1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3727-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1 — 11-ilovalarga muvofiq;
davlat arxivlari va uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli belgilanadigan davlat arxivlari xodimlari lavozimlari roʻyxati 12-ilovaga muvofiq;
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 13-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Bunda, mazkur qaror bilan bazaviy lavozim maoshlari miqdori tasdiqlangan teatrlar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika teatrlari artistlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini yaxshilash toʻgʻrisida” 1993-yil 3-dekabrdagi PF-692-son Farmoni bilan belgilangan har oylik ustama haqlari tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 798-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/798/3794-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ushbu qarorga 1 — 11-ilovalarda qayd etilmagan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari hamda shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda:
davlat arxivlarining yangilangan namunaviy shtatlarini;
Davlat arxivlarini mehnatga haq toʻlash guruhlariga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
bir oy muddatda — Davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
ikki oy muddatda — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Davlat arxivlarini mehnatga haq toʻlash guruhlariga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislarini uch oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazsin hamda ularga faoliyat natijalarini baholash asosida malaka toifalari berilishini taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga14-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 5-martdagi 98-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyun,
458-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 1-ILOVA
Sirk va teatrlarning maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2019-yil 1-avgustdan
I guruh
II guruh
III guruh
Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar
1.
Direktor
2 973 615
2 234 121
2 031 019
2.
Direktor oʻrinbosari
2 457 533
2 031 019
1 846 380
3.
Bosh buxgalter
2 031 019
1 846 380
1 678 527
4.
Tijorat direktori (menejeri), ijodiy jamoa direktori, bosh injener
1 846 380
1 678 527
X
5.
Bosh energetik, bosh buxgalter oʻrinbosari, menejer
1 678 527
1 387 213
1 387 213
6.
Asosiy boʻlim boshligʻi, kadrlar boʻlimi boshligʻi, bosh administrator
1 525 934
1 387 213
1 387 213
7.
Boshqa boʻlim boshliqlari (mudirlari), laboratoriya, uchastka, smena, ustaxona (sex) boshligʻi, muzey mudiri, liboschi, omborxona va bilet byurosi mudiri
1 387 213
1 261 103
1 261 103
Badiiy-rahbar xodimlar
8.
Badiiy rahbar
2 973 615
2 234 121
X
9.
Bosh: rejissor, dirijor, baletmeyster, xormeyster, rassom
2 703 286
2 234 121
2 031 019
10.
Sahnalashtiruvchi-rejissor, sahnalashtiruvchi-baletmeyster, sahnalashtiruvchi-rassom, dirijor, raqs jamoasining badiiy rahbari
2 234 121
1 846 380
1 678 527
11.
Adabiy-dramatik qism rahbari, muharrir;
Badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa, musiqiy qismi, adabiy qismi mudiri, badiiy rahbar (bosh rejissor) yordamchisi;
Vokal sinfi boʻyicha, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster;
Rejissor, ovoz rejissori, chiroq ustasi, baletmeyster, xormeyster, vokal boʻyicha, balet boʻyicha, sirk nomerlari boʻyicha, nutq texnikasi boʻyicha repetitor, studiya rahbari.
2 031 019
1 678 527
1 525 934
12.
Badiiy-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri, manej inspektori
1 846 380
1 678 527
1 387 213
13.
Rejissor yordamchisi, assistent, suflyor, ovoz operatori, tashkilotchi-pedagog (tarbiyachi), barcha janrlar rassomlari (bezakchi, qoʻgʻirchoqshunos, chiroq boʻyicha, modelyer), studiya oʻqituvchisi (pedagog), zootexnik, veterinariya vrachi
1 525 934
1 261 103
1 146 457
Izoh: Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri maʼmuriy-boshqaruv hamda badiiy-rahbar xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,12 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 2-ILOVA
Teatrlar artist xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2019-yil 1-avgustdan
Opera va balet teatrlari
Musiqiy (operetta) komediya teatrlari
Musiqiy drama teatrlari, drama teatrlari, yosh tomoshabinlar teatrlari, qoʻgʻirchoq, satira va yoshlar teatrlari
1.
Artist-vokalchi (yakkaxon xonanda), balet artisti:
yetakchi sahna ustasi
2 031 019
1 846 380
1 846 380
oliy toifali
1 846 380
1 678 527
1 678 527
birinchi toifali
1 678 527
1 525 934
1 525 934
ikkinchi toifali
1 525 934
1 387 213
1 387 213
toifasiz
1 387 213
1 261 103
1 261 103
stajyor
1 391 097
x
x
2.
