toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini taʼminlash, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda oʻsuvchi oʻsimliklarning turlari (kichik turlari)ni saqlab qolish va qayta koʻpaytirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklarni saqlab qolish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-dekabr,
1034-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini (keyingi oʻrinlarda Qizil kitob deb ataladi) tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qizil kitob Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan yovvoyi hayvonlar, yovvoyi oʻsimliklar va qoʻziqorinlar (keyingi oʻrinlarda hayvonlar va oʻsimliklar deb ataladi) turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yoʻqolib ketish xavfining maqomi va muhofaza choralari (keyingi oʻrinlarda kamyoblik maqomi deb ataladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
3. Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish boʻyicha vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi);
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
uni nashr etishga tayyorlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
4. Qizil kitobga hayvonot va oʻsimlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) boʻyicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti ishlab chiqadi.
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yoʻqolib ketish arafasida turgan hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
5. Komissiya hayvonot va oʻsimliklar olamini muhofaza qilish va undan foydalanish borasida faoliyat olib boradigan mahalliy davlat organlari, ilmiy muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni amalga oshiradi.
2-bob. Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish boʻyicha asosiy tadbirlar
6. Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash va nashr etish boʻyicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash va ularning muhokamasida ishtirok etish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritish (zamonaviy holati va holatining oʻzgarishi borasidagi tendensiyalar toʻgʻrisidagi ilmiy maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etish bilan birgalikda);
Qizil kitobning rasmiy nashrlariga turlar boʻyicha suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlash;
Qizil kitobni nashr etishni tashkil etish va uning rasmiy nashrlarini tarqatishni taʼminlash.
7. Quyidagilar Qizil kitobni nashr qilish boʻyicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish va undan chiqarish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishni tashkillashtirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlardan (kenja turlardan) foydalanish sohasi boʻyicha ruxsat berish tusidagi hujjatlarni taqdim etish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritishni tashkil etish va taʼminlash;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastrini yuritish;
Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) populyatsiyalari va ularning holati boʻyicha davlat monitoringini amalga oshirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini oʻzgartirish
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini oʻzgartirish borasidagi chora-tadbirlar mazkur Nizom ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
9. Qizil kitobga Oʻzbekiston Respublikasi hududining tabiiy sharoitlarida doimiy yoki vaqtincha yashaydigan yoki oʻsadigan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha muhofazaga olingan turlar (kenja turlar) kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun.
10. Qizil kitobga maxsus muhofaza choralariga muhtoj boʻlgan, xususan:
yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar;
respublika flora va faunasini saqlab qolish uchun ahamiyatga ega boʻlgan muhofazaga muhtoj, tor arealli va kamyob turlar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ekologiya vazirligi Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini oʻzgartirish borasida jismoniy va yuridik shaxslardan (tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar) kelib tushadigan takliflarni koʻrib chiqadi.
Ekologiya vazirligi takliflar kelib tushgandan soʻng uch kun mobaynida ularni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya institutiga va (yoki) Botanika institutiga, shuningdek, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga turlarni (kenja turlarni) hozirgi holati va holatining oʻzgarishi tendensiyalari boʻyicha ilmiy maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etish uchun yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va (yoki) Botanika instituti, shuningdek, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti oʻn uch kun mobaynida takliflarni koʻrib chiqadi va ekspert xulosasi tarzida tavsiyalar tayyorlaydi.
Ekspert xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti yoki vitse-prezidenti tomonidan tasdiqlangandan soʻng besh kun mobaynida Ekologiya vazirligiga yuboriladi.
Ekologiya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va (yoki) Botanika institutidan, shuningdek, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutidan ekspert xulosasi olingandan soʻng oʻn kun mobaynida Komissiya yigʻilishini tashkil etadi va unda Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni muhokama etilishini taʼminlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
12. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish yoki kamyoblik maqomini oʻzgartirish uchun miqdori va (yoki) areali xavfli ravishda qisqarib borayotganligi, arealining parchalanish darajasi ortayotganligi, yashash sharoitlarining noqulay tarzda oʻzgarishi va boshqa maʼlumotlarga tayanadi hamda ularning turlarini (kenja turlarini) muhofaza etish va qayta tiklash borasida maxsus choralar qabul qilinishi zarurligidan dalolat beradi.
13. Qizil kitobdan turlarni (kenja turlarni) chiqarish yoki kamyoblik maqomini oʻzgartirish miqdori va (yoki) areali tiklanayotganligi, yashash sharoitlari ijobiy tarzda oʻzgarayotganligi borasidagi maʼlumotlarga tayanadi va ularning turlarini (kenja turlarini) muhofaza etish va qayta tiklash borasida maxsus choralar qabul qilinishiga asos yoʻq ekanligidan dalolat beradi, shuningdek, turlar (kenja turlar) tiklab boʻlmas darajasida yoʻq boʻlib ketgan holatlarda roʻy beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini oʻzgartirish Komissiya qarori asosida amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
15. Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli Kompleksining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlar) maqomi ularning tabiiy yashash (oʻsish) muhitidagi holatini, mamlakat hududida toʻliq yoʻq boʻlib ketish xavfi darajasini, shuningdek, uni muhofaza qilish boʻyicha maxsus choralar koʻrilishning dolzarbligini aks ettiradi.
Turlarning tabiatda yoʻq boʻlib ketish xavfi toifalarining milliy tizimi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (keyingi oʻrinlarda — TMXI deb yuritiladi) tavsiyalariga muvofiq ilmiy asoslangan miqdoriy va sifat mezonlari asosida baholanadi.
Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar), ularning tabiiy yashash muhitidagi holatini tavsiflovchi, kamyoblik maqomi va yoʻq boʻlib ketish xavfiga koʻra quyidagi toifalaridan biriga mansub boʻladi:
a) Toifa 0 — (“Yoʻq boʻlib ketgan”)
“0 (DY) Dunyoda yoʻq boʻlib ketgan”;
“0 (TY) Yovvoyi tabiatda yoʻq boʻlib ketgan”;
“0 (MY) Mamlakatda yoʻq boʻlib ketgan”.
b) Toifa 1 — “Yoʻqolib ketayotgan (Yoʻqolib ketish xavfi ostidagi)”
“1 (BY) Butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasidagi”;
“1 (YK) Yoʻq boʻlib ketayotgan”.
v) Toifa 2 — “Zaif”
“2 (ZQ) Zaif, qisqarib borayotgan”.
g) Toifa 3 — “Xavf ostida qolish holatiga yaqin”
“3 (YY) Yoʻq boʻlib ketish ehtimoliga yaqin, tahdidga yaqin”.
d) Toifa 4 — “Maʼlumotlar tanqis”.
“4 (MN) Maqomi jihatdan noaniq”.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
4-bob. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobi, monitoringi va kadastri
17. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) zamonaviy holati va holatining oʻzgarishi tendensiyalari borasidagi ilmiy maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etish hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarining davlat hisobi, davlat kadastri va davlat monitoringini yuritish davomida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarining davlat hisobi, shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) toʻgʻrisidagi ilmiy maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etish ularning roʻyxatlarini tuzish, respublika xududlari boʻylab tarqalish areallarini koʻrsatish, shuningdek, yashash (oʻsish) sharoitlaridagi holatini aniqlash orqali amalga oshiriladi va belgilangan tartibda Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
19. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat monitoringi atrof-muhit boʻyicha davlat monitoringining tarkibiy qismi hisoblanadi va hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarining tarqalishi, miqdori, holati, shuningdek, yashash (oʻsish) sharoitlarining tuzilishi, sifati va maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab oladigan davriy kuzatuvlar tizimidan iborat.
20. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat monitoringini tashkil etish va yuritish qonunchilikda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizom.
21. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastri yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklarning geografik tarqalishi, miqdori, populyatsiyalarining tuzilishi, shuningdek yashash (oʻsish) muhitining tavsifi, cheklovchi omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, muhofaza choralari va boshqa zarur maʼlumotlar majmuasidan iborat boʻladi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarining davlat kadastrini qonunchilikda belgilangan tartib asosida yuritadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
5-bob. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ekologiya vazirligi manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarini tabiatga reintroduksiya (introduksiya) qilish uchun maxsus pitomniklar, genetik banklar tashkil etish borasidagi takliflarni koʻrib chiqadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ekologiya vazirligi manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda qonunchilikka muvofiq Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
25. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar qonunchilikka muvofiq hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlari va ularni yashash (oʻsish) muhitlarini muhofaza qilishga doir davlat dasturlari doirasida faoliyati Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) oʻrganish, muhofaza qilish, qayta tiklash va foydalanishga qaratilgan manfatdor davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda olib boriladi.
6-bob. Qizil kitobni nashr etishga tayyorlash va tarqatish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qizil kitobni nashr etishga tayyorlashni amalga oshiradi.
27. Qizil kitobni nashr etishga tayyorlash quyidagilarni qamrab oladi:
mazkur Nizom asosida Qizil kitobga kiritilgan (undan chiqarilgan) turlar (kenja turlar) roʻyxatlarini shakllantirish;
Komissiyaning takliflari asosida suratli va xarita maʼlumotlarini qamrab oladigan Qizil kitobning qoʻlyozmasini va elektron maketini tayyorlash.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish), shuningdek Qizil kitobning tarkibiy qismi hisoblangan oʻzgartirishlar va unga qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Ekologiya vazirligining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Qizil kitobni nashr etish Ekologiya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Qizil kitob har oʻn yilda kamida bir marta elektron va qogʻoz shaklida nashr etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Qizil kitob qonunchilikka muvofiq ravishda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Ekologiya vazirligining jahon internet tarmogʻi rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatiladi.
Qizil kitobning chop etilgan barcha nashrlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi va elektron geoaxborot tizimida yuritiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini oʻzgartirish tadbirlari
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar

