashkil etish va taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400619">qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish sohasiga ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini muntazam ravishda joriy etib borish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400621">Qoʻriqlash xizmati zimmasiga qonun hujjatlarida muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400624">25. Qoʻriqlash xizmati oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400629">qoʻriqlanayotgan obyektlar mansabdor shaxslari, ishchi-xizmatchilari va obyekt hududidagi boshqa shaxslardan oʻrnatilgan ruxsat berish va obyekt ichki rejimiga rioya qilishni hamda jamoat tartibini saqlashni talab qilish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400631">qoʻriqlanayotgan obyektlardagi mol-mulkni saqlash shart-sharoitlari, muhandislik-texnik vositalari holatini tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400634">qoʻriqlanayotgan obyekt maʼmuriyati, mansabdor shaxsidan obyektni muhandislik-texnik mustahkamligini taʼminlash, signalizatsiya tizimlari va videokuzatuv bilan jihozlashni talab etish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400637">davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarga bajarilishi majburiy boʻlgan, qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish, muhandislik-texnik mustahkamlik, shuningdek, ruxsat berish va obyekt ichki rejimidagi kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish borasidagi taqdimnomalar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400641">qoʻriqlanayotgan obyektdan mol-mulk, moddiy boyliklar va turli yuklarni noqonuniy olib chiqishga yoki olib kirishga urinayotgan shaxslarni ushlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400674">qoʻriqlanayotgan obyektlarga noqonuniy kirganlar yoki qonunbuzarlik qilganlarning shaxsini aniqlash va maʼmuriy bayonnoma tuzish maqsadida ushlash va qoʻriqlash xizmat xonalariga olib kelish, ushlab turish, zarur hollarda esa ularni tegishli qaror qabul qilish uchun hududiy ichki ishlar organlariga topshirish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400676">qonun hujjatlari talablariga muvofiq qoʻriqlash posti hududida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoxud muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar, qoʻriqlanayotgan obyekt hududiga olib kirilishi va undan olib chiqib ketilishi taqiqlangan ashyolar, buyumlar, vositalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlsa, fuqarolarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish, ularning ashyolarini, qoʻl yukini, bagajini koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda ularni olib qoʻyish, transport vositalarini koʻzdan kechirish va tashib oʻtilayotgan yuklarning tovar-transport hujjatlariga muvofiqligini aniqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400679">oʻz vakolati doirasida qoʻriqlash xizmatiga oid masalalar boʻyicha fuqarolar, mansabdor shaxslardan tushuntirishlar, maʼlumotlar va hujjatlar olish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400681">sodir etilayotgan jinoyatlarni toʻxtatish, shuningdek, ularni sodir etgan shaxslarni taʼqib etish va ushlash, bir vaqtning oʻzida bir necha obyektda “tashvish” signalizatsiyasi ishlab ketgan hollarda ichki ishlar organlari va patrul guruhlarini chaqirish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400684">fuqarolar va mansabdor shaxslardan xizmat vazifalari bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi huquqbuzarliklar va xatti-harakatlarni toʻxtatishni talab qilish, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, huquqqa zid xatti-harakatlar, huquqbuzarliklarga barham berish yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni qoʻllash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400688">qoʻriqlanayotgan obyektlar nazorat-oʻtkazish joylari va hududlarida noqonuniy olib chiqilayotgan (kirilayotgan) mol-mulkni aniqlash va olib qoʻyish, shuningdek, gʻayriqonuniy harakatlarni aniqlash uchun fuqarolarning hayoti va sogʻligiga, tekshirilayotgan mol-mulk va atrof-muhitga ziyon yetkazmaydigan zamonaviy texnik vositalardan foydalanish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400690">qoʻriqlanadigan obyektlarga gʻayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaxslarni aniqlash, bunday xatti-harakatlarning oldini olishda xizmat itlaridan foydalanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400692">qonun hujjatlariga muvofiq qoʻriqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga koʻmaklashish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400695">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar va belgilangan tartibga muvofiq jismoniy kuch ishlatish, xizmat itlarini qoʻllash, oʻqotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400696">idoraviy qoʻriqlash tashkilotlarining qurol va maxsus vositalarini qoʻllash bilan bogʻliq harakatlarga yaroqliligini muntazam tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400698">idoraviy qoʻriqlash tashkilotlarida qurollar va maxsus vositalarni saqlash hamda ulardan foydalanish joylarini rejali ravishda oʻrganish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400700">oʻz vakolati doirasida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400702">davlat qoʻriqlash tashkilotlaridan vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan yozma va ogʻzaki axborotlarni talab qilib olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400703">Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qoʻmondonining qoʻshma qarorlari asosida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400705">jamoat xavfsizligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qoʻriqlashni toʻlaqonli taʼminlash uchun hududlarda patrullikni tashkil etish bilan bogʻliq holda videokuzatuv va texnik vositalarning butun kompleksidan foydalanish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400708">Qoʻriqlash xizmati qonun hujjatlarida muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400710">26. Qoʻriqlash xizmati mansabdor shaxslarga obyektlarning muhandislik-texnik mustahkamligidagi kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shartnomaviy majburiyatlarni bajarishga, moddiy boyliklar saqlanishini taʼminlash va qoʻriqlash xizmati xodimlari, ishchi-xizmatchilarining mehnat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan taqdimnomalar kiritish huquqiga ega. Belgilangan tartibda rasmiy ogohlantirish, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarga ogohlantirish xati kiritadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400715">27. Qoʻriqlash xizmati xodimi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlarda ularning harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tomonidan yiliga ikki marotaba tekshiruvdan oʻtadilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400718">28. Qoʻriqlash xizmati xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida oʻziga biriktirilgan oʻqotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, oʻqotar qurolni, xizmat itlarini qoʻllash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400719">29. Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻgʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bunday ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoxud ularning qoʻllanilishini kechiktirish fuqarolarning va qoʻriqlash xizmati xodimining hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan hamda boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400721">30. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllash yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda qoʻriqlash xizmati xodimi har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400723">31. Qoʻriqlash xizmati xodimi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelishi mumkin deb hisoblasa, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun tayyorlash hamda ularni jangovar holatga keltirish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400725">32. Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam koʻrsatilishi, shuningdek, imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻrilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma toʻrt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400728">Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir holat toʻgʻrisida qoʻriqlash xizmati xodimi bevosita boshligʻiga darhol axborot berishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400729">Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek, oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻgʻrisida qoʻriqlash xizmati rahbari (boshliq yoki komandir) prokurorga darhol xabar beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400736">33. Xodimning jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida oʻz vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400737">Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonunda belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda amalga oshirilgan boʻlsa, qoʻriqlash xizmati xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400739">Agar qoʻriqlash xizmati xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u halok boʻlsa, qoʻriqlash xizmati xodimi hodisa joyini oʻzgarishsiz holatda saqlashga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400740">34. Qoʻriqlash xizmati xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda quyidagilar tushuniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400742">lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400743">xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400744">xizmat safarida yoki davolanishda boʻlish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400745">kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli qoʻriqlash boʻlinmalari (qoʻriqlanayotgan obyekt) hududida boʻlish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400746">xizmat, davolanish joyiga borish yoki ulardan qaytish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400747">yigʻinlarda (harbiy yigʻinlarda) ishtirok etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400748">asirlikda boʻlish (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda boʻlish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400750">bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400751">shaxsning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400754">qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam koʻrsatish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400756">sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlari.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4400758">4-bob. Qoʻriqlash xizmati naryadlarining faoliyatini tashkil etish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400759">35. Qoʻriqlash xizmati naryadlarining xizmati sakkiz soatlik yoki oʻn ikki soatlik smenalar asosida tashkil etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400764">Obyektning joylashuvi, uning va xizmat oʻtashning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, naryadlarning xizmati sutkalik va vaxta usulida tashkil etilishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400766">Naryadlar xizmati 24 soatlik smenalar asosida tashkil etilganda, naryad aʼzolarining har biriga navbatma-navbat ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun uch smenalik rejimda sakkiz soat, toʻrt smenalik rejimda olti soat vaqt ajratiladi. Ushbu vaqt ish vaqtiga kiritilmaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400768">36. Vaxtaning davomiyligi yetti sutkagacha belgilanadi va bunda xizmat qorovullik tartibida tashkil etiladi. Qorovullik tartibi tashkil etilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmati toʻgʻrisidagi ustavda belgilangan tartibga amal qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400770">Vaxta usulida xizmat tashkil etilganda, xodimlarning dam olishi, ovqatlanishi, yuvinishi va ular bilan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish, ularning tabel qurollarini saqlash boʻyicha tegishli shart-sharoitlar yaratilgan boʻlishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400771">37. Obyektlarni qoʻriqlash uchun postlar, yoʻnalishlarni qoʻyish qoidalari va shartlari, shuningdek, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish Milliy gvardiyaning normativ-huquqiy hujjatlariga asosan belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400775">38. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarda naryadlar xizmatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400777">39. Prokuratura organlari, sudlar, Markaziy bank va tijorat banklari, davlat, ijtimoiy ahamiyatga ega boshqa obyektlarni qoʻriqlash boʻyicha qoʻriqlash naryadlari xizmatini tashkil etish shartlari Milliy gvardiyaning tegishli organlar, tashkilotlar bilan hamkorlikdagi qoʻshma qarorlariga asosan tartibga solinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400780">40. Texnik qoʻriqlash tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatning hammabopligini taʼminlash maqsadida obyektlar alohida guruhlarga (ijtimoiy ahamiyati, saqlanayotgan moddiy-tovar boyliklar miqdori, soni va boshqalarga asosan) tasniflanadi. Qoʻriqlash boʻlinmalariga amaldagi tariflarni foiz hisobida kamaytirgan holda xizmat koʻrsatishga ruxsat etiladi. Obyektlarni guruhlarga tasniflash tartibi Bosh boshqarma tomonidan belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400781">41. Qoʻriqlash xizmati xodimlari va boʻlinmalarining faoliyati quyidagi asosiy normativlar va mezonlar bilan baholanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400782">naryadlarning obyektlarni qoʻriqlash boʻyicha faoliyati samaradorligi va jismoniy, yuridik shaxslarga koʻrsatilayotgan xizmat sifati (oʻgʻrilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish), shartnomaviy majburiyatlarga rioya etilishi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400785">zamonaviy qoʻriqlash axborot-kommunikatsiya texnologik tizimi (vositalari)ni joriy etish va koʻrsatilayotgan texnik xizmatning sifati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400786">koʻrsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish, qoʻriqlanayotgan obyekt va fuqarolar xonadonlari sonining oshishi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400789">idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarining nazorat tekshiruvini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish, ularning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchilik va xatolarni aniq bartaraf etish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400790">davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan xavfsizlik, videokuzatuv vositalarini oʻrnatish va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida hamkorlik qilish holati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400793">boʻlinmalarning jangovar tayyorgarlik holati, oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarining sifati; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400796">shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi sifati va axloqiy-ruhiy holati, boʻlinmalarda intizom va qonuniylikka rioya etilishi darajasi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4400798">5-bob. Idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish va muvofiqlashtirish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400799">42. Nazorat tekshiruvlari qoʻriqlash xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini himoya qilish va daxlsizligini taʼminlashda yagona siyosat yuritilishini taʼminlash hamda idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida oʻtkaziladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400804">43. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar obyektlarining (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ularga boʻysunuvchi yuridik shaxslar va ular tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar bundan mustasno) nazorat tekshiruvi reja asosida, har ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400807">Jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbusi bilan, shartnoma asosida, ularga tegishli obyektlarda ham nazorat tekshiruvlari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5162639"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5162640">44. Nazorat tekshiruvida Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin xavfsizligi xizmati inspektorlari ishtirok etadi hamda ichki ishlar organlarining manfaatdor xizmatlari vakillari va boshqa mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5162645">(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli <a href="/mact/-5145496?ONDATE=07.12.2020 00#-5148030">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400814">45. Nazorat tekshiruvi obyektni qoʻriqlash boʻlinmasi rahbarlari va obyekt maʼmuriyati vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400825">46. Nazorat tekshiruvi jarayonida quyidagilar oʻrganiladi va muvofiqlashtiriladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400828">idoraviy qoʻriqlashning tashkil etilganlik holati, qoʻriqlash shtat birliklarining jamlanganligi, qoʻriqlash xodimlarining xizmat va jangovar tayyorgarligi, ular bilan oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilishi, postlar soni, xususiyati, ularning yopilishi; xizmat oʻtash tartibi, post hujjatlarining yuritilishi (post joylashuvi, xizmat vazifalari, ish jadvallari, yoʻriqnoma, xizmatga tarqatish kitobi va h.k.), xodimlarning huquq va burchlari, xizmat oʻtalishining tekshirilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400830">obyektning qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari holati, ularning belgilangan meʼyorlarga mosligi, obyektning muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlanganligi, turniketlar mavjudligi, eshiklar, derazalar, devorlar, toʻsiqlar, yoritish tizimining holati va h.k.;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400832">idoraviy qoʻriqlash xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat, tekshiruv xonalarining jihozlanishi, telefon va boshqa aloqa vositalarining mavjudligi, xodimlarning xizmat kiyim-bosh bilan taʼminlanganligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400833">mavjud maxsus vositalar, qurol-aslahalarga ruxsatnomalarning mavjudligi, ularning holati, hisob-kitobi, saqlanishi ahvoli;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400835">obyektda ichki rejim va ruxsat berish rejimi oʻrnatilganligi, uning tartibini belgilovchi hujatlarning mavjudligi, ruxsatnoma tizimining mavjudligi va unga amal qilinishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400836">obyekt ishchi-xizmatchilari va obyekt atrofida yashovchi fuqarolar bilan huquqbuzarliklarning oldini olish borasida oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlar va yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir olib borilayotgan ishlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400840">idoraviy qoʻriqlash xodimlarining yil mobaynida belgilangan dasturlarga muvofiq jangovar xizmat, ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik kurslaridan oʻtishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400842">xizmat faoliyatida xizmat itlaridan foydalanish, xizmat itlarining holati va ularni obyekt qoʻrigʻiga qoʻyish tartibi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400844">Idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatini nazorat tekshiruvi va muvofiqlashtirish jarayonida obyektning qoʻriqlovini tashkil etish, xavfsizligini taʼminlashga doir boshqa masalalar ham oʻrganiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400846">47. Nazorat tekshiruvi natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ishtirok etgan vakillar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada obyektning qoʻriqlash-xavfsizlik tizimida aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilib, ularni bartaraf etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ifodalanadi, buning uchun aniq muddatlar belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400847">48. Obyekt maʼmuriyati qoʻriqlash xizmati bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tegishli obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimi, qoʻriqlash tizimini takomillashtirish boʻyicha reja (dastur) ishlab chiqadi. Kamchiliklarni bartaraf etish va qoʻriqlash tizimini takomillashtirish boʻyicha belgilangan muddatlarda maʼlumot beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400857">Qoʻriqlash xizmati kamchiliklarni bartaraf etish, tegishli obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimi, qoʻriqlash tizimini takomillashtirish boʻyicha reja (dastur) ijrosini muvofiqlashtiradi va belgilangan muddatdan soʻng nazorat tariqasida tekshiruv tashkil etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400861">49. Oʻtkazilgan nazorat tekshiruvlari natijalari Bosh boshqarma tomonidan umumlashtirilib, tekshiruv oʻtkazilgan vazirlik, idora va tashkilotlarga tegishli tavsiyalar bilan birgalikda umumlashtirilgan maʼlumotlar taqdim etiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400863">50. Nazorat tekshiruvini rejalashtirish, oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni buyrugʻi bilan belgilanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4400866">6-bob. Qoʻriqlash xizmatining moliyaviy, moddiy-texnik taʼminoti, xodimlarning ijtimoiy himoyasi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400868">51. Qoʻriqlash xizmati xodimlariga va ularning oila aʼzolariga Milliy gvardiyaning tibbiy muassasalari, shuningdek, qoʻriqlanayotgan obyektlarning poliklinikalari, kasalxonalari, sanatoriylari, dam olish uylari, bolalar bogʻchalari tomonidan xizmat koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400871">52. Qoʻriqlash xizmati xodimlarining pul taʼminoti Milliy gvardiya xodimlariga oʻrnatilgan tartib boʻyicha amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400876">53. Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400881">Qoʻriqlash xizmati oʻzining uy-joy fondiga ega boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400882">54. Qoʻriqlash xizmati xodimlariga xizmatni oʻtash davri davomida quyidagilar hisobidan uy-joy berilishi mumkin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400886">mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobidan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400888">obyektlari va mol-mulki qoʻriqlanayotgan tashkilotlar tomonidan ularning xodimlari va xizmatchilari bilan umumiy asoslarda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400889">Milliy gvardiya hisobidan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400893">qoʻriqlash xizmatining oʻz mablagʻlariga qurilgan uy-joy fondi hisobidan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400895">Yotoqxonaga ega boʻlgan tashkilotlar shartnoma asosida ulardan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari xodimlariga turar joy beradilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400898">55. Qoʻriqlash xizmati oʻz mablagʻlari hisobiga xizmat binolarini loyihalashtirishi va qurishi hamda xizmat