toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 01.01.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2005 YILGI DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2004-yil 2-dekabrdagi 701-II-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq 2005-yil uchun:
yuridik shaxslardan daromad (foyda) soligʻi stavkalari 5-ilovaga* muvofiq;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi daromaddan soliq stavkalari 6-ilovaga* muvofiq;
soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun yalpi tushumdan yagona soliq stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarga toʻlanadigan dividendlar va foizlar tarzida olinadigan daromadlardan soliq stavkalari 9-ilovaga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha belgilab qoʻyilgan soliqlar stavkalari 10 va 11-ilovalarga* muvofiq;
roʻyxat boʻyicha respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tovarlardan aksiz soligʻi stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga* muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga* muvofiq;
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga* muvofiq;
yuridik shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari 15-ilovaga* muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari 16-ilovaga* muvofiq;
yagona yer soligʻi stavkalari 17-ilovaga* muvofiq;
yagona yer soligʻini qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlashga oʻtgan toʻlovchilar uchun yagona yer soligʻi stavkalari 18-ilovaga* muvofiq;
yagona yer soligʻi toʻlashga oʻtmagan toʻlovchilar uchun yer soligʻi stavkalari 19-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 20-ilovaga* muvofiq;
mehnatga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari 21-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 5—21-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
4. 2005-yil 1-yanvardan boshlab Surxondaryo viloyati qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun, eksperimentni davom ettirish doirasida, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish tatbiq etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2005-yil 1-aprelgacha Surxondaryo viloyati barcha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi yerlari normativ qiymatini qayta baholash, shuningdek Samarqand va Toshkent viloyatlari qishloq xoʻjaligi yerlari normativ qiymatini, ushbu viloyatlarda oʻtkazilayotgan eksperiment natijalarini tahlil qilish asosida aniqlangan yerlar bahosiga taʼsir qiluvchi qoʻshimcha omillarni hisobga olgan holda, aniqlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
2005-yil 1-maygacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish uchun koʻrsatib oʻtilgan viloyatlarning barcha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xoʻjaligi yerlari normativ qiymatining aniqlashtirilgan bahosi natijalariga koʻra, zarurat boʻlganda, yagona yer soligʻining belgilangan stavkasiga tuzatishlar kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. 2005-yil 1-yanvardan boshlab barcha korxonalar va tashkilotlar uchun, shu jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi qoʻllanayotgan korxonalar uchun maktab taʼlimini rivojlantirishga 22-ilovada* koʻrsatilgan koʻrsatkichlarning 1 foizi miqdorida majburiy ajratmalar joriy etilsin.
* 22-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Belgilab qoʻyilsinki, maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalar 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish davri uchun joriy etiladi hamda davlat soliqlari va yigʻimlariga tenglashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. 2005-yilda:
barcha soliq solinadigan aylanmalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish (tovar aylanmasi) hajmidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkasi (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chiqarib tashlangan holda) 0,7 foiz miqdorida;
fuqarolarning ish haqidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari 23 va 24-ilovalarga* muvofiq miqdorda saqlab qolinsin.
* 23-24-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
2005-yil 1-yanvardan boshlab suv, issiqlik va gaz taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun “nol stavkasi” qoʻllanadi;
kommunal xoʻjaligi tizimining issiqlik, suv va gaz taʼminoti korxonalari uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga toʻlovlarni hisoblab chiqarishda issiqlik energiyasi, suv va tabiiy gaz xarid qiymatining korxona faoliyati spetsifikasiga muvofiq boʻlgan hajmlari soliq solish obyektiga kiritilmaydi.
10. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
ekologiya soligʻi;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirishdan oladigan daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlar va spirt, pivo, oʻsimlik yogʻi, kir sovunga aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar toʻliq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori 4-bandining amal qilishi 2008-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
12. Belgilansinki, 2005-yil 1-yanvardan boshlab 25-ilovaga* muvofiq faoliyat turlari faqat yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
* 25-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2005-yil 1-aprelgacha ushbu qarorga 25-ilovada koʻrsatilgan faoliyat turlarini yuridik shaxs boʻlgan holda amalga oshirish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
2005-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2005-yil yanvar—mart oylarida faoliyat turlarini amalga oshiradilar hamda ular uchun 2004-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan stavkalar boʻyicha ushbu qarorga 25-ilovada koʻrsatilgan faoliyat turlaridan olingan daromaddan belgilangan soliq toʻlaydilar.
16. Joylarda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari shoxobchalari va kontingentini maqbullashtirish hamda budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi oʻzlariga idoraviy boʻysunishda boʻlgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini bir oy muddatda tegishli mahalliy hokimiyat organlari taʼminotiga bersinlar.
17. 2005-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilayotgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining 30-ilovaga* muvofiq tabaqalashtirilgan miqdorlari belgilansin.
*30-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2005-yil 1-yanvardan boshlab oliy oʻquv yurtlarining daromadlar va xarajatlar smetalarini talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushayotgan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Nol stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy tafovutini xoʻjalik yurituvchi subyektlarga toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha salbiy tafovutning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi boʻlmagan korxonalarga ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga qoplanishi nazarda tutilsin.
20. Davlat budjeti ijrosining gʻazna tizimiga oʻtish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Samarqand viloyatida, shu jumladan respublika budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim budjet tashkilotlari ishtirokida, tajriba loyihasini 2005-yildan boshlab amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Samarqand viloyati hokimligi tajriba loyihasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosini bosqichma-bosqich joriy etishga koʻmaklashish tavsiya qilinsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 32-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
25. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-dekabr,
610-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga
31-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadigan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 28-sentabrdagi 412-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar uchun tovarlar va ayollar gigiyenasi ashyolarini ishlab chiqarish hamda sotishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 4-maydagi 212-son qarorining 1, 4—6-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 24-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Parranda goʻshti va tuxum yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 13-sentabrdagi 419-son qarorining 12-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika mintaqalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish dasturiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 23-noyabrdagi 459-son qarorining 5-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qaroriga 28-ilova.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qaroriga 5-ilova 17-bandining birinchi xatboshi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga 19—21-ilovalar.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga
32-ILOVA
2005-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta mablagʻlarini sarflash tranzit magistral yoʻllarni taʼmirlash va saqlash, chet elda ishlab chiqarilgan yoʻl texnikasi, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar sotib olishga, shuningdek “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining malakali kadrlarini chet elda yoki xorijiy mutaxassislarni respublikaga taklif etgan holda tayyorlash uchun “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibining III boʻlimida:
1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xarid, taʼminot-sotish korxonalari, vositachilik haqi — yalpi daromad shartnomasi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlar uchun”;
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“boshqa sotishlardan olingan daromadlar kiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 1-dekabrdagi 506-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, Tojikiston Respublikasi avtotransport vositalaridan yigʻimlar toʻlovchilar tomonidan bevosita bojxona postlaridagi tijorat banklari boʻlimlari orqali erkin muomaladagi valyutada toʻlanadi, olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Agar qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari — yagona yer soligʻi toʻlovchilar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan birga faoliyatning boshqa turlari bilan shugʻullansalar ular alohida hisob-kitob yuritishlari va faoliyatning boshqa turlari boʻyicha soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashlari shart.
