toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha hamda umumtaʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoniga hamda “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin, xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-aprel,
352-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda maktabgacha taʼlim tashkiloti deb ataladi) faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
2. Ushbu Nizom talablari:
a) quyidagi davlat organlari va tashkilotlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari;
(2-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
tizimida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari (oʻz boʻysunuvidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tekshirishlar boʻyicha) faoliyati doirasida;
(2-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
b) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
g) tergovga qadar tekshiruvlar hamda qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari va maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida;
d) maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida oʻtkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishga vakolatli organlar — maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirish — maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini tekshirishga vakolatli organlarning bir marta nazorat qilishi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rejali tekshirish — tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan oʻtkaziladigan tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish — tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalida belgilanmagan holda oʻtkaziladigan tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish — maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qonun buzilishlarini bartaraf etishi ustidan tekshirishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiradigan tekshirish.
(3-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalari
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsadi maktabgacha taʼlim boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining roli va masʼuliyatini kuchaytirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq sifatli taʼlim-tarbiya berilishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qoʻyish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan taʼlim-tarbiya sifatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini, pedagoglarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga koʻmaklashish;
(5-bandning birinchi, ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi oʻz vaqtida va sifatli taʼminlanishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda toʻlaqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat nazoratini oʻrnatish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
davlat organlari va tashkilotlarining maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish.
(5-bandning beshinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:
tarbiyalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash masalalari boʻyicha tekshirish – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus boʻlinmalari tomonidan;
yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini oʻrganish, yongʻinlarning oldini olish hamda ularni oʻchirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini oʻrganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini oʻrganish, xodimning hayoti va sogʻligʻi ustuvorligini taʼminlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka koʻmaklashish va aholini ish bilan taʼminlash markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini oʻrganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor boʻlishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan;
yer, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini oʻrnatish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tekshirish muddatlari va tekshirishni tayinlash mezonlari
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
rejali tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish.
8. Maktabgacha taʼlim muassasalarida rejali tekshirishlarni oʻtkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan qoʻshma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha boʻlgan muddatda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari roʻyxati, ularning manzili, toʻliq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq koʻrsatgan holda tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi.
Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi boʻyicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy boʻlinmalari bilan tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga har yili 25-dekabrga qadar yetkazib beriladi.
Agar tekshirishlarning yillik reja-jadvali tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilangan muddatlarda asossiz ravishda tasdiqlashdan bosh tortilsa, tekshirishga vakolatli organlar hamda ularning hududiy boʻlinmalari yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasiga muvofiq tekshiruvni amalga oshirishga haqli.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish davriyligi uchun belgilangan muddatda bir martadan ortiq rejali tekshirish oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlar oʻtkazilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
12. Tekshirishlar reja-jadvali loyihasi:
Oldingi tahrirga qarang.
tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralarga — tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati tomonidan;
tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalariga — tekshirishga vakolatli organlarning hududiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etiladi.
Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
(12-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Quyidagi hollarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari yillik tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi:
maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tekshirish uchun belgilangan muddatlar inobatga olinmagan boʻlsa;
maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tekshirishlarning yillik reja-jadvalini shakllantirishning qoidalari buzilgan boʻlsa;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tugatilgan yoki tugatish jarayonida boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining reja-jadvalga kiritilishi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tasdiqlangan yillik tekshirishlar reja-jadvali tekshirishga vakolatli organlar, tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
15. Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkiloti tugatilayotganida;
tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tizimidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tekshirishni soʻrab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning oʻz muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor oʻrganish talab etilganda;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli omillarning paydo boʻlishi, sanitariya-epidemiologik vaziyat murakkablashishi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari uchun maxsus ish oʻrinlari zaxira qilinganligi, majburiy mehnatning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, baxtsiz hodisalarni tekshirish, nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini oʻrganish maqsadida;
