toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5646-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4142-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda “O‘zneftgazinspeksiya” deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ularning miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini ta’minlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada neft, neft mahsulotlari va gazni iste’mol qilishni qisqartirish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash tadbirlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlarida davlat, tarmoq va hududiy energiya tejashga yo‘naltirilgan konsepsiyalar va dasturlarni ishlab chiqilishi, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati va ularning qayta ishlash mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va foydalanish jarayonlarini samarali tashkillashtirish masalalarida ishtirok etish;
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy aktlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilarini energetik tekshirish va ekspertizadan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
neft, gaz, gaz kondensati hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha iste’molchilar tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energetik samaradorligini baholash;
yoqilg‘i-energetika sohasi bo‘yicha, shuningdek, energiyani tejash va energetik samaradorlikni oshirish sohasida axborotni tayyorlash va tarqatish, energiyani tejaydigan innovatsion texnologiyalarni joriy etish tajribasini yoyish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zenergoinspeksiya” deb ataladi)ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, ko‘mirdan foydalanish xavfsizligini ta’minlash sohasida oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baxtsiz hodisalarning, shu jumladan, elektr energetika obyektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va davlat dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy aktlar va normativ hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish xavfsizligi tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va doimiy takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni ta’minlash doirasida ishlar amalga oshirilishiga ko‘maklashish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarning:
“O‘zneftgazinspeksiya” xodimlarining cheklangan umumiy soni 207 nafar, shu jumladan, markaziy apparati xodimlari soni — 37 nafar etib;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
“O‘zenergoinspeksiya” xodimlarining cheklangan umumiy soni 201 nafar, shu jumladan, markaziy apparati xodimlari soni — 37 nafar etib belgilansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
4. Belgilansinki:
a) “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya”ning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
b) “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi markaziy apparati xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi;
v) O‘zneftgazinspeksiya va O‘zenergoinspeksiya xamda ularning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash:
Davlat budjeti mablag‘lari hamda bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi hisobiga hosil bo‘ladigan mablag‘lar hisobiga;
manbalaridan biri sifatida “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolardan energetika sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda to‘liq hajmda undiriladigan jarimalari hisobiga shakllantiriladigan O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligining budjetdan tashqari Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
g) “O‘zenergoinspeksiya”, uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirishga “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan, iste’molchilar tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati ushlab turilmaganligi natijasida yagona elektr energetikasi tizimida hosil bo‘lgan elektr energiyasining yo‘qotilishining tasdiqlangan holatlari bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlariga tushgan mablag‘larning 50 foizi yo‘naltiriladi.
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy bo‘linmalarini joylashtirish uchun ma’muriy binolarni ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya”ni zarur telefon aloqasi, shu jumladan, Hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7-ilovaga muvofiq ayrim aktlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8-ilovaga muvofiq ayrim aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-iyun,
520-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda “O‘zneftgazinspeksiya” deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, “O‘zneftgazinspeksiya” rahbariyatining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. “O‘zneftgazinspeksiya” neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan (keyingi o‘rinlarda neft, neft mahsulotlari va gaz deb ataladi) foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Energetika vazirligi deb ataladi) hisobot beradi.
“O‘zneftgazinspeksiya” qabul qilingan vakolatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
3. “O‘zneftgazinspeksiya” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Energetika vazirligining qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. “O‘zneftgazinspeksiya”ning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. “O‘zneftgazinspeksiya” yuridik shaxs hisoblanadi, budjet va boshqa bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomi yozilgan blankalarga egadir.
“O‘zneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘linmalari yuridik shaxs maqomiga ega emas.
6. “O‘zneftgazinspeksiya”ning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
qisqartirilgan nomi — “O‘zneftgazinspeksiya”;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Inspeksiya po kontrolyu za ispolzovaniyem nefteproduktov i gaza pri Ministerstve energetiki Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Uzneftegazinspeksiya;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — The inspection for oil products and gas usage control under the Ministry of Energy of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Uzoilgasinspection.
7. “O‘zneftgazinspeksiya” joylashgan joy: (pochta manzili) Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 98-uy.
2-bob. “O‘zneftegazinspeksiya”ning tashkiliy tuzilmasi
8. “O‘zneftgazinspeksiya” tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Toshkent hududiy boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy bo‘limlari;
Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi.
Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi, Toshkent hududiy boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda bevosita “O‘zneftgazinspeksiya” rahbariyatiga bo‘ysunadi.
