toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Maktabgacha taʼlim tizimini yaxlit uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik deb ataladi) negizida quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
b) Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha taʼlim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari boʻyicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda — Injiniring kompaniyasi) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Injiniring kompaniyasiga maktabgacha taʼlim tizimi obyektlarini qurish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini yuklash hamda kompaniya xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son)
b) 2019-yil 1-yanvardan:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim bilan bogʻliq yoʻnalish boʻyicha faoliyatga litsenziya berish uchun majburiy litsenziyaviy talab maktabgacha taʼlim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritishdir;
(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziyasini toʻxtatish yoki bekor qilish uchun Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli axborotning yoʻqligi asos boʻladi.
(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
4. 2018-2019-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-avgustdagi 746-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgar ekanligi koʻrsatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) begʻarazlik asosida bosqichma-bosqich 10 million AQSH dollari ekvivalentida, shu jumladan, 2018-yilda Markazni joylashtirish, jihozlash va saqlash bilan bogʻliq tashkiliy-amaliy tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2 million AQSH dollari ekvivalentida mablagʻ ajratsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik bilan birgalikda belgilangan tartibda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan keng polosali internet tarmogʻidan foydalanishini taʼminlasin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy sheriklar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarini joriy etish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan, maktabgacha taʼlim sohasida korxonalar tashkil qilish uchun olib kiriladigan tovarlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Markaz, Injiniring kompaniyasi va Institut tomonidan olib kiriladigan maxsus texnika, uskunalar, shu jumladan, asboblar, ehtiyot va butlovchi qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy mahsulotlar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha 2022-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, yuqorida koʻrsatilgan tovarlardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti foydasiga undiriladi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 218-moddasi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi:
2019-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga normativ moliyalashtirishning sinov rejimida joriy etilishini;
2019-yil 15-iyulgacha boʻlgan muddatda sinov tariqasidagi jon boshiga normativ moliyalashtirish natijalarining batafsil tahlil qilinishini;
2019-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilgan tahlil natijalarini hisobga olgan holda maktabgacha taʼlim tizimida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Vazirlik hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda qishloq joylarda bir nechta koʻp qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi majmualarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqsin hamda koʻp qavatli turarjoy uylarining birinchi qavatlarida yoki alohida bino koʻrinishida maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlishini nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki:
qishloq joylarda bir nechta koʻp qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi qurilayotgan majmualardagi maktabgacha taʼlim tashkilotining eng kam quvvati 50 oʻrindan kam boʻlmasligi kerak;
qurilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolari yoki xonalari davlat yoki nodavlat taʼlim muassasalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida, turarjoy mulkdorlarining qaroriga muvofiq tashkil qilish uchun foydalanilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari va koʻchmas mulkni olib qoʻyish faqat Vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etish yoki tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari va koʻchmas mulkni olib qoʻyish haqida Vazirlik bilan kelishmagan holda qaror qabul qilgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Vazirlik Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda 2019-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda 2025-yilgacha maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash dasturi loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
11. “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha:
bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanganda;
maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan bolalar uchun jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamini berish boʻyicha xizmatni joriy etsin.
12. Vazirlik:
a) oʻn kunlik muddatda Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining Vasiylik kengashlarini tugatsin hamda Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining Kuzatuv kengashlarini tuzsin;
b) bir oylik muddatda:
davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin belgilangan dasturdan tashqari faoliyat ixtisosligi boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish (bolalarni parvarishlash, qarab turish, oʻqitish boʻyicha va boshqalar) tartibini tasdiqlasin;
Maktabgacha taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqida nizomni tasdiqlasin va unda, shu jumladan, Kuzatuv kengashiga Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha taʼlim muassasasi rahbarini saylash huquqi berilishi nazarda tutilsin.
13. Belgilansinki:
a) Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari, tovarlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha umumiy xarajatlar (homiylik, begʻaraz yordam summalaridan tashqari) qoplangandan keyin moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlar uchun foydalaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hisobvaragʻiga qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha umumiy xarajatlar qoplangandan keyin:
80 foizi — maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti moddiy-texnika bazasini yaxshilashga (taʼmirlash, inventar va uskunalar, oʻquv-uslubiy materiallar sotib olish va boshqalar);
(13-band “b” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
10 foizi — Jamgʻarmaga;
5 foizi — tegishli tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
5 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirishni birgalikda moliyalashtirish, davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini jihozlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlanadigan 2018-2019-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari dasturini birgalikda moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar va xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlarini (kreditlar, qarzlar, grantlar) davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilishni taʼminlasin.
15. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydigan Hukumat qarorini, bunday vakolatlar berilgan organlarning qatʼiy roʻyxatini, tekshiruvlarni tayinlash va oʻtkazishning huquqiy asoslarini koʻrsatgan holda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini noqonuniy tekshirishlarga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan nazoratni kuchaytirsin hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlik choralarini qoʻllasin.
Nazorat qiluvchi organlar joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish chogʻida aniqlangan qoidabuzarliklarning bartaraf etilishi va keyinchalik yoʻl qoʻyilmasligiga har tomonlama yordam koʻrsatsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2412-moddasi, Jinoyat kodeksining 1922-moddasi.
17. Moliya vazirligi mazkur qarorning amalga oshirilishi uchun zarur mablagʻlarni 2018-yilda “Taʼlim” tarmogʻi boʻyicha Davlat budjeti parametrlari chegarasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida har yili nazarda tutsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Markaz, Institut va Injiniring kompaniyasining faoliyatini tashkil qilish boʻyicha, shu jumladan, ularni moliyalashtirish manbalarini nazarda tutgan holda;
Jamgʻarmaning faoliyatini tashkil qilish boʻyicha qaror qabul qilsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirini Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlovchi etib belgilashni nazarda tutsin.
19. Markaz, Institut va Injiniring kompaniyasini Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oqdaryo koʻchasi, 122-uyda joylashgan Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji binolarida joylashtirsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
22. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvoxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-sentabr,
PQ-3955-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga
3-ILOVA
2018-2019-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir
qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