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligiga va taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjudligi aniqlanganda yoki maktabgacha taʼlim tashkilotlarining erishgan yutuqlari oldin erishilgan yutuqlaridan past boʻlgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi maʼmuriy vazifalarni amalga oshirayotganida maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ommaviy axborot vositalari yoki Internet jahon axborot tarmogʻidagi manbalarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganda;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkiliy-boshqaruv, oʻquv-metodik, maʼnaviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot boʻlganda amalga oshiriladi.
(15-bandning yettinchi — oʻninchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirishlar muddati 10 kundan oshmasligi kerak.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Nazorat tartibidagi tekshirishlarni oʻtkazish tekshirishga vakolatli organlar tomonidan faqat ularning oʻzlari ilgari oʻtkazgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan holatlar boʻyicha va muddatlarda yoki tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, tekshirishga vakolatli organning buyrugʻi asosida tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalarini kamida 10 kalendar kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda 5 kalendar kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
18. Ilgari oʻtkazilgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, nazorat tartibida oʻtkaziladigan tekshirishlar ilgari tekshirish oʻtkazilgan sanadan boshlab olti oydan oshib ketishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan nazorat tartibida tekshirishlar oʻtkazishga toʻsqinlik qilinishi mumkin emas.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
5-bob. Tekshirishlarni oʻtkazish tartibi
19. Rejali tekshirishni oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
tekshirishlar reja-jadvalidan koʻchirma;
tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa.
20. Rejadan tashqari tekshirishni oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan rejali tekshirish oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xat yuboriladi.
Tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan rejali tekshirish oʻtkazish haqidagi rasmiy xat olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay oʻz tizimidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beriladi hamda tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnoma yuboriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
23. Tekshirishga vakolatli organlar buyruq asosida tekshirishlarni amalga oshirishni oʻzlarining hududiy boʻlinmalariga topshirishga haqli. Tekshirishga ularning boshqa hududiy boʻlinmalari xodimlari, mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan filiallari faoliyatini tekshirishlar ular tarkibiga kiradigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan tekshirishlar doirasida amalga oshiriladi, rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
24. Tekshirishni amalga oshirishdan oldin tekshirishga vakolatli organ tomonidan tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida tekshiriladigan maktabgacha taʼlim tashkiloti nomi, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr, tekshirish oʻtkazish muddati va tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat nomi, raqami va sanasi koʻrsatiladi hamda tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilinadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Tekshirish jarayonida tekshirishga vakolatli organning vakolatlari va tekshirish dasturi yoki savolnomasida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimlari tekshirish boshlanishidan oldin maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorini (direktor boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga oʻz xizmat guvohnomasi va tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarning (tekshirishlar reja-jadvalidan koʻchirma, tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va tekshirish dasturi yoki savolnomasi) nusxalarini topshiradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirish boshlangan payt hisoblanadi.
Tekshirilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Tekshirilayotgan maktabgacha taʼlim tashkiloti ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori (direktor boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomani maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori (direktor boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirish boshlangan payt hisoblanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimlari maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarini toʻldirishi shart.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Texnik imkoniyat mavjud boʻlganda majburiy tartibda Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarining elektron shakli toʻldiriladi. Bunda daftarning qogʻoz shaklini toʻldirish talab etilmaydi.
28. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarining toʻldirilgan shakli (qogʻoz shakli toʻldirilganda — elektron shakli toʻldirilmaganligi sababi) yoki daftar taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi toʻgʻrisida tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimlari Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarini toʻldirishdan bosh tortgan taqdirda, maktabgacha taʼlim tashkilotida tekshirish oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
30. Tekshirishga vakolatli organ tomonidan ilgari tekshirilgan masalalar boʻyicha qayta tekshirish hamda bir yilda bir martadan ortiq nazorat tartibidagi tekshirishlar oʻtkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Tekshirishni belgilangan muddatda oʻtkazish imkoni boʻlmagan hollarda, jumladan, tekshirishda ishtirok etishi lozim boʻlgan shaxs ishtirok eta olmagan, tekshirish oʻtkazish uchun talab qilingan hujjatlar maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilmagan yoki zarur mutaxassislar mavjud boʻlmagan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning buyrugʻi asosida tekshirish toʻxtatilib, belgilangan tartibda boshqa vaqtga koʻchirilishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
32. Muddati koʻchirilgan tekshirishni oʻtkazish tekshirish toʻxtatilgan oydan keyingi oyning soʻnggi kunidan kechiktirmasdan taʼminlanishi lozim.
33. Tekshirishlar natijalari kamida ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tuman (shahar) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida umumlashtirilishi mumkin.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
34. Bir kun muddatda oʻtkaziladigan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tekshirish oʻtkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq boʻlgan tekshirish boʻyicha esa tekshirish muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) nusxalari tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazayotgan masʼul xodimlari va maktabgacha taʼlim tashkiloti direktoriga (direktor boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari vakili tomonidan imzolanadi. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktoriga (direktor boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari vakiliga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Tekshirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻtkazilgan tekshirish natijasi boʻyicha oʻz eʼtirozlarini dalolatnomada (maʼlumotnomada) yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
