1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NEFT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASH TIZIMINI VA ULARNI SOTISHDA HISOB-KITOB QILISH MEXANIZMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
2. 2-ilovaga muvofiq kam quvvatli, past rentabelli neft bazalari va ularning filiallari tugatilsin, ularning mol-mulki “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi balansiga berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda tugatilayotgan neft bazalari va ularning filiallarining boʻshayotgan mol-mulkidan foydalanish yoki ularni sotish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona]
bir oy muddatda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqaviy unitar korxonalarini tugatsin, shuningdek tashkil etilayotgan neft bazalari va kompleks avtoservis punktlarini yuridik shaxs maqomi bilan roʻyxatdan oʻtkazsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]
ikki oy muddatda neft bazalari tomonidan neft mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi litsenziyalar belgilangan tartibda olinishini hamda neftni qayta ishlash zavodlari va ulgurji isteʼmolchilar bilan 2003-yilda neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
bir oy muddatda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan mintaqaviy unitar korxonalari aktivlari va majburiyatlarini “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda uning neft bazalari va kompleks avtoservis punktlari oʻrtasida taqsimlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
neft bazalari tuzilmasini va shtat jadvalini tanqidiy baholasin va ular boʻyicha tegishli normativlarni tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi 2003-yilda neft mahsulotlari davlat zaxirasi hajmlari hamda neft mahsulotlari davlat zaxirasi uchun gʻamlab qoʻyiladigan va saqlanadigan neft bazalari va ularning filiallarining aniq roʻyxati yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
7. 2008-yil 1-apreldan boshlab barcha isteʼmolchilar uchun (neftni qayta ishlash zavodlaridan “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalariga va davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilariga dizel yonilgʻisi yetkazib berish bundan mustasno) oldindan majburiy haq toʻlashning quyidagi miqdorlari belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
avtomobil benzini, dizel yonilgʻisi va suyultirilgan gaz uchun — 100 foiz miqdorida;
boshqa neft mahsulotlari uchun — uzil-kesil hisob-kitoblarni 60 kun doirasida amalga oshirgan holda, kamida 50 foiz miqdorida.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 63-modda)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
10. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qaroriga 3-ilova;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qaroriga 1-ilovaning II boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 75-modda, 20-son, 192-modda, 24-son, 243-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 45-son, 444-modda; 2008-y., 10-11-son, 63-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son; 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)