Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF–5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 26-dekabrda 74-son bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qoʻllaniladigan chora va sanksiyalar toʻgʻrisidagi
nizomga (roʻyxat raqami 622, 1999-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
5.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5.2. Jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi buzilganda, tijorat banklaridan har bir holat uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida, biroq bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima undiriladi.”.
2.
5.13-banddagi “Mazkur Nizomning 5.2 — 5.11-bandlarida” degan soʻzlar “Mazkur Nizomda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
VI1-boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VI1. Markaziy bankning koʻrsatmalarini ijro etmaganligi uchun sanksiyalar”.
4.
6.11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.