1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar);
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
OLIMPIYA ZAXIRALARI KOLLEJLARIDA SPORT ZAXIRASINI TAYYoRLASh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-sonli “Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Olimpiya zaxiralari kollejlari bazasida yuqori klassli sportchilar va sport zaxirasi tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek ularning yagona tipdagi ta’lim muassasalari sifatidagi faoliyati tartibi va shart-sharoitlarini birxillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
1. Quyidagilar:
Olimpiya zaxiralari kollejlari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.88.00 (Кучини йукотган) To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olish]
Olimpiya zaxiralari kollejlarida tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining olimpiya zaxiralari kollejlarida 7-sinfdan 9-sinfgacha o‘qitgan holda umumta’lim bo‘g‘inlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
2010-2011 o‘quv yilidan boshlab Jizzax, Samarqand, Tayloq, Buxoro, Nukus, Qarshi, Termiz, Farg‘ona, Urganch va Namangan olimpiya zaxiralari kollejlari tuzilmasiga mavjud moddiy-texnika bazasi va quvvatlar doirasida 7-sinfdan 9-sinfgacha o‘qitgan holda umumta’lim bo‘g‘inlarini kiritsinlar;
2010-2011 o‘quv yilidan boshlab Urganch olimpiya zaxiralari kolleji huzuridagi maktab-internatni va Farg‘ona olimpiya zaxiralari kolleji huzuridagi umumta’lim maktabini tugatsinlar, ushbu kollejlar tuzilmasiga 7-sinfdan 9-sinfgacha o‘qitgan holda umumta’lim bo‘g‘inlarini kiritsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
umumta’lim bilimlarining uzviyligini va sport mahoratini uzluksiz o‘stirishni ta’minlashni, shuningdek olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilarini tayyorlash yo‘nalishlarini birxillashtirishni hisobga olgan holda 2010-2011 o‘quv yili boshlangungacha davlat ta’lim standartini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda olimpiya zaxiralari kollejlarining namunaviy shtatlarini, shuningdek olimpiya zaxiralari kollejlarida o‘qituvchi-trenerlar mehnatiga haq to‘lash normativlarini va tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi 2010-yil 15-avgustdan boshlab 4-ilovaga muvofiq olimpiya zaxiralari kollejlari, shu jumladan ularga tegishli binolar va inshootlar, moddiy-texnika vositalari, o‘quv asbob-uskunalari hamda boshqa mol-mulkning O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufiga berilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yilgi Davlat budjeti parametrlariga o‘zgartirishlar kiritsin, 2011-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga ta’lim sohasi uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-iyul,
163-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qaroriga 1-ILOVA
Olimpiya zaxiralari kollejlari to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Olimpiya zaxiralari kollejlarining maqomini, ular faoliyati tartibini va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
2. Olimpiya zaxiralari kolleji o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi, uning faoliyati o‘rta bo‘g‘in sporti sohasida yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya va milliy turlari, shuningdek Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun nomzod bo‘lgan turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish uchun sport zaxirasi tayyorlashga yo‘naltirilgan.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilarni samarali tanlab olish, ularning sport mahoratini tinimsiz o‘stirish hamda olimpiya zaxirasini sifatli tayyorlash maqsadida o‘z tuzilmasida 7-sinfdan 9-sinfgacha o‘qitgan holda umumta’lim bo‘g‘inlariga ega bo‘ladi.
3. Olimpiya zaxiralari kolleji o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.
4. Olimpiya zaxiralari kolleji yuridik shaxs hisoblanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
5. Olimpiya zaxiralari kollejlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufida bo‘ladi, kollejlar faoliyatiga umumiy tashkiliy, o‘quv-metodik va ilmiy rahbarlik qilish, shuningdek moddiy-texnik ta’minot Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Olimpiya zaxiralari kollejlariga umumiy ta’lim hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha o‘quv-metodik rahbarlik qilish Davlat ta’lim standartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Olimpiya zaxiralari kolleji sportning ommalashtirilayotgan turlari bo‘yicha o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini ta’minlashi hamda tegishli sport bazasiga ega bo‘lishi lozim.