Tekshirilayotgan maktabgacha taʼlim tashkiloti vakili tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimi bu haqda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Bunday holatda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) nusxasi bir ish kuni davomida maktabgacha taʼlim tashkilotiga yoki tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
(35-bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tekshirishga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olib boriladi.
36. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) quyidagilar oʻz aksini topadi:
tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va umumiy xulosa;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari va ularning muddati;
tekshirish jarayonida aniqlangan qonun va qoida buzilishi holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan taʼsir choralari.
37. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) nusxasi tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tegishliligi boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy boʻlinmalariga;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
hududiy hokimliklarga yoki kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tegishli sektorlarga kiritilishi mumkin.
Ular oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
Tekshirish jarayonida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, bu haqidagi maʼlumotlar tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) kiritilib, uning bir nusxasi dalolatnoma (maʼlumotnoma) imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay tekshirishga vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda tegishliligi boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Tekshirish oʻtkazish vaqtida maktabgacha taʼlim tashkilotlari advokat xizmatidan foydalanishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Tekshirishga vakolatli organlar asosli sabablarga koʻra tekshirish oʻtkazish imkoni boʻlmagan yoki zarurati qolmagan (tugatilganligi sababli moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan yakuniy tekshirish oʻtkazilgan, jinoyat ishi yuzasidan tekshirilgan, boshqa muassasaga qoʻshilgan, faoliyat yuritmayotgan, tekshirish davrida tekshiriladigan obyekt mavjud boʻlmagan va hokazo) maktabgacha taʼlim tashkilotilarini tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarish toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy boʻlinmalariga taklif kiritib boradilar.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Oʻtkazilgan tekshirish natijalaridan norozi boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori tashkilotlariga, sudga yoki prokuratura organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori tashkilotlariga murojaat etgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organlar tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari bilan qoʻshimcha ravishda kelishmasdan, faqat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining murojaatlarida koʻrsatilgan nizoli masalalar yuzasidan aniqlik kiritadilar.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
6-bob. Tekshirish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tekshirishga vakolatli organlar maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan tekshirishni samarali oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
(41-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tekshirish jarayoni bilan bogʻliq zarur hujjatlardan nusxa olish;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatlari doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy boʻlinmalariga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani kiritish;
(41-bandning toʻrtinchi-beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tekshirish jarayoniga tegishli mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish;
ushbu Nizomning 31-bandda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, tekshirishlarning muddatini koʻchirish toʻgʻrisida taklif kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirishga vakolatli organlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(41-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Tekshirishga vakolatli organlar maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim-tarbiya jarayonlariga xalaqit bermaslik;
(42-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarini belgilangan tartibda toʻldirish;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtirish, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni maktabgacha taʼlim tashkilotida qoldirish;
(42-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari haqida tegishliligi boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda yuqori turuvchi organlarga xabar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirishga vakolatli organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(42-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
faoliyati rejali tekshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotga ega boʻlish;
tekshirishga vakolatli organlarning masʼul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarni talab qilish;
tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslarning tekshirish oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
tekshirishga vakolatli organlar masʼul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallarni taqdim etmaslik;
tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning masʼul shaxslaridan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish;
tekshirishga asos boʻladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador boʻlmagan har qanday qoʻshimcha koʻrsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(43-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarga ega boʻlgan tekshirishga vakolatli organlarni maktabgacha taʼlim tashkiloti hududiga kiritish;
(44-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tekshirishga vakolatli organlarning qonuniy talabiga binoan tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
tekshirish jarayoniga xalaqit bermaslik, tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishni samarali oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish;
tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan qoidabuzarlik holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
(44-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
45. Tekshirishga vakolatli organlarning rahbarlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tekshirish oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarning ishonchliligi hamda tekshirishga vakolatli organlar masʼul shaxslarining oʻz vakolatlari doirasidan chiqmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishlar ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkazilganligi tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan doimiy ravishda monitoring olib boriladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tekshirishlar boʻyicha monitoring maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan rejali, rejadan tashqari va nazorat tartibida oʻtkazilgan tekshirishlarning alohida ravishda hisobini yuritish, tekshirishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida noqonuniy tekshirish oʻtkazgan yoki tekshirish jarayonida oʻz vakolati doirasidan chiqqan tekshirishga vakolatli organlarning xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(46-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Tekshirishga vakolatli organlar

