1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
BUYRUG‘I
ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH SOHASIGA OID NORMATIV HUJJATNI AMALGA KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 28-yanvarda 1211-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tarkibidagi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi talablaridan kelib chiqib Agentlik tizimidagi xizmat ko‘rsatuvchi telekommunikatsiya obyektlarida favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishi haqida xabarlash va signallarni uzatish tartibini belgilovchi normativ hujjat sifatida “Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi Nizom” loyihasini ishlab chiqib, tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligini inobatga olib, buyuraman:
1. FTMTM tomonidan ishlab chiqilgan “Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi Nizom”(ilova qilingan) tasdiqlansin.
2. FTMTM (Isayev) tasdiqlangan Nizomni o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. Ushbu Nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan 10 kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin va Agentlik tarkibidagi barcha aksiyadorlik kompaniyalarga, korxonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga amaliyotda foydalanishlari uchun yetkazib berilsin.
Bosh direktor A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-dekabr,
200-son
Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2002-yil 29-dekabrdagi 200-son buyrug‘i bilan “TASDIQLANGAN”
Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi
Mazkur Nizom favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida aholiga xabarlash signallarini uzatish tartibini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga* xizmat ko‘rsatuvchi telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining, mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qat’i nazar, o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida aholiga xabarlash signallarini uzatish tartibini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga* xizmat ko‘rsatuvchi telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining, mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qat’i nazar, o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
§ 1. Atama va ta’riflar
1. Mazkur hujjatda quyidagi atamalar tegishlicha ta’riflari bilan qo‘llaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (bundan buyon matnda FVDT deb yuritiladi) — aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega bo‘lgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalari, kuchlari va vositalaridan iborat tizim.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
Telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, ma’lumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye) tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va litsenziyaga asosan tegishli telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
Telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 23-iyundagi 10-yu-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-1, 11.07.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 28-son, 295-modda)
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolishga va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
FVDTining rahbariy idoralari — huquq doirasiga favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni himoya qilish masalalarini hal qilish kiradigan davlat boshqaruvi idoralari, mahalliy hokimiyat idoralari va obyektlar ma’muriyati.
Telekommunikatsiyalar tarmog‘i — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 23-iyundagi 10-yu-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-1, 11.07.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 28-son, 295-modda)
Umumiy foydalanishdagi shaxsiy radiochaqiriq tarmog‘i (peydjing aloqasi tarmog‘i) — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i yordami bilan radiokanalda cheklangan hajmdagi xabarlarni uzatishni amalga oshiriluvchi texnik vositalar majmui.
Eshittirish tizimi — eshittirish dasturlarini tashkil qilish va bevosita aholiga yoki boshqa foydalanuvchilarga uzatish uchun mo‘ljallangan tizim.
Izoh: tizimlar dasturlar turiga ko‘ra, ovozli va teleko‘rsatuv eshittirishlari, tarqalish muhitiga ko‘ra esa, simli (kabelli) va efirli eshittirishlar, shu jumladan, yo‘ldosh aloqa tizimlariga ajratiladi.
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (bundan buyon matnda FV deb yuritiladi) — muayyan hududda odamlar qurbon bo‘lishiga, odamlarning sog‘lig‘iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar.
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 16-iyuldagi 41-mh-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1211-2, 30.07.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 419-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish bo‘yicha kuchlar va vositalar boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlarini, xabarlash va aloqa tizimlarini tashkil qiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ularga favqulodda vaziyatlar xavf solganda yoki ular yuzaga kelishida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari haqida ma’lumotlar olish huquqiga egadirlar.
Aholiga o‘z vaqtida va majburiy tartibda favqulodda vaziyatning xavfi, dalili, miqyosi, ularning o‘zlarini tutish qoidalari va himoya choralari, shuningdek favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf qilinishining borishi to‘g‘risidagi axborotlar yetkazilishi kerak.
5. Operatorlar va provayderlar favqulodda vaziyatlar xavfi to‘g‘risida aholining xabardor qilinishini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan vositalar joylashtirilishi, o‘rnatilishi va ulardan foydalanishni ta’minlashga majburdirlar.
6. Markazlashtirilgan xabarlash tizimlari o‘zining mo‘ljallanishi bo‘yicha respublika, viloyat ichi, tuman (shahar), shuningdek mahalliy (obyektlarga doir) xabarlash tizimlari bo‘lishi mumkin.