Drama artisti:
yetakchi sahna ustasi
x
x
2 031 019
oliy toifali
x
x
1 846 380
birinchi toifali
x
x
1 678 527
ikkinchi toifali
x
x
1 525 934
toifasiz
x
x
1 387 213
3.
Orkestr artisti:
oliy toifali
(konsertmeyster)
1 846 380
1 846 380
1 678 527
birinchi toifali
1 525 934
1 525 934
1 525 934
ikkinchi toifali
1 387 213
1 387 213
1 387 213
toifasiz
1 261 103
1 261 103
1 261 103
4.
Xor artisti:
oliy toifali
1 678 527
1 678 527
x
birinchi toifali
1 525 934
1 525 934
1 387 213
ikkinchi toifali
1 387 213
1 387 213
1 261 103
toifasiz
1 261 103
1 261 103
1 146 457
5.
Yordamchi tarkib artisti
1 261 103
1 261 103
1 146 457
Izoh: 1. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri badiiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,34 koeffitsiyentga, shuningdek mehnatga haq toʻlash boʻyicha I guruhga kiradigan teatrlarda — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
2. “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi pedagog xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari (soatbay toʻlash shartlarida jalb qilinadigan ishlardan tashqari) oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari uchun bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mehnatiga haq toʻlash II guruh boʻyicha qoʻllaniladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 3-ILOVA
Konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroyi) maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2019-yil 1-avgustdan
I guruh
II guruh
III guruh
Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar
1.
Bosh direktor, direktor
2 234 121
2 031 019
1 846 380
2.
Direktor oʻrinbosari, bosh buxgalter
2 031 019
1 846 380
1 678 527
3.
Tijorat direktori (menejeri), ijodiy jamoa direktori, bosh muhandis
1 846 380
1 678 527
1 525 934
4.
Bosh energetik
1 678 527
1 525 934
1 387 213
5.
Asosiy boʻlim boshligʻi, kadrlar boʻlimi boshligʻi, bosh buxgalter oʻrinbosari
1 525 934
1 387 213
1 261 103
6.
Boshqa boʻlimlar boshligʻi, laboratoriya, uchastka, smena, ustaxona (sex) boshligʻi, muzey mudiri, libosxona (sex) mudiri, bosh administrator
1 387 213
1 261 103
1 146 457
Badiiy-rahbar xodimlar
7.
Badiiy rahbar
2 234 121
2 031 019
1 846 380
8.
Bosh: rejissor, dirijor, baletmeyster, xormeyster, rassom
2 031 019
1 846 380
1 846 380
9.
Musiqiy, raqs, konsert jamoasi va alohida ijodiy guruhning badiiy rahbari, shu jumladan sirk
Badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa, musiqiy qism mudiri, badiiy rahbar (bosh rejissor) yordamchisi, vokal sinfi boʻyicha, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster;
Rejissor, ovoz rejissori, baletmeyster, xormeyster, vokal boʻyicha, balet boʻyicha, sirk nomerlari boʻyicha, nutq texnikasi boʻyicha repetitor, manej inspektori.
1 525 934
1 261 103
1 261 103
12.
Badiiy-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri, konsert boshlovchisi
1 387 213
1 146 457
1 146 457
13.
Rejissor yordamchisi, assistent, suflyor, ovoz operatori, barcha janrlar rassomlari (bezakchi, chiroq boʻyicha, modelyer), pedagog-repetitor
1 146 457
1 042 234
1 042 234
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 4-ILOVA
Konsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek sirklardagi artist xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2019-yil 1-avgustdan
Konsert tashkilotlari, musiqali va raqs jamoalari
1.
Simfonik, kamer orkestrlari, xalq cholgʻu asboblari orkestri, xor jamoalar artisti
oliy toifali
1 678527
birinchi toifali
1 525934
ikkinchi toifali
1 387213
toifasiz
1 261103
2.
Ashula va raqs ansambli, raqs jamoasi, damli, estrada-simfonik orkestri artisti
oliy toifali
1 525934
birinchi toifali
1 387213
ikkinchi toifali
1 261103
toifasiz
1 146457
3.