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari roʻyxati, ularning manzili, toʻliq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq koʻrsatgan holda elektron shaklda tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga koʻrib chiqish
va kelishish uchun taqdim etiladi

Tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning
1-dekabrigacha boʻlgan muddatda


2-bosqich

Tekshirishga vakolatli organlarning hududiy boʻlinmalari

Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvalini tasdiqlaydi

(Yillik reja-jadval tekshirishga vakolatli organlarning maktabgacha taʼlim tashkilotini tekshirishlari bir vaqtga toʻgʻri kelib qolmasligi hisobga olingan holda tasdiqlanadi)

Har yili

15-dekabrga qadar

Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalarini tegishliligi boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazib beradi

Har yili 25-dekabrga qadar


3-bosqich

Tekshirishga vakolatli organlar

Tegishliligi boʻyicha tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, tekshiruv dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xatni yuboradi

Tekshirish oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin


4-bosqich

Tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirliklar
va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari

Oʻz tizimidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beradi hamda tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, tekshiruv dasturi yoki savolnomani yuboradi

Rasmiy xat olingan kundan boshlab
1 kun mobaynida


5-bosqich

Maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda tekshiruvchi organ vakillari

Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) imzolaydi

Tekshirish yakunlangan kuni

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎TEKSHIRISHLARNI ROʻYXATGA OLISH
‎DAFTARI

____________________________________________________________________________________________‎‎

(maktabgacha taʼlim tashkilotining toʻliq nomi)‎‎

‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(maktabgacha taʼlim tashkiloti joylashgan joy (pochta manzili)

____________________________________________________________________________________________‎‎

(soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)‎‎

T/r‎

Tekshirishga vakolatli organning nomi yoki u tomonidan tekshirishga jalb etilgan auditorlik yoxud boshqa tashkilotning nomi ‎

Tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va guvohnoma raqami‎

Tizimida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy boʻlinmalarining tekshirishda qatnashgan xodimlari haqida maʼlumot‎