7. O‘zbekiston Respublikasining markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining uskunalari Favqulodda vaziyatlar vazirligining balansida, markazlashtirilgan viloyat ichi xabarlash tizimlarining uskunalari esa, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha viloyat boshqarmalarining balansida turadi.
8. Mahalliy xabarlash tizimlari favqulodda vaziyatlar xavfi yoki kelib chiqishi haqida shu obyektlarning xodimlarini, shuningdek bevosita ularga yaqin joylashgan obyektlar va aholini xabarlash uchun xizmat qiladi.
9. Respublika, viloyat ichi, tuman va shahar markazlashtirilgan xabarlash tizimlari maxsus texnik vositalarining uskunasi, qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiruvchi telekommunikatsiya korxonalarida o‘rnatiladi. Telekommunikatsiya korxonalari favqulodda vaziyatlar bo‘yicha respublika, viloyat va shahar boshqarmalari (FVB) bilan tuzilgan shartnoma asosida yuqorida ko‘rsatilgan vositalarga texnik-foydalanish xizmat ko‘rsatilishini tashkil qiladilar va ta’minlaydilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
10. Foydalanishga qabul qilingan markazlashtirilgan xabarlash tizimlari ishlatishga doim tayyor turishi kerak. Mansabdor shaxslar mas’uliyatini oshirish va xabarlash apparaturalarini ruxsatsiz ishga tushirilishining oldini olish maqsadlarida kodlash tizimlari qo‘llaniladi, boshqaruv pultidagi hisoblagich va yoqish tugmalari FVB tomonidan muhrlanadi.
11. Telekommunikatsiya obyektlarida o‘rnatilgan FVBga tegishli xabarlash va texnik aloqa vositalarining saqlanishiga, xabarlash va aloqa vositalarining ishga tushirilishi uchun texnik jihatidan doimiy tayyorligiga, ularning ishlash qobiliyatiga javobgarlik telekommunikatsiya korxonalarining rahbarlari va bu vositalarga texnik-foydalanish xizmati ko‘rsatilishi uchun qabul qilib olgan tarkibiy bo‘linmalar javobgardirlar.
12. Telekommunikatsiya korxonalarida markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining maxsus texnik vositalariga texnik-foydalanish uchun xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va telekommunikatsiya korxonalari hamda FVB tomonidan tuzilgan shahodatlash komissiyaga imtihonlar (sinovlar)ni muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassislardan guruhlar tuziladi. Texnik aloqa vositalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruh rahbari tezkorlik tartibida maxsus texnik uskunalariga texnik-foydalanish xizmati ko‘rsatilishiga shartnoma tuzilgan FVB boshlig‘iga bo‘ysunadi.
§ 3. Favqulodda vaziyatlarda aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatish tartibi
13. Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida, barcha eshittirish tizimlari orqali eshittirish dasturlarini uzib qo‘yib, belgilangan tovush signallarini, nutqli xabarlarni va shaxsiy radiochaqiriq (peydjing aloqa tarmog‘i) hamda ko‘chma uyali aloqa tarmoqlari orqali tegishli xabarlarni uzatish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi aholisini xabarlash ko‘zda tutilgan.
14. Xabarlash signallari va aholi uchun zarur axborotlar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududi bo‘yicha ham, bir yoki bir nechta viloyatlar (tumanlar, shaharlar)ning hududi bo‘yicha ham tanlab uzatilishi ham mumkin.
15. Markazlashtirilgan xabarlash tizimiga shartli signallarni uzatish FVV yoki viloyat FVBning shahardagi va shahar tashqarisidagi punktlarida uskunalangan apparatxonalaridagi maxsus apparatlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
16. FVVning talabi bo‘yicha Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi operator va provayderlar favqulodda vaziyat xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqidagi nutqli xabarlarning magnit yozuvlarini barcha studiyalari uchun, ularning mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qat’i nazar, oldindan tayyorlab qo‘yishlari kerak. Ko‘rsatilgan yozuvli kassetalar FV turlariga ko‘ra raqamlangan bo‘lishi va belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
17. Ayrim, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, FVVda tasdiqlagan “Standart bo‘lmagan nutqli xabarlarni yoki magnit yozuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish tarhlari”ga muvofiq FVV yoki FVB tezkor navbatchilarining bevosita ish joylaridan standart bo‘lmagan qisqa nutqli xabarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda yoki magnit yozuvi ko‘rinishida (FVV yoki FVB tegishli rahbarining farmoyishiga binoan) uzatishga ruxsat etiladi.