7. Sport zaxirasini tayyorlash olib borilayotgan sport turlari hamda olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari kontingenti olimpiya zaxiralari kolleji taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 600 nafar o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘inlari bo‘yicha — 300 nafardan.
Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 660 nafar o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘inlari bo‘yicha — 330 nafardan.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
8. Olimpiya zaxiralari kolleji 3810201 “Sport” mutaxassisligi, sportning tanlangan turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchi kasbini bergan holda kadrlar tayyorlaydi.
Olimpiya zaxiralari kollejiga boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Olimpiya zaxiralari kollejida o‘qish:
umumiy ta’lim dasturi bo‘yicha — 3 yil;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturi bo‘yicha — 3 yil.
10. O‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan olimpiya zaxiralari kolleji bitiruvchilariga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi, umumta’lim bo‘g‘inlarining 9-sinflari bitiruvchilariga o‘rta ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi attestat beriladi.
Diplomga o‘zlashtirilgan umumta’lim fanlari va maxsus fanlar, soatlar hajmi va ular bo‘yicha baholar ko‘rsatilgan varaqa ilova qilinadi.
Olimpiya zaxiralari kollejini bitirganlik to‘g‘risidagi diplom egallangan mutaxassislikka muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish, yoxud o‘qishning kelgusi bosqichida ta’lim olishni davom ettirish huquqini beradi.
II. Olimpiya zaxiralari kollejining maqsadi, vazifalari va uning faoliyatini tashkil etish
11. Quyidagilar olimpiya zaxiralari kollejining maqsadi hisoblanadi:
o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli o‘qitish, har tomonlama kamol toptirish va ularning sport mutaxassisliklari va kasblarini egallashini ta’minlash;
yosh sportchilarni istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tayyorlash, ularda o‘z Vatani uchun faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy an’analarni hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish.
12. Quyidagilar olimpiya zaxiralari kollejining asosiy vazifalari hisoblanadi:
olimpiya zaxiralari kollejlarining umumta’lim bo‘g‘ini 9-sinflari bitiruvchilaridan eng iqtidorli sportchilarni, sport ixtisosidagi maktab-internatlarda, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida hamda ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan sportchilarni olimpiya zaxiralari kollejlarida o‘qishni davom ettirish uchun tanlab olish;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
respublika va xalqaro sport musobaqalarida qatnashish uchun sport zaxirasini sport terma jamoalari tarkibiga tayyorlash;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
o‘quvchi-sportchilarning respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur va yetarli bo‘lgan kasbiy moyilligini, mahorati va ko‘nikmalari chuqur rivojlantirilishini ta’minlash, sport tayyorgarligi ta’limining navbatdagi bosqichlarida o‘qishini, shuningdek egallangan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni davom ettirish;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
mutaxassislar va sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash;
davlat ta’lim standarti doirasida umumta’lim va kasb-hunar o‘quv dasturlarini amalga oshirish;
o‘quv-tarbiya jarayonining sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish.
13. Olimpiya zaxiralari kollejlarida ta’lim va sport tayyorgarligi mazmuni, ta’lim va o‘quv-mashq jarayonini tashkil etish davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bilan belgilanadi.
14. Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilarining ijtimoiy kafolatlari va ularni qo‘llab-quvvatlash qonun hujjatlarida, shuningdek kollej ustavida belgilanadi.
15. Olimpiya zaxiralari kollejining o‘qish, sport tayyorgarligi, mehnat va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha faoliyati, o‘quvchilar va xodimlarning yashash sharoitlari, shuningdek ularning ta’minoti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
III. Respublika olimpiya zaxiralari kollejining faoliyati xususiyatlari
16. Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji sport sohasida o‘rta maxsus bo‘g‘in mutaxassislari tayyorlash bo‘yicha bazaviy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi hisoblanadi hamda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
seleksiya ishlari olib borish va istiqbolli sportchilarni tanlash, shu jumladan yuqori sport yutuqlariga ega bo‘lgan olimpiya zaxiralari boshqa kollejlarining yosh sportchilari bo‘lgan o‘quvchilar kontingentidan o‘tkazish hisobiga istiqbolli sportchilarni tanlash;
o‘quvchilarning aniq maqsadga yo‘naltirilgan nazariy va jismoniy tayyorgarligi, ularni tayyorlashning o‘quv-mashq jarayoniga ilg‘or sport-psixologiya texnologiyalarini joriy etish;
olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish.
