

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2406979" id="onLBC-2406979">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6779"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC6785"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2406979" id="onLS-2406979">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-2408379" id="-2408379"><a href="/files/2408351.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2406984" id="-2406984">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2406985" id="-2406985">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2406986" id="-2406986">Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablagʻlarini jamlash, qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2406987" id="-2406987"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406988" id="-2406988">Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun Hukumat tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etilgan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlarini qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406989" id="-2406989">1. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktoriga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya boʻyicha amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida qarz va kredit mablagʻlarini qaytarish ishlarining samarasiz tashkil etilganligi koʻrsatib oʻtilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406990" id="-2406990">2. Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablagʻlarini jamlash, qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-2406979#-2407013">nizom </a>ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7940917" id="edi-7940917"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=16.06.2014 00#-2406991">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7940917" id="-7940917"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7940918" id="-7940918">3. Qarz va kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentliklar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalari amalga oshirilishi, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablagʻlarining oʻz vaqtida qaytarilishi va ularga xizmat koʻrsatilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirsinlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7940919" id="-7940919">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli <a href="/mact/-7919147?ONDATE=16.12.2025 00#-7921399">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406992" id="-2406992">4. Quyidagilarga:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2406993" id="-2406993"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5810216" id="edi-5810216"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=27.12.2017 00#-3480284">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5810216" id="-5810216"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5810217" id="-5810217">a) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziriga, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisiga, tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5810220" id="-5810220">(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli <a href="/mact/-5799388?ONDATE=29.12.2021 00#-5803877">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406994" id="-2406994">suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlariga tariflar loyihalarini deklaratsiya qilish uchun, shuningdek xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz va kredit mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan ichimlik suv va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish boʻyicha investitsiya loyihalarining tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishida nazarda tutilgan parametrlarga erishishni hisobga olgan holda ularga asoslovchi va hisob-kitob materiallarining narxni tartibga solish organiga oʻz vaqtida taqdim etilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406995" id="-2406995">xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz va kredit mablagʻlarini qaytarish uchun zarur moliyaviy resurslarning belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida jamlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406996" id="-2406996">suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalarini, shu jumladan abonentlarni hisobga olishni oqilona tashkil etish, sotilgan suv hajmlari va berilgan suv uchun belgilangan tartibda mablagʻlarni toʻplash hisobiga moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni har yili ishlab chiqish va bajarish yoʻli bilan ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406997" id="-2406997">2014-yil oxirigacha isteʼmolchilarni va sotilgan suv hajmlarini avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olishni taʼminlaydigan billing tizimini joriy etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406998" id="-2406998">b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2406999" id="-2406999">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari oʻrtasida suv taʼminoti va kanalizatsiya loyihalarini moliyalashtirish Bitimlari shartlari va muddatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407000" id="-2407000">xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining jalb qilingan qarz va kredit mablagʻlari suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari tomonidan oʻz vaqtida qaytarilishi va toʻlanishi boʻyicha puxta tahlilning tizimli asosda oʻtkazilishini taʼminlash yuklansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407001" id="-2407001">Amalga oshirilgan ishlarning natijalari boʻyicha yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4883098" id="edi-4883098"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=14.05.2019 00#-4360011">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4883098" id="-4883098"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4883104" id="-4883104">5. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati taqdim etilgan materiallarni puxta tahlil qilish asosida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyatiga jalb etilgan qarz va kredit mablagʻlarini qaytarish va toʻlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun kiritsin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4883114" id="-4883114">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli <a href="/mact/-4875657?ONDATE=27.06.2020 00#-4875825">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407005" id="-2407005">6. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407006" id="-2407006">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2407007" id="-2407007">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2407010" id="-2407010">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2407011" id="-2407011">2014-yil 12-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2407012" id="-2407012">154-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2407013" id="-2407013"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2407014" id="-2407014">Vazirlar Mahkamasining <br />2014-yil 12-iyundagi 154-son <a href="/mact/-2406979">qaroriga </a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2407016" id="-2407016">Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablagʻlarini jamlash, qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2407017" id="-2407017"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2407019" id="-2407019"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2407020" id="-2407020">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407022" id="-2407022">1. Ushbu Nizom ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etilgan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz va kredit mablagʻlarini (keyingi oʻrinlarda qarz mablagʻlari deb ataladi) oʻz vaqtida qaytarish va ularga xizmat koʻrsatishni (keyingi oʻrinlarda qaytarish deb ataladi) taʼminlash maqsadida suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari tomonidan mablagʻlarni jamlash tartibini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407024" id="-2407024">Ushbu Nizomning amal qilishi Hukumat tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etilgan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish boʻyicha amaldagi va yangidan jalb etilayotgan loyihalarga (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb ataladi) tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407025" id="-2407025">Ushbu Nizomning amal qilishi Germaniya moliya institutlarining tijorat va notijorat kreditlari boʻyicha qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatishga va ularni qaytarishga tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7940920" id="edi-7940920"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=29.12.2021 00#-5810263">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7940920" id="-7940920"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7940921" id="-7940921">2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek loyihalar boʻyicha tugallangan obyektlarni foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda qabul qilish uchun masʼul ijro etuvchi organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar) belgilanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7940922" id="-7940922">(2-band  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli <a href="/mact/-7919147?ONDATE=16.12.2025 00#-7921400">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2407029" id="-2407029">II. Qarz mablagʻlarini jamlash va qaytarish tartibi</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6328975" id="edi-6328975"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=16.06.2014 00#-2407031">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6328975" id="-6328975"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6328977" id="-6328977">3. Qarz mablagʻlarini qaytarish boʻyicha majburiyatlarni bajarishga zarur pul mablagʻlarini jamlash maqsadida ijro etuvchi agentliklar, shuningdek ichimlik suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari yoki ularning yuqori tashkilotlari xizmat koʻrsatuvchi banklarda hisobvaragʻini ochadilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6328980" id="-6328980">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli <a href="/mact/-6323798?ONDATE=23.12.2022 00#-6324127">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407034" id="-2407034">4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmaganda ularning bank hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qonunchilik ijro etuvchi agentliklar, suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari yoki ularning yuqori tashkilotlarining jamgʻariladigan hisob raqamiga tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407036" id="-2407036">Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari tomonidan oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jamgʻariladigan hisob raqamidan zarur mablagʻlarni kreditni qaytarish hisobiga akseptsiz tartibda undirish huquqiga ega.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6328983" id="edi-6328983"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=16.06.2014 00#-2407038">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6328983" id="-6328983"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6328984" id="-6328984">5. Suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari har kuni oldingi ish kuni uchun suv taʼminoti (kanalizatsiya) boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun ularning asosiy talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlariga tushgan umumiy summadan foizlarda mablagʻlarni (oʻzining yoki yuqori tashkiloti) hisobvaragʻiga oʻtkazadilar. Hisobvaragʻidagi maqsadli mablagʻlar qarz mablagʻlari toʻliq qaytarilishi paytigacha jamlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6328987" id="-6328987">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli <a href="/mact/-6323798?ONDATE=23.12.2022 00#-6324129">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6328995" id="edi-6328995"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=16.06.2014 00#-2407040">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6328995" id="-6328995"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6329000" id="-6329000">6. Hisob raqamiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan mablagʻlarning foizli ulushi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda, har yili dekabr oyida keyingi yil uchun suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalarining qarz mablagʻlarini qaytarish jadvali asosida aniqlanadi va tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6329004" id="-6329004">Hisob raqamiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan mablagʻlarning tasdiqlangan foizli ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumot suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari tomonidan hisob raqami ochilgan xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6329009" id="-6329009">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli <a href="/mact/-6323798?ONDATE=23.12.2022 00#-6324131">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407045" id="-2407045">7. Oʻtkazilishi kerak boʻlgan foizli ulushni qayta hisoblab chiqish suv taʼminoti (kanalizatsiya) xizmatlari uchun tariflar oʻzgarganda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407048" id="-2407048">8. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan toʻlov talablari (invoys) tushishiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli ijro etuvchi agentliklarga va suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalariga, toʻlanishi kerak boʻlgan summaning hisob-kitobi bilan birgalikda, yozma bildirishnoma yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407052" id="-2407052">Biror-bir sabablarga koʻra ijro etuvchi agentliklar va suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari tomonidan bunday bildirishnomaning olinmay qolishi ularni qarz mablagʻlarini qaytarish boʻyicha toʻlov majburiyatlaridan ozod etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407060" id="-2407060">9. Suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga bogʻliq ravishda milliy valyutadagi mablagʻlarni jamgʻariladigan hisob raqamidan ijro etuvchi agentliklarga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻtkazish yoʻli bilan qaytariladigan summaga teng miqdorlarda va qarz mablagʻlarini qaytarish jadvalida belgilangan muddatlarda qaytaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407065" id="-2407065">10. Ijro etuvchi agentliklar yoki suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari milliy valyutadagi mablagʻlarni qarz mablagʻlarini qaytarish jadvali va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yuboriladigan bildirishnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407068" id="-2407068">11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlarini qaytarish boʻyicha sarf-xarajatlarni qisman qoplash uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkazish chora-tadbirlarini koʻradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407071" id="-2407071">12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi milliy valyutada jamlangan mablagʻlar hisobiga banklararo savdo sessiyalarida xorijiy valyutadagi mablagʻlarni belgilangan tartibda sotib oladi, keyinchalik ushbu mablagʻlarni tegishli qarz bitimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining tashqi majburiyatlarini qaytarishga yoʻnaltiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407072" id="-2407072">13. Qarz mablagʻlari toʻliq qaytarilgandan keyin jamgʻariladigan hisob raqamida qolgan maqsadli mablagʻlar suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalarining asosiy talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi va ulardan umumiy belgilangan tartibda foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407073" id="-2407073">14. Suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari tomonidan mablagʻlarni jamlash va xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari)ning qarz mablagʻlarini qaytarish sxemasi ushbu Nizomga <a href="/mact/-2406979#-2407097">ilovada </a>keltirilgan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2407075" id="-2407075">III. Javobgarlik va nazorat</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2407076" id="-2407076"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7940924" id="edi-7940924"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=16.06.2014 00#-7940923">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7940924" id="-7940924"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7940925" id="-7940925">15. Ijro etuvchi agentliklar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7940927" id="-7940927">(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli <a href="/mact/-7919147?ONDATE=16.12.2025 00#-7921400">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407077" id="-2407077">loyihalarni samarali amalga oshirish va ularning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish hamda loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining jalb etilgan qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407078" id="-2407078">xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz va kredit mablagʻlarini qaytarish uchun zarur moliyaviy resurslarni belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida jamlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407080" id="-2407080">suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarning loyihalarini deklaratsiya qilishga, shuningdek ularga asoslovchi va hisob-kitob materiallari xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz va kredit mablagʻlari jalb etilgan holda amalga oshiriladigan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish boʻyicha investitsiya loyihalarining tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishida nazarda tutilgan parametrlarga erishish hisobga olingan holda narxlarni boshqarish organiga oʻz vaqtida taqdim etilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407081" id="-2407081">suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalarini shu jumladan abonentlarni, sotilgan suv hajmlarini hisobga olishni va berilgan suv uchun mablagʻlarni toʻplashni belgilangan tartibda oqilona tashkil etish hisobiga ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha har yili kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish yoʻli bilan ularning faoliyati samaradorligini oshirishga doir tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407087" id="-2407087">isteʼmolchilar va sotilgan suv hajmlarining avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinishini taʼminlaydigan billing tizimi joriy etilishi uchun javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407089" id="-2407089">16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407090" id="-2407090">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari oʻrtasidagi suv taʼminoti va kanalizatsiya loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha Bitim shartlari va muddatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407093" id="-2407093">xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining jalb etilgan qarz va kredit mablagʻlari suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari tomonidan oʻz vaqtida qaytarilishi va toʻlanishini tizimli asosda puxta tahlil qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2407094" id="-2407094">amalga oshirilgan ishlarning yakunlari boʻyicha yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4883117" id="edi-4883117"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=14.05.2019 00#-4360019">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4883117" id="-4883117"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4883121" id="-4883121">17. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati taqdim etilgan materiallarni puxta tahlil qilish asosida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyatiga, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun, jalb etilgan qarz va kredit mablagʻlarini qaytarish va toʻlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot kiritadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4883128" id="-4883128">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli <a href="/mact/-4875657?ONDATE=27.06.2020 00#-4875829">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5985527" id="edi-5985527"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=16.06.2014 00#-2407096">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5985527" id="-5985527"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5985528" id="-5985528">18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5985529" id="-5985529">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938972">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2407097" id="-2407097"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2407098" id="-2407098"><a href="/mact/-2406979#-2407013">Nizomga </a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2407099" id="-2407099">Suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonalari tomonidan mablagʻlarni jamlash va xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari)ning qarz mablagʻlarini qaytarish sxemasi</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6332525" id="edi-6332525"><a href="/mact/-2406979?ONDATE=27.06.2020 00#-4895901">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6332525" id="-6332525"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6332526" id="-6332526"><img src="/files/6334648" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332527" id="-6332527">1. Koʻrsatilgan suv taʼminoti (kanalizatsiya) xizmatlari uchun isteʼmolchilardan olingan mablagʻlar suv taʼminoti (kanalizatsiya) korxonasining (keyingi oʻrinlarda korxona deb ataladi) asosiy depozit hisob raqamiga tushadi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332528" id="-6332528">2. Korxonaning xizmat koʻrsatuvchi banki har kuni mablagʻlarni korxonaning hisob raqamiga asosiy depozit hisob raqamiga tushgan umumiy summaga nisbatan foizlarda oʻtkazadi . </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332529" id="-6332529">3. Asosiy depozit hisob raqamidagi qolgan mablagʻlar korxona tomonidan foydalanish ehtiyojlariga mustaqil ravishda sarflanadi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332530" id="-6332530">4. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari) toʻlovlar grafigiga muvofiq kreditni toʻlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga toʻlov talabnomasi (invoys) yuboradi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332531" id="-6332531">5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijro etuvchi agentlikka yoki korxonalarga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari)ning jalb etilgan kreditini toʻlash hisobiga toʻlanadigan summa hisob-kitobi bilan birga yozma xabarnoma yuboradi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332532" id="-6332532">6. Korxona xabarnomaga muvofiq, Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga bogʻliq holda, Ijro etuvchi agentlikka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (jamgʻarish) hisob raqamidan milliy valyutadagi mablagʻlarni oʻtkazadi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332533" id="-6332533">7. Ijro etuvchi agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisob raqamidan milliy valyutadagi mablagʻlarni oʻtkazadi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332534" id="-6332534">8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari) kreditini qaytarish boʻyicha xarajatlarni qisman qoplashga ajratiladigan budjet mablagʻlarini (Davlat budjeti ulushini) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hisob raqamiga oʻtkazadi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332535" id="-6332535">9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisob raqamida jamlangan mablagʻlarni konvertatsiya qiladi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332536" id="-6332536">10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli xorijiy valyutaga konvertatsiya qilingan mablagʻlarni tegishli Qarz bitimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining tashqi majburiyatlarini toʻlashga yoʻnaltiradi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332537" id="-6332537">11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari)ning jalb etilgan qarz va kredit mablagʻlarini qaytarish va toʻlash boʻyicha axborotni puxta tahlil qiladi va har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332538" id="-6332538">12. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyatiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari)ning qarz mablagʻlarini qaytarish va toʻlash boʻyicha axborot kiritadi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6332539" id="-6332539">13. Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati taqdim etilgan axborot asosida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot beradi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6332540" id="-6332540">(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli <a href="/mact/-6323798?ONDATE=23.12.2022 00#-6324132">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2408378" id="-2408378">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 293-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son; 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