Tekshirish oʻtkazish uchun asos‎

Tekshirish turi va maqsadi‎

Tekshirish oʻtkazish uchun belgilangan muddatlar‎

Tekshirishni boshlash, tugatish sanasi va vaqti‎

Tekshirishning haqiqatda davom etgan vaqti ‎

Tekshirish jarayonida koʻrilgan choralar‎

Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining fikri‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qaroriga
2-ILOVA
Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat umumtaʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim muassasasi deb ataladi) faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari:
a) quyidagi davlat organlari va tashkilotlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari;
(2-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
tizimida umumtaʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari (oʻz boʻysunuvidagi umumtaʼlim muassasalarini tekshirishlar boʻyicha) faoliyati doirasida;
b) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
g) tergovga qadar tekshiruvlar hamda qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari va maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida;
d) umumiy oʻrta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida oʻtkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishga vakolatli organlar — umumtaʼlim muassasalari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirish — umumtaʼlim muassasalari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini tekshirishga vakolatli organlarning bir marta nazorat qilishi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rejali tekshirish — tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan oʻtkaziladigan tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish — tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalida belgilanmagan holda oʻtkaziladigan tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish — umumtaʼlim muassasalarining ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qonun buzilishlarini bartaraf etishi ustidan tekshirishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiradigan tekshirish.
2-bob. Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalari
4. Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishning maqsadi umumiy oʻrta taʼlim boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda umumtaʼlim muassasalarining roli va masʼuliyatini kuchaytirish, oʻquvchilarga davlat taʼlim standartlariga muvofiq sifatli taʼlim berilishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, umumtaʼlim muassasalaridagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qoʻyish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan taʼlim sifatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
5. Quyidagilar umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
umumtaʼlim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayonining sifatini, oʻqituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi oʻz vaqtida va sifatli ravishda taʼminlanishini tashkil etish;
umumtaʼlim muassasalari faoliyatida kam samarali tekshirishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda toʻlaqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish;
umumtaʼlim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash, oʻquv-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
umumtaʼlim muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
davlat organlari va tashkilotlarining umumtaʼlim muassasalari faoliyati bilan bogʻliq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish.
3-bob. Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari
Oldingi tahrirga qarang.
6. Umumtaʼlim muassasalarida:
umumtaʼlim muassasasi oʻquvchilari oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini oʻrganish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus boʻlinmalari tomonidan;
yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini oʻrganish, yongʻinlarning oldini olish hamda ularni oʻchirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini oʻrganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, oʻquvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini oʻrganish, xodimning hayoti va sogʻligʻi ustuvorligini taʼminlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka koʻmaklashish va aholini ish bilan taʼminlash markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini oʻrganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor boʻlishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
yer, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini oʻrnatish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, oʻquvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Umumtaʼlim muassasasi faoliyatini tekshirish muddatlari va uni tayinlash mezonlari
7. Umumtaʼlim muassasalarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
rejali tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish.
8. Umumtaʼlim muassasalarida rejali tekshirishlarni oʻtkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan qoʻshma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha boʻlgan muddatda umumtaʼlim muassasalarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi umumtaʼlim muassasalari roʻyxati, ularning manzili, toʻliq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq koʻrsatgan holda tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi.
Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi boʻyicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy boʻlinmalari bilan tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga har yili 25-dekabrga qadar yetkazib beriladi.
Agar tekshirishlarning yillik reja-jadvali tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilangan muddatlarda asossiz ravishda tasdiqlashdan bosh tortilsa, tekshirishga vakolatli organlar hamda ularning hududiy boʻlinmalari yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasiga muvofiq tekshiruvni amalga oshirishga haqli.
10. Umumtaʼlim muassasalarining faoliyatini tekshirishlar davriyligi umumtaʼlim muassasalari faoliyati samaradorligi boʻyicha tuman (shahar) miqyosida tuzilgan reytingda (keyingi oʻrinlarda reyting deb ataladi) egallab turgan oʻrniga mutanosib ravishda belgilanadi.
11. Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish davriyligi uchun belgilangan muddatda bir martadan ortiq rejali tekshirish oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan umumtaʼlim muassasalarida dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlar oʻtkazilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
13. Tekshirishlar reja-jadvali loyihasi:
tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarga –tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati tomonidan;
tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalariga — tekshirishga vakolatli organlarning hududiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etiladi.
Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
14. Quyidagi hollarda umumtaʼlim muassasalari yillik tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi:
umumtaʼlim muassasasi faoliyatini tekshirish uchun belgilangan muddatlar inobatga olinmagan boʻlsa;
umumtaʼlim muassasasining reytingda egallab turgan oʻrni inobatga olinmagan boʻlsa;
umumtaʼlim muassasalari tugatilgan yoki tugatish jarayonida boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
umumtaʼlim muassasalarining reja-jadvalga kiritilishi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Tasdiqlangan yillik tekshirishlar reja-jadvali tekshirishga vakolatli organlar, tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ular hududiy boʻlinmalarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
16. Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan:
umumtaʼlim muassasasi tugatilayotganida;
tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tizimidagi umumtaʼlim muassasasi faoliyatini tekshirishni soʻrab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