Hujjat turi, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlimi va tarbiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil
31-oktabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Adliya vazirligi

Qonun loyihasi.

Loyiha Maktabgacha taʼlim vazirligining maktabgacha taʼlim sohasidagi huquq va majburiyatlarini oʻrnatish, oilaning oʻrnini, maktabgacha taʼlim muassasasi va nodavlat maktabgacha taʼlim (tijorat, notijorat) muassasasining mavqeyini belgilash, pedagogik faoliyat uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi.

2.

Qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek yangi tahrirdagi quyidagi nizomlarni ishlab chiqish:

davlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;

nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;

davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom.

2018-yil

30-noyabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 528-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritish:

maktabgacha taʼlim muassasalarida ota-onalar badal toʻlovlarining elektron tizimini joriy etish;

ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga bepul qabul uchun nozologiyalarni qayta koʻrib chiqish;

tibbiy-pedagogik komissiyadan oʻtish tartibini qayta koʻrib chiqish;

bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibini qayta koʻrib chiqish;

ixtisoslashtirilgan muassasalarga boʻlgan ehtiyojni va ularning samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida ularning turlari roʻyxatini qisqartirish;

ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish yoshini qayta koʻrib chiqish.

3.

Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, ularni nashr qilishni takomillashtirish boʻyicha mexanizmlarni joriy etish.

2018-yil

31-dekabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Oshkoralik, sifat, samaradorlik va tezkorlik prinsiplari, shuningdek, ekspertizadan oʻtkazish va maxsus adabiyotlarni chop etish asosida maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar mualliflari hamda nashriyotlarini tanlab olish tartibini ishlab chiqish.

4.

2030-yilgacha Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil

31-dekabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha taʼlimni rivojlantirishning quyidagi asosiy tadbirlarini belgilaydi:

davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari kesimida shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik asosida, shuningdek viloyatlar kesimida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllarini qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichlari;

viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida yangi maktabgacha taʼlim muassasalari sonini hisoblab chiqish;

6 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabga chiqishidan oldin maktabgacha taʼlimga jalb qilish orqali bolalarni maktabdan oldin tayyorlash uchun teng imkoniyatlar yaratish.

II. Maktabgacha taʼlimni qamrab olish va undan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlari

5.

Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini ishlab chiqish.

2019-yil

1-martgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Moliya vazirligi

Tashkiliy chora-tadbirlar.

YUNISEF va Jahon banki bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim olish imkoniyatini taʼminlash maqsadida, shu jumladan respublikaning maktabgacha taʼlim standarti shakllarini kengaytirish murakkab boʻlgan olis tumanlari va joylarida maktabgacha taʼlimning yangi muqobil shakllarini tatbiq etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

6.

2018-yil noyabrdan boshlab respublikaning ayrim hududlarida majburiy bir yillik maktabgacha taʼlimni sinov tarzida joriy etish.


2018-yil

10-oktabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublikaning bir qator hududlarida majburiy bir yillik maktabgacha taʼlimni sinov tarzida joriy etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, kollejlar, mahalla qoʻmitalari va boshqa binolarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun alohida xonalar ajratilishini taʼminlash;

guruhlarga ajratilgan xonalarni mebellar, jihozlar va oʻquv materiallari bilan jihozlash uchun moliyalashtirishni tashkil etish;

tayyorlov guruhlarini malakali pedagoglar bilan toʻldirish.

