1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2004 YILGI DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2003-yil 11-dekabrdagi 553-II-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2004-yilgi Davlat budjeti tahchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat budjeti tahchilligini moliyalashtirish faqat qadrsizlanmaydigan manbalar, shu jumladan davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan tushumlar, oʻrta muddatli davlat pul majburiyatlari va xorijdan mablagʻ jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. 2004-yil 1-yanvardan boshlab avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashuvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan cheklangan soliq jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini ijaraga berish, shu jumladan birlashmalar, uyushmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berishdan oladigan daromadlariga joriy etilsin, ular tegishli ravishda ijara toʻlovi summasidan daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
5. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklari 2004-yil 1-yanvardan boshlab yagona yer soligʻi toʻlashga oʻtkazilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.03 (Кучини йукотган) Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
6. 2004-yil 1-yanvardan boshlab Samarqand va Toshkent viloyatlari qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda, tajriba tariqasida, 18-ilovaga* muvofiq stavkalar boʻyicha yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2004-yil 1-aprelgacha Samarqand va Toshkent viloyatlari barcha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi yerlari normativ qiymatini 2004-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qayta baholash ishlarini amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlarining qayta baholangan normativ qiymatini yagona yer soligʻini hisoblab chiqish uchun koʻrsatib oʻtilgan viloyatlarning barcha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xoʻjaligi yerlari normativ qiymatini qayta baholash natijalariga koʻra, zaruriyat boʻlganda, yagona yer soligʻining belgilangan stavkalariga tuzatishlar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. 2004-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha avans toʻlovlari bekor qilinsin, ushbu soliqni amaldagi aylanma boʻyicha har oyda bir marta toʻlash nazarda tutilsin;
“OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan avtomobillarni respublikadan olib ketuvchi jismoniy va yuridik shaxslardan yigʻim bekor qilinsin.
8. 2004-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.01 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlash bilan birga yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
mehnatga haq toʻlash fondidan ijtimoiy sugʻurtaga majburiy badallar toʻlash oʻrniga, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik shaxslar mehnatga haq toʻlash fondidan 19-ilovaga* muvofiq miqdorda yagona ijtimoiy toʻlov joriy etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, yagona ijtimoiy toʻlov davlat soliqlari va yigʻimlariga tenglashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblash, toʻlash va taqsimlash toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
9. Ijtimoiy sugʻurtaga majburiy badallarni amaldagi stavkalar boʻyicha toʻlashning amaldagi tartibi:
ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlayotgan nogironlarning mehnatidan foydalanayotgan korxonalar;
“SOS – Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi uchun saqlab qolinsin.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
10. 2004-yilda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.03 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
barcha soliq solinadigan aylanmalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.04.00 (Кучини йукотган) Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish (tovar aylanmasi) hajmidan Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkasi, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chiqarib tashlangan holda, 0,7 foiz miqdorida;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.03.00 (Кучини йукотган) Fuqarolarning Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
fuqarolarning ish haqidan Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida saqlab qolinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.05.00 (Кучини йукотган) Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
11. 2004-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari 20, 21-ilovalarga* muvofiq belgilansin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
13. 2004-yil uchun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 22-ilovaga* muvofiq;
umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratmalar normativlari 23-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa naqd pul mablagʻining eng kam zarur miqdorlari 24-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli budjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutiga) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha undiriladigan barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek budjetlarning birinchi navbatdagi xarajatlarining (ustamalari bilan ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning) mablagʻ bilan soʻzsiz taʼminlanishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
14. Aholini issiqlik energiyasi bilan kafolatli taʼminlash, kommunal xoʻjaligi qozonxona inshootlari va issiqlik tarmoqlarining kuz-qish davrida uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlarida 2004-yildan boshlab ularni mukammal taʼmirlash uchun maqsadli mablagʻlar nazarda tutilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
tegishli darajadagi budjetlarni shakllantirishda har yili qozonxona inshootlari va issiqlik tarmoqlarini taʼmirlash uchun mablagʻlarni nazarda tutsinlar;
koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlaridan qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlasinlar.