umumtaʼlim muassasasi faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning oʻz muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor oʻrganish talab etilganda;
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagoglar va oʻquvchilar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli omillarning paydo boʻlishi, sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari uchun maxsus ish oʻrinlari zaxira qilinganligi, majburiy mehnatning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, baxtsiz hodisalarni tekshirish, nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini oʻrganish maqsadida;
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
umumtaʼlim muassasalari faoliyati samaradorligiga va taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjudligi aniqlanganda yoki umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining erishgan yutuqlari oldin erishilgan yutuqlaridan yoki tuman (shahar) miqyosidagi reytingning oʻrtacha koʻrsatkichlaridan past boʻlgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi maʼmuriy vazifalarni amalga oshirayotganida umumtaʼlim muassasasi tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ommaviy axborot vositalari yoki Internet jahon axborot tarmogʻidagi manbalarda umumtaʼlim muassasalari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganda;
umumtaʼlim muassasalarida tashkiliy-boshqaruv, oʻquv-metodik, maʼnaviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot boʻlganda amalga oshiriladi.
17. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirishlar muddati 10 kundan oshmasligi kerak.
18. Nazorat tartibida tekshirishlarni oʻtkazish tekshirishga vakolatli organlar tomonidan faqat ularning oʻzlari ilgari oʻtkazgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan holatlar boʻyicha va muddatlarda yoki tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, tekshirishga vakolatli organning buyrugʻi asosida tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalarini kamida 5 kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda 10 kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
19. Ilgari oʻtkazilgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, nazorat tartibida oʻtkaziladigan tekshirishlar ilgari tekshirish oʻtkazilgan sanadan boshlab olti oydan oshib ketishi mumkin emas.
Umumtaʼlim muassasasi tomonidan nazorat tartibida tekshirishlar oʻtkazishga toʻsqinlik qilinishi mumkin emas.
5-bob. Tekshirishlarni oʻtkazish tartibi
20. Rejali tekshirishni oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
tekshirishlar reja-jadvalidan koʻchirma;
tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa.
Rejadan tashqari tekshirishni oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa.
21. Umumtaʼlim muassasasi faoliyatini rejali tekshirish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan rejali tekshirish oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xat yuboriladi.
Tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan rejali tekshirish oʻtkazish haqidagi rasmiy xat olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay oʻz tizimidagi umumtaʼlim muassasalariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beriladi hamda tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnoma yuboriladi.
23. Tekshirishga vakolatli organlar tekshirishlarni amalga oshirishni oʻzlarining hududiy boʻlinmalariga topshirishga haqli. Tekshirishga ularning boshqa hududiy boʻlinmalari xodimlari, mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
24. Umumtaʼlim muassasalarining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan filiallari faoliyatini tekshirishlar ular tarkibiga kiradigan umumtaʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan tekshirishlar doirasida amalga oshiriladi, rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno.
25. Tekshirishni amalga oshirishdan oldin tekshirishga vakolatli organ tomonidan tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi.
Tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida tekshiriladigan umumtaʼlim muassasasi nomi, tekshirishning maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr, tekshirish oʻtkazish muddati va tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatning nomi, raqami va sanasi koʻrsatiladi hamda tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilinadi.
Tekshirish jarayonida tekshirishga vakolatli organning vakolatlari va tekshirish dasturi yoki savolnomasida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmaydi.
26. Tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimlari tekshirish boshlanishidan oldin umumtaʼlim muassasasi rahbarini (rahbar boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga oʻz xizmat guvohnomasi va tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarning (tekshirishlar reja-jadvalidan koʻchirma, tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va tekshirish dasturi yoki savolnomasi) nusxalarini topshiradi.
27. Tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan umumtaʼlim muassasasiga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Tekshirilayotgan umumtaʼlim muassasasining ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Tekshirilayotgan umumtaʼlim muassasasi ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan umumtaʼlim muassasasi rahbari (rahbar boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolaydigan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomani umumtaʼlim muassasasi rahbari (rahbar boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
28. Tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimlari umumtaʼlim muassasasi tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarini toʻldirishi shart.
Texnik imkoniyat mavjud boʻlganda majburiy tartibda Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarining elektron shakli toʻldiriladi. Bunda daftarning qogʻoz shaklini toʻldirish talab etilmaydi.
29. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarining toʻldirilgan shakli (qogʻoz shakli toʻldirilganda — elektron shakli toʻldirilmaganligi sababi) yoki daftar taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi toʻgʻrisida tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
30. Tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimlari Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarini toʻldirishdan bosh tortgan taqdirda, umumtaʼlim muassasasida tekshirish oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Tekshirishga vakolatli organ tomonidan ilgari tekshirilgan masalalar boʻyicha qayta tekshirish hamda bir yilda bir martadan ortiq nazorat tartibidagi tekshirishlar oʻtkazilmaydi.
32. Tekshirishni belgilangan muddatda oʻtkazish imkoni boʻlmagan hollarda, jumladan, tekshirishda ishtirok etishi lozim boʻlgan shaxs ishtirok eta olmagan, tekshirish oʻtkazish uchun talab qilingan hujjatlar umumtaʼlim muassasasi tomonidan taqdim etilmagan yoki zarur mutaxassislar mavjud boʻlmagan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning buyrugʻi asosida tekshirish toʻxtatilib, belgilangan tartibda boshqa vaqtga koʻchirilishi mumkin.
33. Muddati koʻchirilgan tekshirishni oʻtkazish tekshirish toʻxtatilgan oydan keyingi oyning soʻnggi kunidan kechiktirmasdan taʼminlanishi lozim.
34. Tekshirishlar natijalari kamida ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi.
Umumtaʼlim muassasalarini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tuman (shahar) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida umumlashtirilishi mumkin.
35. Bir kun muddatda oʻtkaziladigan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tekshirish oʻtkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq boʻlgan tekshirish boʻyicha esa tekshirish muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart.
36. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) nusxalari tekshirishga vakolatli organning tekshirish oʻtkazayotgan masʼul xodimlari va umumtaʼlim muassasasi rahbari (rahbar boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari vakili tomonidan imzolanadi. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasi umumtaʼlim muassasasi rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari vakiliga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Tekshirilgan umumtaʼlim muassasasi vakili oʻtkazilgan tekshirish natijasi boʻyicha oʻz eʼtirozlarini dalolatnomada (maʼlumotnomada) yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
Tekshirilayotgan umumtaʼlim muassasasi vakili tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, tekshirishga vakolatli organning masʼul xodimi bu haqda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli yozuvni kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Bunday holatda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) nusxasi bir ish kuni davomida umumtaʼlim muassasasiga yoki tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tekshirishga vakolatli organning ichki idoraviy hujjati bilan belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
37. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) quyidagilar oʻz aksini topadi:
tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va umumiy xulosa;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari va ularning muddati;
tekshirish jarayonida aniqlangan qonun va qoida buzilishi holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan taʼsir choralari.
38. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) nusxasi tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tegishliligi boʻyicha:
tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy boʻlinmalariga;
hududiy hokimliklarga yoki kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tegishli sektorlarga kiritilishi mumkin.
Ular oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
Tekshirish jarayonida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, bu haqidagi maʼlumotlar tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) kiritilib, uning bir nusxasi dalolatnoma (maʼlumotnoma) imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay tekshirishga vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda tegishliligi boʻyicha hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
39. Tekshirish oʻtkazish vaqtida umumtaʼlim muassasalari advokat xizmatidan foydalanishi mumkin.
40. Tekshirishga vakolatli organlar asosli sabablarga koʻra tekshirish oʻtkazish imkoni boʻlmagan yoki zarurati qolmagan (tugatilganligi sababli moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan yakuniy tekshirish oʻtkazilgan, jinoyat ishi yuzasidan tekshirilgan, boshqa muassasaga qoʻshilgan, faoliyat yuritmayotgan, tekshirish davrida tekshiriladigan obyekt mavjud boʻlmagan va hokazo) umumtaʼlim muassasalarini tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarish toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga taklif kiritadilar.
41. Oʻtkazilgan tekshirish natijalaridan norozi boʻlgan umumtaʼlim muassasalari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori turuvchi tashkilotiga, sudga yoki prokuratura organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Umumtaʼlim muassasalari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori turuvchi tashkilotlariga murojaat etgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organlar tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari bilan qoʻshimcha ravishda kelishmasdan, faqat umumtaʼlim muassasalarining murojaatlarida koʻrsatilgan nizoli masalalar yuzasidan aniqlik kiritadilar.
6-bob. Tekshirish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
42. Tekshirishga vakolatli organlar umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
umumtaʼlim muassasalaridan tekshirishni samarali oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
tekshirish jarayoni bilan bogʻliq zarur hujjatlardan nusxa olish;
vakolatlari doirasida umumtaʼlim muassasalarida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy boʻlinmalariga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani kiritish;
tekshirish jarayoniga tegishli mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish;
ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, tekshirishlarning muddatini koʻchirish toʻgʻrisida taklif kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirishga vakolatli organlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(42-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
43. Tekshirishga vakolatli organlar umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
umumtaʼlim muassasalariga tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etish;
umumtaʼlim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayonlariga xalaqit bermaslik;
Tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarini belgilangan tartibda toʻldirish;
tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtirish, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni umumtaʼlim muassasasida qoldirish;
tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda yuqori turuvchi organlarga xabar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirishga vakolatli organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(43-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
44. Umumtaʼlim muassasalari tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati rejali tekshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotga ega boʻlish;
tekshirishga vakolatli organlarning masʼul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarni talab qilish;
tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslarning tekshirish oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
tekshirishga vakolatli organlar masʼul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallarni taqdim etmaslik;
tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning masʼul shaxslaridan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish;
tekshirishga asos boʻladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador boʻlmagan har qanday qoʻshimcha koʻrsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumtaʼlim muassasalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(44-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
45. Umumtaʼlim muassasalari tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarga ega boʻlgan tekshirishga vakolatli organlarni umumtaʼlim muassasasi hududiga kiritish;
tekshirishga vakolatli organlarning qonuniy talabiga binoan tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
tekshirish jarayoniga xalaqit bermaslik, tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishni samarali oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish;
tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan qoidabuzarlik holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumtaʼlim muassasalariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
(45-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Tekshirishga vakolatli organlarning rahbarlari umumtaʼlim muassasalarida tekshirish oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarning ishonchliligi hamda tekshirishga vakolatli organlar masʼul shaxslarining oʻz vakolatlari doirasidan chiqmasligi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishlar ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkazilganligi tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan doimiy ravishda monitoring olib boriladi.
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tekshirishlar boʻyicha monitoring umumtaʼlim muassasalarida oʻtkazilgan rejali, rejadan tashqari va nazorat tartibida oʻtkazilgan tekshirishlarning alohida ravishda hisobini yuritish, tekshirishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash orqali amalga oshiriladi. b
Oldingi tahrirga qarang.
Umumtaʼlim muassasalarida noqonuniy tekshirish oʻtkazgan yoki tekshirish jarayonida oʻz vakolati doirasidan chiqqan tekshirishga vakolatli organlarning xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Umumtaʼlim muassasasi faoliyatini rejali tekshirish tartibi
SXEMASI