7.

Maktabga chiqishdan oldin bir yil davomida 5-6 yoshdagi bolalarni majburiy maktabgacha taʼlim bilan toʻliq qamrab olishni tashkil etish yoʻli bilan barcha bolalarni maktabdan oldingi tayyorgarligi uchun teng imkoniyatlar bilan taʼminlash.

2019-yil

30-sentabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha 2021-yilgacha majburiy bir yillik bepul maktabgacha taʼlimga bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutadi.

8.

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish va samarali tashkil etish zarurligini hisobga olgan holda qurilayotgan turarjoy majmualarini zarur ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlash.


2018-yil

1-noyabrgacha

Qurilish vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar boʻyicha

davlat qoʻmitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Qishloq joylarda bir qancha koʻp qavatli uy-joylar yoki uylardan iborat yangi komplekslarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqish, bunda maktabgacha taʼlim muassasasi albatta koʻp qavatli uylarning birinchi qavatlarida yoki alohida binoda boʻlishini nazarda tutish.

Uy-joy komplekslarini qurishda majburiy tarzda tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim muassasalari quvvatini qishloq joylardagi har bir 200 ta xonadon yoki uy uchun 50 ta oʻringa moʻljallagan holda belgilash tartib-taomilini ishlab chiqish.

Investor zimmasiga ijtimoiy majburiyatlarni, shu jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish va mazkur maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati uchun infratuzilma yaratish (suv taʼminoti, podyezd yoʻllari va boshqalar)ni yuklagan holda respublika hududida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish imkoniyatlarini oʻrganish.

9.

Barcha boʻsh turgan va faoliyat yuritmayotgan sobiq maktabgacha taʼlim muassasalari, shuningdek, davlat organlari va idoralari tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan binolarni, ularni rekonstruksiya qilish va faoliyatini davlat-xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha taʼlim muassasalari sifatida tashkil etish maqsadida, kompleks ravishda oʻrganib chiqish.

2018-yil

30-noyabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Har bir obyektni oʻrganish, bino ehtiyoji va holatini aniqlash hamda uni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hajmini belgilash uchun ishchi guruhlar tashkil etish.

Binolarni, ularda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etgan holda yoki maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchilik loyihalari uchun xususiy hamkorlarni tanlov asosida saralab olish uchun koʻrsatiladigan obyektlar roʻyxatiga kiritish orqali, maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalari balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish.

10.

Muayyan bir hududdagi olis tumanlarda yashayotgan bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga transportda tashishni sinov tarzida joriy etish.

2019-yil davomida

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

Tashkiliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Sinov natijasi yakunlari boʻyicha 2020-yil 1-yanvargacha mazkur amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida kelgusida joriy etish maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish va transport vositalarini xarid qilish, ulardan foydalanish, bolalarni tashish hamda ularning xavfsizligi taʼminlanishini tashkil etish tartibini belgilab olish.

III. Maktabgacha taʼlim muassasalari holatini va moddiy-texnika bazasini yaxshilash chora-tadbirlari

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2025-yilgacha Maktabgacha taʼlim muassasalarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash Dasturini kiritish.

2019-yil

1-martgacha

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha

davlat qoʻmitasi,

“Oʻzbekenergo”AJ, “Oʻztransgaz” AJ,

“NEK”AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

2025-yilgacha barcha maktabgacha taʼlim muassasalarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bosqichma-bosqich taʼminlash;

energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish;

moliyalashtirish manbalari (respublika va mahalliy budjetlar, qarzlar, kreditlar, grantlar va ijrochilar mablagʻlari).

12.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida “Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti” DUK va “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” faoliyatini tashkil etish:

nizomlar (ustavlar) tuzilmasi, shtat jadvalini tasdiqlash;

zarur uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi va anjomlar, Internet tarmogʻiga ulanishni taʼminlash;

malakali kadrlar bilan taʼminlash.

2018-yil

31-oktabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi tuzilgan tashkilotlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishni taʼminlash.

IV. Maktabgacha taʼlim sohasida boshqaruv va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, ularning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish.

2018-yil

31-oktabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, uning tuzilmasi va Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash.

14.

Maktabgacha taʼlim sohasidagi moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-yanvargacha

2019-yil

15-iyulgacha

2019-yil

1-avgustgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

Tashkiliy tadbirlar majmui.

Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga normativ moliyalashtirishni sinov tartibida joriy etish.

