toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2020
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Boshqaruvi tomonidan
1998-yil 26-dekabr
(24-son bayonnoma)
74-son
Markaziy bank tomonidan bank va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan qoʻllaniladigan chora va sanksiyalar toʻgʻrisida
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-apreldagi 8/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 622-9, 23.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 10/19/622-9/3178-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 622-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-sentabrdagi 13/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3282, 16.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank tomonidan bank va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan chora va sanksiyalar qoʻllash tartibini belgilaydi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-apreldagi 8/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 622-9, 23.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 10/19/622-9/3178-son)
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu nizomga muvofiq amaldagi qonunchilikni, bank operatsiyalarini amalga oshirishni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar va qoidalarni buzishga yoʻl qoʻygan banklarga nisbatan jarima jazolarini qoʻllashi mumkin.
1.3. Undiriladigan jarimalar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999-yil 25-dekabrdagi 289-sonli Buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga muvofiq 45994-“Boshqa foizsiz daromadlar” balans hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
II. Majburiy zaxiralar talablari va belgilangan iqtisodiy normativlarni buzganliklari uchun banklarga nisbatan qoʻllaniladigan jazolar
2.1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 29, 51 va 53-moddalariga muvofiq, bank tomonidan Markaziy bankning majburiy zaxiralar boʻyicha talablarini ularning tarkibi va miqdori boʻyicha deponentlash meʼyorlari toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini buzganliklari uchun Markaziy bank ushbu bankdan kiritilmagan summani undirib oladi, shuningdek kiritilmagan summa hisobidan qayta moliyalash stavkasining ikki marotabasidan oshmagan miqdorda jarima undiradi.
2.2. Oʻrnatilgan iqtisodiy normativlar va bank qonunchiligi, banklar va ularning filiallari tomonidan buzilganida, Markaziy bank har bir buzilgan normativ uchun ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizigacha, ammo buzilgan normativlarning umumiy yigʻindisi boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan miqdorning bir foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirish yoki alohida operatsiyalarni oʻtkazishni olti oygacha muddatga cheklab qoʻyish huquqiga ega.
2.3. Bank tomonidan ssudalar boʻyicha (ssudalar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga) Zaxira fondini shakllantirish boʻyicha normativga hisobot oyi davomida rioya qilinmaganida, Markaziy bank tuzatish choralari kiritilishi lozimligi toʻgʻrisida bankka koʻrsatma yoʻllaydi.
Bank tomonidan yuqoridagi koʻrsatmalar ijro etilmaganda yoki oxirgi uch oy mobaynida Zaxira fondini shakllantirish taʼminlanmagan, yaʼni bank omonatchilari va kreditorlari manfaatlariga real xavf tugʻilgan taqdirda, Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 53-moddasiga muvofiq kredit operatsiyalari oʻtkazilishini olti oygacha muddatga cheklaydi yoki qoʻshimcha iqtisodiy normativlar oʻrnatadi.
2.4. Bankda ssudalar, shu jumladan, faktoring va lizing operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik, kredit qoʻyilmalari umumiy summasining 10 foizidan ortgan taqdirda, Markaziy bank muddati oʻtgan qarzdorlikni kamaytirish borasida bank tomonidan tegishli choralar qabul qilinishi toʻgʻrisida koʻrsatma yuboradi.
Bank tomonidan koʻrsatma bajarilmagan taqdirda yoki ssudalar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik summasi oxirgi uch oy davomida oʻsganida, yaʼni bank omonatchilari va kreditorlari manfaatlariga real xavf vujudga kelgan taqdirda, Markaziy bank ushbu bank uchun olti oygacha muddatga kredit operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqlash huquqiga ega.
III. Markazlashtirilgan kreditlar va qayta moliyalash kreditlaridan foydalanish, shuningdek ular boʻyicha marjaga doir qoidalar buzilganligi uchun jazolar
3.1. Markazlashtirilgan kredit resurslari boʻyicha Markaziy bank tomonidan belgilanadigan marja miqdorini oshirganligi uchun tijorat banklaridan marjani oshirish hisobiga olingan qoʻshimcha daromadning ikki baravari miqdorida jarima undiriladi.
3.2. Tijorat banki tomonidan olingan qayta moliyalash kreditlari belgilangan muddatda qaytarilmagan holatlarda ushbu bankdan Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining ikki baravari miqdorida foizlar undiriladi.
Mijozlari tomonidan toʻla yoki qisman qaytarilgan markazlashtirilgan maqsadli kreditlar tijorat banki tomonidan qaytarilmagan holatlarda, bunday bankdan har bir muddati oʻtkazilgan kun uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining ikki baravari miqdorida foizlar undiriladi.