Estrada orkestri va ansambli artisti
oliy toifali
1 387213
birinchi toifali
1 261103
ikkinchi toifali
1 146457
toifasiz
1 042234
4.
Artist-vokalchi, (opera va kamerali) balet artisti (yakkaxon xonanda), artist-laparchi, lektor-musiqachi, cholgʻuchi-yakkaxon xonanda, cholgʻuchilar guruhi
oliy toifali
1 678527
birinchi toifali
1 525934
ikkinchi toifali
1 261103
toifasiz
1 146457
5.
Balet artisti, musiqali komediya va estrada artist-vokalchisi, nutq janri artisti, kamer-instrumental va vokal ansambli artisti
oliy toifali
1 525934
birinchi toifali
1 387213
ikkinchi toifali
1 261103
toifasiz
1 146457
6.
Estrada-sport, illyuzion va boshqa original estrada janrlari boʻyicha artist, akkompaniator, konsertmeyster
oliy toifali
1 525934
birinchi toifali
1 387213
ikkinchi toifali
1 261103
toifasiz
1 146457
7.
Konferansye artisti
oliy toifali
1 525934
birinchi toifali
1 387213
ikkinchi toifali
1 261103
toifasiz
1 146457
8.
Vokal-instrumental ansambli artisti, artist-konsert boshlovchisi, estrada-cholgʻulari ansambli artisti
oliy toifali
1 525934
birinchi toifali
1 387213
ikkinchi toifali
1 261103
toifasiz
1 146457
9.
Yordamchi tarkib artisti
1 042234
10.
Ansambl va musiqali ansambllar birlashmasi artisti
* Yirtqich xayvonlarni oʻrgatuvchi artistlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,05 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Izoh: Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansamblining badiiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 5-ILOVA
Xayvonot bogʻida ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2019-yil 1-avgustdan
Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar
1.
Direktor
2 234 121
2.
Direktor oʻrinbosari
2 031 019
3.
Bosh buxgalter, kadrlar boʻlimi boshligʻi, veterinariya klinikasi mudiri, bosh zootexnik, boʻlim mudiri (boshligʻi), bosh zooinjener
1 846 380
4.
Bosh energetik
1 678 527
Ilmiy-ijodiy xodimlar
5.
Bosh ilmiy xodim
2 031 019
6.
Ilmiy xodim
1 846 380
7.
Ekskursiya yetakchisi
1 846 380
8.
Kichik ilmiy xodim
1 678 527
Boshqa xodimlar
9.
Yetakchi veterinariya vrachi
1 846 380
10.
Veterinariya vrachi, hayvonot bogʻining kolleksiyasini butlash va xisobini yuritish boʻyicha mutaxassis
1 678 527
11.
Bioximik-vrach, toksikolog-vrach, bakteriolog-vrach, apteka mudiri
1 678 527
12.
Bosh zootexnik
1 846 380
13.
Chipta kassasi mudiri, ozuqa oshxonasi (hayvonlar uchun) mudiri, zootexnik
1 525 934
14.
Veterinariya feldsheri, laborant
1 387 213
15.
Chiptalar nazoratchisi
1 387 213
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 6-ILOVA
Davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalari, uy muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlardagi maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2019-yil 1-avgustdan
I guruh
II guruh
III guruh
IV guruh
1.
Bosh direktor, direktor
2 703 286
2 366 904
2 031 019
1 846 380
2.
Bosh fondlar saqlovchisi, direktor oʻrinbosarlari, bosh muhandis
2 457 533
2 234 121
1 846 380
1 678 527
3.
Bosh: buxgalter, energetik
2 030 227
1 846 380
1 525 934
1 387 213
4.
Filial, boʻlim, kutubxona, sektor, taʼmirlash ustaxonasi mudiri, ilmiy kotib
2 234 121
2 030 227
1 678 527
1 525 934
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 7-ILOVA
Davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalari, uy muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlar ijodiy xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
Izoh: Ijodiy xodimlar va mutaxassislarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari muzeyi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi, Buxoro davlat birlashgan badiiy-meʼmoriy va muzey-qoʻriqxonasi, Xorazm viloyati Xiva “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi, Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi tasarrufidagi muzeylarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi;
viloyatlardagi tarix va madaniyat davlat muzeylarida bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 8-ILOVA
Madaniy-maʼrifiy tashkilotlarning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2019-yil 1-avgustdan
I gruppa
II gruppa
III gruppa
IV gruppa
1.