Jon boshiga normativ moliyalashtirishni sinov tartibida joriy etish natijalarini batafsil tahlil qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur tartibning maktabgacha taʼlim tizimida yanada tatbiq etilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritish.

15.

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun ularni qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatishga ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish.

2018-yil

31-oktabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan quyidagilar boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish:

dam olish kunlari va maktabgacha taʼlim muassasasida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish, uni oʻqitish;

belgilangan dasturdan tashqari sport-sogʻlomlashtirish (karate, taekvondo, suzish, shaxmat, shashka, gimnastika, massaj
va boshqalar) toʻgaraklari, badiiy-estetik (xor, raqs, tasviriy sanʼat va hokazolar) toʻgaraklar, fanlar boʻyicha toʻgaraklar (chet tillari, matematika, aqliy arifmetika, mantiq, informatika va boshqalar) tashkil etib qoʻshimcha xizmat koʻrsatish;

maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan narxlar preyskurantini, dasturlarni, pullik xizmatlar koʻrsatish uchun ota-onalar bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishish.

16.

Tekshiruvchi va nazorat qiluvchi tashkilotlarning toʻliq roʻyxatini yaratish va maktabgacha taʼlim muassasalarini tekshirish muddatini, tartibini va sohasini aniqlash.


2018-yil

30-noyabrgacha

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor idoralar va vazirliklar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Tartib belgilash, unga koʻra:

rejali tekshiruvlar 3 yilda koʻpi bilan 1-marta oʻtkaziladi;

maktabgacha taʼlim muassasalarini rejadan tashqari tekshirish faqat Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.

17.

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy etish orqali shaffoflikni taʼminlash.

2018-yil

31-oktabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi

Idora hujjati.

Maktabgacha taʼlim muassasalarining vasiylik kengashlarini tugatish toʻgʻrisidagi hujjatni ishlab chiqish.

Maktabgacha taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish:

a) kuzatuv kengashi quyidagilardan tarkib topadi:

har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari;

pedagoglar;

tarbiyachilar yordamchilari;

maktabgacha taʼlim muassasasi maʼmuriyati;

Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmasi va hokazolar;

b) kuzatuv kengashi quyidagi vakolatlarga ega:

hududiy maktabgacha taʼlim boʻlinmalari tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar orasidan maktabgacha taʼlim muassasasining rahbarini tasdiqlash;

maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalarini, ularga erishish rejalarini tasdiqlash;

belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.

V. Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsiyalarni joriy etish chora-tadbirlari

20.

Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini (EMIS) takomillashtirish, vazirlik va idoralarning boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalash.

2018-2019-yillar davomida

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Yagona integrator

Tashkiliy tadbirlar.

Birinchi darajada Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini (EMIS) “Elektron hukumat”, Davlat xizmatlari agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, OʻzASBO, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi axborot tizimlari bilan birlashtirish, ikkinchi darajada barcha idoralar va tashkilotlar axborot tizimlari bilan birlashtirish.

21.

Maktabgacha taʼlim muassasalarining Internet tarmogʻiga keng polosali ulanishini taʼminlash.

2018 — 2020-yillar davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

Tashkiliy tadbirlar.

Maktabgacha taʼlim muassasalarining Internet tarmogʻiga keng polosali ulanishini taʼminlash:

respublika va viloyat darajasida — 2018-yilning oxirigacha;

tuman darajasida — 2019-yilning 1-iyuligacha;

barcha maktabgacha taʼlim muassasalarini — 2020-yil 1-iyulgacha.

22.

Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida joylashtirish.

2018-yil

31oktabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi

Tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.

23.

Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida axborot xavfsizligini va shaxsiy axborot himoyasini taʼminlash.

2018-yil

31-oktabrgacha

“Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi” Davlat muassasasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi

Tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.

Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini axborot xavfsizligi talablariga mos kelishini ekspertizadan oʻtkazish.

24.

Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun ixtisoslashtirilgan mobil ilovalar ishlab chiqish va joriy etish.

2019-yil

31-dekabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Texnik tadbirlar majmui.

EMISʼdan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ota-onalar va maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari uchun mobil ilovalar yaratish.

25.

Maktabgacha taʼlim muassasalariga qabulga doir axborotni raqamlashtirish va Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga kiritish.

2019-yil

1-yanvargacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Texnik tadbirlar majmui.

Axborotni bosqichma-bosqich raqamlashtirish.

26.

Maktabgacha taʼlim muassasalariga, shu jumladan nodavlat va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga tarbiyalanuvchilarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish.

