1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2018-yilda metall parchalarini tayyorlash, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qora metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlovchi metallurgiya korxonalari ishlab chiqarish quvvatlarini xom ashyo bilan yanada toʻliq taʼminlash, shuningdek, ikkilamchi resurslardan samarali foydalanish xamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining metall prokatiga boʻlgan talab-ehtiyojini qondirish, ularni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish hajmlarini oshirish maqsadida:
1. 2018-yilda:
qora metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va foydalanish balansi 1-ilovaga* muvofiq;
“Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan qora metallar prokatini tayyorlash va sotish balansi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
“Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qora metallar prokatini ajratish (yetkazib berish) faqat birja savdolari orqali, shu jumladan, avval qabul qilingan qarorlarda metall prokatini toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha hamda belgilab qoʻyilgan narxlarda yetkazib berish nazarda tutilgan obyektlar orqali amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
birja savdolarida sotilmagan qora metallar prokati hajmlari birinchi marta savdoga qoʻyilgan paytdan boshlab bir oy davomida birja savdolariga takroran qoʻyilishi lozim, unga talab boʻlmagan taqdirda esa toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha belgilangan tartibda eksportga sotilishi mumkin boʻladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
oʻzining quyuv sexlariga ega korxonalar tomonidan qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash, topshirish, shuningdek, foydalanish boʻyicha 2018-yilgi prognoz topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tomonidan tasdiqlanadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim va tibbiyot muassasalari oldiga qora metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va topshirish vazifalarini qoʻyish taqiqlanadi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
korxonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi, tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi davomida hisobdan chiqariladigan jismoniy va maʼnaviy eskirgan uskunalar xamda metall konstruksiyalari majburiy tartibda “Oʻzmetkombinat” AJga qora metall parchalari va chiqindilari sifatida erkin (kelishilgan) narxlarda topshirilishi lozim boʻladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
“Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qora metallar prokatini sotish, istisno tariqasida, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining asoslantirilgan takliflari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan hajmlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlari asosida amalga oshirilishi mumkin;
markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilarga kvartal davomida birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotilmagan qora metallar prokatining hajmlari birja savdolariga majburiy qoʻyilishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi (A.S. Sultonov):
ikki hafta muddatda 1- va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlangan balanslar parametrlarini oyma-oy bajarish jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
xar oy asosida tasdiqlangan balanslarning asosiy parametrlari bajarilishini, zarur hollarda, metallurgiya korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini xom ashyo bilan yanada toʻliq taʼminlash xamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining metall prokatiga boʻlgan talab-ehtiyojini qondirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda tizimli monitoring qilib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (B.A. Xodjayev) Oʻzbekiston Respublikasi Statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda xar chorak asosida, 3-ilovaga* muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha metall prokatining resurs bazasi, uni ishlab chiqarish va sotish yigʻma koʻrsatkichlari tahlillarini oʻtkazib, keyinchalik bu axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksiga taqdim etsin.
5. Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan respublikaga olib kelinadigan metallurgiya xom ashyosi (TIF TN kodlari 2619, 7203, 7204, 7207, 7224) 2020-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-dekabr,
PQ-3438-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 07/17/3438/0424-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son; 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)