Direktor
2 031 019
1 846 380
1 678 527
1 525 934
2.
Direktor oʻrinbosari, bosh fondlar saqlovchisi
1 846 380
1 678 527
1 525 934
1 387 213
3.
Boʻlim, filial, taʼmirlash ustaxonasi, sektor mudiri (boshligʻi), ilmiy kotib, bosh buxgalter
1 678 527
1 525 934
1 387 213
1 261 103
Izoh: 1. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga quyidagilar kiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurilagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, koʻrgazmalar, rasm fotogalereyalari, kutubxonalar (axborot-resurs markazlari, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun, axborot-kutubxona markazlari).
2. Bosh buxgalter oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari bosh buxgalterning bazaviy lavozim maoshlari miqdoridan 5 foizga kam belgilanadi.
3. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari I guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi, Respublika yigʻma elektron katalogi markazining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari esa I guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari boʻlim mudirlari (boshliqlari)ning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari II guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Chipta kassasi, liboslar mudiri, administrator, fotograf
1 042 234
13.
Bilet nazoratchisi, saqlash xonasi mudiri, muzey kuzatuvchisi, koʻrgazma zali kuzatuvchisi
1 042 234
Izoh: 1. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga quyidagilar kiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, koʻrgazmalar, rasm va fotogalereyalari, kutubxonalar (axborot-resurs markazlari, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun, axborot-kutubxona markazlari).
2. Ijodiy xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazida — 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi, Xalq taʼlimi vazirligining Respublika bolalar kutubxonasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining davlat ilmiy-tibbiyot kutubxonasi, Fanlar akademiyasining fundamental kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Respublika yigʻma elektron katalogi markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri axborot-kutubxona markazlariga — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 10-ILOVA
Madaniyat markazlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2019-yil 1-avgustdan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat markazlari
Tumanlar (shaharlar) markaziy madaniyat markazlari
Qishloq va shaharcha madaniyat markazlari
1.
Direktor, filial mudiri
1 525 933
x
1 387 213
2.
Badiiy rahbar
1 387 213
1 261 103
x
3.
Toʻgarak, jamoa va studiya rahbari, qoʻshiqchilar, musiqachilar*
1 042 234
1 042 234
1 042 234
4.
Rejissor, baletmeyster, xormeyster, artist, studiya dirijori, “Narodniy” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havoskorlik jamoalarining musiqa va badiiy rahbarlari
1 261 103
1 261 103
1 146 457
5.
Mutaxassislar: ijodiy toʻgaraklar va havaskorlik jamoalari faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha, yoshlar bilan madaniy-maʼrifiy ishlar masalalari boʻyicha, sahnalashtiruvchi-rassom, xoreograf
1 261 103
1 261 103
1 261 103
6.
Akkompaniator, liboschi, administrator, kutubxonachi, ovoz rejissori, operator
1 042 234
1 042 234
1 042 234
* Yuqorida koʻrsatilgan oliy maʼlumotli lavozimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Izoh: yuqorida koʻrsatilgan lavozimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari madaniyat markazlari huzuridagi xalq teatrlari va havaskorlik jamoalariga nisbatan tatbiq etiladi.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3189, 30.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 13-ILOVA
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, oʻquv teatrlari, teatr-studiyalar, taʼlim muassasalarining studiyalari va muzeylari, shuningdek, idoraviy kutubxonalar va arxivlar xodimlari;
davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining texnik hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlari;
ushbu qarorga 1 — 11-ilovalarda* qayd etilmagan davlat madaniyat muassasalarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun tatbiq etilmaydi, ularning mehnatiga haq toʻlash razryadlari ushbu muassasalarga mehnatga haq toʻlash boʻyicha berilgan guruh hisobga olingan holda Yagona tarif setkasi boʻyicha belgilanadi.
teatrlar, teatr-studiyalar, sirklar, saroylar, konsert tashkilotlari, shu jumladan, musiqali va raqs jamoalari;
muzeylar, muzey qoʻriqxonalar, uy muzeylar, davlat tarix va madaniyat muzeylari, kartina va fotogalereyalar, koʻrgazma faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlar;
koʻzi ojizlar uchun kutubxonalar va axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari, madaniyat markazlari, shu jumladan, xalq teatrlari, havaskorlik jamoalari;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi;
zooparklar, shuningdek, boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalar davlat madaniyat muassasalari hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiradigan arxivlar davlat arxivlari hisoblanadi.
5. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining ish haqi bazaviy lavozim maoshlari, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
xodimning lavozimi va malaka toifasiga bogʻliq holda tabaqalashtiriladi.
8. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
9. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarini mehnatiga haq toʻlash guruhlariga kiritish va ushbu muassasalar xodimlariga malaka toifalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
10. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshi:
xodim davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivida boshqa lavozimga oʻtkazilganda;
mehnatiga haq toʻlash boʻyicha davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivi kiradigan guruh oʻzgartirilganda;
xodimning malaka toifasi oʻzgartirilganda (oshirilganda yoki pasaytirilganda);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilganda oʻzgartiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorining oʻzgartirilishi tegishli muassasa rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilganda davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining buyrugʻiga asosan tegishli miqdorgacha oshiriladi.
12. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining xodimlari davlat madaniyat muassasalari hamda davlat arxivlarida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tashkil etiladigan maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moddiy ragʻbatlantiriladi.
13. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlariga ustamalar, va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash, shuningdek, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun mukofotlash shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
14. Ushbu Nizomda qayd etilgan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻriligi uchun javobgarlik tegishli muassasalar rahbarlari hamda bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 14-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmon tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri
“Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli
“Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli
“Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali
Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasi
Toshkent shahri
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri
Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri
Oʻzbekiston davlat drama teatri
Oʻzbekiston davlat satira teatri
Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri
Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri
Oʻzbekiston davlat qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
“Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya
Oʻzbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*
Oʻzbekiston orkestrlari jamoalari birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
Respublika koʻzi ojizlar kutubxonasi
“Oʻzbekiston davlat sirki”davlat birlashmasi
Toshkent zoologiya parki
“Xalqlar doʻstligi” saroyi
“Turkiston” sanʼat saroyi
Andijon viloyati
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Andijon viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Buxoro viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Jizzax viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qashqadaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Namangan viloyati
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Namangan viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri
Samarqand viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Samarqand zoologiya bogʻi
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Sirdaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Termiz zoologiya parki
“Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi
Fargʻona viloyati
Fargʻona viloyati musiqali drama teatri
Fargʻona viloyati rus drama teatri
Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qoʻqon shahar musiqali drama teatri
Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr-konsert saroyi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona viloyati filiali
Fargʻona viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Fargʻona zoologiya bogʻi
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Xorazm viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati”
I. Maʼmuriy-boshqaruv xodimlari
1. Bosh direktor (direktor), bosh direktorning oʻrinbosari (direktor oʻrinbosari), menejer
2. Bosh buxgalter (bosh buxgalter oʻrinbosari), bosh muhandis, bosh zoomuhandis, bosh energetik, bosh maʼmur, bosh zootexnik, bosh fondlar saqlovchisi
3. Sex boshligʻi, boʻlim boshligʻi
4. Boʻlim mudiri, libosxona mudiri, chipta byurosi mudiri, ombor mudiri, ozuqa oshxonasi mudiri, veterinariya klinikasi mudiri, dorixona mudiri, filial mudiri
II. Badiiy-rahbar xodimlar
1. Badiiy rahbar
2. Bosh rejissor, bosh dirijer, bosh baletmeyster, bosh xormeyster, bosh rassom
3. Truppa mudiri, badiiy-sahnalashtirish qismi mudiri, adabiy qism mudiri, musiqiy qism mudiri
III. Badiiy xodimlar
1. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom
2. Poyabzalchi, tikuvchi, bichuvchi, kassir, chiptachi-kassir, musiqa asboblarini sozlovchi
3. Sahna mashinisti, sahna montajchisi, yorituvchi, kutubxonachi (nota boʻyicha)
4. Otlar murabbiylari
5. Yirtqich hayvonlar va hayvonlarga qarovchi ishchi
VII. Taʼlim muassasalari
1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va uning filiallari, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-oʻqituvchilari tarkibi;
2. Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari
* Ushbu tashkilotlarga kiradigan jamoalar uchun uzoq muddat uzluksiz xizmati davri jamoa xodimlarining Madaniyat vazirligi tizimidagi umumiy ish stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”.