binolarini qurishda ulush hisobida ishtirok etishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400900">56. Qoʻriqlash xizmati maxsus yorugʻlik signallariga va tovushli signallarga, boʻyoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400902">57. Qoʻriqlash xizmatiga moddiy-texnika vositalari, qurollar va avtotransportni saqlash uchun xizmat xonalari qoʻriqlanayotgan obyektlarning tashkilotlari, korxonalari, muassasalari tomonidan ajratiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400906">58. Mehnat sharoitlari sogʻliq uchun zararli boʻlgan obyektlarda xizmat qiluvchi qoʻriqlash xizmati xodimlari shu obyektlarning ishchi va xizmatchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va qulayliklardan foydalanadilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400908">59. Qoʻriqlash xizmati xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi. Ashyoviy taʼminot normalari, shuningdek, formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4400910">7-bob. Qoʻriqlash xizmati xodimlarining javobgarligi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400912">60. Qoʻriqlash xizmati xodimi gʻayriqonuniy harakati yoki harakatsizligi, shuningdek, xizmat vazifasini toʻlaqonli ravishda bajarmagani uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400914">Qoʻriqlash xizmati xodimi xizmat intizomini va ichki tartibni buzganligi uchun Intizom nizomiga asosan intizomiy javobgarlikka tortiladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4400933"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4400935">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga<br /></a>2-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4400937">Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi haqida </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4400939">NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4400979"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4400940">1-bob. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400942">1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) oʻz vakolati doirasida davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qoʻriqlashga doir Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining (keyingi oʻrinlarda Milliy gvardiya deb ataladi) vazifa va funksiyalarini, shuningdek, davlat organlari, idoraviy qoʻriqlash tashkilotlari tomonidan qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan Milliy gvardiyaning mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400963">2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Milliy gvardiya qoʻmondonining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400967">3. Bosh boshqarma bevosita Toshkent shahrida joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar qoʻriqlash boshqarmalari, texnik qoʻriqlash vositalari monitoring va nazorat markazlari, shahar-tumanlar qoʻriqlash batalon-otryadlari va “Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari deb ataladi) faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi va nazorat qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400968">4. Bosh boshqarma tarkibida shartnoma asosida qoʻriqlash xizmatidan tushgan mablagʻlar hisobidan boshqarma, boʻlim, boʻlinma va guruhlar, shuningdek, qoʻriqlash faoliyati sohasida koʻptarmoqli rejalashtirish va tadqiqotlar boʻyicha ilmiy markazlar, kengashlar va laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400969">5. Milliy gvardiya qoʻmondoni Bosh boshqarmaning tuzilmasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400970">6. Bosh boshqarma va uning tizimiga kiruvchi qoʻriqlash boʻlinmalari shaxsiy tarkibi — xizmat oʻtash tartibi va huquqiy maqomiga koʻra ichki ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladigan (maxsus unvon beriladigan) xodimlardan, shuningdek, mehnat munosabatlari mehnat sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan ishchi va xizmatchilardan iborat boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400971">7. Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida oʻzining nomi tushirilgan muhrga, oʻzining mustaqil balansiga (smetasiga), milliy va chet el valyutasida bank hisobvaraqalari ochish, shuningdek, boʻsh pul mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish va ulardan daromad olish huquqiga ega boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400972">8. Bosh boshqarmada ish yuritish va maxfiylik tartibi boʻyicha tadbirlar qonun hujjatlarida hamda Milliy gvardiya qoʻmondonining buyruqlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400973">9. Bosh boshqarma va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari oʻz faoliyatini shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan qoʻriqlash xizmati evaziga kelib tushadigan mablagʻlardan samarali foydalanish, oʻzini mablagʻ bilan taʼminlash, xarajatlarini qoplash va mustaqil xoʻjalik yuritish tamoyili asosida amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400974">10. Bosh boshqarma va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish, xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish (buxgalteriya axborotini yigʻish, qayd etish va umumlashtirish), shuningdek, uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400975">Bosh boshqarma va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining shtatlari, xarajatlar smetalari moliya organlarida qayd etilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400976">11. Bosh boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarni boshqa vazirlik va idoralar hamda Milliy gvardiyaning tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4400977">2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400978">12. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400980">Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400981">davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlashni tashkil etish faoliyatini muvofiqlashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400982">davlat qoʻriqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish, idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari obyektlarida ichki rejim va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400984">qoʻriqlanayotgan obyektlarda ichki va ruxsat berish rejimlari va mol-mulk qoʻriqlovini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400985">qoʻriqlanadigan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash vazifasini amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400987">qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qoʻriqlash vositalari va tizimlarini qoʻllash sohasida yagona texnik siyosatni taʼminlash, ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni amalga oshirish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400988">aholining Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targʻibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400989">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatni tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400991">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining tashkiliy-shtat va kadrlar ishlarini amalga oshirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400992">13. Yuklangan vazifalariga muvofiq Bosh boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400994"><em>a) Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish sohasida:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400996">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari faoliyati boʻyicha statistik maʼlumotlarni, axborot va boshqa materiallarni umumlashtirish, tahlil qilishni amalga oshiradi, qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining xizmat faoliyati masalalari boʻyicha maʼlumotlar bankini yaratadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400997">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish, monitoring, nazorat qilishni, boshqarishni, joriy va istiqbolli rejalashtirishni amalga oshiradi, shartnoma asosida mol-mulklar va obyektlarni qoʻriqlash doirasida ularga yuklatilgan vazifalar yechimini topishda amaliy yordam koʻrsatadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4400999">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining yagona axborot va kommunikatsiya tizimini joriy etadi va tezkor axborot almashinuvini taʼminlash borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401000">vakolati doirasida qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish borasida turli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401003"><em>b) davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlashni tashkil etish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401004">yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulk, moddiy boyliklar, pul va boshqa boyliklarni samarali qoʻriqlash va ularni qoʻriqlash-kuzatish boʻyicha qoʻriqlash xizmati faoliyatining shakl va usullarini shakllantiradi va amaliyotga tatbiq etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401006">obyektlar, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarining qoʻriqqa olinishini, mulkni qoʻriqlash, moddiy qimmatliklarni qoʻriqlash-kuzatish bilan bogʻliq pulli xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401007">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari shaxsiy tarkibi bilan real holatga yaqinlashtirilgan sharoitlarda harakatlanish jarayonida har tomonlama taʼminot, boshqaruv va hamkorlik masalalari yuzasidan qoʻmondonlik-shtab, maxsus-taktik, tezkor-taktik mashqlar, mashgʻulotlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401009">yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlarini qoʻriqlashni taʼminlayotgan qoʻriqlash xizmati saf boʻlinmalari, harbiylashtirilgan qoʻriqlash va qorovullik boʻlinmalari naryadlari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini amalga oshiradi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401013"><em>v) davlat qoʻriqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish, idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari obyektlarida ichki rejim va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish sohasida:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401015">idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarni, qoʻriqlashning tashkil etilishi, xodimlarning xizmat oʻtashi, kasbiy tayyorgarligi, obyektlarning texnik mustahkamligi va jihozlanishini oʻrganishni amalga oshiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401017">davlat qoʻriqlash tashkilotlari qoʻriqlovidagi obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401018">idoraviy qoʻriqlash tizimini takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401020">qoʻriqlash faoliyatining boshqa turlari tashkil etilganda ularga ruxsatnomalar berilishi va kelishishni tashkil etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401022"><em>g) qoʻriqlanayotgan obyektlarda ichki va ruxsat berish rejimlari va mol-mulk qoʻriqlovini taʼminlash sohasida:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401024">qoʻriqlanayotgan obyektlardagi ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari ishlarini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401025">Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari boʻlinmalari bilan hamkorlikda oʻz vakolatlari doirasida qoʻriqlanayotgan obyektlar, ularning hududlarida qonunga zid tajovuzlar va huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoʻyish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401026">qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatiga kirish-chiqishni nazorat qilish, boshqarish, monitoring qilish borasidagi zamonaviy texnologiyalarini joriy etadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401027"><em>d) qoʻriqlanadigan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash vazifasini amalga oshirish sohasida:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401028">qoʻriqlanayotgan obyektlar va ularga tutash hududlarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashni tashkil etadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401030">qoʻriqlanayotgan obyektlar hududlarida huquqbuzarlik holatlarining barvaqt oldini olish va aniqlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401032">qoʻriqlanayotgan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash, ularda jamoat tartibini saqlash boʻyicha Milliy gvardiyaning boʻlinmalari va boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401033">shartnoma asosida dam olish va jamoat ovqatlanish joylari, turizm obyektlari va savdo-koʻngilochar muassasalarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasidagi tadbirlarda ishtirok etilishini taʼminlaydi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401035"><em>e) qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qoʻriqlash vositalari va tizimlarini qoʻllash sohasida yagona texnik siyosatni taʼminlash, ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni amalga oshirish sohasida:</em> </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401037">qoʻriqlanayotgan obyektlarda texnik qoʻriqlash vositalaridan foydalanish boʻyicha yagona texnik siyosat yuritishni taʼminlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401039">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari faoliyatida axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha samarali mexanizm ishlab chiqadi va amalga oshiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401041">texnik qoʻriqlash va harakatlanish punktlariga markazlashtirilgan kuzatuv va maʼlumotlarni uzatishning avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek, koʻrsatilayotgan qoʻriqlash xizmatlari sonini oshirish imkonini beruvchi mutlaqo yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini tashkil etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401044">Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻta muhim, toifalangan obyektlarda texnik qoʻriqlash vositalarini loyihalashtirish, oʻrnatish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun ruxsatnomalar berilishini amalga oshiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401045">“Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasi ishini tashkil etadi va nazorat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401047">zamonaviy xavfsizlik texnika vositalarini ishlab chiqish, oʻzlashtirish va qoʻriqlanayotgan obyektlarga joriy etish faoliyatini muvofiqlashtiradi, obyektlarni yuz berishi mumkin boʻlgan huquqqa zid harakatlardan ishonchli himoya qilishni taʼminlash uchun ularning monitoringini amalga oshiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401049">qoʻriqlash texnik vositalari va tizimlarining sinovi va tekshiruvini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash asbob-uskunalaridan foydalanish borasida tavsiyalar beradi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari foydalanishiga tavsiya etilgan qoʻriqlash texnik vositalar roʻyxatini ishlab chiqadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401051">qoʻriqlash faoliyati masalalari boʻyicha maslahat-texnik kengashlar, amaliy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar oʻtkazadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401052">axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, soʻnggi ilmiy yutuqlar asosida texnik vositalarni modernizatsiya qilish, yanada takomillashtirish va qoʻriqlash faoliyatiga joriy etish borasida tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni oʻtkazadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401053"><em>yo) aholining Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targʻibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirish sohasida:</em> </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401054">qoʻriqlash xizmati faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali, xususan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali targʻib etishni tashkil etadi va taʼminlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401056">mulkdorlar, fuqarolar eʼtiboriga mol-mulkni jinoiy tajovuzlardan himoyalash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar va mulk egalariga qoʻriqlash xizmati tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yetkazib boradi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401058">targʻibot guruhlari orqali aholining keng qatlamlari oʻrtasida, korxona, tashkilotlarning mehnat jamoalarida tushuntirish, targʻibot ishlarini olib borilishini taʼminlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401059">obyekt va mulklarni qoʻriqlashni taʼminlashda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikning shakl va uslublarini takomillashtiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401061">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari faoliyati natijalari haqidagi maʼlumotlarni aholi eʼtiboriga oʻz vaqtida yetkazish borasida kompleks choralar koʻradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401062"><em>j) qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatni tashkil etish sohasida:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401064">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining buxgalteriya hisoboti, moliyaviy-xoʻjalik faoliyati tahlilini yuritadi, yigʻma statistik va umumlashtirilgan buxgalteriya hisobotlarini tuzadi va belgilangan muddatlarda tegishli idoralarga taqdim etadi, qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining daromadlar va xarajatlar smetasini rejalashtiradi, tasdiqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401065">shartnomalar tuzadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xaridlarni amalga oshiradi va oʻz boʻlinmalarini tovar-moddiy boyliklar, zarur mol-mulk va vositalar bilan taʼminlaydi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401067">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalariga debitor qarzdorlikni undirish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatadi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401068">mehnatga haq toʻlash, mukofotlash shartlari, imtiyozlar, oylik pul maoshlari, qoʻshimcha maoshlar, tarif stavkalari, oddiy va boshliqlar tarkibiga hamda qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari ishchi-xizmatchilariga haq toʻlashning boshqa shartlari toʻgʻrisida Milliy gvardiya rahbariyatiga takliflar kiritadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401069">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarida hisob-kitob va hisobotlarning holatini, pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning sarflanishi va saqlanishini, iqtisod tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi, foydalanilmayotgan tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda qayta taqsimlash choralarini koʻradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401070">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari ehtiyojini hisobga olgan holda shaxsiy tarkibga forma kiyim-kechagi va boshqa zarur boʻlgan moddiy-texnik resurslar boʻyicha talabnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401071">moddiy-texnika vositalari (<em>qurol-yarogʻlar, transport vositalari, yoqilgʻi-moylash materiallari, maxsus vositalar, tashkiliy texnika, radiostansiyalar, aloqa vositalari va shaxsiy himoya vositalari</em>) tegishlilik tabelini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularning hisobini amalga oshiradi va oqilona foydalanilishini nazorat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401073">qoʻriqlash boshqarmalari tasarrufidagi bino, inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil etadi hamda nazorat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401074"><em>z) qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining tashkiliy-shtat va kadrlar ishlarini amalga oshirish sohasida:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401078">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining tuzilmalari va shtatlarini ishlab chiqadi, shtatlar sonini kiritish (qisqartirish) va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida buyruqlar loyihalarini tayyorlaydi, shtat intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401080">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi va aniqlaydi, belgilangan tartibda Milliy gvardiyaning ixtisoslashgan oʻquv muassasalari bazalarida xodimlarni boshlangʻich tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi va shu maqsadda zaruratga koʻra xorijiy davlatlarga yuboradi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401082">xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, harbiylashgan qoʻriqlash va qorovullik, muhandis-texnik boʻlinmalari uchun kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarida demokratik asoslarni rivojlantirish, ularni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401083">Milliy gvardiya boʻlinmalarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom, ushbu Nizom va lavozimlar nomenklaturasiga asosan oʻrnatilgan tartibda kadrlarni tanlash, tanlov asosida qabul qilish, tayinlash, joy-joyiga qoʻyish, rotatsiya qilish, egallab turgan lavozimidan ozod etish va xizmatdan boʻshatish, attestatsiyadan oʻtkazish, taʼtillar berish va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401085">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari xodimlarining maʼnaviy-ruhiy holati ustidan doimiy monitoring olib boradi, ularni oʻqitish, tarbiyalash va shaxsiy tarkib oʻrtasida favqulodda hodisalarning roʻy berishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401087">xizmat vazifalarini bajarish vaqtida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolariga ijtimoiy hamda maʼnaviy yordam koʻrsatadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401088">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari xodimlarining huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy bilimlarini oshirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etadi hamda ular tomonidan Milliy gvardiyaning odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401090">shaxsiy tarkibning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, maʼnaviy-psixologik sogʻlomlashtirish, ruhiy barqarorligini shakllantirish borasidagi ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401092">Bosh boshqarma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4401093">3-bob. Bosh boshqarma huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401094">14. Oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda Bosh boshqarma quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401095">davlat tomonidan majburiy qoʻriqlanishi lozim boʻlgan obyektlar roʻyxati hamda idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlashni tashkil etish huquqiga ega boʻlgan respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401097">Milliy gvardiya boʻlinmalari va idoraviy qoʻriqlash tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxatlarini ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401098">obyektlarni signalizatsiya vositalari bilan jihozlash boʻyicha montaj-sozlash ishlari, qoʻriqlash texnik vositalari tadqiqoti va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan shuʼba korxonalarni tashkil