17. Seleksiya ishlari, boshqa sport maktablari va maktab-internatlar o‘quvchilari, olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari kontingentidan yuqori sport yutuqlariga erishgan eng istiqbolli va iqtidorli o‘quvchilarni Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilish va o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
IV. Olimpiya zaxiralari kollejlariga o‘quvchilar qabul qilish, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
18. Olimpiya zaxiralari kollejiga o‘qishga qabul qilish respublika hududida yashayotgan, qoidaga ko‘ra, sportga ixtisoslashgan maktab-internatlarda, bolalar-yoshlar sport maktablarida va olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar-yoshlar sport maktablarida va ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan sportga qobiliyati eng iqtidorli o‘quvchilar orasidan tanlab olish asosida amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
19. Olimpiya zaxiralari kollejiga o‘quvchilar belgilangan tartibda umumta’lim bo‘g‘inining 7-sinfiga va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘inining 1-kursiga qabul qilinadi.
Olimpiya zaxiralari kolleji umumta’lim bo‘g‘inining 7-sinfiga o‘quvchilar tanlov shartlari bo‘yicha va 6-sinfdagi o‘zlashtirish tabeli asosida qabul qilinadi.
Olimpiya zaxiralari kolleji o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 1-kursiga o‘quvchilar o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi attestat asosida;
olimpiya zaxiralari kolleji umumta’lim bo‘g‘ini 9-sinflari bitiruvchilari orasidan kollej attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra;
umumta’lim maktablari va maktab-internatlarning 9-sinflari bitiruvchilari orasidan tanlab olish shartlari bo‘yicha qabul qilinadi.
20. Olimpiya zaxiralari kollejiga yigit va qizlar jinsi, tili, irqi, millati, diniy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishi, mashg‘uloti turi, ijtimoiy mavqei, yashash joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaganligidan qat’i nazar, qabul qilinadi.
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tanlab olish tartibida qabul qilinadi.
21. Olimpiya zaxiralari kollejiga o‘quvchilar qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilingan o‘quvchilar:
umumta’lim va maxsus sport fanlari bo‘yicha o‘qish;
o‘quv-mashq jarayonida va sport musobaqalarida ishtirok etish;
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish;
olimpiya zaxiralari kollejining moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
o‘quvchilar va talabalar yashaydigan uyda bepul yashash;
o‘qishni boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish huquqiga egadir.
23. Olimpiya zaxiralari kollejining o‘quv sinflari va guruhlari 30 kishidan iborat bo‘ladi. O‘quvchilar o‘qitish kurslari bo‘yicha guruhlarga, shuningdek umumta’lim bo‘g‘inlari sinflariga, sport tayyorgarligi yo‘nalishlari bo‘yicha esa — bo‘linmalarga birlashadi.
24. O‘qitish kursi va umumta’lim bo‘g‘ini sinfini tugallash yakunlari bo‘yicha reyting nazorati natijalari asosida o‘quvchilarni navbatdagi kursga va umumta’lim bo‘g‘inining navbatdagi sinfiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. O‘quvchilarni kursdan kursga va umumta’lim bo‘g‘ini sinfidan sinfiga o‘tkazish ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Shartli ravishda o‘tkazishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. O‘quvchilarni olimpiya zaxiralari kollejidan boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
26. O‘quvchi-sportchilarni olimpiya zaxiralari kollejidan chetlatish:
boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirishda, shu jumladan o‘quvchilarning o‘z tashabbusi bilan ko‘chirishda (ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
akademik o‘zlashtirmaslikda va tegishli normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda va tibbiy nomuvofiqlik holatlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda o‘quvchilarni kollejdan chetlatish olimpiya zaxiralari kolleji attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra bir yilda ikki marta amalga oshiriladi;
o‘quv intizomi va olimpiya zaxiralari kollejining ichki tartibi qoidalari buzilganda, shu jumladan axloqsizlik, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, shu jumladan taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qo‘llanilgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27. O‘quv yili 2-sentabrda boshlanadi va o‘quv rejasiga muvofiq tugallanadi.