18. Favqulodda vaziyat xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqidagi, sodir bo‘lgan holatdagi o‘zini tutish tartibi haqidagi axborot aholiga eshittirishlar dasturlarini besh daqiqadan ko‘p bo‘lmagan davomiylikdagi uzish bilan uzatiladi. Ko‘rsatilgan xabarlarni uzatilishining ikki-uch marta takrorlanishiga ruxsat etiladi.
19. Qoidaga ko‘ra, nutqli axborotlarni uzatish eshittirish tizimlari studiyalarida malakali suxandonlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
20. Eshittirishlar dasturlarining uzish dalili FVV (FVB)ning tezkor navbatchisi va eshittirish tizimining obyekti bo‘yicha javobgar navbatchisi tomonidan qayd qilinishi kerak.
§ 4. Favqulodda vaziyatlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlarining obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar va provayderlarning aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarini uzatishni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari
(4-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
a) aholi uchun nutqli xabarlar matnlarini ishlab chiqadi hamda Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi operator va provayderlar bilan birgalikda magnit tashuvchilarga oldindan yozib qo‘yishni tashkil qiladi;
b) shaxsiy radiochaqiriq tarmoqlari abonentlari uchun xabarlar matnini ishlab chiqadi;
v) markazlashtirilgan xabarlash tizimining maxsus apparatlarini sotib olishni, loyihalashni, qurish va yetkazib berishni ta’minlaydi;
d) O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi korxonalari, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi operator va provayderlar bilan birgalikda aholini xabarlashning o‘quv signallarini uzatish bo‘yicha va eshittirish tizimlari obyektlarining axborot uzatishga tayyorgarligi bo‘yicha tekshiruv mashqlarini rejalashtiradi va amalga oshiradi;
(21-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
e) O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga xabarlash signallari va FV to‘g‘risidagi axborotlarning uzatishni ta’minlash uchun telekommunikatsiya kanallarini ajratishga berilgan talabnomalarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
(21-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
j) FV xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqida aholini xabarlash uchun mo‘ljallangan eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi, shaxsiy radiochaqiriq hamda ko‘chma uyali aloqa tarmoqlari operatorlari va provayderlarining ro‘yxatini aniqlaydi;
z) FV xavfi va uning yuzaga kelishida FVV (FVB) tezkor navbatchilari aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatish masalalari bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lishlari kerak bo‘lgan eshittirish tizimlari obyektlari hamda shaxsiy radiochaqiriq va ko‘chma uyali aloqasi tarmoqlarining mansabdor shaxslari ro‘yxatini (bog‘lanish telefon raqamlarini ko‘rsatish bilan) tuzadi;
i) FV xavfi va uning yuzaga kelishi to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotlarni taqdim etadi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
a) FVDT faoliyat ko‘rsatishning barcha tartiblarida respublika va mahalliy darajalarda aloqa va markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
(22-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
b) markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining maxsus texnik vositalarning texnik-foydalanish uchun xizmat ko‘rsatishga qabul qilinishini tashkil etadi va nazorat qiladi, shuningdek ularning ishlashga doim tayyor bo‘lishini ta’minlaydi;
v) FV xavfi yoki uning yuzaga kelishida FVDT boshqaruv idoralari tomonidan telekommunikatsiya vositalari va kanallarining ustuvor ravishda foydalanilishini ta’minlaydi;
g) telekommunikatsiyaning texnik vositalari (radiotranslyatsiya tarmoqlari, radioteleko‘rsatuvlarni uzatish stansiyalari, eshittirish dasturlarini uzatish kanallari)ning FV to‘g‘risidagi xabarlash signallari va axborotlarni uzatishga texnik tayyorgarligini ta’minlaydi;
d) markazlashtirilgan xabarlash tizimi maxsus texnik vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni FV to‘g‘risidagi xabarlash signallari va axborotlarni uzatishda o‘zlarining vazifalarini bajarishlariga tayyorgarliklarini ta’minlaydi;
e) yangi ishga tushirilgan markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining yoki ularning qayta qurilishidan so‘ng foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiya ishida ishtirok etadi;
j) FVVga telekommunikatsiyalar kanallarini, belgilangan tartibga muvofiq, ijaraga ajratadi;
z) eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar va provayderlarga litsenziya beradi va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi orqali litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan, favqulodda vaziyatlar xavfi va ular yuzaga kelganda xabarlash signallari uzatilishi va aholi xabardor qilinishi hamda texnik imkoniyatlar mavjudligini ta’minlash qismi bo‘yicha bajarilishining nazoratini amalga oshiradi.