qilish hamda qoʻriqlash boʻlinmalariga texnik xizmatlar koʻrsatadigan, texnik uskunalar, vositalar, tovarlar ishlab chiqarayotgan mulkdorlarga boshqa xizmatlar koʻrsatish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401099">belgilangan tartibda qoʻriqlash-yongʻindan ogohlantirish signalizatsiyasi apparatlari, boshqa texnik vositalar va materiallarni sotish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401102">qoʻriqlash faoliyati sohasida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborot va boshqa materiallarni boshqa vazirlik va idoralardan belgilangan tartibda soʻrab olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401152">tegishli vazirlik va idoralarning maxsus taʼlim muassasalari maʼlumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401158">komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlarini, shu jumladan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tegishli tuzilmalari vakillari ishtirokida tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401159">byulleten, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlari, konferensiyalar materiallarini nashr etish orqali qoʻriqlash faoliyati masalalariga doir axborotni taqdim etish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401161">15. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarni bajaradi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401162">oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini himoya qilish choralarini qoʻrish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401164">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari faoliyati boʻyicha zarur maʼlumotlarni tayyorlash va Milliy gvardiya rahbariyatiga taqdim etish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401166">Bosh boshqarma amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401167">16. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4401169">4-bob. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401171">17. Bosh boshqarmani Milliy gvardiya qoʻmondoni tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari — Bosh boshqarma boshligʻi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma boshligʻi deb ataladi) boshqaradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401172">Bosh boshqarma boshligʻining Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan Bosh boshqarma boshligʻi tavsiyasiga binoan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401174">18. Bosh boshqarma boshligʻi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401176">Bosh boshqarma ishlarini tashkil etadi va qoʻriqlash faoliyatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401177">Bosh boshqarma vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha respublika davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlarda Milliy gvardiya nomidan vakillik qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401178">oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401179">oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning yuklatilgan xizmat yoʻnalishlari boʻyicha bajariladigan ishlar uchun shaxsiy javobgarligini belgilaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401180">tinchlik va favqulodda holat davri, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzasidan maxsus rejalashtirish va harbiy safarbarlik masalalarini tashkil etadi va nazoratini amalga oshiradi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401181">tasdiqlangan smeta doirasida pul mablagʻlari sarflanishini boshqaradi, belgilangan tartibda banklarda va ularning filiallarida joriy va boshqa hisobraqamlari ochadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401182">kamomaddan, rastratadan, oʻgʻirlikdan koʻrilgan va sud tomonidan undirib olish rad etilgan zararlarni, qaytarib olishning iloji yoʻq deb hisoblangan boshqa qarzlarni, aniq aybdorlarni aniqlash mumkin boʻlmagan holatlarda boyliklarning meʼyordan ortiqcha miqdorda tabiiy buzilishi tufayli koʻrilgan zarar va yoʻqotishlar tufayli yetishmagan boyliklarni, shuningdek asosiy fondlar hisobida boʻlgan maʼnaviy eskirgan va kelgusida foydalanishga yaroqsiz asbob-uskunalarni qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401183">ishlab chiqilayotgan qoʻriqlash signalizatsiyasi asbob-uskunalari, texnik qoʻriqlash markaz (punkt)lari qurilishining namunaviy loyihalari texnik shartlarini kelishadi, texnik topshiriqlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401185">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining faoliyatining barcha masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qoʻrib chiqadi, kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini koʻradi, kiritilgan takliflarni amalga oshiradi, ushbu ishlar tashkil etilishini nazorat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401186">shaxsiy tarkibni tanlash, tanlov asosida saralash, joy-joyiga quyish, oʻqitish va tarbiyalash boʻyicha ishlarni tashkil etadi, Bosh boshqarmada va uning joylardagi boʻlinmalarida shtat-moliya intizomiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401188">Bosh boshqarma va uning saf boʻlinmalari xizmatiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish boʻyicha komissiyani oʻrnatilgan tartibda tuzadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401190">harbiylashtirilgan qoʻriqlash, qorovullik boʻlinmalari shtatlarini kiritish (qisqartirish) va qayta tashkil etish boʻyicha buyruqlar chiqaradi, ishchi va xizmatchilar, xususan “Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasi va uning hududiy boʻlinmalari shtatlarini tasdiqlaydi va oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401191">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari xodimlarini belgilangan tartibda ragʻbatlantiradi va intizomiy jazoga tortadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401193">lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401194">oʻz vakolati doirasida qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarida yoʻl qoʻyilgan qonun, xizmat va mehnat intizomi buzilishi holatlari boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazishni tayinlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401196">Bosh boshqarma xodimlarini belgilangan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401198">safdorlar tarkibi xodimlarini xizmatga qabul qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401200">safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi xodimlarining xizmatni oʻtash chegara yoshi muddatini uzaytiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401201">qonun hujjatlariga muvofiq Bosh boshqarma vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401203">19. Bosh boshqarma boshligʻi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401205">a) quyidagilarni tasdiqlaydi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401207">Bosh boshqarma boshqarmalari, boʻlimlari (boʻlinmalari), Alohida bataloni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar qoʻriqlash boshqarmalarining nizomlari, funksional majburiyatlarini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401209">Bosh boshqarma boshqarmalari, boʻlimlari (boʻlinmalari), Alohida batalonning ish rejalarini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401212">“Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasi va uning hududiy boʻlinmalari tashkiliy tuzilmasi va shtatlarini.