

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;25.06.2019
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-338168" id="onLBC-338168">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC9429"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;</span></div><div id="LBC9430"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-338168" id="onLS-338168">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS4601"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Energetika]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-340717" id="-340717">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-340718" id="-340718">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-340721" id="-340721">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-340724" id="-340724"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-4402498" id="-4402498">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-4386290?ONDATE=25.06.2019 00#-4394237">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340729" id="-340729">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son <a href="/mact/-173163"> Farmonini </a>bajarish yuzasidan hamda neft mahsulotlari va gazni qazib olish, ishlab chiqarish, sotish va ulardan foydalanishda belgilangan tartibga va texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340732" id="-340732">1. Quyidagilar “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340735" id="-340735">neft mahsulotlari va gaz sotish hamda ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340738" id="-340738">energiyani tejovchi davlat dasturlarini, neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish masalalari boʻyicha loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340740" id="-340740">neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340743" id="-340743">neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340751" id="-340751">2. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340754" id="-340754">“Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati va hududiy boʻlimlari tuzilmasi <a href="/mact/-338168?ONDATE=13.07.2004 00#-340813">1—3</a>-ilovalarga muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340758" id="-340758">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-338168#-341097">nizom </a>4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340763" id="-340763">3. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 37 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 8 nafar etib belgilansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340769" id="-340769">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻiga, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida “Oʻzdavneftgazinspeksiya” markaziy apparati va uning hududiy boʻlimlari tuzilmasiga oʻzgartirish kiritishga ruxsat berilsin. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3728472" id="-3728472"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3728477" id="-3728477">4. Quyidagilar “Oʻzdavneftgazinspeksiya” faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3728480" id="-3728480">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3728489" id="-3728489">neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-martdagi 124-son <a href="/mact/-805515">qarorida</a> belgilangan tartibga muvofiq iqtisodiy jazolarni qoʻllashdan tushadigan mablagʻlarning tegishli qismi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3728493" id="-3728493">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3728500" id="-3728500">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 337-sonli <a href="/mact/-3726370?ONDATE=04.05.2018 00#-3726581">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340790" id="-340790">5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 8-iyundagi 220-son qarorining <a href="/mact/-315964?ONDATE=08.06.2000 00#-423401">2—6</a>-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 29-modda), Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-son qaroriga ilovaning <a href="/mact/-247638?ONDATE=26.12.2003 00#-272459">2-bandi</a> (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 133-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga ilovaning <a href="/mact/-85454?ONDATE=08.01.2004 00#-87359">3-bandi </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 3-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340794" id="-340794">6. “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-340797" id="-340797">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-340800" id="-340800">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-340802" id="-340802">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-340806" id="-340806">2004-yil 13-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-340809" id="-340809">328-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-340813" id="-340813"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-340817" id="-340817">Vazirlar Mahkamasining<br />2004-yil 13-iyuldagi 328-son <a href="/mact/-338168#-340717">qaroriga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-341090" id="-341090">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-835121" id="-835121"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-835123" id="-835123"><img src="/files/835122" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-341091" id="-341091"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-341092" id="-341092">Vazirlar Mahkamasining <br />2004-yil 13-iyuldagi 328-son <a href="/mact/-338168#-340717">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-341093" id="-341093">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparatining tuzilmasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-835124" id="-835124"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-835126" id="-835126"><img src="/files/835125" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-341094" id="-341094"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-341095" id="-341095">Vazirlar Mahkamasining <br />2004-yil 13-iyuldagi 328-son <a href="/mact/-338168#-340717">qaroriga</a><br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-341096" id="-341096">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-835127" id="-835127"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-835129" id="-835129"><img src="/files/835128" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-341097" id="-341097"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-341098" id="-341098">Vazirlar Mahkamasining<br />2004-yil 13-iyuldagi 328-son <a href="/mact/-338168#-340717">qaroriga</a><br />4-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-341099" id="-341099">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-341100" id="-341100">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-341101" id="-341101"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-341102" id="-341102">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341103" id="-341103">1. Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdavneftgazinspeksiya” deb ataladi) neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensati qazib olish, ularni qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341104" id="-341104">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341105" id="-341105">2. