toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-oktabr,
809-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 6-maydagi 213-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 46-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshi, 5-band va 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish portlovchi moddalar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish, shu jumladan kuzatilmaydigan bagajda olib kirish taqiqlanadi;
portlovchi moddalarni (olib kirishga ruxsatnoma mavjud boʻlganda) transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtkazish punktlari orqali ustuvor tartibda (navbatsiz) oʻtkaziladi;
portlovchi materiallarni bojxonada tekshirish faqat maxsus jihozlangan joylarda (portlovchi materiallarni saqlash omborlarida) amalga oshiriladi”;
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 95-modda) kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)