1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Soʻnggi yillarda respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish shaffofligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tusidagi hujjatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Shu bilan birga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi B.Gulyamovning shaxsiy masʼuliyatsizligi va nazoratsizligi tufayli ruxsat berish tartib-taomillari tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish taʼminlanmagan.
Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasining oʻz vaqtida va zarur sifatda ishlab chiqilishini taʼminlamaganligi uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi B.Gulyamovga hayfsan eʼlon qilinsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 566-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2022-y., 09/22/566/0897-son)
Portlovchi materiallarning aylanishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
LexUZ sharhi
2-bandning uchinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.