28. Olimpiya zaxiralari kollejida o‘qish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. O‘quv mashg‘ulotlarining qancha davom etishi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasi va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari Umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
29. Olimpiya zaxiralari kollejining o‘quv rejasi Davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan umumta’lim fanlarini, maxsus va sport tayyorgarligi fanlarini o‘z ichiga oladi.
30. O‘quv rejalari va dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
31. Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quv rejasiga muvofiq o‘quv, o‘quv-mashq va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari va usullarini belgilaydi.
O‘quv dasturlari quyidagi shakllarda o‘quv rejasiga muvofiq amalga oshiriladi: o‘quv darsi, ma’ruza, seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg‘ulotlar, kurs ishi, mustaqil tayyorgarlik.
Guruhda va yakka tartibdagi o‘quv-mashq mashg‘ulotlarida, o‘quv-mashq yig‘inlarida, sport musobaqalarida qatnashish o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
32. Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilarning sport mahorati darajasini qo‘llab-quvvatlash va oshirish maqsadida ta’til vaqtida o‘quv yilida 60 kungacha davom etadigan o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazgan holda o‘quvchilarning faol dam olishini tashkil etishi mumkin.
33. Ta’lim sifati va sport tayyorgarligini nazorat qilish Umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
V. Olimpiya zaxiralari kollejini boshqarish
34. Olimpiya zaxiralari kollejini boshqarish yakka boshchilik, demokratiya, o‘zini o‘zi boshqarish va oshkoralik prinsiplarini birga qo‘shib olib borish asosida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
35. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
36. Olimpiya zaxiralari kollejiga sport sohasida tegishli oliy ma’lumotga va sport-ta’lim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
37. Direktor olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, o‘quvchilarning o‘qishi va tarbiyalanishi, o‘quv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida xodimlarning shtat jadvalini hamda trenerlar va pedagoglar tarkibining tarif ro‘yxatlarini tasdiqlaydi.
Direktor:
olimpiya zaxiralari kolleji nomidan ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
olimpiya zaxiralari kolleji vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ta’lim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida olimpiya zaxiralari kollejining o‘quvchilari va barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
olimpiya zaxiralari kollejining o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, o‘quv-mashq va o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar, trenerlar bilan butlash hamda olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha ayrim masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat boshqaruvi tegishli organlariga kiritadi;
pedagoglar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni to‘xtatadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
38. Olimpiya zaxiralari kollejida direktor huzuridagi kollegial organ hisoblanadigan pedagogika kengashi, shuningdek Direktor jamg‘armasidan xodimlarni rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etiladi.
Pedagogika kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari olimpiya zaxiralari kollejining ustavida belgilanadi.
39. Olimpiya zaxiralari kollejida vasiylar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillarida iborat bo‘ladigan vasiylik kengashi tuziladi.
40. Olimpiya zaxiralari kollejini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VI. Ta’lim jarayoni qatnashchilari
41. O‘quvchilar, o‘qituvchilar va trenerlar tarkibi, tarbiyachilar va tibbiyot xodimlari, o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) olimpiya zaxiralari kolleji ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
42. Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilariga o‘qishga qabul qilinganlaridan keyin o‘quvchi bileti va belgilangan namunadagi reyting daftarchasi (olimpiya zaxiralari kollejining 1 — 3-kurslari o‘quvchilari uchun) beriladi.
Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bepul umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan foydalanish, ta’lim muassasasining ustavida belgilangan shaklda ta’lim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadir.
Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari olimpiya zaxiralari kolleji ustaviga rioya qilishi shart.
43. Tegishli kasb ta’limiga, kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan va yuksak axloqiy fazilatli shaxslar olimpiya zaxiralari kollejida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadir. Sud qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslar hamda sudlanganligi olib tashlanmagan yoki sudlanganligi qoplanmagan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga qo‘yilmaydi.
