OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-fevraldagi PF–1923-son “Hisob-kitob tizimini takomillashtirish hamda respublika va mahalliy budjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi
90-son “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 5-6-son, 42-modda), 2003-yil 19-maydagi
225-son “Neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 9-10-son, 75-modda), 2003-yil 2-oktabrdagi
421-son “Respublika gaz taʼminotini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 19-son, 179-modda), 2003-yil 21-oktabrdagi
460-son “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 20-son, 192-modda) qarorlariga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekneftegaz” MXK korxonalari va tashkilotlari hisobvaraqlaridan toʻlovlarni amalga oshirish va ularga “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalaridan tushadigan toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizom
ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.