3-bob. “O‘zneftgazinspeksiya”ning vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar “O‘zneftgazinspeksiya”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ularning miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini ta’minlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada neft, neft mahsulotlari va gazni iste’mol qilishni qisqartirish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash tadbirlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlarida davlat, tarmoq va hududiy energiyani tejaydigan dasturlar va konsepsiyalari ishlab chiqilishi shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati va ularning qayta ishlash mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va foydalanish jarayonlarini samarali tashkillashtirish masalalarida ishtirok etish;
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy aktlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari tomonidan energetik tekshirishlar va ekspertizalar o‘tkazilishi ishlarini muvofiqlashtirish;
neft, gaz, gaz kondensati hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha iste’molchilar tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energetik samaradorligini baholash;
yoqilg‘i-energetika sohasi bo‘yicha, shuningdek, energiyani tejash va energetik samaradorlikni oshirish sohasida axborotni tayyorlash va tarqatish, innovatsion energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tajribasini yoyish;
10. “O‘zneftgazinspeksiya” o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ularning miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini ta’minlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, obyektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va ishlatish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi uchun aholi hayoti va sog‘lig‘iga real xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlanganda tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yadi;
neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish va qayta ishlash jarayonlarini tahlil qilish asosida neft va gaz sanoati tashkilotlari bilan birgalikda neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona foydalanish strategiyasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
har yillik asosida suyultirilgan va siqilgan gazni ishlab chiqarish hamda gaz bilan to‘ldirish, avtomobillarga gaz quyish va avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarida, gaz ballonlarini yetkazib berish punktlarida va servis punktlarida suyultirilgan va siqilgan gazni sotish, shuningdek, yoqilg‘i-energetika tarmog‘i tashkilotlari yuzasidan — Energetika vazirligi bilan kelishish bo‘yicha, boshqa tashkilotlar yuzasidan — manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda neft mahsulotlarini avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarida sotish ustidan nazorat qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish, taqsimlash, sotish va ulardan foydalanish sohasida monitoring olib boradi;
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ular miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini ta’minlash sohasida mahsulotlar taqsimoti qatnashchilari tomonidan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari va yetkazib beruvchilar tomonidan:
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar;
neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash obyektlaridan (uskunalaridan) texnologik ekspluatatsiya qilish;
neft, neft mahsulotlari va gaz miqdor jihatidan va sifatli saqlanishi;
neft, neft mahsulotlari va gaz sarfi me’yorlari;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash loyihalarini neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi;
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning rahbarlari, muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, energetika xizmatlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarida ishtirok etadi;
statsionar va ko‘chma laboratoriyalarda neft, neft mahsulotlari va gazning sifatini tahlil qiladi va tegishli xulosalar beradi;
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ta’mirlash sohasida belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralarini qo‘llagan holda ruxsat berish tusidagi tartibotlarni va texnik tartibga solishni amalga oshiradi;
qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi to‘g‘risida, shuningdek, bir yilda 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan foydalanuvchi yoqilg‘i iste’mol qiluvchi tashkilotlarga yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida va asbob-uskunalarni kompleks sinovdan o‘tkazish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazni muhit sifatida qo‘llashda gaz quvurlarini tozalash ishlari uchun texnologik neft-gaz obyektlariga (qurilmalarga) xulosalar beradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari bo‘yicha yoqilg‘i iste’mol qiladigan uskunalar va qurilmalarning normativ-texnik talablarga muvofiqligini ko‘zdan kechiradi va o‘rganadi;
gazdan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha gaz sotish va gaz-transport tashkilotlari ishi ustidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar gaz iste’molchilarining gazdan foydalanuvchi qurilmalarga ruxsat berilmagan ulanishini aniqlash ustidan nazorat qiladi;
neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari tomonidan energetika sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini o‘rganish davomida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
energetika sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha elektr energetika obyektlariga va neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
b) iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada neft, neft mahsulotlari va gazni iste’mol qilishni qisqartirish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
neft, neft mahsulotlari va gazni ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi loyihasini ishlab chiqishda qatnashadi;
neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib boradi;
neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi bajarilishi holati to‘g‘risida tahliliy materiallarni tayyorlaydi va muammoli masalalarni hal etish yuzasidan Energetika vazirligiga takliflar kiritadi.
v) iqtisodiyot tarmoqlarida davlat, tarmoq va hududiy energiyani tejaydigan dasturlar va konsepsiyalari ishlab chiqilishi shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati va ularning qayta ishlash mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va foydalanish jarayonlarini samarali tashkillashtirish masalalarida ishtirok etish sohasida:
energiya sarfini pasaytirish va neft, neft mahsulotlari hamda gazdan samarali foydalanishning jahon tendensiyalarini tizimli asosda o‘rganadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda energetik jihatdan samaradorlikni oshirish va iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda raqobatbardoshli sanoat mahsulotlari va maishiy foydalanish tovarlari ishlab chiqarish uchun energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi, shuningdek, respublikada ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va milliy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
iqtisodiyot tarmoqlarida energiya sarfini pasaytirish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejash, texnologik uskunalar va texnologiyalarni modernizatsiyalash, yangilash bo‘yicha davlat dasturlari, shuningdek, neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, tashish, foydalanish sohasida loyihalar va tadbirlar amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi;
qurilishi tugallangan neft-gaz obyektlarini texnologik talablarga rioya qilishi yuzasidan texnik ko‘rikdan o‘tkazadi va foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish sohasida tarmoq, mintaqaviy, maqsadli dasturlar va loyihalarni ishlab chiqishda, shuningdek, neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha energiya sarfini pasaytirishga doir tadbirlar rejalarini tuzishda metodologik yordam beradi;
g) neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish sohasida:
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish sohasida xalqaro tartibga solish tajribasini hisobga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni huquqiy qo‘llash amaliyotini o‘rganadi;
neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish va taqsimlash, shuningdek, ulardan oqilona va samarali foydalanishni takomillashtirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
d) neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari tomonidan energetik tekshirishlar va ekspertizalar o‘tkazilishi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:
neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilarini majburiy energetik tekshirish va ekspertizadan o‘tkazish ustidan nazorat qiladi;
energetik tekshirish va ekspertizalar o‘tkazish dasturlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, o‘tkazilgan energetik tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda ishlab chiqarishlar, tashkilotlarning energetik pasportlarini tahlil qiladi;
o‘tkazilgan energetik tekshirishlar natijalarini umumlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Energetika vazirligiga kiritadi;
e) neft, gaz, gaz kondensati hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha iste’molchilar tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energetik samaradorligini baholash sohasida:
neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda bajariladigan tadbirlarning energetik jihatdan samaradorligi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, energiya sarfini pasaytirish bo‘yicha oldini oluvchi chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda energetik jihatdan samaradorlikni oshirish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish masalalari bo‘yicha seminarlar, brifinglar tashkil etadi;
j) yoqilg‘i-energetika sohasi bo‘yicha, shuningdek, energiyani tejash va energetik samaradorlikni oshirish sohasida axborotni tayyorlash va tarqatish, innovatsion energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tajribasini yoyish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlarida energiya resurslari samaradorligi monitoringini olib boradi;
davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
davlat organlari va tashkilotlarda zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan texnologiyalar joriy etilishi ustidan nazorat qiladi;
energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va energiya resurslariga xarajatlarni qisqartirish hisobiga davlat organlari va tashkilotlarning xarajatlarini maqbullashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini pasaytirish, mablag‘larni tejash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
iste’mol qilinadigan energiya resurslari hajmini kamaytirishga yo‘naltirilgan texnik, texnologik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
energiyani tejash va energetik jihatdan samaradorlikni oshirish sohasida axborot tayyorlash va tarqatishda ishtirok etadi;
innovatsion energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi;
innovatsion energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etadi;
“O‘zneftgazinspeksiya” va davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash bo‘yicha kompleks axborot tizimlari tashkil etilishiga, ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirishga, jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakllari va mexanizmlaridan foydalanishga ko‘maklashadi;
tadbirkorlik subyektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini bosqichma-bosqich kengaytiradi.