2018-yil

1-noyabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda ortiqcha tartib-taomillarni yoʻq qilishni va byurokratik tartib-taomillarni kamaytirishni hisobga olgan holda davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

27.

Maʼlumotlarni yuritish va EMISʼga kiritish uchun maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini ishonchli identifikatsiyalashni taʼminlash.

2019-yil

1-yanvargacha

Yagona integrator,

Davlat xizmatlari agentligi, Davlat personallashtirish markazi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.

Bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanishda ota-onalarning yoki ularni almashtirib turgan shaxslarning murojaati boʻyicha bolalar uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSSHIR) olish xizmatlarini joriy etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim organlari murojaati boʻyicha maktabgacha taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan bolalar uchun JSSHIR olish xizmatlarini joriy etish.

28.

Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga kiritilishini taʼminlash.

2018-yil

30-noyabrgacha

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Maktabgacha taʼlim bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni litsenziyalash uchun talablar va shartlarga oʻzgartishlar kiritish.

VI. Kadrlar salohiyatini mustahkamlash va maktabgacha taʼlim tizimini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash,

taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish chora-tadbirlari

29.

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining namunaviy shtatlarini qayta koʻrib chiqish.

2018-yil

31-dekabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

Idora hujjati.

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini ular shtatlarining koʻpayishini yoki kamayishini hisobga olib, metodistlar va logopedlar bilan taʼminlash maqsadida shtat jadvallarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, ayrim shtat birliklarini optimallashtirish.

30.

Maktabgacha taʼlim sifatini baholash vositalari va mexanizmlarini ishlab chiqish.

2019-yil

1-maygacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Tashkiliy tadbirlar.

YUNISEF va Jahon banki bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim sifatini baholash doiralari, indikatorlari, mexanizmlari va vositalarini ishlab chiqish.

31.

Maktabgacha taʼlim pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Idora hujjati.

Maktabgacha taʼlim pedagoglarini tayyorlash boʻyicha tadbirlar loyihasi pedagog kadrlarni bazaviy tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni oʻz ichiga oladi.

32.

Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Tashkiliy-amaliy tadbirlar.

Mudir lavozimida ishlash uchun malaka oshirish sertifikati albatta boʻlishini nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlarini yollash tizimiga oʻtish.

Maktabgacha taʼlim tizimida rahbar kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

33.

Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlariga qoʻyiladigan yangi malaka talablarini ishlab chiqish.

2018-yil
31-oktabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Idora hujjati.

Maktabgacha taʼlim tizimini zarur malakalar, professional va shaxsiy fazilatlarga ega malakali mutaxassislar bilan taʼminlashga qaratilgan malaka talablari.

34.

Bolalarni chet tillariga oʻqitishni takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Tashkiliy tadbirlar.

Maktabgacha taʼlim pedagoglarini tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqish.

35.

Maktabgacha taʼlim pedagoglarini zarur metodistik materiallar bilan taʼminlash.

2019-yil

1-iyungacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Tashkiliy-amaliy tadbirlar.

YUNISEF xalqaro bolalar jamgʻarmasi koʻmagida “Ilk Qadam” yangi taʼlim dasturini pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlovchi komplektni ishlab chiqish va chop etish.

36.

“Maktabgacha taʼlim metodikasi” jurnali negizida “Ilk Qadam” (IQ) jurnalini taʼsis etish.

2018-yil

31-oktabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Tashkiliy-amaliy tadbirlar.

Maktabgacha taʼlim vazirining qaroriga binoan jurnal nomini oʻzgartirish imkoniyati, jurnalni sotishdan tushgan pul mablagʻlari, xayriya mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga jurnal tahririyati faoliyatini moliyalashtirish.

VII. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni sogʻlom va mutanosib oziq-ovqat, sifatli tibbiy xizmat bilan taʼminlash chora-tadbirlari

37.

Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun tez buziladigan mahsulotlar xarid qilish tartib-taomilini qayta koʻrib chiqish.


2018-yil

31-dekabrgacha

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

Tashkiliy tadbir.

Maktabgacha taʼlim muassasalarining ehtiyojlari uchun tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishini nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha tahliliy maʼlumot va takliflar tayyorlash.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorining 1-bandi ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilari, shuningdek, 1 va 5-ilovalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorining 13-bandi oltinchi xatboshi, shuningdek, 2, 3 va 4-ilovalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-son qarorining oʻzbek tilidagi matni 1-bandida:
a) toʻrtinchi xatboshidagi “tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy maʼlumotli” degan soʻzlar “oliy maʼlumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) beshinchi xatboshidagi “tarbiyachining oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “tarbiyachi yordamchisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomning 99-bandida:
a) “12” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin;
b) “qishloq joydagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son)