1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.06.00 (Кучини йукотган) Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 31-yanvarda 1446-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 8-maydagi 39, 2014-20-sonli “Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1446-6, 16.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyundagi 263-sonli “Budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 264-modda) va 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.