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” tizimiga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlar, shuningdek Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341108" id="-341108">Hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatini “Oʻzdavneftgazinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil hisoblanadi hamda bevosita “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ga boʻysunadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341109" id="-341109">3. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341110" id="-341110">4. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3728533" id="-3728533"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3728541" id="-3728541">5. Quyidagilar “Oʻzdavneftgazinspeksiya” faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3728544" id="-3728544">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3728606" id="-3728606">neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-martdagi 124-son <a href="/mact/-805515">qarorida</a> belgilangan tartibga muvofiq iqtisodiy jazolarni qoʻllashdan tushadigan mablagʻlarning tegishli qismi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3728607" id="-3728607">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3728636" id="-3728636">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 337-sonli <a href="/mact/-3726370?ONDATE=04.05.2018 00#-3726603">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341114" id="-341114">6. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-341116" id="-341116">II. Vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341119" id="-341119">7. Quyidagilar “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341121" id="-341121">neft mahsulotlari va gaz sotish hamda ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341123" id="-341123">energiyani tejovchi davlat dasturlarini, neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish masalalari boʻyicha loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341125" id="-341125">neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341126" id="-341126">neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341129" id="-341129">8. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341130" id="-341130">yuridik shaxslar tomonidan neft mahsulotlari va gazdan foydalanilishini, ularning sotilishini, sifat va miqdor jihatidan saqlanishini, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341132" id="-341132">gazdan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, gaz isteʼmolchilari (aholidan tashqari) oʻzboshimchalik bilan oʻrnatib olgan gazdan foydalanish qurilmalarini aniqlash yuzasidan gaz sotuvchi tashkilotlar va gaz uzatish tashkilotlari ishlarini belgilangan tartibda nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341135" id="-341135">yuridik shaxslarning yonilgʻi isteʼmol qiluvchi qurilmalarida ishga tushirish va rejim-sozlash ishlarini bajarish sifatini belgilangan tartibda tekshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341136" id="-341136">energiyani tejovchi davlat dasturlarini, neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish masalalari boʻyicha loyihalar va tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341138" id="-341138">neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanish boʻyicha zarur normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularga rozilik beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341140" id="-341140">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ hujjatlar va qoidalar yuzasidan ekspert xulosalar beradi hamda ularni kelishib oladi; </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3791460" id="-3791460"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3791461" id="-3791461">neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, neft mahsulotlarini sotish, magistral gaz, neft va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va taʼmirlash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3791462" id="-3791462">(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli <a href="/mact/-3780676?ONDATE=14.06.2018 00#-3781955">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341144" id="-341144">neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish shoxobchalari orqali sotish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiyalar ishchi organi funksiyalarini bajaradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341146" id="-341146">neft-gaz tarmogʻi texnologik obyektlarining ishdan chiqish sabablarini tekshirish komissiyalarining ishida, koʻrsatib oʻtilgan obyektlar ishdan chiqishining oldini olish va ularning ishonchliligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2082878" id="edi-2082878"><a href="/mact/-338168?ONDATE=13.07.2004 00#-341148">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2082878" id="-2082878">(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli <a href="/mact/-2076839?ONDATE=01.11.2012 00#-2077471">qaroriga</a> asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341150" id="-341150">attestatsiya komissiyalari hamda neft-gaz texnologik obyektlarini, neft bazalarini, AYQSh, AKGTSh va AGQShlarni loyihalash, montaj qilish, sozlash va foydalanishga topshirishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar muhandis-texnik xodimlarining normalar va qoidalarga doir bilimlarini tekshirish komissiyalari ishida qatnashadi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3791463" id="-3791463"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3791464" id="-3791464">bir yilda 100 000 va undan ortiq kubometr tabiiy gazdan yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi korxonalar va neft-gaz texnologik obyektlari (qurilmalari)ga asbob-uskunalarni kompleks sinab koʻrish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazdan vosita sifatida qoʻllanganda texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida xulosa beradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3791465" id="-3791465">(8-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli <a href="/mact/-3780676?ONDATE=14.06.2018 00#-3781955">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643549" id="-1643549">qurilishi tugallangan neft-gaz texnologik obyektlari, neft va gaz quduqlari, neft bazalari, avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari, avtomobillarga kompressor vositasida gaz toʻldirish shoxobchalari va avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalarini texnik koʻrikdan oʻtkazadi va ularni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-341157" id="-341157">III. Huquqlari va javobgarligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341159" id="-341159">9. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341161" id="-341161">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha yuridik shaxslar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341164" id="-341164">yuridik shaxslar tomonidan neft mahsulotlari va gazdan foydalanilishini, ularning sotilishini, sifat va miqdor jihatidan saqlanishini, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341166" id="-341166">tekshirishlarga tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341168" id="-341168">tekshirishlar davomida tekshirilayotgan obyektlarda aniqlangan buzilishlar va kamchiliklar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341170" id="-341170">turgʻun va koʻchma laboratoriyalarda neft mahsulotlari namunalari sifatini mustaqil ravishda tekshirish va tegishli xulosalar berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341171" id="-341171">neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, berish, hisobga olish, shuningdek neft omborxonasi uskunalarining texnik va metrologik holati qoidalarini qoʻpol ravishda buzish hollari aniqlanganda neft mahsulotlarini sotishni belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341172" id="-341172">texnologik obyektlar qurilishini va ulardan foydalanishni, ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning amaldagi normalari va qoidalari buzilgan hollarda va bu buzilishlar ularning ishonchliligi pasayishiga olib kelsa, shuningdek qurilish buyurtmachining malakali texnika nazorati va mualliflik nazorati bilan taʼminlamaganda, toʻxtatib qoʻyish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3791466" id="edi-3791466"><a href="/mact/-338168?ONDATE=01.11.2012 00#-2082899">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3791466" id="-3791466">(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli <a href="/mact/-3780676?ONDATE=14.06.2018 00#-3781967">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341176" id="-341176">tekshirilayotgan obyektlarda, meʼyoriy-texnik hujjatlarning ushbu obyektlarning ishonchliligini va neft hamda gazdan foydalanishning samaradorligini taʼminlash boʻyicha tegishli talablariga mos kelmaydigan apparaturalar, asbob-uskunalar, materiallar va buyumlarni, shuningdek texnologiyalarni qoʻllashni taqiqlash. Ularni ishlab chiqarishdan olib tashlash toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341177" id="-341177">texnologik obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishning amaldagi normalari va qoidalaridan asosli chetga chiqishlarni, agar ushbu oʻzgartirishlar mazkur obyektlardan foydalanishning ishonchliligini pasaytirishga olib kelmasa, rozilik berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341178" id="-341178">gaz sotuvchi, gaz uzatuvchi tashkilotlarga quyidagi hollarda:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3791467" id="-3791467"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3791468" id="-3791468">a) bir yilda 100 000 va undan ortiq kubometr tabiiy gazdan yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi korxonalar va neft-gaz texnologik obyektlari (qurilmalari)ga asbob-uskunalarni kompleks sinab koʻrish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazdan vosita sifatida qoʻllanganda texnologiyalar va asbob uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning xulosasisiz gazni berish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3791469" id="-3791469">(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli <a href="/mact/-3780676?ONDATE=14.06.2018 00#-3781967">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341182" id="-341182">b) gaz sarfini hisobga olish priborlari boʻlmagan gazdan foydalanish qurilmalaridan foydalanilganda yoxud gazdan foydalanuvchi qurilmalarda loyihada nazarda tutilgan gaz yonishi jarayonlarini avtomatik boshqarish vositalari yoki issiqlik-texnika nazorati yoki gazdan samarali foydalanishni taʼminlovchi issiqlikdan qayta foydalanish asbob-uskunalari boʻlmaganda (buzilganda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341183" id="-341183">v) gazdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish va rejim-sozlash ishlarini oʻtkazish muddatlari buzilganda gazdan foydalanuvchi qurilmalarga gaz berishni toʻxtatish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341184" id="-341184">yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishda buzilishlar uchun yuridik shaxslarga nisbatan, ularning qaysi idoraga qarashliligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan berilgan oʻz vakolatlari doirasida iqtisodiy jazolar qoʻllash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341185" id="-341185">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va korxonalardan zarur maʼlumotlar va materiallar olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341186" id="-341186">vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar rahbarlarining “Oʻzdavneftgazinspeksiya” vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341187" id="-341187">neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ularni ishlatish boʻyicha zarur normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341190" id="-341190">normativ-metodik hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun mustaqil ekspertlarni hamda ilmiy-tadqiqot, auditorlik, maslahat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341191" id="-341191">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341192" id="-341192">10. “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning qarorlari, shuningdek “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341193" id="-341193">“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilishga haqlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341194" id="-341194">11. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341195" id="-341195">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” va uning hududiy boʻlimlari mansabdor shaxslari xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341197" id="-341197">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-341199" id="-341199">IV. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” faoliyatini tashkil etish </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1643434" id="edi-1643434"><a href="/mact/-338168?ONDATE=13.07.2004 00#-1643433">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643434" id="-1643434">12. “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1643436" id="-1643436">(12-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli <a href="/mact/-1636723?ONDATE=05.06.2010 00#-1637365">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341202" id="-341202"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1643437" id="edi-1643437"><a href="/mact/-338168?ONDATE=13.07.2004 00#-341204">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643437" id="-1643437">Boshliqning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1643438" id="-1643438">(12-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli <a href="/mact/-1636723?ONDATE=05.06.2010 00#-1637367">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341206" id="-341206">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga, boshliq oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi vaziri oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341207" id="-341207">13. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” xodimlari maqomiga koʻra “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341209" id="-341209">14. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341211" id="-341211">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341212" id="-341212">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341215" id="-341215">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341217" id="-341217">“Oʻzdavneftgazinspeksiya” xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341218" id="-341218">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341221" id="-341221">15. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi lavozimiga koʻra ayni bir vaqtda Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish Bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosarlari esa Bosh davlat inspektori oʻrinbosarlari hisoblanadi. Bosh texnologlar va bosh mutaxassislar katta davlat inspektorlari hisoblanadilar. Muhandislar davlat inspektorlari hisoblanadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-341225" id="-341225">16. “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-340723" id="-340723">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 322-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