44. O‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibini, tarbiyachilar va tibbiyot xodimlarini olimpiya zaxiralari kollejiga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
45. Olimpiya zaxiralari kollejining o‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibini, tarbiyachilari va tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
46. O‘qituvchilar va trenerlarning o‘quv-pedagogik yuklamasi qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
47. O‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
48. Pedagog xodimlar va trener-o‘qituvchilarning huquqlari va vazifalari qonun hujjatlariga va olimpiya zaxiralari kolleji ustaviga muvofiq belgilanadi.
49. O‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) olimpiya zaxiralari kollejining ta’lim faoliyati bilan tanishish huquqiga egadirlar.
VII. Tibbiy-biologik ta’minlash
50. Tibbiyot xodimlari sport bo‘yicha trener-o‘qituvchilar bilan birgalikda trenirovka mashg‘ulotlari, o‘quv-trenirovka yig‘inlari, sport musobaqalari, dam olish davrida o‘quvchilarni tibbiy nazoratdan o‘tkazadilar. Sport bo‘yicha o‘qituvchilar tibbiy kuzatuvlar natijalaridan sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanadilar.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
51. Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilarni tibbiy ta’minlash maqsadida funksional tashxis va salomatlikni tiklash tadbirlari uchun salomatlikni tiklash markaziga, zarur bino va asbob-uskunalarga ega bo‘ladi.
52. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchilarni tanlab olish va ularning funksional tayyorgarligi holati yuzasidan tashxis qo‘yish, davolash-profilaktika tadbirlari va sportchilarning salomatligini tiklash jarayonlarini maqbullashtirish uchun olimpiya zaxiralari kollejini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida tegishli apparatlar, zarur reaktivlar va dori-darmonlar bilan ta’minlaydi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
VIII. Olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatini moliyaviy va moddiy ta’minlash
53. Olimpiya zaxiralari kollejini moliyaviy ta’minlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
(53-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
ta’lim xizmatlarini amalga oshirishdan, pedagogika, ishlab chiqarish va olimpiya zaxiralari kollejining ustavdagi vazifalariga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari va maqsadli badallari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
54. Olimpiya zaxiralari kolleji qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
55. Olimpiya zaxiralari kolleji xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
56. Olimpiya zaxiralari kolleji o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiradi.
Olimpiya zaxiralari kollejining moliyaviy mablag‘lari g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamlarida turadi va ulardan qonun hujjatlariga hamda olimpiya zaxiralari kolleji ustaviga muvofiq foydalaniladi.
57. Olimpiya zaxiralari kollejining moddiy mablag‘lari, binolari, sport inshootlari va asbob-uskunalari uning xo‘jalik tasarrufida bo‘ladi va ulardan ustavdagi vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
Olimpiya zaxiralari kollejining ustaxonalar, laboratoriyalar va boshqa obyektlar bilan ta’minlanganligi Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim jarayonini moddiy-texnik ta’minlash normativlari bilan belgilanadi.
58. Olimpiya zaxiralari kolleji belgilangan tartibda o‘z ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
59. Olimpiya zaxiralari kollejida xo‘jalik va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
IX. Xalqaro faoliyat
60. Olimpiya zaxiralari kolleji quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim hamda jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda boshqa tashkilotlar liniyasi bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarida qatnashish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli yoki mutasaddilik qiladigan Kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq chet mamlakatlarda o‘quv-trenirovka yig‘inlarini o‘tkazish;
(60-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
olimpiya zaxiralari kollejining trener-pedagoglar tarkibi xodimlarini va sportchilarini almashish, qo‘shma sport tadbirlari, bayramlar, ko‘riklar, seminarlar va shu kabilarni o‘tkazish bo‘yicha xorijiy sport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda bitimlar tuzish.
61. Olimpiya zaxiralari kolleji qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
62. Olimpiya zaxiralari kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli yoki mutasaddilik qiladigan Kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq xorijga (tajriba almashish, tajriba orttirish, turli tadbirlar, sport musobaqalari, olimpiadalar va shu kabilarda qatnashish maqsadida) yuborish uchun sportchilar va trenerlar tanlashni amalga oshirishi mumkin.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
X. Yakuniy qoida
63. Olimpiya zaxiralari kollejini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qaroriga 2-ILOVA
Olimpiya zaxiralari kollejlarida tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom Olimpiya zaxiralari kollejlarida tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi miqdorini hamda to‘lash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari, shu jumladan umumta’lim bo‘g‘ini o‘quvchilari olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq, ota-onalar to‘lovi hisobiga xarajatlarni qisman qoplagan holda, tekin (imtiyozli) oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar.
