1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-may,
397-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati bosh mutaxassisi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati bosh mutaxassisi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustama toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati bosh mutaxassisi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati bosh mutaxassisi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 303-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 09/26/303/0595-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Toshkent aeroportining “Toshkent-2” aerovokzali toʻgʻrisida” 1999-yil 26-oktabrdagi 479-son qarorining rus tilidagi matni 1-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “Upravleniya delami Apparata” soʻzlari “Finansovo-xozyaystvennogo departamenta Administratsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning birinchi xatboshisidagi “devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi va 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankasini hamda litsenziya blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” 2001-yil 2-maydagi 200-son qarorining rus tilidagi matnida:
“Upravleniye pravovoy ekspertizi i mejdunarodnix dogovorov” soʻzlari “Upravleniye yuridicheskogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ispolnitelnogo” soʻzi chiqarib tashlansin;
22-banddagi “delami apparata Prezidenta” soʻzlari “xozyaystvennoy deyatelnosti apparata Kabineta Ministrov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida:
a) 4-banddagi “Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari “Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 12 va 13-bandlaridagi, 14-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi, 18-bandning uchinchi xatboshisidagi, 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 22 va 32-bandlaridagi “Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 92-son qaroriga 4-ilovada:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Rizayev K.S. — Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri”;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. lavozimiga koʻra — Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi”.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga 5-ilovada:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ravshanov A.E. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri, Kengash rahbarining oʻrinbosari”;
b) sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi
lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi (Kengashning masʼul kotibi)”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo Taraqqiyot banki hamda Xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 30-martdagi 153-son qarorining 5-bandidagi “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi, Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi ustavining 10-bandi toʻqqizinchi xatboshisi va 16-bandi oltinchi xatboshisidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi” soʻzlari “Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish kengashi tarkibining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi”.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
18. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 8-bandida:
“Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
21. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 17-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi va 20-bandidagi “Axborot-tahlil departamenti” va “Axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari tegishlicha “Kotibiyati” va “Kotibiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-martdagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
“Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb ataladi) tashabbuskorlarning murojaatnomalarini xulosa tayyorlash uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga yuboradi”;
“34. Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan taklifi Kotibiyat tomonidan koʻrib chiqiladi.
Kotibiyat Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taklifini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra ikki kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga qaror qabul qilish uchun taklif kiritadi”.
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqarmasining binolari va inshootlarini qoʻriqlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 23-iyundagi 139-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) nomidagi, muqaddimadagi va 1-banddagi “Upravleniya delami apparata” soʻzlari “Administratsii” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
nomidagi “Upravleniya delami apparata” soʻzlari “Administratsii” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Sklad materialnix sennostey UDAP” soʻzlari “Sklad materialnix sennostey Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“post po oxrane sklada materialnix sennostey UDAP” soʻzlari “post po oxrane sklada materialnix sennostey Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Gorodskaya rezidensiya UJKiGX UDAP” soʻzlari “Gorodskaya rezidensiya Upravleniya po obslujivaniyu gosudarstvennix rezidensiy i organizatsii meropriyatiy Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Pansionat “Inturist” UJKiGX UAP” soʻzlari ““Qorasuv Qarorgohi” Upravleniya po obslujivaniyu gosudarstvennix rezidensiy i organizatsii meropriyatiy Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Pansionat № 2 UJKiGX UDAP” soʻzlari “Doʼrmon kompleksi” Upravleniya po obslujivaniyu gosudarstvennix rezidensiy i organizatsii meropriyatiy Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Pansionat № 3 UJKiGX UDAP (pos. Baytkurgan)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Gostinitsa UDAP” soʻzlari “GUP “Gostinitsa gorodskaya” Upravleniya po obslujivaniyu gosudarstvennix rezidensiy i organizatsii meropriyatiy Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“post po oxrane gostinitsi UDAP” soʻzlari “GUP “Gostinitsa gorodskaya” Upravleniya po obslujivaniyu gosudarstvennix rezidensiy i organizatsii meropriyatiy Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarorining 7-bandidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi” soʻzlari “Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 27-avgustdagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibining yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari
lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi”.
26. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarning yil davomidagi faoliyatini oʻrganish boʻyicha kengash tarkibining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rizayev K.S. — Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri”.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
28. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 9-ilovaning 53-pozitsiyasidagi “Devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
30. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari roʻyxatining uchinchi xatboshisidagi “Devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
32. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisida nizomning 5-bandida:
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
34. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi boʻyicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 39-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Devoni tegishli xizmatlari” va “Devonini” soʻzlari tegishlicha “Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari” va “Administratsiyasini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisida namunaviy nizomning 2-bandidagi va 22-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) 22-bandi “b” kichik bandidagi “Apparati” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 75-modda) 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “Devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda):
“Bosh direktor oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi bilan kelishgan holda Markazning bosh direktori buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.”
“belgilangan tartibda Markazning shtat jadvalini tasdiqlaydi va zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi bilan kelishgan holda Markazning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega”;
“Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish rejasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bilan kelishiladi”.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
40. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi hamda ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 4-son, 48-modda):
a) 1-ilovaning 15-bandidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari “Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi”.
41. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-yanvardagi 21-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 6-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning roʻyxatining 1-pozitsiyasi “Muassasa va tashkilotlar nomi” ustunidagi “Devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomning 17-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari “Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-maydagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Yagona buyurtmachi xizmatlari (injiniring kompaniyalari) rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun belgilanadigan yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga oshiruvchi koeffitsiyentlarning cheklangan miqdorlarining izoh qismidagi “Devonining Ishlar boshqarmasi” soʻzlari “Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablagʻlarini jamlash, qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-iyundagi 154-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 60-modda):
“5. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati taqdim etilgan materiallarni puxta tahlil qilish asosida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatiga jalb etilgan qarz va kredit mablagʻlarini qaytarish va toʻlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun kiritsin”;
“17. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati taqdim etilgan materiallarni puxta tahlil qilish asosida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatiga, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun, jalb etilgan qarz va kredit mablagʻlarini qaytarish va toʻlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot kiritadi”;
ilovaning 12 va 13-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari)ning qarz mablagʻlarini qaytarish va toʻlash boʻyicha axborotni kiritadi.
13. Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati taqdim etilgan axborot asosida, koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beradi”.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
46. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish davlat komissiyasi toʻgʻrisida nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati davlat komissiyasining Ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi”.
47. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 45-son, 575-modda) bilan tasdiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi tarkibida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“S.M. Abdullayev — Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati mudiri, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari”;
b) oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Jamoatchilik kengashi kotibi”.
48. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 106-modda) 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar tomonidan konsert-tomosha faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli monitoring yuritilishini taʼminlasinlar”.
49. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida nizomning 38-bandidagi “devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 29-modda):
9-bandning uchinchi va oltinchi xatboshilaridagi “Devoni” va “Devoniga” soʻzlari tegishlicha “Administratsiyasi” va “Administratsiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati” soʻzlari “Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Devonining” va “Devoni” soʻzlari tegishlicha “Administratsiyasining” va “Administratsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 481-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
52. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisida nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi, 10-bandi ikkinchi xatboshisidagi va 11-bandi uchinchi xatboshisidagi “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
53. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan “Savdo va xavfsizlik” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish boʻyicha maxsus komissiya tarkibida:
a) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari”;
b) yigirma toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi”.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)
55. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-sentabrdagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning Yodgorlik kompleksini saqlash departamenti tuzilmasining izoh qismidagi “Devoni Ishlar Boshqarmasining Uy-joy kommunal va mehmonxona xoʻjaligi boshqarmasi” soʻzlari “Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarini tashkillashtirish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
56. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Izoh: 1, 2 va 3-bandlarda koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi) apparatlari xodimlarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri (ular joyida boʻlmaganda — ularning oʻrinbosarlari), shuningdek tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi tomonidan imzolanadi”.
57. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 264-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 5-bandga “oʻrinbosarlari” soʻzidan keyin “va maslahatchilari” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 1-ilovaning 1-bandiga “oʻrinbosarlari” soʻzidan keyin “va maslahatchilari” soʻzlari qoʻshilsin;
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qaroriga asosan 59-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 7-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)
60. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-avgustdagi 587-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 810-modda):
4-banddagi “Devonining Ishlar boshqarmasi” soʻzlari “Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi xorijiy matbuot sharhlari va tahliliy maʼruzalari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining tahliliy materiallari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin”;
8-banddagi “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/460/1132-son)
62. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 655-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 34-son, 894-modda) bilan tasdiqlangan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining tarkibi 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi”.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
64. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Devoniga” soʻzi “Administratsiyasiga” soʻzi bilan almashtirilsin.
65. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablarining 8, 20 va 21-bandlaridagi “devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
66. Vazirlar Mahkamasining “Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-oktabrdagi 849-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
68. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksining “Ijro etish uchun masʼullar” ustunida:
3-pozitsiyadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
69. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-oktabrdagi 856-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 10-son, 244-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqida nizomda:
a) 17-banddagi “Devoniga” soʻzi “Administratsiyasiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son)
72. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 12-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ustavida:
a) 11-bandning 1-kichik bandi va 12-bandning 2-kichik bandidagi “devoniga” va “Devoniga” soʻzlari “Administratsiyasiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-kichik banddagi “Devoni xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi komplekslari” soʻzlari “Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13) oʻz faoliyati doirasidagi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasiga “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti talablariga qatʼiy amal qilgan holda oʻz vaqtida kiritib borish, Vazirlar Mahkamasi apparatida ularni koʻrib chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish”;
16-kichik banddagi “Devonining” soʻzi “Administratsiyasining” soʻzi bilan almashtirilsin;
“11) oʻz faoliyati doirasidagi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun rahbariyatga taqdim etilishini, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti talablariga amal qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga oʻz muddatida kiritilishini taʼminlash, Rais topshirigʻiga asosan Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish”;
“28. Badiiy akademiya Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi hamda uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi”;
j) 49-banddagi “Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qilinadigan kompleksi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 10-bobning nomidagi va 61-banddagi “Devoni xizmatlari” soʻzlari “Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 62-banddagi “Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
74. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 12-son, 285-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining ustavida:
a) 17-banddagi “Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi va Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Bosh vaziriining maslahatchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“faoliyat sohasiga doir masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil qilish, ularni Vazirlar Mahkamasi apparatida qayta ishlash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rahbariyatida himoya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish, shuningdek, “Oʻzmeliomashlizing” DUKka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq hamda atroflicha koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish hamda belgilangan muddatlarda kelishish (imzolash)”;
v) 44-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
76. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 ― 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibining oʻn sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, komissiya kotibi”.
77. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi 993-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 12-son, 291-modda):
a) 4-ilovaning 9-bandi “g” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Devonining tegishli xizmatiga” soʻzlari “Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
78. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatining 6-boʻlimi 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi”.
79. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1030-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 12-son, 308-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekkino” Milliy agentligi toʻgʻrisida nizomda:
5-kichik banddagi “Devoni xizmatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari” soʻzlari “Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13) kino sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga qatʼiy amal qilgan holda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, ularni ishlab chiqishda Vazirlar Mahkamasining Apparatida ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida loyihani himoya qilish”;
v) 22-bandning 10-kichik bandidagi “Devonining” soʻzi “Administratsiyasining” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 23-bandning 11-kichik bandidagi “Devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
“44. Agentlik bosh direktori va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda Bosh direktor mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, bunda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga xabar qilinadi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga maʼlum qilishlari mumkin”;
e) 48 va 55-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleks rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 10-bobning nomidagi “tegishli xizmatlari” soʻzlari “Administratsiyasi tegishli tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
84. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 2-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisida nizomda:
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xizmatlari va Vazirlar Mahkamasi komplekslari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda faoliyat masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini tashkil qilish, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ularni mukammal ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish”;
“22. Agentlik Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi”;
g) 35-banddagi “Vazirlar Mahkamasining mutasaddi kompleksi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
85. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-martdagi 189-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
86. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 206-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 3-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 9-bandning 1-kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “devoniga” soʻzi “Administratsiyasiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 3 va 4-bandlari “Tadbirlar” ustunidagi “devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
87. Vazirlar Mahkamasining “Aqlli shahar” konsepsiyasi boʻyicha Toshkent viloyati maʼmuriy markazi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-martdagi 236-son qarori 2-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksiga” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
88. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 271-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 4-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 12-bandning birinchi xatboshisidagi va 13-banddagi “Devoniga” va “Devoni” soʻzlari tegishlicha “Administratsiyasiga” va “Administratsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning III va IV-bosqichlaridagi “Devoniga” va “Devoni” soʻzlari tegishlicha “Administratsiyasiga” va “Administratsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
90. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 1-maydagi 318-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 5-son, 98-modda):
5-kichik banddagi “Devoni xizmatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari” soʻzlari “Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-kichik banddagi “Devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
“13) Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda faoliyat sohasining masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasining Devonida ishlab chiqilishida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Vazirlikning qonun loyihasini tayyorlash boʻyicha faoliyatini tashkil etishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish”;
“45. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi va uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi”;
10-bobning nomidagi “Devonining tegishli xizmatlari” soʻzlari “Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari” bilan almashtirilsin;
66-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiluvchi kompleksi rahbarlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 21-bandi 10-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10) Inspeksiya faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiqlikda Vazirlikka kiritilishini tashkil qilish, ularni ishlab chiqishda qatnashish”.
91. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 5-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizomning 80-bandidagi “devoniga” soʻzi “Administratsiyasiga” soʻzi bilan almashtirilsin.
92. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Parkent tumanida sanatoriy va dam olish uylari barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-maydagi 342-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. M.B. Jumaniyozov — Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari”.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son)
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
95. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 21-iyundagi 461-son qarorida:
a) 4-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisidagi “devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. A. Vaxabov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Komissiya raisi”;
v) 4-ilovaning izoh qismi toʻrtinchi xatboshisidagi “devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
96. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 6-son, 156-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisida nizomda:
beshinchi xatboshidagi “devoni xizmatlari va Vazirlar Mahkamasining komplekslari” soʻzlari “Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
““Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi va oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarga muvofiq Vazirlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishi, ularning puxta huquqiy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizasini oʻtkazilishi hamda kelishilishini (viza qoʻyilishi) taʼminlash”;
“mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirigʻiga binoan ishtirok etish”;
“normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy tuzilmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbariyati topshirigʻiga binoan ishtirok etish”;
“41. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi va uning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi”;
e) 52-banddagi “Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriiining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 10-bobning nomidagi “devonining tegishli xizmatlari” soʻzlari “Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 57-banddagi “Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
99. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ilovaning 3-pozitsiyasi “Vakolatli organ nomi” ustunidagi “Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
100. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganish tartibi toʻgʻrisida nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “devoni” soʻzi “Administratsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
101. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Qorakoʻlchilik bilan shugʻullanadigan subyektlar tomonidan yetishtirilgan qoʻy terisi, qorakoʻl terisi va junni xarid qilish, shuningdek, ularga ozuqa maqsadlari uchun omixta yem, arpa doni, paxta shroti va sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
“6. Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi taqdim etilgan takliflarni oʻrganib chiqadi va umumlashtirgan holda Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan takliflarni oʻrganib chiqadi va kuchli ozuqa mahsulotlarini belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga taqdim etadi”;
b) ilovaning II va III bosqichlari “Tadbirlar” ustunidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 695-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/695/1071-son)
(103-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2024-y., 09/24/709/0862-son)
104. Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona sohasiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi 661-son qarorining 5-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
105. Vazirlar Mahkamasining “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qarori 2-ilovasining 1-pozitsiyasi “Vakolatli organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati”.
106. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 901-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini oʻrganish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi tarkibining 11 va 12-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. M.B. Jumaniyozov — Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari
12. lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi”.
107. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qarori bilan tasdiqlangan YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi toʻgʻrisida nizomning 26-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Komissiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati tomonidan muvofiqlashtiriladi”.
108. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 5-banddagi “komplekslariga” va “Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksiga” soʻzlari tegishlicha “kotibiyatlariga” va “Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandgi, 14-bandning uchinchi xatboshisidagi va 19-banddagi “komplekslari” va “komplekslariga” soʻzlari tegishlicha “kotibiyatlari” va “kotibiyatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaning 1 va 11-bosqichlari “Tadbirlar” ustunidagi, 2-bosqichi “Subyektlar” ustunidagi “komplekslariga” va “komplekslari” soʻzlari tegishlicha “kotibiyatlariga” va “kotibiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
109. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-dekabrdagi 1040-son qarori bilan tasdiqlangan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“N.J. Kushnazarov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, komissiya raisining oʻrinbosari”.
110. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomda:
5-kichik banddagi “Mahkamasining komplekslari” soʻzlari “Mahkamasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
13-kichik banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan” va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
16-kichik banddan “shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan” va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
27-bandning 10-kichik bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan” va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
28-bandning 11-kichik bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan” va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“50. Davlat ekologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi”;
61 va 67-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasining nazorat qiluvchi kompleksi rahbari” soʻzlari “Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
111. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisida nizomning 26-bandi oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “2005-yil 14-fevraldagi 62-son” soʻzlari “2019-yil 22-martdagi 242-son” soʻzlari bilan almashtirilsin.