15. 2004-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira fondlari miqdorlari 25-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
16. Hukumatning mablagʻ jalb qilishining cheklangan miqdori, shu jumladan Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlar hajmi 2004-yilda davlat tashqi qarziga xizmat koʻrsatish (asosiy qarzni qaytarish, foizlarni toʻlash, vositachilik haqi va boshqa xarajatlar) boʻyicha xarajatlar hajmida cheklab qoʻyilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi:
makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining bajarilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi tahlili natijalari boʻyicha, zaruriyat boʻlganda, Davlat budjetining belgilangan tahchilligi doirasida Davlat budjetining asosiy parametrlarini aniqlashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
2005 moliya yilidan boshlab yalpi ichki mahsulot oʻrtacha muddatli prognozi, budjet tahchilligining, davlatning mablagʻ jalb qilishining cheklangan miqdori, boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan oʻzaro bogʻliqlikda 3 yilga budjet daromadlari va xarajatlari parametrlarining maqsadli yoʻnalishlarini belgilashni nazarda tutuvchi soliq-budjet siyosatining oʻrtacha muddatli strategiyasi yuzasidan 2004-yil 1-aprelgacha takliflar kiritsinlar.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Davlat budjetining xarajatlar boʻyicha parametrlarini tasdiqlangan 2492,5 mlrd soʻmga oʻrniga 2385,6 mlrd soʻmgacha miqdorda aniqlashtirgan hamda budjet tahchilligini (yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan tasdiqlangan 2,0 foiz oʻrniga) yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,7 foizgacha kamaytirgan holda 2003-yilgi davlat xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2004-yil yanvar oyida 2003-yil uchun barcha darajalardagi budjetlar bilan yakuniy aylanmalar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir operatsiyalarni, 2003-yilgi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda oʻtkazilgan operatsiyalarni aks ettirgan holda, oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2003-yilgi Davlat budjeti tahchilligi faqat qadrsizlanmaydigan manbalar, shu jumladan davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan tushumlar hamda davlat budjetining 2003-yil boshidagi qoldigʻi hisobiga moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari koʻrsatkichlarini ayrim manbalar va mamlakat mintaqalari boʻyicha 2003-yilga tasdiqlangan daromadlar hajmi doirasida aniqlashtirsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 27-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini bir hafta muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
* 1—9 va 10-1-25-ilovalar rus tilidagi matnda beriladi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-dekabr,
567-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga 10-1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizlanadigan tovarlarga aksiz soligʻi
STAVKALARI
Tovarlar nomi
Soliq stavkasi
aksiz soligʻini hisobga olgan holda sotish narxlarida tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda
bir oʻlchov birligi soʻmlarda
1. Aroq va hajmiy tarkibida etil spirti 30 foiz va undan ortiq boʻlgan boshqa alkogolli mahsulotlar (1 litr suv qoʻshilmagan etil spirti uchun)(1)
3. Kuchli vinolar va hajmiy tarkibida 10%dan 30%gacha boʻlgan uzum va meva-sabzavotdan tayyorlangan hamda boshqa alkogolli ichimliklar (1 litr suv qoʻshilmagan etil spirti uchun)(1)
*) belgilangan aksiz soligʻi prognozlari bajarilganligi hamda budjetga toʻlovlar boʻyicha boqimanda mavjud boʻlmagan taqdirda, aksiz soligʻi summasi quyidagi miqdorlarda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK maxsus hisobraqamiga yoʻnaltiriladi:
— hajmiy tarkibida etil spirti 10%gacha, 10%dan 30%gacha, 30% va undan ortiq boʻlgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, shuningdek suv qoʻshilmagan bir litr etil spirtiga undiriladigan, konyak (brendi)ga belgilangan stavkadan 60 soʻm;
— 1 shisha shampan vinosi va 1 litr quruq vino uchun belgilangan stavkadan 12 soʻm.
**) belgilangan aksiz soligʻi prognozlari bajarilganligi hamda budjetga toʻlovlar boʻyicha boqimanda mavjud boʻlmagan taqdirda aksiz soligʻi Davlat budjetiga 77% stavka boʻyicha, 2% esa - “Yoqmoytamakisanoat” uyushmasining maxsus hisobraqamiga hisoblab oʻtkaziladi.
***) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi “Bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishni ragʻbatlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 390-son qaroriga muvofiq boʻsh qolgan mablagʻlarni ishlab chiqarishni oʻstirish, assortimentni kengaytirish va ishlab chiqariladigan isteʼmol tovarlarining raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirish maqsadida aksiz soligʻi summasi korxona ixtiyorida qoladi.