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401215">b) Milliy gvardiya qoʻmondoniga quyidagilar boʻyicha takliflar va taqdimnomalar kiritadi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401217">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tashkiliy tuzilmasi va shtatlarini oʻzgartirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401219">Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, boshqarma, boʻlim (boʻlinma) boshliqlari, boʻlim boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar qoʻriqlash boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, Alohida batalon komandirlarini, oʻz xavfsizligi xizmati va nazorat-taftish boʻlimi rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401227">Bosh boshqarma va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari ofitserlar tarkibiga birinchi va “podpolkovnik”, “polkovnik” maxsus unvonlari berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401229">Bosh boshqarma va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarida xizmat qilayotgan “polkovnik” unvonidagi xodimlarni xizmatdan boʻshatish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401232">qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya etish va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401234">v) quyidagi maxsus unvon va mutaxassislik toifalarini beradi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401374">Bosh boshqarma va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari safdor va serjantlar tarkibiga — maxsus unvonlar, shuningdek, yangidan xizmatga qabul qilinayotgan, ofitserlik lavozimiga tayinlanayotgan xodimlarga “katta serjant” maxsus unvoni;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401375">Bosh boshqarma va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari ofitserlar tarkibiga “mayor” unvonigacha boʻlgan, ushbu unvon ham qoʻshilgan holda, maxsus unvonlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401376">Bosh boshqarma va Alohida batalon shaxsiy tarkibiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar qoʻriqlash boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlariga, Alohida batalon komandiriga va xodimlariga “uchinchi toifali mutaxassis”, “ikkinchi toifali mutaxassis”, “birinchi toifali mutaxassis” va “usta” mutaxassislik toifalarini.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401377">g) quyidagilarni lavozimga tayinlaydi, lavozimdan ozod etadi, ixtiyoriga oladi va xizmatdan boʻshatadi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401378">Bosh boshqarma, Alohida batalonning safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibini, ishchi va xizmatchilarini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401379">Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar qoʻriqlash boshqarmalari boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, boʻlinma boshliqlari, harbiy safarbarlik guruhi mutaxassislarini, batalonlar komandirlarining oʻrinbosarlarini, Alohida otryad komandirlari va ularning oʻrinbosarlarini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401380">“Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasi direktori va uning oʻrinbosarlarini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401383">20. Bosh boshqarma boshligʻi boʻlmaganda, uning vakolatlarini Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻiga asosan Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401384">21. Bosh boshqarma boshligʻi huzurida xizmat hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini rivojlantirish istiqbolining muhim masalalari, signalizatsiyaning arzon va ishonchli vositalarini rivojlantirish va joriy etish boʻyicha qarorlar ishlab chiqish maqsadida qoʻriqlash xizmatini takomillashtirish boʻyicha maslahat Kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tuziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401385">22. Kengash tarkibi Bosh boshqarma va qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining 7 — 9 nafar tajribali xodimlari hamda tegishli sohada ilmiy salohiyatga ega boʻlgan olimlardan iborat boʻladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401386">23. Kengashning tarkibi, qoidaga koʻra, bir yilda bir marta Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. Bosh boshqarma boshligʻi lavozimiga koʻra kengash raisi hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401387">24. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401388">xizmat hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini rivojlantirish istiqbolining muhim masalalari yuzasidan tavsiyalar tayyorlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401389">obyektlarni himoyalashning zamonaviy intellektual va integrallashgan tizimlarini ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401390">signalizatsiyaning arzon va ishonchli vositalarini rivojlantirish va joriy etish yoʻnalishlarini belgilash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401391">qoʻriqlash xizmatining hududiy boʻlinmalariga metodik yordam koʻrsatish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401393">mulkni qoʻriqlash boʻyicha xizmat turlarini kengaytirish, shu jumladan transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi obyektlarni qoʻriqlovga olish imkoniyatini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401394">qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401396">25. Kengash oʻz majlislarini zaruratga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401398">26. Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga koʻra, unga davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401400">27. Kengash qarori tavsiya xususiyatga ega boʻlib, kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4401402">5-bob. Yakunlovchi qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401404">28. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish borasida ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401406">29. Bosh boshqarma xoʻjalik yuritishda (operativ boshqaruvda) oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi, majburiyatlarni bajarish yuzasidan sudda daʼvogar va javobgar boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401407">30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4401414"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4401417">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga<br /></a>3-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4401425">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4401426">roʻyxati</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4401428"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401430">1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-iyundagi 421-son<a href="/mact/-3248419"> qarori</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401432">2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarori)” 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga 1-ilovaning <a href="/mact/-3408714?ONDATE=14.11.2017 00#-3410634">8-bandi</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401436">3. Vazirlar Mahkamasining “Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi 322-son qaroriga 2-ilovaning <a href="/mact/-3723808?ONDATE=08.05.2018 00#-3728189">8-bandi</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401438">4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning <a href="/mact/-3757895?ONDATE=01.06.2018 01#-3760011">90-bandi</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401442">5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi OʻRQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga ilovaning <a href="/mact/-3969572?ONDATE=21.09.2018 00#-3971575">44-bandi</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4401444">6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 15-yanvardagi 34-son qaroriga ilovaning <a href="/mact/-4163924?ONDATE=16.01.2019 00#-4167204">6-bandi</a>.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-4399491">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/555/3374-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
