1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3042]
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari — axborot xavfsizligini taʼminlash uchun uning kriptografik almashtirilishini amalga oshiruvchi texnik va dasturiy vositalar;
bank telekommunikatsiya tarmogʻi — bank tizimining idoraviy telekommunikatsiya tarmogʻi;
kredit axboroti almashinuvi tizimi (bundan buyon matnda tizim deb yuritiladi) — kredit axboroti almashinuvi ishtirokchilari oʻrtasida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi;
elektron axborot — Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tizim ishtirokchilari oʻzaro almashadigan elektron maʼlumot;
VPN tarmogʻi — elektron axborot almashinuvi jarayonida aloqa kanallarida bir yoki bir nechta tarmoqlari bogʻlanishlarini taʼminlaydigan virtual tarmoq.
2. Kredit byurolari faoliyatini kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) asosida amalga oshiradi.
Kredit byurolarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
4. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan amalga oshiriladi.
2-bob. Kredit byurosini tashkil etish
5. Kredit byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan yuridik shaxslar va (yoki) norezident yuridik shaxslar kredit byurosining muassislari boʻlishi mumkin.
6. Imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlarda (offshor hududlar) roʻyxatga olingan norezident yuridik shaxslar kredit byurosining muassislari boʻlishi mumkin emas.
7. Kredit byurosi oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan yeri koʻrsatilgan yumaloq muhrga ega boʻlishi lozim. Muhrda ayni vaqtning oʻzida firma nomi boshqa tilda ham koʻrsatilishi mumkin.
8. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga (roʻyxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) muvofiq malaka talablari belgilanadi.
9. Kredit byurosi axborot tizimlarida qoʻllaniladigan axborot xavfsizligi va muhofazasining litsenziyalangan va sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
11. Kredit byurosi serverlarini tashqi taʼsirdan himoyalash uchun tarmoqlararo ekranlar (Firewall) hamda axborotni muhofaza qiluvchi litsenziyalangan texnik va dasturiy vositalar oʻrnatilishi zarur.
12. Kredit axborotlari almashinuvi qatnashchilarini autentifikatsiya qilish va kredit byurosi axborot tizimlarini parol va antivirus bilan himoyalash choralari koʻrilishi lozim.
13. Kompyuter va boshqa jihozlar ishdan chiqqan hollarda kredit byurosining uzilishsiz faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida tizimning zaxira tiklanish rejasi hamda zarur dastur va vositalar boʻlishi shart.
14. Kredit byuro serverlari va kompyuterlari elektr energiya bilan uzilishlarsiz taʼminlash uchun energiya taʼminoti qurilmalari va dizel-generator boʻlishi kerak.
15. Kredit byuro tizim ishtirokchilari bilan axborot almashinuvi uchun bank telekommunikatsiya tarmogʻi yoki umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya (internet) tarmogʻidan foydalanadi.
17. Kredit byurosining Markaziy bank va kredit tashkilotlari bilan elektron axborot almashinuvi Markaziy bankning “Axborotlashtirish bosh markazi” davlat unitar korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida bank telekommunikatsiya tarmogʻi orqali amalga oshiriladi. Bunda quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak:
a) kredit axborotlari bilan ishlash uchun faqat tegishli ruxsatga ega boʻlgan xodimlar qoʻyiladi;
b) foydalanuvchilarning tizimga kirishi uchun autentifikatsiya qilish:
login va parol (8 ta belgidan kam boʻlmagan raqam va simvollar kombinatsiyasi hamda parol va loginlarni muddati tugashiga qarab oʻzgartirish imkoniyati boʻlishi lozim. Parolning amal qilish muddati bir oydan oshmasligi lozim);
apparat-dasturiy vositalar yordamida amalga oshiriladi;
v) kredit byurosining kredit axborotlari almashinuvida qatnashuvchi xodimlarining serverlar va kompyuterlar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali ishlashi uchun apparat-dasturiy vositalar bilan jihozlanishi kerak;
g) kredit byurosidagi axborotlarni qayta ishlash, uzatish va qabul qilish uchun ajratilgan serverlar va kompyuterlarga umumiy lokal tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlardan kirish imkoniyati boʻlmasligi kerak;
d) kredit byurosi tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan har qanday axborot elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi hamda bajarilgan ishlar boʻyicha maʼlumot avtomatik ravishda elektron jurnalga kiritilishi kerak. Bunda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi quyidagilarni amalga oshirishi shart:
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni taʼminlashi;
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markaziga elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish rejimi buzilganligi yoki buzilishi ehtimoli borligi toʻgʻrisida xabar qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turishni yoxud mazkur sertifikatni bekor qilishni talab qilishi;
oʻzi vakil boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda, bu haqda elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markaziga xabar qilishi;
e) elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan hollarda elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasiga xabar beradi;
j) kredit byurosini tizimlarda kredit axborotiga tegishli boʻlmagan axborotlarning uzatilishi taqiqlanadi;
z) kredit byurosi tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan maʼlumotlar soʻnggi yangilangan bazali antivirus dasturi yordamida viruslar mavjudligini aniqlash uchun tekshirilishi kerak;
i) elektron axborotlar almashinuvida virtual tarmoqlar VPN tarmoqlari asosida tashkil etilgan va himoyalangan aloqa kanallari qoʻllanilishi kerak.
Axborotning xavfsizligini taʼminlash uchun qoʻshimcha axborotni muhofaza qilish vositalari qoʻllanilishi mumkin.
18. Mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatilganlardan tashqari tizim ishtirokchilari kredit axborotlari almashinuvi uchun umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridan tegishli shartnomalar asosida foydalanishlari mumkin. Bunda:
foydalanuvchilarni tizimga kirishida autentifikatsiya qilish login va parol (8 ta belgidan kam boʻlmagan raqam va simvollar kombinatsiyasi) yoki apparat-dasturiy vositalar yordamida amalga oshiriladi. Autentifikatsiya natijasi uch marta notoʻgʻri boʻlgan holda, tizim berkitilishi lozim;
kredit byurosining foydalanuvchilar, axborotni yetkazib beruvchilar va boshqa kredit byurosi bilan elektron axborot almashinuvi jarayonida axborotlarni kriptografik himoyalash va xavfsiz uzatishni koʻzda tutadigan protokol (SSL protokol) boʻyicha amalga oshirilishi, virtual xususiy tarmoqlar VPN tarmoqlari asosida tashkil etilgan va himoyalangan aloqa kanallari qoʻllanilishi kerak;
kredit byurosi serverlari tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan maʼlumot soʻnggi yangilangan bazali antivirus dasturi bilan viruslar tekshirilishi zarur.
4-bob. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish shartlari
19. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun Markaziy bankka joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holda ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
muassislar umumiy yigʻilishining kredit byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bayonnomasi;
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuvi ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
potensial qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash boʻyicha skoring modelini tavsiflovchi maʼlumot (anketa savollari, ularning ballash tartibi, ishlatiladigan koeffitsiyentlar va matematik modellar);
Arizada muassislarning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin va ularning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida xabarnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi.
20. Mazkur Nizomning 19-bandida keltirilgan barcha hujjatlar ikki nusxada yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
21. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish yuzasidan taqdim etilgan arizaga va unga ilova qilingan hujjatlardagi barcha maʼlumotlarning toʻgʻriligiga kredit byurosi muassislari javobgardir.
22. Markaziy bank davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi va unga litsenziya beradi yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
23. Markaziy bank kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni quyidagi hollarda rad etishi mumkin:
davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan, uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleks mavjud boʻlmaganda yoki dasturiy-texnikaviy kompleks mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
potensial qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash boʻyicha kredit byurosining skoring modeli va uning dasturiy taʼminoti mavjud boʻlmaganda;
kredit byurosining rahbari belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlmaganda.
24. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, takroran koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda, ariza beruvchiga yozma va/yoki elektron shaklda yuboriladi. Bunda kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
25. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ariza va unga ilova qilingan barcha zarur hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn kunda amalga oshiriladi. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi.
26. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
28. Litsenziyani yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
29. Markaziy bank davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida uch kun ichida yozma xabardor qilishi kerak.
30. Kredit byurosi Markaziy bankning Kredit byurolarini roʻyxatga olish davlat kitobida roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi. Kredit byurosini roʻyxatga olish bilan bir vaqtda unga litsenziya beriladi.
31. Litsenziya reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar Markaziy bankning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
32. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarida belgilangan miqdorda toʻlanadi. Kredit byurosiga litsenziya berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
33. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
34. Litsenziya yoʻqolgan taqdirda, kredit byurosi oʻn ish kunida Markaziy bankka yozma ravishda maʼlumot beradi va uning dublikati berilishi uchun ommaviy axborot vositalariga yoʻqotilgan litsenziyani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida berilgan eʼlon nusxasini taqdim etadi.
35. Markaziy bank bir oy muddat ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va kredit byurosi tomonidan koʻrilgan tadbirlarni mazkur Nizomning 34-bandiga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilgan taqdirda litsenziyani yoʻqotgan kredit byurosiga uning dublikatini beradi.
36. Litsenziya dublikati olingandan soʻng avval yoʻqotilgan litsenziya topilsa, kredit byurosi besh ish kuni ichida litsenziyaning asl nusxasini bekor qilish uchun Markaziy bankka topshiradi.
6-bob. Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish
37. Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
38. Qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin kredit byurosi bu haqda bir ish kunidan kechiktirmay Markaziy bankka yozma shaklda xabar qiladi va ikki oy mobaynida ommaviy axborot vositalarida har hafta tegishli eʼlon berib boradi.
39. Kredit byurosi qayta tashkil etilgan taqdirda, kredit axboroti maʼlumotlar bazasi kredit byurosining huquqiy vorisiga, agar u litsenziyaga ega boʻlsa, topshiriladi. Bu holda kredit byurosining huquqiy vorisi bu haqda kredit axboroti yetkazib beruvchilarni va Markaziy bankni kredit axboroti maʼlumotlar bazasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida yozma shaklda xabardor etishi shart. Bunda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan eʼlonlarda kredit byurosining kredit axboroti maʼlumotlar bazasi uning huquqiy vorisiga topshirilganligi koʻrsatiladi.
40. Kredit byurosining huquqiy vorisi litsenziyaga ega boʻlmasa, shuningdek kredit byurosi tugatilgan, litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilingan hollarda, kredit axboroti maʼlumotlar bazasi Markaziy bankka tekin topshiriladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
41. Kredit byurosining muassis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
43. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A. AXMEDXADJAYEV
2018-yil 28-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 28-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/3042/1573-son; 10.06.2020-y., 10/20/3042-1/0731-son; 06.11.2020-y., 10/20/3042-2/1477-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son; 30.05.2024-y., 10/24/3042-4/0383-son; 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son; 30.12.2025-y., 10/25/3042-6/1244-son; 20.07.2026-y., 10/26/3042-7/0752-son)