“ELEKTR ENERGETIKASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Elektr energetikasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-225-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organ;
Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“Oʻzenergoinspeksiya”) elektr energetikasi sohasidagi davlat nazorati organi etib belgilansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yagona elektr energetika tizimining xavfsiz va ishonchli faoliyat koʻrsatishini, isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji qondirilishini hamda “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vazifalar va vakolatlar samarali amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boʻlinmalar bilan birgalikda oʻz vakolatlari doirasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda va isteʼmol qilishda xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishi, yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali foydalanilishi, shuningdek “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalari va talablariga ogʻishmay rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda “Oʻzenergoinspeksiya” rahbarlari “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vakolatli organlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-fevral,
23-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 21-iyundagi 290-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi energetika tizimini rivojlantirish va isloh qilishning qabul qilingan bosh dasturiga muvofiq energetika tarmogʻi korxonalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish, tarmoqning energiya ishlab chiqarishni (IES, GES, IEM), uni uzatishni (magistral elektr tarmoqlari), uni taqsimlashni va sotishni taʼminlovchi (hududiy elektr tarmoqlari) yagona elektr energetika tizimi korxonalari funksiyalarini aniq belgilash, ularning oʻzaro bogʻliq, mutanosib va oʻzaro hamkorligi boʻyicha ishlarni izchil amalga oshirsin”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qaroriga 2-ilovaning 23-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Hisobga olish va yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi boʻyicha hisobotlarning ishonchliligi, shuningdek yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining va ularning elektr bilan taʼminlovchi korxonalari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari hamda boshqa mansabdor va moddiy javobgar shaxslari zimmasiga yuklanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 53-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)