1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.17.00 Ma’muriy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro qilish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ma’muriy javobgarlik]
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3026]
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2019-yil 11-yanvar kunidan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-may,
135-son
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 15-maydagi 135-son buyrug‘iga ILOVA
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar (bundan buyon matnda maxsus qabulxona deb yuritiladi) hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga ikkala tomonga borib-kelish vaqti (ikki sutkagacha) hisobga olinmagan holda bir sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga maxsus qabulxona hududidan O‘zbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruxsat berilishi mumkin.
2. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish vaqti ma’muriy qamoqni o‘tash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
3. Maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish xarajatlari ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning mablag‘lari hisobidan yoki boshqa shaxslar tomonidan to‘lanadi.
2-bob. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqishini tashkil etish
4. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonada saqlanayotgan vaqtida yaqin qarindoshining vafoti yoki uning hayotiga tahdid soluvchi og‘ir kasallik, ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga yoki uning oilasiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazgan hodisalar sodir etilganligi yuzasidan xabar olganida maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etish huquqiga ega.
5. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berish to‘g‘risidagi arizasi ariza kelib tushgan vaqtdan e’tiboran keyingi kundan kechiktirmay maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
6. Shu kunning o‘zida maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning yashash joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar organiga arizadagi vajlarning asosliligini tekshirib berish bo‘yicha so‘rov xati (faks, elektron pochta va h.k.) yuboriladi.
7. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tomonidan maxsus qabulxonaning so‘rov xati kelib tushgandan boshlab zudlik bilan so‘rov xatida ko‘rsatilgan vajlarning asosliligini yoki asossizligini tasdiqlovchi (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, tibbiyot birlashmasi, fuqarolik holati dalolatnomasini yozish bo‘limi va boshqa organlardan olingan) ma’lumotlarni ilova qilgan holda javob xati yuboriladi.
8. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning chetga chiqishi to‘g‘risidagi qaror uning shaxsi, xulq-atvori hamda arizada mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan vajlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi inobatga olingan holda qabul qilinadi.
9. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berish to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilgan yoki arizada ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmagan taqdirda qanoatlantirilishi rad etilganda maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda qaror qabul qilinadi.
Qaror maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga tanishtiriladi hamda qarorning asl nusxasi va to‘plangan hujjatlar ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga nisbatan yuritilgan yig‘ma jildda jamlanadi.
10. Ruxsat berish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, qaror ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran keyingi kundan kechiktirmay qabul qilinib, darhol ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga tanishtiriladi va unga maxsus qabulxonaga qaytib kelish vaqti, qaytib kelmaslik oqibatlari tushuntirilib, belgilangan manzilga yetib borgach hududiy profilaktika (katta) inspektoriga (bundan buyon matnda profilaktika inspektori deb yuritiladi) xabar berishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantiriladi hamda maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berilganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ma’lumotnoma beriladi.
Agar, ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berilgan muddat, ushbu jazoni o‘tash muddatining tugashiga to‘g‘ri kelgan taqdirda, ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga qaytib kelmasligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan qarorda ko‘rsatilishi lozim.
11. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berilganda undan maxsus qabulxonaga kelib tushganda olib qo‘yilgan hujjatlar, pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar, narsalar va boshqa ashyolar tilxat asosida qaytariladi.
12. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxona hududidan chetga chiqarilganidan so‘ng zudlik bilan maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxs borishi lozim bo‘lgan tuman (shahar) ichki ishlar organiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
13. Mazkur Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan xabarnoma kelib tushgan kunning o‘zida tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig‘i, u bo‘lmaganda uning o‘rinbosari tomonidan ijro etish uchun profilaktika inspektoriga topshiriladi va ijrosi nazorat qilinadi.
3-bob. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxona hududidan chetga chiqqan vaqtida nazorat qilish
14. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqqan vaqtida belgilangan manzilda bo‘lishini nazorat qilish hududiy ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatiladi.
15. Profilaktika inspektori ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning belgilangan manzilga yetib kelishi, ajratilgan vaqt oralig‘ida huquqbuzarliklar sodir etmasligi va maxsus qabulxonaga qaytib ketishini nazorat qiladi.
16. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs belgilangan manzilga yetib kelgan vaqtida profilaktika inspektori uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va maxsus qabulxona tomonidan berilgan ma’lumotnomani tekshirib, u bilan 1 soatdan oshmagan vaqt mobaynida profilaktik suhbat o‘tkazadi.
17. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxonaga belgilangan muddatda qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi kutilmagan holatlarda qaytib kelish muddati ma’muriy qamoqqa olingan shaxs turgan joydagi ichki ishlar organi boshlig‘ining mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi qaroriga ko‘ra ikki sutkagacha uzaytirilishi mumkin va bu haqda maxsus qabulxona ma’muriyati xabardor qilinishi shart.
Agar, ma’muriy qamoqqa olingan shaxs turgan joydagi ichki ishlar organi boshlig‘ining qarori bilan uzaytirilgan muddat, ushbu jazoni o‘tash muddatining tugashiga to‘g‘ri kelgan taqdirda, ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga qaytib jo‘natilmaydi.
18. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxonadan chetga chiqish vaqti tugagandan so‘ng, ushbu shaxs ichki ishlar organlari tomonidan maxsus qabulxonaga qaytarib yuboriladi va bu haqda maxsus qabulxona ma’muriyati xabardor qilinadi.
19. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs belgilangan muddatda maxsus qabulxonaga qaytib kelishdan bo‘yin tovlagan taqdirda u ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ushlanadi va maxsus qabulxonaga jo‘natiladi.
20. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs belgilangan manzildan chiqib, maxsus qabulxonaga yetib kelmagan taqdirda maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning doimiy yashash, chetga chiqish uchun yuborilgan va yana borishi mumkin bo‘lgan boshqa joylardagi ichki ishlar organlariga ushbu shaxsni qidirib topish hamda maxsus qabulxonaga qaytarish choralarini ko‘rishlari yuzasidan xabarnoma yuboriladi.
21. Mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan xabarnomani olgan ichki ishlar organi boshlig‘i, u bo‘lmaganda uning o‘rinbosari tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni qidirib topish uchun ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuziladi va xodimlarga aniq vazifalar belgilab beriladi.
22. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs qidirib topilgandan so‘ng ichki ishlar organi tomonidan darhol maxsus qabulxonaga jo‘natiladi.
23. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs belgilangan muddatda maxsus qabulxonaga qaytib kelmagan hollarda maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish vaqti ma’muriy qamoqni o‘tash muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
24. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqishi uchun ruxsat berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan QAROR
Men _____________________________________________________________________________________________, mansabdor shaxsning unvoni, F.I.O. ma’muriy qamoqqa olingan ______________________________________________________________________ ning F.I.O.
arizasiga asosan to‘plangan hujjatlar bilan tanishib chiqib,
QAROR QILAMAN
_________________________________________________________________________________________________ berilgan arizaning asoslarini tasdiqlovchi dalillar
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ni inobatga olgan holda ma’muriy qamoqqa olingan _______________________________________________________ ni
F.I.O.
maxsus qabulxona hududidan 20____ yil “____” __________ dan “_____” ____________________________ gacha chetga (manzili aniq ko‘rsatiladi) chiqishiga ruxsat berilsin (yoki rad etilsin).
Ma’muriy qamoqqa olingan __________________________________________ ni ozod qilish muddatiga ________ kun
F.I.O.
qolganligi sababli, uning maxsus qabulxonaga qaytib kelmasligi inobatga olinsin.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs qaror bilan tanishganligi (ruxsat berilgan taqdirda belgilangan manzilga ajratilgan vaqt oralig‘ida borib kelishi va maxsus qabulxonaga topshirgan narsalarini qaytarib olganligi) to‘g‘risidagi tilxati:
_________________________________________________________________________________________________ (fuqaroning F.I.O., imzosi va sana)
Qaror qilgan xodimning imzosi _______________________________________________________________________
(unvoni va F.I.O.)
20___yil “______”____________________
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berilganligi to‘g‘risida MA’LUMOTNOMA
_________________________Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonada, (ichki ishlar organi nomi) _______________ jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining qaroriga asosan 20__ yil “___” _____________ dan “___” ______________ gacha saqlanishi belgilangan fuqaro _______________________________________________ _______________________________ ga maxsus qabulxona hududidan 20__ yil “___” _______ dan “___” ___________ gacha chetga (manzili aniq ko‘rsatiladi) chiqishiga ruxsat berildi.
Maxsus qabulxona boshlig‘i
________________ (imzo va muhr)
__________________________ (F.I.O.)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 19-maydagi 263-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3026-1, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/3026-1/0316-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
_______________________________ (ichki ishlar organi nomi) boshlig‘i_____________________ ga (unvoni, F.I.O.)
XABARNOMA
________________________ Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonada, (ichki ishlar organi nomi) _____________________ jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining qaroriga asosan saqlanayotgan fuqaro ____________________________________ ga maxsus qabulxona hududidan ____________________________________
(ruxsat berish sababi ko‘rsatiladi)
chetga (manzili aniq ko‘rsatiladi) chiqishiga ruxsat berilganligi munosabati bilan uning belgilangan manzilga 20__ yil “___” ______________ kuni (aniq vaqti ko‘rsatiladi) yetib borishi, 20__ yil “___” ______________ gacha _______________________________ manzilda bo‘lishi va maxsus qabulxonaga qaytib kelishini nazoratga olishingiz so‘raladi.
Maxsus qabulxona boshlig‘i
________________ (imzo va muhr)
__________________________ (F.I.O.)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 19-maydagi 263-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3026-1, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/3026-1/0316-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” _______________________________ (ichki ishlar organi nomi) boshlig‘i_______________________ (unvoni, F.I.O.)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxonaga qaytib borish muddatini uzaytirish to‘g‘risida
maxsus qabulxonadan 20__ yil “___” _______ dan “___” _________ gacha chetga (manzili aniq ko‘rsatiladi) chiqishga ruxsat etilgan __________________________________________________________________________________ ga
(ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning F.I.O.)
nisbatan to‘plangan hujjatlar va uning oilaviy sharoiti bilan tanishib quyidagilarni
ANIQLADIM Ma’muriy qamoqqa olingan _________________________________________________________________________ (F.I.O.) 20__ yil “___” ________________ dan “___” _____________________ gacha belgilangan (manzili aniq ko‘rsatiladi) manzilda bo‘lib, ___________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi holatlarda haqida ma’lumot)
sababli, uning maxsus qabulxonaga qaytib borish muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda
QAROR QILDIM
1. Ma’muriy qamoqqa olingan ___________________________________________________________________ ning (F.I.O.)
maxsus qabulxonaga qaytib borish muddati uzaytirilsin ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (uzaytirilgan muddat ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni jazoni o‘tash muddatining tugashiga to‘g‘ri kelgan taqdirda uning maxsus qabulxonaga qaytib jo‘natilmasligi ko‘rsatiladi). 2. Qaror nusxasi ma’lumot uchun maxsus qabulxonaga yuborilsin. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning qaror bilan tanishganligi to‘g‘risida tilxati ______________________________________________________________________
(fuqaroning F.I.O., imzosi va sana)
Qaror tuzgan xodimning imzosi ______________________________________________________________________ (unvoni va F.I.O.)
20___yil “___”___________
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 10/18/3026/1408-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.06.2023-y., 10/23/3026-1/0316-son)