“O‘zneftgazinspeksiya” o‘ziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek, hududiy bo‘linmalar orqali belgilangan tartibda hal etadi.
4-bob. “O‘zneftgazinspeksiya”ning huquqlari va javobgarligi
11. “O‘zneftgazinspeksiya” unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
“O‘zneftgazinspeksiya” vakolatlariga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
“O‘zneftgazinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
“O‘zneftgazinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
“O‘zneftgazinspeksiya” va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
“O‘zneftgazinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Energetika vazirligiga va Energetika vazirligi bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
“O‘zneftgazinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha iste’molchilarning faoliyati ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;
tekshirishlarga mustaqil ekspertlarni va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mutaxassislarini jalb qilish;
mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ular tomonidan obyektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va foydalanish, neft, gaz, gaz kondensatini iste’mol qilish, qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talabiga rioya qilinishi yuzasidan belgilangan tartibda tekshirish;
tekshirishlar dalolatnomalarini tuzish va tekshirishlar davomida aniqlangan qoida buzilishlari va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sir etish choralarini qo‘llash;
obyektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va ularni ishlatish, neft, gaz, gaz kondensati iste’moli, ularni qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilmaganligi uchun mas’ul manfaatdor shaxslardan aniqlangan qoida buzilishlariga nisbatan yozma tushuntirish berishni talab qilish;
oldin berilgan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar talablari ijro etilmaganligi uchun respublika yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy ta’sirni qo‘llash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga takliflar kiritish;
obyektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va ishlatish, neft, gaz, gaz kondensati iste’moli, ularni qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha Energetika vazirligi bilan kelishgan holda o‘z vakolatlari doirasida vakolatli organlarga takliflar kiritish;
neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, berish, hisobga olish qoidalarining qo‘pol buzilishi aniqlanganda, shuningdek, neft ombori uskunalarining texnik hamda metrologik holati qoniqarsiz bo‘lganda neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish;
qo‘llaniladigan texnologiyalar va uskunalarning energiya samaradorligi ko‘rsatkichlariga muvofiqligi to‘g‘risida, shuningdek, yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida “O‘zneftgazinspeksiya”ning tegishli xulosasisiz tabiiy gaz berish aniqlangan hollarda qoida buzilishlarini bartaraf etish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir choralarini ko‘rish to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuborish;
tekshiriladigan obyektlarda aniqlangan neft, neft mahsulotlari va gazni ishlatish, ulardan foydalanish samaradorligi yuzasidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan apparatlar, uskunalar, materiallar va buyumlarni, shuningdek, texnologiyalarni qo‘llashning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida tegishli vakolatli organlarga takliflar kiritish;
agar o‘zgarishlar obyektlardan foydalanishning ishonchliligini pasaytirishga olib kelmasa, texnologik neft-gaz obyektlarini loyihalashtirish, ularni ishlatishning amaldagi normalari va qoidalarining asoslangan o‘zgarishlarini (chetga chiqishlarni) kelishish;
quyidagi hollarda:
qo‘llaniladigan texnologiyalar va uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, bir yilda 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan foydalanuvchi yoqilg‘i iste’mol qiluvchi tashkilotlarning yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanishi to‘g‘risida va asbob-uskunalarni kompleks sinovdan o‘tkazish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazdan muhit sifatida qo‘llanilganda gaz quvurini tozalash ishlari uchun texnologik neft-gaz obyektlariga (qurilmaga) “O‘zneftgazinspeksiya”ning xulosasisiz gaz berilgan;
gazdan foydalanish qurilmalari gaz sarfini hisoblash asboblarisiz ishlatilgan, gazdan foydalanuvchi qurilmalar loyihalarida nazarda tutilgan gaz yonishi jarayonlarini avtomatik tartibga solish vositalari yoki issiqlik-texnik nazorat asboblari, gazdan samarali foydalanishni ta’minlaydigan issiqlikni utizilatsiya qilish uskunasi mavjud bo‘lmagan (nosoz bo‘lgan) hollarda gaz ta’minoti, gaz-transport tashkilotlariga gazdan foydalanuvchi qurilmalarga gaz berishni to‘xtatish va ularni gaz tarmoqlaridan uzish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
sifat bo‘yicha standartlar talablariga muvofiq bo‘lmaganda neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni yetkazib berish va iste’molchilarga sotishni ularning sifati tiklanguniga qadar to‘xtatib turish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;sifat bo‘yicha standartlar talablariga muvofiq bo‘lmaganda neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni yetkazib berish va iste’molchilarga sotishni ularning sifati tiklanguniga qadar to‘xtatib turish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
yuridik va jismoniy shaxslarning (aholidan tashqari) tashkilotlariga (obyektlarni montaj qilish va ularni ishlatishda — qurilmalariga) ular tomonidan amaldagi neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishini belgilangan tartibda tekshirish uchun to‘siqsiz kirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari bo‘yicha pulli asosda:
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida korxonalarning hamda neft, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz iste’molchilarining rahbarlari va xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
neft, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gazning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari laboratoriya tahlillarini amalga oshirish.