Izoh:
1) qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning oʻzgarishi hamda sotiladigan mahsulot hajmidan kelib chiqqan holda bir yil ichida qayta koʻrib chiqiladi;
2) guruch yormasi, “OʻzDEUavto” AJ avtomobillariga aksiz soligʻini toʻlovchilar va uni toʻlash tartibini Moliya vazirligi OʻzR Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda belgilaydi;
3) paxta tolasi, zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi stavkalari hamda aksiz soligʻini toʻlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi;
4) stavkalar oʻrtacha hisoblangan miqdorda keltirilgan. Aksiz soligʻini toʻlovchilarga doir stavkalarning aniq hajmi va toʻlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilaydi;
5) benzin, dizel yoqilgʻisi va aviakerosinga aksiz soligʻi summasini hisoblashda neft va gaz kondensati boʻyicha hisoblangan aksiz soligʻi summasi hisobga olinmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga 26-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2004 YIL 1 YaNVARDAN BOShLAB OʻZ KUChINI YOʻQOTADIGAN QARORLARI
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida” 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 4-son, 10-modda; 1994-y., 1-son, 1-modda) 10-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmogʻini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 24-iyundagi 313-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 33-modda) 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarorining 3-bandi, 8-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshi hamda qarorga 3-20-ilovalar.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda) 2-ilova 4-bandining ikkinchi xatboshi.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga 27-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA KIRITILAYOTGAN OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom 9-bandining oʻn oltinchi xatboshidagi “xoʻjalik subyektlaridan” soʻzlaridan keyin “0,07 foiz miqdorida” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining texnik jihatdan taʼminlanganligi darajasini oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 20-avgustdagi 410-son qarorida:
5-bandning beshinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” soʻzlari “respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Magnum” haydov traktorlarini jihozlash uchun pluglar xarid qilish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-iyuldagi 326-son qarorida:
ilovadagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” soʻzlari “respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda; 2003-y., 6-son, 44-modda, 45-modda; 10-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilovada:
“1.15. Ijaraga berganlik, xizmatlar koʻrsatilganligi, maʼlumotlar uzatilganligi uchun aloqa uzellariga toʻlov (koʻchma, yoʻldosh, peyjing aloqasi, radiochastotalar ijarasi, ajratilgan kanallar, maʼlumotlarni uzatishning simli va simsiz tarmoqlari), ATS va Internetdan tashqari”;
“1.21-1. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita taalluqli boʻlmagan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va unga chiqindilarni joylashtirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlari”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Don oʻrish-yigʻish kombaynlari va haydov agregatlarini xarid qilish toʻgʻrisida” 1999-yil 2-apreldagi 152-son qarorining 3-bandida:
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” soʻzlari “respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Keys” don oʻrish-yigʻish kombaynlarini xarid qilish toʻgʻrisida” 1999-yil 12-maydagi 235-son qarorining 4-bandida:
birinchi xat boshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” soʻzlari “respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xat boshi chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarish sinovlari uchun shudgorlash agregatlari xarid qilish toʻgʻrisida” 1999-yil 19-iyuldagi 351-son qarorida:
3-banddagi “Qashqadaryo viloyati hokimligining” soʻzlari “respublika budjetining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovadagi “Qashqadaryo viloyatining” soʻzlari “respublika budjetining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-sentabrdagi 431-f-son farmoyishining 4-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qozogʻiston Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirgan yoki Oʻzbekiston Respublikasidan Qozogʻiston Respublikasiga chiqqan holda olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta hisob raqamiga oʻtkazilgan holda bevosita bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining boʻlimlari tomonidan erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi”.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 780-modda)
15. Vazirlar Mahkamasining “Don oʻrish-yigʻish kombaynlari va ehtiyot qismlar xarid qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-maydagi 186-son qarorining 3-bandida:
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” soʻzlari “respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
18. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-apreldagi 217-f-son farmoyishi 3-bandining ikkinchi xat boshidan “bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy oʻtgandan keyin aksiz soligʻi toʻlagan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 250-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48—50-son, 486-modda)