Yer qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ijaraga berilgan taqdirda ijaraga beruvchida ijaraga berilgan yer boʻyicha yagona yer soligʻi toʻlash majburiyati saqlanib qoladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2.2.6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.2.6. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar; kanallarni ijaraga berish; koʻchma, yoʻldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet uchun haq toʻlash.”;
quyidagi mazmundagi 2.2.16-band bilan toʻldirilsin:
“2.2.16. Xizmatlar qiymatini toʻlash hamda professional boshqaruvchi kompaniyalar, davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari boʻyicha xarajatlar”.
a) 1.15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.15. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: kanallarni ijaraga berish; koʻchma, yoʻldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari uchun haq toʻlash, mahalliy tarmoqlar va Internet bundan mustasno, shuningdek faqat bank xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan telekommunikatsiyalar xizmati uchun haq toʻlash (koʻchma va peyjing aloqadan tashqari).”;
b) quyidagi mazmundagi 1.21-2-band bilan toʻldirilsin:
“1.21-2. Xizmatlar qiymatini toʻlash hamda professional boshqaruvchi kompaniyalar, davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari boʻyicha xarajatlar”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) 4-bandidagi “2005-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2008-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish toʻgʻrisida” 2001-yil 30-maydagi 240-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi, 3-bandning uchinchi xatboshidagi “10” raqami “7” raqami bilan almashtirilsin;
b) Yagona soliq hisoblangan miqdorining 10 foizini Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Nizomning nomidagi, 1—4 va 6-bandlaridagi “10” raqami “7” raqami bilan almashtirilsin;
4-banddagi “90 raqami “93” raqami bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 9—11-bandlar bilan toʻldirilsin:
“9. Texnologiya jarayonlari va ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga, raqamli dastur bilan boshqariladigan pretsizion va dastgoh asbob-uskunalarining radioelektron apparatlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash.
10. Telekoʻrsatuvlarni tarqatish (translatsiya qilish) — kabel tarmogʻi boʻyicha teleradiodasturlarni qayta translatsiya qilish tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatish.
11. Birjalarda brokerlik faoliyati”.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
12-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar yuridik shaxslar asosiy faoliyatdan tashqari ulgurji savdoni amalga oshirgan taqdirda, ular faoliyatning mazkur turi boʻyicha alohida hisob-kitob yuritishlari va savdo korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashlari, shuningdek belgilangan tartibda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat beruvchi guvohnomaga ega boʻlishlari kerak”;
21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar yuridik shaxslar asosiy faoliyatdan tashqari chakana savdoni amalga oshirgan taqdirda:
ular faoliyatning mazkur turi boʻyicha alohida hisob-kitob yuritishlari, chakana savdoni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat beruvchi guvohnomaga ega boʻlishlari va savdo korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashlari kerak”;
oʻz mahsulotlarini yuridik shaxs balansidagi firma doʻkonlari orqali sotganda, mazkur yuridik shaxslar soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi uchun nazarda tutilgan soliqlar, yigʻimlar va majburiy toʻlovlarni toʻlaydilar”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlarini sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasining belgilangan cheklangan ustamasidan ortiq boʻlgan, mahalliy budjetga oʻtkazilishi kerak boʻlgan chakana narx bilan sotib olish narxi oʻrtasidagi tafovut yalpi daromadga soliqni hisoblab chiqishda soliq solish obyektiga kiritilmaydi”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Jamgʻarma mablagʻlari:
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, saqlash, shu jumladan foydalanish ehtiyojlari uchun jihozlash (mashina va mexanizmlar sotib olish) va yoʻl diagnostikasiga;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari va Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining muhandis-texnik xodimlari va boshqaruv apparati xodimlari malakasini oshirishga;
Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi taʼminotiga, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlarining ular tomonidan bajariladigan buyurtmachi funksiyalari xarajatlarini qoplashga sarflanadi”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“a” kichik bandining birinchi xatboshidagi “kichik bandlarida” soʻzlari “a-1” kichik bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “a-1” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“a-1) kommunal xoʻjaligi tizimi korxonalari tomonidan mablagʻlardan majburiy ajratmalar — sotib olish qiymatini chegirgan holda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni — tegishli ravishda issiqlik taʼminoti korxonalari uchun — issiqlik energiyasini, suv taʼminoti korxonalari uchun — suvni, gaz taʼminoti korxonalari uchun — tabiiy gazni sotish hajmidan”;
“v” kichik bandidagi “video va audiokassetalarni” soʻzlari “video va audiomanbalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v-1” kichik bandidagi “lizing boʻyicha (foizlar)” soʻzlari “lizing beruvchi (marja)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sotib olingan va vaqtincha olib kelinadigan avtotransport vositalari qiymatidan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ushbu vositalarning egalari (foydalanuvchilari) tomonidan — sotib olingan va vaqtincha olib kelingan avtotransport vositalarining (yengil avtomobillar, avtobuslar, mikroavtobuslar, yuk avtotransport vositalari va maxsus avtomobillar)ning bahosidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishdagi qiymatidan toʻlanadigan yigʻimlar hisobiga shakllantiriladi.