“O‘zneftgazinspeksiya” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. “O‘zneftgazinspeksiya”:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, neft-gaz tarmog‘ida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Energetika vazirligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
neft-gaz tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi va neft-gaz tarmog‘ida hududlarning muammoli masalalari hal etilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishi uchun javob beradi.
“O‘zneftgazinspeksiya”ning mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalari bajarilmaganligi va zarur tarzda bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
5-bob. “O‘zneftgazinspeksiya” rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
13. Quyidagilar “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
“O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonun hujjatlari bilan “O‘zneftgazinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish;
“O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, “O‘zneftgazinspeksiya”ning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosi tashkil etilishi va monitoring olib borilishining amaliy tizimini tashkil etish, “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun markaziy apparatning mansabdor shaxslari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
“O‘zneftgazinspeksiya” va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zneftgazinspeksiya” tizimida lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va o‘z vaqtida kiritish;
“O‘zneftgazinspeksiya” rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, xizmat safariga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish;
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini “O‘zneftgazinspeksiya” majlislarida eshitish, yakunlar bo‘yicha ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
“O‘zneftgazinspeksiya” xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
“O‘zneftgazinspeksiya” xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zneftgazinspeksiya” tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“O‘zneftgazinspeksiya” va uning tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, “O‘zneftgazinspeksiya”ning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning o‘ziga chiqib qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida “O‘zneftgazinspeksiya” xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlarni, lavozim yo‘riqnomalarini va “O‘zneftgazinspeksiya”ning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
“O‘zneftgazinspeksiya” xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosi ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;
“O‘zneftgazinspeksiya” markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Energetika vazirligiga takliflar kiritish.
“O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
14. Quyidagilar “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
“O‘zneftgazinspeksiya”ning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
“O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishish so‘zsiz ta’minlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlarga erishilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriq o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
“O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘ining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘iga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik qoidalar va normalar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida ko‘rib chiqilishi uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning Energetika vazirligiga qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘ining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
“O‘zneftgazinspeksiya”ga taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va atroflicha ko‘rib chiqish, ularni puxta ekspertizadan o‘tkazish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, “O‘zneftgazinspeksiya” majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
o‘z faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘iga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘iga takliflar kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining namunaviy Odob-axloq qoidalari asosida “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan “O‘zneftgazinspeksiya” xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish, ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari rioya qilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zneftgazinspeksiya” tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘iga davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini, sifatini va ulardan foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning o‘ziga chiqib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hududiy bo‘limlar rahbarlarining vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “O‘zneftgazinspeksiya”ning boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi.
6-bob. “O‘zneftgazinspeksiya” rahbarlarining javobgarligi
15. “O‘zneftgazinspeksiya”ning boshlig‘i:
“O‘zneftgazinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha;
ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
16. “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘ining o‘rinbosari:
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda “O‘zneftgazinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha;
ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatini tashkil etish
1-§. “O‘zneftgazinspeksiya” rahbariyati
17. “O‘zneftgazinspeksiya”ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
“O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i lavozimi bo‘yicha ayni bir vaqtda neft mahsulotlari va gazdan foydalanish ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosari — neft mahsulotlari va gazdan foydalanish ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorining o‘rinbosari hisoblanadi.
“O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i maqomi bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga, boshliqning o‘rinbosari — vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
“O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i Energetika vazirligi hay’ati tarkibiga kiradi.
Boshqarmalar va bo‘limlar, markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar boshliqlari, shuningdek, “O‘zneftgazinspeksiya”ning bosh mutaxassislari katta davlat inspektorlari hisoblanadilar. “O‘zneftgazinspeksiya” muhandislari davlat inspektorlari hisoblanadilar.
18. “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘ining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
19. “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini ijro etish uning o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
20. “O‘zneftgazinspeksiya” xodimlari maqomi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.
21. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
2-§. “O‘zneftgazinspeksiya”ning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi tartibi
22. “O‘zneftgazinspeksiya” o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
23. “O‘zneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolatlari doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hududiy bo‘limlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
“O‘zneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘linmalari “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha joylarda sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
8-bob. “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari, moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
24. “O‘zneftgazinspeksiya”ning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
25. “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
26. “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
“O‘zneftgazinspeksiya” rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralari;
“O‘zneftgazinspeksiya” faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
27. “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
28. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha “O‘zneftgazinspeksiya”ning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladilar yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha javobgarlikka tortiladilar.
29. “O‘zneftgazinspeksiya”ning moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
30. “O‘zneftgazinspeksiya” xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
31. “O‘zneftgazinspeksiya” xodimlariga:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga — Energetika vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun belgilangan tartibda har choraklik taqdirlash puli to‘lanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga:
shtat jadvaliga muvofiq bayram sanalarida ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlar to‘lanadi;
“O‘zneftgazinspeksiya”ning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaxsiy ustamalar belgilanadi va to‘lanadi.
32. Boshqaruv xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan va bo‘sh o‘rinlar hisobiga hosil bo‘ladigan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘lari “O‘zneftgazinspeksiya” xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondiga yo‘naltiriladi.
