Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi PF-1913-son
Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Badiiy akademiya bilan birgalikda 1999-yildan boshlab muzey xodimlari malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida oʻquv rejasi va dasturlarini tuzish, muzeyshunos mutaxassislar tayyorlashni yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrsin.
6. 1998-yilning ikkinchi yarmidan boshlab muzey xodimlarining oylik maoshlariga 25 foiz ustama haq toʻlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur ustama haq joriy etiladigan muzey xodimlarining lavozimlar roʻyxatini belgilasin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har tomonlama yordam koʻrsatsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.