Yigʻimlar bevosita transport egalari (foydalanuvchilar) tomonidan avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi tegishli banklarda ochilgan Jamgʻarmaning tegishli tranzit hisob raqamlariga toʻlanadi”;
“i” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“i) xorijiy davlatlarning avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranziti uchun yigʻimlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir avtotashuvchi uchun belgilangan miqdorlarda”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar ushbu bandning “a”, “a-1”, “b”, “v”, “v-1” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatning bir necha turlari bilan shugʻullansa, bu holda u alohida hisob-kitob yuritishi hamda toʻlovlarni Jamgʻarmaga faoliyatning ushbu turlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlashi kerak”.
b) 9-band birinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishga Jamgʻarmaning maxsus maqsadli hisob raqamiga tushadigan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun buyurtmachilar — “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari tomonidan ularga xizmat koʻrsatuvchi banklarda moliyalashtirishning maxsus hisob raqamlari ochiladi.
Buyurtmachilar — “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlarining saqlash boʻyicha xarajatlarini toʻlash tasdiqlangan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq alohida depozit hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Jamgʻarmaning valyuta mablagʻlarini sarflash tranzit magistral yoʻllarni taʼmirlash va saqlash, chet elda ishlab chiqarilgan yoʻl texnikasi, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar sotib olishga, shuningdek “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Jamgʻarmaning malakali kadrlarini chet elda yoki xorijiy mutaxassislarni respublikaga taklif etgan holda tayyorlash uchun “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yoʻl xoʻjaligi tashkilotlari — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha ishlarni bajarishdan olinadigan daromadlar boʻyicha”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi “tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan tashqari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 30-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha ishlarni bajarishdan olinadigan daromadlar boʻyicha”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash — foydalanish korxonalari”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxslar — faoliyatining asosiy turi yoʻlovchilar tashish boʻlgan, qonun hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyalarga ega boʻlgan avtotransport korxonalari — yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari boʻyicha (yengil avtomobillar va yoʻnalish taksilaridan tashqari)”;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxslar — avtotransport vositalarini bitta tizim (vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmasi) ichida balansdan balansga bepul berishda”;
“lizing yoki lizing beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti bilan sublizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchilar — bunday shartnomada avtotransport vositasiga egalik qilish huquqining sotib olish qiymatini toʻlamasdan oʻtishi nazarda tutilganda va barcha lizing toʻlovlari toʻlangan taqdirda”.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyundagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
10-bandning ikkinchi xatboshidagi va 37-banddagi “nazarda tutiladigan stavkalar boʻyicha maxsus soliq” soʻzlari nazarda tutiladigan stavka boʻyicha majburiy ajratmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning ikkinchi xatboshidagi “nazarda tutiladigan stavkalar boʻyicha soliq” soʻzlari “nazarda tutiladigan stavka boʻyicha majburiy ajratmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda; 2005-y., 10-11-son, 72-modda, 32-33-son, 253-modda, 40-son, 304-modda, 52-son, 386-modda; 2006-y., 48-50-son, 486-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2011-y., 1-2-son, 8-modda, 7-8-son, 63-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)