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Tekshirishga vakolatli organlar

Umumtaʼlim muassasalarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi umumtaʼlim muassasalari roʻyxati, ularning manzili, toʻliq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq koʻrsatgan holda elektron shaklda tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi

Tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning
1-dekabrigacha boʻlgan muddatda


2-bosqich

Tekshirishga vakolatli organlarning hududiy boʻlinmalari

Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvalini tasdiqlaydi

(Yillik reja-jadval tekshirishga vakolatli organlarning umumtaʼlim muassasasini tekshirishlari bir vaqtga toʻgʻri kelib qolmasligi hisobga olingan holda tasdiqlanadi)

Har yili

15-dekabrga qadar

Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalarini tegishliligi boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga yetkazib beradi

Har yili 25-dekabrga qadar


3-bosqich

Tekshirishga vakolatli organlar

Tegishliligi boʻyicha tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalariga tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, tekshiruv dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xatni yuboradi

Tekshirish oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin


4-bosqich

Tizimida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari

Oʻz tizimidagi umumtaʼlim muassasalariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beradi hamda tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, tekshiruv dasturi yoki savolnomani yuboradi

Rasmiy xat olingan kundan boshlab
1 kun mobaynida


5-bosqich

Umumtaʼlim muassasasi hamda tekshiruvchi organ vakillari

Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) imzolaydi

Tekshirish yakunlangan kuni

Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

‎‎TEKSHIRISHLARNI ROʻYXATGA OLISH
‎DAFTARI

____________________________________________________________________________________________‎‎

(Umumtaʼlim muassasasining toʻliq nomi)‎‎

‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎Umumtaʼlim muassasasi joylashgan joy (pochta manzili)

‎‎‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)

T/r‎

Tekshirishga vakolatli organning nomi yoki u tomonidan tekshirishga jalb etilgan auditorlik yoxud boshqa tashkilotning nomi Tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va guvohnomasi raqami Tekshirish oʻtkazish uchun asos Tekshirish turi va maqsadi Tekshirish oʻtkazish uchun belgilangan muddatlar Tekshirishni boshlash, tugatish sanasi va vaqti Tekshirishning aniq davom etgan vaqti Tekshirish jarayonida koʻrilgan choralar Umumtaʼlim muassasasi rahbarining fikri

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qaroriga
3-ILOVA
Maktabgacha hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Davlat organlari nomi

Tekshirish muddati

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus boʻlinmalari

Reja-jadval

asosida

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning tegishli hududiy boʻlinmalari

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy boʻlinmalari

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning tegishli hududiy boʻlinmalari

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2019-y., 09/19/352/3017-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)