1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.15.00 Mashinasozlik va metallga ishlov berish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish, ularning mahsulotlari rentabelligi va raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mazkur tarmoqdagi ishlarning amaldagi holati ishlab chiqarish jarayonlarini jadal yangilash va modernizatsiya qilishga, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va butun tarmoqni izchil rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammo va kamchiliklar mavjud ekanligidan dalolat bermoqda.
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻi korxonalarini boshqarish tizimini, shu jumladan mavjud tashkilotlar tuzilmasini optimallashtirish, qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilarning samarali faoliyati uchun qulay huquqiy, tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish orqali takomillashtirish talab etilmoqda.
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3751-son qaroriga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzagrotexmash” AJ, “Oʻzagrolizing” AJ boshqaruv organlarining quyidagilar haqidagi takliflari maʼqullansin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Oʻzagrotexmash” AJni “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJga oʻrnatilgan tartibda birlashtirish orqali “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagrotexmash” AJning takrorlanuvchi vazifa va tuzilmalarini optimallashtirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Oʻzagrolizing” AJni “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tashkiliy tuzilmasidan chiqarish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Oʻzagrolizing” AJ ustav fondidagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJga tegishli ulushni keyinchalik berilayotgan ulushning balans qiymatiga “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ ustav fondini kamaytirish orqali davlat tasarrufiga oʻtkazish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kirmaydigan qishloq xoʻjaligi va boshqa turdagi texnikalar (uskunalar) ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini “Oʻzagrolizing” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan hajmda realizatsiya qilishni tashkil etishni ham nazarda tutuvchi “Oʻzagrolizing” AJ faoliyatini kengaytirish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
2. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzagrotexmash” AJ, “Oʻzagrolizing” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzagrotexmash” AJni “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJga birlashtirish va “Oʻzagrolizing” AJni “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tashkiliy tuzilmasidan chiqarish bilan bogʻliq barcha tashkiliy tadbirlarning oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ qayta tashkil etilayotgan “Oʻzagrotexmash” AJning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
“Oʻzagrotexmash” AJni “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJga birlashtirish “Oʻzagrotexmash” AJ aksiyalarining davlat paketini “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ ustav kapitaliga nominal qiymatda oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
a) “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
ichki va tashqi bozorlarda tizimli marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi uchun talab etiladigan, tejamkor agrotexnologiyalarni joriy etishni taʼminlovchi, shu jumladan bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik va chorvachilikda qoʻllaniladigan turli xil zamonaviy texnika va mexanizatsiya vositalarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.03 Eksport]
ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari raqobatbardoshligini oshirish, eksport mahsulotlari turlarini va yetkazish hajmini kengaytirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi uchun zarur moddiy-texnika resurslari hamda ehtiyot qismlari bilan taʼminlashni tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasida zamonaviy energiya va metallarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobiga zamonaviy yuqori unumdor qishloq xoʻjaligi texnikalari va mexanizatsiya vositalarini chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishni yaratish va amaldagilarni modernizatsiya qilishga qaratilgan ilmiy-texnikaviy va investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va boshqa tashkilotlar oʻrtasida ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
b) “Oʻzagrolizing” AJ rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
lizing oluvchilarning lizing asosida realizatsiya qilinadigan zamonaviy qishloq xoʻjaligi va boshqa texnikalarga, uskunalar hamda mini texnologiyalarga boʻlgan talablarini oʻrganish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang)]
agrar yoʻnalishdagi faoliyatning ustuvorligini taʼminlagan holda lizing faoliyati yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash va kengaytirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang)]
zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan lizing xizmatlari turlarini va innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang)]
agrosanoat kompleksi, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining lizing loyihalari va tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalari va xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
lizing xizmatlarini koʻrsatish sohasiga zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish va kadrlar malakasini oshirish.
(5 va 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
7. “Oʻzagrolizing” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar mablagʻlarini quyidagilar uchun jalb etish masalasini ishlab chiqsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang)]
lizing loyihalarini qayta moliyalash va ular boʻyicha kafillik berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang)]
lizing operatsiyalarini moliyalashtirish boʻyicha kredit liniyalarini ochish.
8. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagrotexmash” AJ xodimlarini ish bilan taʼminlashda yordam koʻrsatsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2658-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
10. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzagrolizing” AJ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2658-son qaroriga kiritilayotgan
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, “Oʻzagrotexmash” AJ qayta tashkil etilayotgan “Oʻzagrosanoatmashxolding” XKning huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris, “Oʻzagroservis” AJ — qayta tashkil etilayotgan “Oʻzagromashservis” uyushmasining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris, “Oʻzagrolizing” AJ — qayta tashkil etilayotgan “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” ALKning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi”.
4. 4-banddan “Oʻzagrotexmash” AJ” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzagrotexmash” AJ” soʻzlari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 17-bandning ikkinchi xatboshisidan “va “Oʻzagrotexmash” AJ” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. 1, 1a, 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 07/18/3929/1825-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)