9-bob. “O‘zneftgazinspeksiya”ning hisobot berishi
33. “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyati to‘g‘risida Energetika vazirligi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
Energetika vazirligi “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i va uning o‘rinbosari faoliyatining ularga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoringini olib boradi, “O‘zneftgazinspeksiya” faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
34. “O‘zneftgazinspeksiya”ni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining
TASHKILIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 207 nafar (shu jumladan, hududiy bo‘linmalar xodimlari — 170 nafar), shu jumladan:
boshqaruv xodimlari — 91 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 107 nafar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar — 11 nafar.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Markaziy apparat xodimlarining cheklangan soni — 37 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 34 nafar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar — 3 nafar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda “O‘zenergoinspeksiya” deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, “O‘zneftgazinspeksiya” rahbariyatining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash va uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birgalikda) yig‘indisi;
issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari (keyingi o‘rinlarda issiqlik qurilmalari deb ataladi) — issiqlik energiyasini qabul qilish, tashish, o‘zgartirish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskuna yoki asbob;
elektr energetika obyektlari — yagona elektr energetika tizimining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalari, yagona elektr energetika tizimiga ulanmagan blok-stansiyalar va boshqa generatsiya qiluvchi, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi quvvatlar, shuningdek, elektr tarmog‘i xo‘jaligi (elektr energiyasini uzatishga mo‘ljallangan elektr uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari) va issiqlik tarmoqlari obyektlari;
blok-stansiyalar — iste’molchilarning yagona elektr energetika tizimiga bevosita yoki iste’molchilar tarmog‘i orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;
iste’molchi — ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek ko‘mirdan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (aholidan — maishiy iste’molchilardan tashqari).
2. “O‘zenergoinspeksiya” elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Energetika vazirligi deb ataladi) hisobot beradi.
“O‘zenergoinspeksiya” berilgan vakolatlar doirasida huquqlar va majburiyatlar bo‘yicha Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining (“O‘zdavenergonazorat”) huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. “O‘zenergoinspeksiya” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Energetika vazirligining qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. “O‘zenergoinspeksiya”ning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
5. “O‘zenergoinspeksiya” yuridik shaxs hisoblanadi, budjet va boshqa bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining nomi yozilgan blankalarga egadir.
“O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy bo‘linmalari yuridik shaxs maqomiga ega emas.
6. “O‘zenergoinspeksiya”ning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi,
qisqartirilgan nomi — “O‘zenergoinspeksiya”;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Inspeksiya po kontrolyu v elektroenergetike,
qisqartirilgan nomi — Uzenergoinspeksiya;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — The inspection for control in electric power industry at the Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Uzenergyinspection.
7. “O‘zenergoinspeksiya” joylashgan joy (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 6-uy.
2-bob. “O‘zenergoinspeksiya”ning tashkiliy tuzilmasi
8. “O‘zenergoinspeksiya” tizimiga:
markaziy apparat;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘limlar kiradi.
Hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradilar va bevosita “O‘zenergoinspeksiya” rahbariyatiga bo‘ysunadilar.
3-bob. “O‘zenergoinspeksiya”ning vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar “O‘zenergoinspeksiya”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, ko‘mirdan foydalanish xavfsizligini ta’minlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi, shuningdek, elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baxtsiz hodisalarning, shu jumladan, elektr energetika obyektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va davlat dasturlarini ishlab chiqishda, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni hamda texnik qoidalar va normalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish xavfsizligi tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va doimiy takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni ta’minlash doirasida ishlarni amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
10. “O‘zenergoinspeksiya” unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning elektr qurilmalarining texnik holati va ularni ishlatishni tashkil etish, elektr qurilmalarini texnik ishlatish va ularni ishlatishda texnika xavfsizligi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari va shunga o‘xshash talablarni nazarda tutadigan texnik qoidalar va normalar bajarilishi;
elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning issiqlik qurilmalarining texnik holati va ularni ishlatishni tashkil etish, issiqlik qurilmalarini texnik ishlatish va ularni ishlatishda texnika xavfsizligi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari va shunga o‘xshash talablarni nazarda tutadigan texnik qoidalar va normalar bajarilishi;
yuritishida elektr-tarmoq xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilotlar tomonidan elektr-tarmoq xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari chegaralarida joylashgan yer uchastkalaridan foydalanishning alohida shartlariga rioya qilishi;
elektr energiyasi iste’molchilari tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati ta’minlanishi;
yuridik shaxslarning elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarida ishga tushirish va rejim-sozlash ishlarini sifatli bajarilishi;
elektr energetika obyektlari tashkilotlari va iste’molchilar tomonidan ishlab turgan, ishga tushiriladigan, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadigan energiya sig‘imli qurilmalar va uskunalar balans energetik sinovlaridan o‘tkazilishi;
elektr energetika obyektlari tomonidan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning xavfsizligi;
elektr energetika obyektlarining avariyalarni lokalizatsiya qilish va tugatishga tayyorligi;
iste’molchilar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi iste’mol qilinishi, shuningdek, ko‘mirdan foydalanishning xavfsizligi;
elektr energetika obyektlari va iste’molchilar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, taqsimlanishi va iste’mol qilinishi, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish ustidan nazorat qiladi;
b) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, ko‘mirdan foydalanish xavfsizligini ta’minlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baxtsiz hodisalarning, shu jumladan, elektr energetika obyektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
zarurat bo‘lganda yangi va rekonstruksiya qilinadigan elektr qurilmalarini nazorat sinovlaridan (o‘lchashdan) o‘tkazadi;
elektr energetikaning yangidan ishga tushiriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarini foydalanishga qabul qilishda davlat qabul komissiyalari tarkibida ishtirok etadi;
elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlari tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarini ishlatishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishini tekshirish bo‘yicha talablarni belgilaydi;
elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlari tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarini ishlatishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishini tekshirish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish. uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish sohasida elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning rahbarlari, elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi;
elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning elektr qurilmalarida yuz bergan (guruhli, oqibati og‘ir va o‘lim bilan tugagan) baxtsiz hodisalarni maxsus tekshiradi va hisobini yuritadi;
elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning energiya qurilmalaridagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish natijalari bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya”ning vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish natijalari bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarni elektr energetika obyektlari va iste’molchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
elektr energetika obyektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ni tekshirish bo‘yicha komissiya ishida ishtirok etadi;
v) iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va davlat dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
energiya sarfini pasaytirish va elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek, ko‘mirdan samarali foydalanishning jahon tendensiyalarini tizimli asosda o‘rganadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energetika samaradorligini oshirish va energiya sarfini pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi va ularni respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek, ko‘mirdan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va milliy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
iqtisodiyot tarmoqlarida energiya sarfini pasaytirish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish masalalari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejashga yo‘naltirilgan modernizatsiyalash, texnologik uskunalar va texnologiyalarni yangilash davlat dasturlari, loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi;
g) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni hamda texnik qoidalar va normalarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy aktlarni, shuningdek, normativ hujjatlarning huquqni qo‘llash amaliyotini va ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni huquqiy tartibga solishning xalqaro tajribasini o‘rganadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni hamda texnik qoidalar va normalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar loyihalarini ko‘rib chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda kiritadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida tayyorlangan kelishilgan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Energetika vazirligiga kiritadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida elektr energetika va iste’molchilarning obyektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni shakllantirish va asoslash yuzasidan ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlarni tayyorlanishini tashkil etadi.
d) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish xavfsizligi tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va takomillashtirish ishlarini tashkil etish sohasida:
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish xavfsizligini ta’minlash yuzasidan elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning tashqi va ichki elektr ta’minoti va issiqlik ta’minoti loyihalarini (keyingi o‘rinlarda energetika ta’minoti loyihalari deb ataladi) kelishadi;
yangi va rekonstruksiya qilingan elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning energiya qurilmalarini ularni ishlatishga tayyorligini aniqlash yuzasidan ulash tartibotida ishtirok etadi;
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan ushbu korxonalar tasarrufidagi kuchlanishi 0,4 — 500 kV bo‘lgan elektr xo‘jaligi obyektlarida amalga oshirilgan yangi qurilish, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini berilgan texnik topshiriqlar, qurilish me’yorlari va qoidalari, Elektr qurilmalarni tuzilishi qoidalari hamda Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga muvofiqligi yuzasidan texnik ko‘rikdan o‘tkazadi va tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi;
(10-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini kelishadi;
elektr va issiqlik energiyasini iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash sohasida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan elektr energetika obyektlari, shuningdek, iste’molchilarning tadbirlarini kelishadi;
elektr energetika obyektlari tomonidan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash sohasida xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar va iste’molchilar tomonidan elektr va issiqlik energiyasini iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida tadbirlar bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish xavfsizligini ta’minlash sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini shakllantirish va kelishishda ishtirok etadi;
e) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni ta’minlash doirasida ishlarni amalga oshirilishiga ko‘maklashish sohasida:
elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishni ta’minlash yuzasidan majburiy tartibda energetik tekshirishdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yillik iste’molining umumiy hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘ili yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘ili yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari ro‘yxatini shakllantirishda ishtirok etadi;
energiya auditorlarini yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetik tekshirishini o‘tkazish uchun huquqqa ega bo‘lishini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilashda ishtirok etadi;
elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishni ta’minlash yuzasidan yillik iste’molining umumiy hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘ili yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘ili yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini majburiy tartibda energetik tekshirishdan o‘tkazilishi ustidan nazorat qiladi;
elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishni ta’minlash yuzasidan majburiy energetik tekshirishlar o‘tkazish dasturlarini tasdiqlaydi, energetik tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni tahlil qiladi;
elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning tashkilotlari tomonidan elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishni ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan majburiy energetik tekshirishlarning tavsiyalari bajarilishini nazorat qiladi;
elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqarishda va xizmatlar ko‘rsatishda energiya sarfini pasaytirishning maqsadli parametrlari bajarilishini ta’minlaydigan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ko‘rib chiqadi va kelishadi;
“O‘zenergoinspeksiya” unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy bo‘limlari orqali belgilangan tartibda hal etadi.