1-bosqich

Ekologiya vazirligi

Yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklar turlarini (kenja turlarini) Qizil kitobga kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi.

Takliflar kelib tushishiga koʻra

2-bosqich

Ekologiya vazirligi

Kelib tushgan takliflarni Zoologiya instituti va (yoki) Botanika institutiga, shuningdek, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklar turlarini (kenja turlarini) hozirgi holati va oʻzgarish tendensiyalari boʻyicha ilmiy maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etish uchun yuboradi.

Taklif kelib tushgandan soʻng uch kun mobaynida

3-bosqich

Zoologiya instituti va (yoki) Botanika instituti,

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

1. Takliflarni koʻrib chiqadi va ekspert xulosasi tarzida tavsiyalar tayyorlaydi.

2. Fanlar akademiyasiga ekspert xulosasini tasdiqlash uchun yuboradi.

Oʻn uch kun mobaynida

4-bosqich

Fanlar akademiyasi

Ekspert xulosasini tasdiqlaydi va Ekologiya vazirligiga yuboradi.

Besh kun mobaynida

5-bosqich

Ekologiya vazirligi

Yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklar turlarini (kenja turlarini) Qizil kitobga kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Kamyob va yoʻqolib ketish arafasida turgan hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishida koʻrib chiqilishi hamda komissiya qarori qabul qilinishini taʼminlaydi.

Oʻn kun mobaynida

(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga
2-ILOVA
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklarni saqlab qolish boʻyicha idoralararo komissiya
TARKIBI

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, komissiya raisi

Sh.A. Ayupov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, komissiya raisining oʻrinbosari

B.R. Xolmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti direktori

K.Sh. Tojibayev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori

S.S. Ayupov

“Oʻzbekovchibaliqchi” sport birlashmasi raisi

O.M. Musayev

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi

Yo.S. Ergashev

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

Izoh. Zarur holatlarda Komissiya tarkibiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlarining rahbarlari va mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi toʻgʻrisida” 1992-yil 9-martdagi 109-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) 8-ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1034/2351-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son)