1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
5.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari;
3.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-fevral,
PF-5668-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5368-son Farmoni 5-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktorlari) tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari bilan kelishgan holda tegishli taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (kafedra mudirlari) oliy taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan Vazirlik vakili ishtirokida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov natijalariga koʻra lavozimiga tayinladi va lavozimidan ozod etiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-842-son qarori 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizomda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Baholovchi tashkilot oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli”;
b) 23-band birinchi xatboshidan “va ushbu tashkilot muhri bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 10-oktabrdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2050-son qarori 5-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda malaka oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini doimiy ravishda yangilanib turilishini taʼminlasin”.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2520-son qarori 3-bandida:
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-dekabrdagi “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2698-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni “Kompleks po voprosam geologii, toplivno-energeticheskogo kompleksa, ximicheskoy, nefteximicheskoy i metallurgicheskoy promishlennosti” boʻlimidagi “AO “Uzagrotexmash”” soʻzlari “AO “Uzagrotexsanoatxolding”” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2966-son qarori 13-bandidagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tarkibining rus tilidagi matni oʻn yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligida mashinasozlik sohasi ilmiy-texnikaviy bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3117-son qarori rus tilidagi matnining 1-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Uzagrotexmash” soʻzi “Uzagrotexsanoatxolding” soʻzi bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-son qarorida:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Kengash fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari bilan ulgurji isteʼmolchilar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasida shartnomalar tuzishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3351-son qarori 1-bandida:
“Bunda ushbu kichik bandning shartlari yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan eksport qilinayotgan meva-sabzavot mahsulotlariga tatbiq etilmaydi. Eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — TSOYAEA) hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiz amalga oshiriladi, ushbu qarorga ilovada* koʻrsatilgan xom ashyo tovarlari, shuningdek, invoys asosida eksport qilinadigan tovarlar bundan mustasno”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3377-son qarorida:
yuridik shaxslar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olinganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilmasdan qoʻllaniladi;
bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilganligi belgilari aniqlangan taqdirda meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga yuk bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish koʻrik hujjati tuzilganidan keyin 3 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi”.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3418-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlari tomonidan dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 13-bandidan “a takje zaverennuyu pechatyu” soʻzlari chiqarib tashlansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi “2018-yilda metall parchalarini tayyorlash, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3438-son qarorida:
2-bandquyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qora metallar prokatini sotish, istisno tariqasida, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining asoslantirilgan takliflari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan hajmlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlari asosida amalga oshirilishi mumkin;
markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilarga kvartal davomida birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotilmagan qora metallar prokatining hajmlari birja savdolariga majburiy qoʻyilishi lozim”;
“5. Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan respublikaga olib kelinadigan metallurgiya xom ashyosi (TIF TN kodlari 2619, 7203, 7204, 7207, 7224) 2020-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etilsin”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarining roʻyxati rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 22-band bilan toʻldirilsin:
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarori bilan tasdiqlangan Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 7 va 71-bandlari toʻrtinchi va sakkizinchi xatboshilaridan “pechatyu i” va “i pechatyu” soʻzlari chiqarib tashlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasining TASHKILIY TUZILMASI
”.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3751-son qarori 8-bandi “e” kichik bandidagi “Oʻzagrotexmash” soʻzi “Oʻzagrotexsanoatxolding” soʻzi bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3795-son qarori 5-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Universitetning bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olish muddati toʻrt yilni tashkil etadi, bunda beshinchi bosqich talabalari mazkur qaror qabul qilingan paytda amalda boʻlgan taʼlim dasturlariga muvofiq oʻqishni yakunlaydi va belgilangan tartibda diplom oladi”.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Respublika budjetining (yagona gʻazna hisobvaragʻidagi)” soʻzlari “Yagona gʻazna hisobvaragʻining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b) mamlakatda olib borilayotgan islohotlar doirasida davlat organlari, shu jumladan Administratsiya xodimi va konsultantlari sifatida jalb qilingan xorijiy va mahalliy mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha haq toʻlash, shuningdek, Administratsiya zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4857-son Farmoni 2-bandi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)