4-bob. “O‘zenergoinspeksiya”ning huquqlari va javobgarligi
11. “O‘zenergoinspeksiya” unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
“O‘zenergoinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik qoidalar va normalar loyihalarini belgilangan tartibda Energetika vazirligiga va Energetika vazirligi bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
“O‘zenergoinspeksiya” vakolatlariga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
“O‘zenergoinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
“O‘zenergoinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
“O‘zenergoinspeksiya” va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
“O‘zenergoinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Energetika vazirligiga va Energetika vazirligi bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
o‘rnatilgan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatlarining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek ko‘mirdan foydalanish qismi bo‘yicha tekshiruvini to‘siqsiz amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning tashkilotlariga, aholi bundan mustasno, elektr va issiqlik energiyasini iste’mol qilishda, shuningdek, undan oqilona foydalanishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi yuzasidan energetika sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga ular tomonidan rioya qilinishini belgilangan tartibda tekshirish uchun to‘siqsiz kirish;
tekshirishlar dalolatnomalarini tuzish va davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek, jismoniy shaxslarga, aholi bundan mustasno, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasidagi talablarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasidagi talablar buzilgan xolda ishlayotgan, avariyalar, texnologik buzishlar, odamlarning sog‘lig‘i va hayotiga tahdid solayotgan talablar buzilgan holda bajarilayotgan energiya qurilmalari ishini to‘xtatib qo‘yish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish sohasida fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘iga va ularning mol-mulkiga xavf solayotgan elektr tarmog‘i xo‘jaliklari obyektlarini muhofaza qilish qoidalarining aniqlangan xavfsizlik talablari buzilishi bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya”ning ko‘rsatmalari bajarilmaganligi uchun iste’molchilarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sir ko‘rsatish choralarini ko‘rish;
elektr energetika obyektlarining elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlarini o‘qitishga va bilimlarini tekshirishga guvohnomalar berish;
tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektr energetika obyektlarining elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlari tomonidan energiya qurilmalarini ishlatishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishini va ularga rioya qilishini o‘z vaqtida tekshirish ustidan nazorat qilish;
tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarini ishlatishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi talablarini bilish yuzasidan tekshirishdan o‘tmagan yoki ushbu talablarni buzuvchi shaxslarni energiya qurilmalarida ishlashga qo‘ymaslik to‘g‘risida elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
elektr energetika obyektlarida va iste’molchilarning obyektlarida baxtsiz hodisalar va avariyalarning sabablarini maxsus tekshirish natijalari bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya”ning vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
elektr va issiqlik energiyasi iste’molining xavfsizligi yuzasidan iste’molchilarning obyektlarini elektr va issiqlik tarmoqlariga ulash bo‘yicha xizmatlari faoliyati ustidan nazorat qilish;
“O‘zenergoinspeksiya”ning vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha energiya qurilmalarini ishlatadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining, shuningdek, jismoniy shaxslarning, aholidan tashqari hisobotlarini eshitish;
aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish va elektr energetika obyektlariga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek, iste’molchilarga (aholidan tashqari) nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir ko‘rsatish choralarini qabul qilish;
mustaqil ekspertlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarning ekspertlarini tekshirishlarga jalb etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni hamda texnik qoidalar va normalarni ishlab chiqish uchun tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
“O‘zenergoinspeksiya”ning vakolatlariga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari bo‘yicha, aholi bundan mustasno, pulli asosda quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish:
elektr energetika obyektlari va iste’molchilarning rahbarlari, elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, texnik qoidalar va normalarni, elektr va issiqlik xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot va metodik adabiyotlarni, plakatlar va boshqa bosma mahsulotlarni nashr etish va tarqatish;
yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini sinovdan (o‘lchovdan) o‘tkazish;
elektr va issiqlik energiyasini oqilona va uzluksiz ishlab chiqarish va uzatish va taqsimlashni ta’minlash yuzasidan elektr energetika obyektlarini va elektr va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish yuzasidan iste’molchilarni energetik tekshirishdan o‘tkazish;
iste’molchilar tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish va bajarish;
elektr uzatish havo liniyalarini, shuningdek magistral neft va gaz quvurlarini respublikaning borish qiyin bo‘lgan hududlarida ishlatish jarayonida ularni uchuvchisiz ko‘zdan kechirishni belgilangan tartibda tashkil etish;
elektr qurilmalari (issiqlik qurilmalari) ulanishga buyurtmanomalar tayyorlash yuzasidan elektr qurilmalarini (issiqlik qurilmalarini) elektr (issiqlik) tarmoqlariga texnologik ulash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, energiya ta’minoti (issiqlik ta’minoti) tashkilotlari tomonidan berilgan texnik shartlarni ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish, shuningdek, asoslangan rad etishlarni tayyorlash va hakamlik sudlarida ishtirok etish;
elektr ta’minoti shartnomalarini tuzishda xizmatlar ko‘rsatish (uni rasmiylashtirishning to‘g‘riligini tekshirish, zarur shartlar va texnik tavsiflarning qonunchilikka muvofiqligini to‘liq hajmda aks ettirish), shuningdek, nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda energiya ta’minotining amaldagi shartnomalarini tahlil qilish;
elektr ta’minotining joriy holatini tahlil qilish (yuklama yo‘nalishining tahlili, nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishining iqtisodiy samaradorligining hisob-kitobi hamda elektr energiyasi va reaktiv quvvat kompensatsiyasi tizimlari hisobini yuritish).
“O‘zenergoinspeksiya” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. “O‘zenergoinspeksiya”:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
“O‘zenergoinspeksiya”ning faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlanish;
Energetika vazirligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha nazorat tadbirlari sifatli va to‘liq amalga oshirilishi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida xavfsizlik tizimini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishi uchun javob beradi.
5-bob. “O‘zenergoinspeksiya” rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
13. Quyidagilar “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
“O‘zenergoinspeksiya” faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonun hujjatlari bilan “O‘zenergoinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish;
“O‘zenergoinspeksiya” faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, “O‘zenergoinspeksiya”ning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosi tashkil etilishi va monitoring olib borilishining amaliy tizimini tashkil etish, “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar va hududiy organlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
“O‘zenergoinspeksiya” va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zenergoinspeksiya” tizimida lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va o‘z vaqtida kiritish;
“O‘zenergoinspeksiya” rahbarlari va xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, xizmat safariga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish;
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini “O‘zenergoinspeksiya” majlislarida eshitish, yakunlar bo‘yicha ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
“O‘zenergoinspeksiya” xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
“O‘zenergoinspeksiya” xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zenergoinspeksiya” tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“O‘zenergoinspeksiya” va uning tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, “O‘zenergoinspeksiya”ning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning o‘ziga chiqib qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy bo‘limlar to‘g‘risidagi nizomlarni, lavozim yo‘riqnomalarini va “O‘zenergoinspeksiya”ning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
“O‘zenergoinspeksiya” xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosi ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;
“O‘zenergoinspeksiya” markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Energetika vazirligiga takliflar kiritish.