(22-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
23. Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar va provayderlar:
a) magnit tashuvchilardagi nutqli xabarlarning yozuvlarini navbatchi xodimlar uchun qulay sharoitlarda saqlanishini ta’minlaydi;
b) eshittirish tizimlari obyektlari texnik uskunalarning FV to‘g‘risidagi xabarlash signallari va axborotlarning uzatishga doimiy tayyorligini ta’minlaydi;
v) aholiga xabarlash signallari va axborotlarni uzatish masalalari bo‘yicha FVV (FVB) bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishga majbur mansabdor shaxslarni (eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar va provayderlar rahbarlari buyrug‘i va / yoki lavozim yo‘riqnomasi bo‘yicha) belgilaydi;
g) istisnoli hollarda, FVV yoki FVB tegishli rahbarining farmoyishiga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda qisqa nostandart xabarlarni uzatishni tashkil qiladi;
d) suxandonlik va muharrirlik tarkibini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning FV haqidagi nutqli axborotlarni uzatishdagi harakatlarga tayyorlashni ta’minlaydi;
e) FVB bilan kelishuvga binoan favqulodda vaziyatlarda xabardor qilinishi va axborot uzatilishiga taalluqli bo‘lgan, shaxsiy radiochaqiriq va ko‘chma uyali aloqa tarmoqlari (davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari va eshittirish tizimi rahbarlari) abonentlarining ro‘yxatlarini tuzadi;
j) berilgan talabnomalarga muvofiq eshittirish tizimlari obyektlarini FVVga ijaraga ajratadi.
24. Nodavlat radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya) tarmoqlari operatorlari, majburiy tartibda, o‘z uskunalarini markazlashtirilgan holda xabarlash va axborotlarni uzatish markaziga ulanishini ta’minlaydigan texnik imkoniyatlarga, shuningdek o‘z studiyalardan FVB (FVV) boshqarmasining punktlarigacha bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri simlarga ega bo‘lishlari kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan vositalarni sotib olish, o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri simlarni ijaraga olish operatorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
§ 5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar va provayderlarning favqulodda vaziyatlarda aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatishdagi o‘zaro munosabatlari tartibi
(5-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
25. Markazlashtirilgan xabarlash tizimining maxsus texnik vositalari (apparaturalari) va studiya uskunalarining ulanishi FVV (FVB) tezkor navbatchisi tomonidan bevosita telefon orqali apparatxona bo‘yicha navbatchiga xabar beriladigan parolga ko‘ra amalga oshiriladi.
Parollar va unga javoblar bilan almashuvidan so‘ng, buyruqning ishonchliligiga ishonch hosil qilib, apparatxona bo‘yicha navbatchi apparaturani ulaydi va apparatura ulangani haqida FVV (FVB) tezkor navbatchisiga xabar beradi.
26. Xabarlash signallarining uzatilishi haqidagi axborot bir vaqtning o‘zida tizimlar va telekommunikatsiyalarning barqaror ishlab turishini ta’minlanishi hamda FV haqidagi signal va xabarlar uzatilishida ustuvorlikka rioya etilishini nazorat qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga yo‘llanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)
27. Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar va provayderlar xabarlash signalini olgandan so‘ng eshittirishlar dasturini uzib qo‘yadilar va FV to‘g‘risidagi axborotning uzatilishini ta’minlaydilar.
28. FV to‘g‘risidagi xabarni uzatish uchun eshittirishlarni uzib qo‘yishni hisobga olish tartibi, zaxira kanallarini taqdim etish va barqaror aloqani ta’minlash, uzatiladigan xabarlarning soni, eshittirishdagi uzilishlarning rasmiylashtirilishi, teleko‘rsatuvlar va radiosignallarning o‘tishini nazorat qilish, xabarlash signallarini uzatish uchun parollar tizimi belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
§ 6. Yakuniy qism
29. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.M. SAIDOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-dekabr,
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisi A.K. KO‘CHIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y.,1-2-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 28-son, 295-modda; 2013-y., 31-son, 419-modda; 2015-y., 13-son, 161-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)