1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1497-3]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 30-apreldagi 8/1-sonli “Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3301, 07.05.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 28-maydagi 610-son qarori (roʻyxat raqami 1497, 2005-yil 15-iyul oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 28-29-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-sentabr,
29/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-son qaroriga ILOVA
Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“5. Ochiq valyuta mavqelari jami summasining haqiqiy hajmi barcha qisqa va barcha uzun valyuta mavqelari jami summalarini alohida-alohida hisoblab chiqishda hamda barcha ochiq valyuta mavqelarini hisoblab chiqishda aniqlanadi.”.
“8. Tijorat banklarining milliy valyutani chet el valyutalariga nisbatan qiymatining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan valyuta xatarini cheklash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tijorat banklari uchun ochiq valyuta mavqelarining quyidagilar boʻyicha chegaralari belgilanadi:
chet el valyutasining har bir turi boʻyicha;
ochiq valyuta mavqelarining jami summasi;
barcha qisqa valyuta mavqelari jami summasi;
barcha uzun valyuta mavqelari jami summasi.”.
4. 9 va 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“13. Tijorat banklari oʻzlarining filiallari uchun ochiq valyuta mavqelari limitlarini mazkur Qoidalar bilan belgilangan talablar doirasida mustaqil ravishda belgilaydi va bu haqida ularni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.”.
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank tomonidan oʻtkazilayotgan tekshiruv maʼlumotlari;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tijorat banklarining balans hisobvaraqlarining kunlik monitoringi.”.
“18. Ochiq valyuta mavqelarining limiti oshirib yuborilgan hollarda yoki hisobot taqdim etilmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qoʻmitasining qaroriga asosan tijorat bankiga nisbatan qonun hujjatlarda belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllashi mumkin.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)