1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASINING BOSHQARUV TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Respublika neft va gaz tarmogʻining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, uning barqaror va muvozanatli istiqbolli rivojlanishini taʼminlash, gaz va neft geologiyasi va qidiruvi, ularni qazib olish, neft va gaz mahsulotlarini tashish va uzatish, qayta ishlash va sotish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish darajasini oshirish, tarmoqqa chet el investitsiyalarini keng jalb etish va shu asosda eksport salohiyatini kengaytirish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini neft va gazni qayta ishlash mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik kompaniyalarining:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
“Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish hamda ilgari “Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlarni “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiritish;
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksini bevosita “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tasarrufiga berish;
“Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” va “Oʻzburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyalarini birlashtirish hamda ularning negizida “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
“Oʻzneftgazqurilish” aksiyadorlik kompaniyasini pudrat qurilish va taʼminot-sotish tashkilotlarini bevosita uning tasarrufiga berish yoʻli bilan “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ixtiyoriga berilayotgan 5-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar roʻyxati;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qarori tahririda, uchinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan korxonalari roʻyxati 9-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
“Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyalari “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining shuʼba korxonalari hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
LexUZ sharhi
4-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan chiqarilgan.)
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tuzilgan tegishli shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” va “Oʻzburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan tuzilgan tegishli shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
5. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi (Azimov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
tugatish komissiyalari tashkil etsinlar va belgilangan tartibda “Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzneftgazishchitaʼminot” aksiyadorlik kompaniyasi tugatilishini, “Oʻzneftgazqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi qayta tashkil etilishini taʼminlasinlar;
“Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” va “Oʻzburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyalarini birlashtirish yoʻli bilan “Oʻzgeoburgʻuneftgaz-qazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
tugatilayotgan “Oʻzneftgazishchitaʼminot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan taʼminot-sotish tashkilotlarini puxta xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ular faoliyatining ixtisosini hisobga olgan holda idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllarini belgilasinlar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik kompaniyalarida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarini oʻtkazsinlar, ushbu kompaniyalarning kuzatuvchi kengashlari shaxsiy tarkibi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, ustav fondlari miqdorlari aniqlanishini va kompaniyalarning ustavlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar;
tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik kompaniyalari va korxonalarning ustav fondlariga berilgan davlat mulkidan foydalanish masalalari hal etilishini taʼminlasinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son)
7. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qarorining 8-bandi, qarorga 1, 2, 5, 6 va 7-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2000-yil 19-iyundagi 233-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-maydagi 225-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 5 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
(1—4-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-son qaroriga 5-ILOVA
Tugatilayotgan “Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga berilayotgan korxonalari va tashkilotlari
(6—8-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-son qaroriga 9-ILOVA
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan korxonalari
roʻyxati
Korxonaning nomi
Qayta oʻzgartirish shakli
“Neftgazgeologiya” unitar korxonasi
Funksiyalar “Oʻzgeoburgʻuneftegazqazib-chiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparatiga berilgan holda tugatiladi
“Mingbuloqneft” unitar shuʼba korxonasi
Funksiyalar va mol-mulk “Andijonneft” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga berilgan holda tugatiladi
“Fargʻonaneft” OAJ
“Andijonneft” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish
Polvontosh “Neftgazquduq-taʼmirlash” OAJ
“Andijonneft” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish
“Andijonburgʻuneftgaz” OAJ
“Qoʻqonneftgazparmalash” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda; 2006-y., 45-son, 444-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son)