3.3. Maqsadli qayta moliyalash kreditlarini boshqa maqsadlarga ishlatilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, bankdan boshqa maqsadlarga ishlatilgan qayta moliyalash kreditlari summasidan Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining ikki baravari miqdorida jarima undiriladi. Boshqa maqsadlarga ishlatilgan qayta moliyalash kreditlari summasi muddatidan oldin undirilishi lozim boʻladi.
IV. Toʻlov intizomini buzganlik uchun jazolar
4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (OʻzRMB)da ochilgan vakillik hisobvaragʻida debet saldosi hosil boʻlganligi uchun tijorat banki ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda jarima toʻlaydi. Jarima debet saldosi batamom yopilganidan keyin Markaziy bank foydasiga undiriladi va uning jami boʻyicha ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 1 foizdan oshmasligi kerak.
4.2. Notoʻgʻri taqdim etilgan elektron toʻlov hujjatlari reyslari qaytarilganligining har bir holati uchun (keyingi matnda — ETH) tijorat banklari MBning Bosh Axborotlashtirish Markazi (BAM), Mintaqaviy Axborotlashtirish Markazi (MAM) foydasiga reysning umumiy summasidan 1 foiz miqdorda, lekin ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima toʻlaydilar.
4.3. Oʻtgan kunda ETh orqali olingan mablagʻlarni hisobga qoʻshish yoki hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi tasdiq BAM (MAM)ga oʻz vaqtida taqdim etilmagan holatda, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari (HBB) tijorat bankidan kechiktirilgan har bir soat uchun 3 foiz miqdorda, lekin ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undiradi.
V. Valyuta operatsiyalari oʻtkazilish tartibi buzilganligi uchun jazolar
5.1. Alohida xorijiy valyutalar boʻyicha ochiq valyuta mavqeyi va ochiq valyuta mavqeyi jami miqdorining limitlari oshib ketganda yoki tegishli hisobot taqdim etilmaganida Markaziy bank oshib ketishning har bir holati uchun tijorat bankidan ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida, biroq tijorat banki ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima undirishi yoki tijorat banki tomonidan xorijiy valyutani sotib olish va sotish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishni olti oygacha cheklashi, shuningdek ochiq valyuta mavqeyi individual limitlarini oʻrnatishi mumkin.
5.2. Jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi buzilganda, tijorat banklaridan har bir holat uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida, biroq bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima undiriladi.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 19-yanvardagi 1/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 622-8, 12.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 10/19/622-8/2605-son)
5.3. Tijorat banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida sotib olingan va bankning aybi bilan oʻrnatilgan muddatda mijoz tomonidan foydalanilmagan xorijiy valyuta sotuvga qoʻyilmagan taqdirda bankdan, belgilangan muddatdan xar bir oʻtkazilgan kun uchun uning aybi bilan oʻz muddatida foydalanilmagan xorijiy valyuta summasining 0,3 foizi miqdorida jarima undiriladi.
5.4. Tijorat banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida sotib olingan xorijiy valyutadan boshqa maqsadda foydalanilgan taqdirda, boshqa maqsad uchun foydalanilgan xorijiy valyuta summasining 10 foizi miqdorida jarima undiriladi. Boshqa maqsad uchun foydalanilgan xorijiy valyuta summasi valyuta birjasida qayta sotilishi shart.
5.7. Ular yuzasidan olib borilgan monitoring natijasida tegishli belgilar boʻyicha mijozlar tomonidan oʻtkaziladigan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida tijorat banklari valyuta nazorati organlarini oʻz vaqtida xabardor qilmaganliklari uchun tijorat banklaridan har bir holat uchun ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida, biroq vakolatli bank ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima undiriladi.
5.8. Tashqi savdo operatsiyalari yuzasidan monitoring olib borish tartibini buzganlik uchun tijorat banklaridan har bir holat uchun ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida, biroq tijorat banki ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima undiriladi.
5.10. Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish va sotib operatsiyalarini amalga oshirish tartibi buzilganda tijorat banklaridan har bir holat uchun ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida, biroq tijorat banki ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima undiriladi.
Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyalarini amalga oshirish tartibining buzilishiga quyidagilar kiradi:
xorijiy valyuta sotib olish uchun mijozlar tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarni uch ish kunidan kech boʻlgan muddatda koʻrib chiqish;
soʻmni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish boʻyicha ekspert xulosasining belgilangan talablarga nomuvofiqligi;
ekspert guruhining ijobiy qarori qabul qilingan kundan keyingi kundan kechikib xorijiy valyuta xarid qilish uchun buyurtmanoma topshirish;
xorijiy valyuta xarid qilish uchun yetarli boʻlgan hajmda milliy valyutada zaxira qilingan pul mablagʻlarining yoʻqligi;
sotib olingan valyuta mablagʻlarini mijozlarning xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan ikkilamchi (maxsus) depozit hisobvaragʻiga bitim amalga oshirilgan va hisob-kitoblar rasmiylashtirilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirib oʻtkazish;
mijozlarning xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan ikkilamchi (maxsus) depozit hisobvaragʻidan naqd valyutani olish (xizmat safari xarajatlarini toʻlash uchun olish bundan mustasno), xorijiy valyutani xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqa valyuta hisobvaraqlariga oʻtkazish, shuningdek mablagʻlarni depozitga joylashtirish va hisobvaraqlar qoldigʻiga foizlar hisoblash holatlariga yoʻl qoʻyish.