“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
14. Quyidagilar “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
“O‘zenergoinspeksiya”ning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
“O‘zenergoinspeksiya” faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishish so‘zsiz ta’minlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlarga erishilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriq o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘ining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘iga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik qoidalar va normalar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida ko‘rib chiqilishi uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning Energetika vazirligiga qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash. “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘ining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
“O‘zenergoinspeksiya”ga taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va atroflicha ko‘rib chiqish, ularni puxta ekspertizadan o‘tkazish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, “O‘zenergoinspeksiya” majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
o‘z faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘iga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘iga takliflar kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining namunaviy Odob-axloq qoidalari asosida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish, ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari rioya qilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zenergoinspeksiya” tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘iga davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini, sifatini va ulardan foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning o‘ziga chiqib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hududiy bo‘limlar rahbarlarining vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “O‘zenergoinspeksiya”ning boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi.
6-bob. “O‘zenergoinspeksiya” rahbarlarining javobgarligi
15. “O‘zenergoinspeksiya”ning boshlig‘i:
“O‘zenergoinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha;
ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
16. “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘ining o‘rinbosari:
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda “O‘zenergoinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha;
ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatini tashkil etish
1-§. “O‘zenergoinspeksiya” rahbariyati
17. “O‘zenergoinspeksiya”ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i lavozimi bo‘yicha ayni bir vaqtda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosari — elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorining o‘rinbosari hisoblanadi.
“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i maqomi bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga, boshliqning o‘rinbosari — vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Energetika vazirligi hay’ati tarkibiga kiradi.
“O‘zenergoinspeksiya” hududiy bo‘limlari boshliqlari elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish ustidan nazorat qilish bo‘yicha katta davlat inspektorlari hisoblanadilar.
18. “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘ining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
19. “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini uning o‘rinbosari ijro etadi.
20. “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari maqomi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.
21. Tarkibiy bo‘limlar rahbarlari “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Hududiy bo‘limlar to‘g‘risidagi nizomlar “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
2-§. “O‘zenergoinspeksiya”ning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi tartibi
22. “O‘zenergoinspeksiya” o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
23. “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy bo‘limlari o‘z vakolatlari doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hududiy bo‘limlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
“O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy bo‘limlari “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha joylarda sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
8-bob. “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari, moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
24. “O‘zenergoinspeksiya”ning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
25. “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
26. “O‘zenergoinspeksiya” faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
“O‘zenergoinspeksiya” rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralari;
“O‘zenergoinspeksiya” faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
27. “O‘zenergoinspeksiya” faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
28. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya”ning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladilar yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha javobgarlikka tortiladilar.
29. “O‘zenergoinspeksiya”, uning hududiy organlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan iste’molchilar tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati ta’minlanmaganligi tufayli yagona elektr-energetika tizimida elektr energiyasi yo‘qotilishi hosil bo‘lishi holatlari bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlariga tushgan mablag‘larning 50 foizi, shuningdek, bo‘sh o‘rinlar hisobiga hosil bo‘lgan mablag‘lar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
30. “O‘zenergoinspeksiya” xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
31. “O‘zenergoinspeksiya” xodimlariga:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga — Energetika vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun belgilangan tartibda har choraklik taqdirlash puli to‘lanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan:
shtat jadvaliga muvofiq bayram sanalarida ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlar to‘lanadi;
“O‘zenergoinspeksiya”ning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaxsiy ustamalar belgilanadi va to‘lanadi.
32. Boshqaruv xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan va bo‘sh o‘rinlar hisobiga hosil bo‘ladigan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘lari “O‘zenergoinspeksiya” xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondiga yo‘naltiriladi.
9-bob. “O‘zenergoinspeksiya”ning hisobot berishi
33. “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i “O‘zenergoinspeksiya” faoliyati to‘g‘risida Energetika vazirligi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
Energetika vazirligi “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i va uning o‘rinbosari faoliyatining ularga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoringini olib boradi, “O‘zenergoinspeksiya” faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
34. “O‘zenergoinspeksiya”ni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining
TASHKILIY TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 201 nafar (shu jumladan, hududiy bo‘linmalar — 164 nafar), shu jumladan:
boshqaruv xodimlari — 91 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 90 nafar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar — 23 nafar.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Markaziy apparat xodimlarining cheklangan soni — 37 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 33 nafar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar — 4 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim aktlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 9-son, 105-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 13-iyuldagi 328-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 28-son, 322-modda).
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim aktlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish qoidalarida 1-bandning o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat nazorati organlari — elektr, issiqlik energiyasi iste’moli va ko‘mirdan foydalanish ustidan nazorat qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi hamda neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarida:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Elektr energetikasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zdavenergonazorat” DI deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zenergoinspeksiya” deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi ““O‘zdavenergonazorat” DIda” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”da” so‘zi bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshidagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin;
13-banddagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin;
25-bandning birinchi xatboshidagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin;
25-bandning uchinchi xatboshidagi ““O‘zdavenergonazorat” DIga”, 28-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi ““O‘zdavenergonazorat” DIning” so‘zlari tegishli ravishda ““O‘zenergoinspeksiya”ga”, ““O‘zenergoinspeksiya”ning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
29-bandning birinchi xatboshidagi va 30-banddagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin;
31-banddagi:
birinchi xatboshidagi ““O‘zdavenergonazorat” DIdan” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiyadan”” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin;
39-bandning to‘rtinchi xatboshidagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin;
71-bandning birinchi xatboshidagi va 72-bandning ikkinchi xatboshidagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi)” so‘zlari “Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi ““O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi ““O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari ““O‘zenergoinspeksiya”” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) ilovaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomdagi o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Neft mahsulotlarini sotish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillar davrida respublikada biogaz qurilmalarini joriy etish va ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi 338-son qarorining 10-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 23-son, 465-modda) o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 880-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 248-modda) bilan tasdiqlangan Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning 55-bandidagi o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 931-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 268-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning 25-bandidagi o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024 yil 1 sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadiQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)