2. Olimpiya zaxiralari kollejida ota-onalar to‘lovi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida undiriladi.
3. Olimpiya zaxiralari kollejlarining boshqa joydan kelgan, o‘quvchilar va talabalar yotoqxonalarida yashaydigan o‘quvchilarini oziq-ovqat bilan ta’minlash olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari uchun — sutkalik oziq-ovqat normasining 100 foizidan, qolgan o‘quvchilar uchun esa — olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari sutkalik oziq-ovqat normasining 50 foizi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish, ota-onalar to‘lovidan tushadigan summani hisobga olgan holda, olimpiya zaxiralari kollejida o‘qitishning tegishli bo‘g‘ini o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasining hosil bo‘ladigan qiymatining 75 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
4. Qishki va yozgi ta’tillar davrida (60 kungacha) olimpiya zaxiralari kollejlarida o‘tkaziladigan o‘quv-trenirovka yig‘inlari vaqtida olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari oziq-ovqat bilan ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shartlarda ta’minlanadilar.
II. Ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi
5. Olimpiya zaxiralari kollejlariga ota-onalar to‘lovi ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va olimpiya zaxiralari kollejlari ma’muriyati o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida to‘lanadi.
6. Olimpiya zaxiralari kollejiga ota-onalar to‘lovi har oyda, to‘lanadigan joriy oyning o‘ninchi kunidan kechikmay to‘lanadi. Ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) xohishiga ko‘ra ota-onalar to‘lovi yanada uzoq muddatlar uchun to‘lanishi mumkin.
Ota-onalar to‘lovi ushbu bandning birinchi xat boshida ko‘rsatilgan muddatdan keyin bir hafta mobaynida to‘lanmagan taqdirda olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchisiga tekin (imtiyozli) oziq-ovqat berish to‘lov to‘lanadigan vaqtgacha to‘xtatiladi.
7. Ota-onalar to‘lovi bankka to‘lanadi, keyinchalik olimpiya zaxiralari kollejiga to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi (kvitansiyasi) taqdim etiladi.
Ota-onalar to‘lovi naqd pulsiz shaklda to‘langan taqdirda olimpiya zaxiralari kollejiga to‘lov topshiriqnomasining nusxasi (to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi bank belgisi bilan) taqdim etiladi.
8. Olimpiya zaxiralari kolleji bo‘yicha ota-onalar to‘lovi hududiy tegishli g‘aznachilik hisob raqamlariga, keyinchalik ulardan foydalanish uchun olimpiya zaxiralari kollejining g‘aznachilik bo‘linmalaridagi hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
III. Olimpiya zaxiralari kollejida ota-onalar to‘lovini hisoblash
9. Olimpiya zaxiralari kollejiga ota-onalar to‘lovining bir kunlik miqdorini hisoblash ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) bir oylik to‘lovi miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq olimpiya zaxiralari kollejining oylik ish jadvali bo‘yicha ish kunlari soniga taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
10. Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi o‘zining yoki oila a’zolarining (u parvarish qilishga majbur bo‘lgan) kasalligi sababli kollejga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun to‘lov ota-onalar to‘lovini keyingi to‘lash chog‘ida o‘quvchi kollejga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani ushbu nizomning 9-bandiga muvofiq chegirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
O‘quvchining yoki uning oila a’zolarining kasalligi (karantin) sababli olimpiya zaxirasi kollejiga kelmaganligi tegishli davolash muassasasi bergan ma’lumotnoma bilan yoki uchastka vrachi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
O‘quvchi olimpiya zaxiralari kollejiga kelmagan boshqa barcha hollarda ota-onalar to‘lovi umumiy asoslar bo‘yicha undiriladi.
11. Ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) o‘quvchi olimpiya zaxiralari kollejiga kelishi boshqa ta’lim muassasasiga o‘tishi munosabati bilan to‘xtashidan kamida bir hafta oldin bu to‘g‘rida olimpiya zaxiralari kolleji ma’muriyatini yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Olimpiya zaxiralari kolleji xabardor qilinmagan taqdirda ota-onalar to‘lovi sifatida to‘langan to‘lov qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarib berilmaydi.
12. Pul mablag‘larini ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) qaytarib berish tegishli summani ota-onalardan (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan) birining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
13. O‘quvchi Olimpiya zaxiralari kollejlari to‘g‘risidagi Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra olimpiya zaxiralari kollejidan chetlatilgan taqdirda ota-onalar to‘lovi sifatida ilgari to‘langan to‘lov qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarib berilmaydi, o‘quvchi o‘z xohishiga ko‘ra boshqa ta’lim muassasasiga o‘tgan hollar bundan mustasno.
IV. Kam ta’minlangan oilalardagi o‘quvchilarni ota-onalar to‘lovidan ozod qilish tartibi
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga muvofiq kam ta’minlangan oilalar o‘quvchilari ota-onalar to‘lovini to‘lashdan har qaysi olimpiya zaxiralari kollejidagi jami o‘quvchilarning ko‘pi bilan 30 foizi ozod qilinadi.
Bunda kam ta’minlangan oilalarning ota-onasi (ulardan biri yoki ikkalasi ham) I yoki II guruh nogironlari bo‘lgan o‘quvchilari ota-onalar to‘lovidan birinchi navbatda ozod qilinadilar.
15. Fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilgan kam ta’minlangan oila to‘g‘risidagi ma’lumotnoma o‘quvchilarni ota-onalar to‘lovidan ozod qilish uchun asos hisoblanadi.
Ushbu hujjat belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun olimpiya zaxiralari kollejiga taqdim etiladi.
16. Kam ta’minlangan oilalarning ota-onalar to‘lovidan (rejalashtirilayotgan o‘quvchilar umumiy sonining 30 foizi doirasida) ozod qilinayotgan o‘quvchilari ro‘yxati moliya yili boshlangungacha, ota-onalar kengashi yig‘ilishi protokoli asosida olimpiya zaxiralari kolleji direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
17. Ro‘yxatdagi tarkib o‘quvchilar olimpiya zaxiralari kollejidan batamom ketishi sababli o‘zgargan taqdirda ro‘yxat ro‘yxatga kirmagan kam ta’minlangan oilalarning o‘quvchilaridan shakllantiriladigan zaxira hisobiga to‘ldiriladi. Ro‘yxat unga birinchi navbatda oilaning har bir a’zosi hisobiga umumiy oylik daromad darajasi eng past bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar o‘quvchilarini kiritish qoidasiga rioya etilgan holda to‘ldiriladi.
Kam ta’minlangan oilalar o‘quvchilarini oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi hosil bo‘ladigan qiymatining 75 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
V. Buxgalteriya hisobi va hisobot
18. Olimpiya zaxiralari kollejiga ota-onalar to‘lovi bo‘yicha mablag‘larni hisoblash va tushishining buxgalteriya hisobi tegishli olimpiya zaxiralari kollejining buxgalteriyasi tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VI. Yakuniy qoidalar
19. Olimpiya zaxiralari kollejlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari ota-onalar to‘lovidan tushadigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.
20. Ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qaroriga 3-ILOVA
Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi*
Quruq mevalar, shu jumladan na’matak –5 gr, bargak
50
21.
Choy
3
22.
Kakao
5
23.
Yodlangan tuz
10
24.
Xamirturush
1
25.
Mineral suv
500
Oqsillar
231,8
Yog‘lar
228,8
Uglevodlar
957,9
Kaloriyasi
6693,8
Izoh. * Ushbu norma — eng yuqori norma. Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari uchun aniq normalar sport turi, o‘quvchilarning yoshi va jinsiga, shuningdek o‘quv bo‘g‘iniga qarab amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qaroriga 4-ILOVA
Hududiy jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tasarrufiga berilayotgan olimpiya zaxiralari kollejlari
Izoh. *Tashkil etilgan kundan buyon (1961-yil) O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidadir.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 31-son, 259-modda; 2013-y., 31-son, 410-modda; 2016-y., 43-son, 499-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)