5.11. Yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi buzilganda har bir tartib buzilishi holati uchun bankdan ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima undiriladi.
5.12. Ushbu nizomning V boʻlimida koʻrsatilgan tartib buzishlarga takroran yoʻl qoʻyilganda Markaziy bank tegishli jarima jazolarini qoʻllaganidan keyin tijorat bankiga ishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga doir tegishli choralar koʻrish boʻyicha koʻrsatma yoʻllaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan koʻrsatma bajarilmagan taqdirda Markaziy bank xorijiy valyutada operatsiyalarni olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatish huquqiga ega.
5.13. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida undiriladi.
(5.13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 19-yanvardagi 1/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 622-8, 12.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 10/19/622-8/2605-son)
VI. Statistik hisobotlarni taqdim qilish tartibini buzganlik uchun jazolar
6.1. Tijorat banklari tomonidan hisobotlarni taqdim qilishning oʻrnatilgan shakllari va muddatlariga rioya qilinmagan hamda hisobot maʼlumotlari buzib koʻrsatilgan holatlarda Markaziy bank ushbu bankka ogohlantirish xatini yoʻllaydi.
Agar mazkur tartib buzish holatlari tijorat banki tomonidan bir necha marta sodir etilsa, ushbu bankdan ustav kapitali oʻrnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizigacha boʻlgan miqdorda jarima undiriladi.
6.2. Bank mijozlarining bank operatsiyalari va jamgʻarmalari siri, tijorat siri, ularning qonuniy manfaatlariga moddiy yoki maʼnaviy zarar keltirishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq jarima jazolari qoʻllaniladi.
Mazkur nizom kuchga kiritilganidan soʻng quyidagi:
1997-yil 25-yanvardagi 74-son “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qoʻllaniladigan chora va sanksiyalar toʻgʻrisida”gi nizom oʻz kuchini yoʻqotadi.
VI1. Markaziy bankning koʻrsatmalarini ijro etmaganligi uchun sanksiyalar
(VI1-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 19-yanvardagi 1/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 622-8, 12.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 10/19/622-8/2605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6.11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 19-yanvardagi 1/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 622-8, 12.02.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 10/19/622-8/2605-son)
6.22. Bankning ichki hujjatlarida (taomillarida) qonunchilikka zid boʻlgan meʼyorlar aniqlangan taqdirda, Markaziy bank bankning ichki hujjatlarini (taomillarini) qonunchilikka muvofiqlashtirish haqida ijro muddatini koʻrsatgan holda koʻrsatma yoʻllaydi.
Bank Markaziy bankning bank ichki hujjatlarini (taomillarini) belgilangan muddatda qonunchilikka muvofiqlashtirish haqidagi koʻrsatmasini ijro etmagan taqdirda bankdan Markaziy bank tomonidan bank ustav kapitali belgilangan eng kam miqdorining 0,1%i miqdorida jarima undiriladi.
Markaziy bankning bank ichki hujjatlarini (taomillarini) qonunchilikka muvofiqlashtirish haqidagi koʻrsatmalari jarima jazolari qoʻllanilganidan keyin ham ijro etilmagan taqdirda Markaziy bank bankning qonunchilikka zid boʻlgan ichki hujjatlariga (taomillariga) muvofiq amalga oshiriladigan bank operatsiyalarini amalga oshirishni bir yilgacha muddatga toʻxtatib turishga haqli
VI2. Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini buzganlik uchun qoʻllaniladigan sanksiyalar
6.23. Bank xizmatlari isteʼmolchilarining qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlari tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan buzilgan taqdirda ularga nisbatan Markaziy bank quyidagicha jarima qoʻllash huquqiga ega:
tijorat bankiga — bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorida;
mikrokredit tashkilotiga — mikrokredit tashkiloti ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida;
lombardga — eng kam oylik ish haqining oʻn barobari miqdorida.
(VI2-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-apreldagi 8/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 622-9, 23.05.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 10/19/622-9/3178-son)
BOʻLIM
7.1. Ushbu Nizomda belgilangan chora va sanksiyalar kredit tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qoʻmitasining qaroriga muvofiq Markaziy bank farmoyishi asosida qoʻllaniladi.
(7.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-apreldagi 8/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 622-9, 23.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 10/19/622-9/3178-son)
Markaziy bank raisi oʻrinbosari M. JUMAGALDIYEV
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 10/19/622-8/2605-son, 24.05.2019-y., 10/19/622-9/3178-son)